Kurs ishining maqsadi: Shayboniylar davlatining vujudga kelishi, ijtimoiy-siyosiy tuzumi va huquqi haqida ma’lumot berish.
Kurs ishining vazifalari:
XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi siyosiy ahvol
Shayboniylar davrida Movoraunnahrda madaniy taraqqiyot uchun shart-sharoitlarning vujudga kelishi
Shayboniylar davlatida ilm-fan va ta’lim
Abdullaxon II davrida ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot
Kurs ishining tarkibi:Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatdan iborat.
I BOB. SHAYBONIYLAR DAVRIDA MOVORAUNNAHRDA IJTOMOIYIQTISODIYVASIYOSIYAHVOL 1.1. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi siyosiyahvol
Balxash kо’li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bо’lgan ulkan hudud XI asrdan boshlab Dashti Qipchoq deb atala boshlangan. XIV asr boshlaridanoq bu yerda mavjud bо’lgan Jо’chi ulusi ikki mustaqil davlatga Kо’k О’rda va Oq О’rdaga bо’linib ketdi. XIV asr 60 yillaridan boshlab Oltin О’rda taxti uchun Ichan, Shaybon va Tо’qay Temur avlodlari о’rtasida kurash kuchayib ketdi. 1360-1380 yillar davomida Oltin О’rda taxtiga 25 xon kelib ketdi.
Asrning 70 yillarida Oltin О’rda ichki kurashlar yanada keskinlashib ketdi. Bu kurashda Shayboniylardan Tulunbekaxonim, Ilbon, Alpxо’ja, Arabshoh, Kaonbeklar katta о’rin tutdilar. Oltin О’rda taxti uchun kurashlar kuchayib, tushkunlikka yuz tutgan bir vaqtda Oq О’rda davlati kuchayib bordi. Bu holatni biz Urusxon va Tо’xtamishlar xukumronlik qilgan davrda kuzatishimiz mumkin. 1380 yilda Oq О’rdaning birlashtirilishi Tо’xtamishning Amir Temur tomonidan qо’llab quvvatlanganligi ta’sirida amalgaoshirilgan edi. Oltin О’rda Amir Temur tomonidan Tо’xtamishga qarshi kurashlar davomida ancha zayiflashtirilgan bо’lsada, Shodibek hukmronlik qilgan davrda 1401-1407 yana kuchaya boshladi. Shu yillarda Oltin О’rda Bulg’or, Xojitarxon, Qrim ustidan yana о’z hukmronligini о’rnatdi. 1406 yil Edigey tomonidan Xorazm bosib olindi. Bunga Temuriylar о’rtasida kuchayib ketgan taxt uchun kurashlar sabab bо’lgan edi.
asrning 1chi choragida Oltin О’rdada о’zaro siyosiy kurashlar yana kuchayib ketdi. 1400-1417 yillar davomida Oltin О’rda taxtiga о’tirgan 8 ta xon birin -ketin taxtdan tushirildi. (Shodibek, Pо’latxon, Temirxon, Jaloliddin Sulton va boshqalar).
XIV asrning 80 yillaridan boshlab «о’zbek ulusi» yoki «о’zbeklar viloyati» deb nom olgan. Oq О’rdada ham taxt uchun kurashlar kuchayib ketdi. Bir necha 10 yillar davomida taxt uchun Tо’xtamish, Quyirchoq о’g’lon, Barakxon, Ulugmuhammad kabilar kurash olib bordilar. 1424-1425 yillardan boshlab esa bu kurashlarda Muhammadxon, Kichik Muhammad, Tо’xtamishning о’gillari Davlatberdi va Kepakxonlar asosiy о’rin tutadilar. Dashti Qipchoq uzoq vaqt davom etgan ana shu kurashlarda boshqa qabilalar bilan bir qatorda Shaybon avlodlari ham faol ishtirok etdilar va ma’lum bir mavqega ega bо’lib bordilar.
О’zaro kurashlardan kо’p qiynalgan halq uchun tinchlik nihoyatda zarur edi. 1427 yilda Alasha bahodir yordamida xon etib kо’tarilgan Abulxayrxon katta harbiy kuch tо’pladi va 1428 yilda о’z ulusiga qaytib, qiyot, mang’it, qо’ng’irot, dо’rmon, qushchi, о’tarchi, nayman, tuboyi, toymas, jot, korlik, ushun, kurlovut, echki, tangut, va boshqa qabilalar tomonidan ham xon etib kо’tarildi. Bunda Abulxayrxonni 200 dan ortiq urug’ va qabila boshliqlari qо’llab quvvatladilar. 1428 -29 yillarda kо’chmanchi о’zbeklar Janubi-G’arbiy Sibirdagi Tura shahrini qо’lga kiritdilar va bu shahar 1446 yilgacha Abulxayrxon davlatining poytaxti bо’lib qoldi. Abulxayrxonning bu muvaffaqiyati tezda butun Dashti Qipchokqa yoyildi va kо’pgina о’glonlar va sultonlar Abulxayrxon hizmatiga о’ta boshladilar. 1428- 1431 yillar davomida olib borilgan kurashlar natijasida Abulxayrxon ilgarigi Shaybon ulusi yerlarini qaytadan birlashtirishga erishdi va о’z davlatini Oltin О’rda (Kо’k О’rda) dan mustaqil deb e’lon qildi. 1431-1432 yillarda Abulxayrxon Xorazm ustiga yurish qildi va uning shimoliy qismini temuriylardan tortib oldi. Biroq, bu yerda vabo tarqalgach, Xorazmni tashlab ketdi. Biroq, manbalarda Abulxayrxonning Xorazmni tashlab ketishiga sabab Shohrux tomonidan qо’shin yuborilishi va Xojitarxon xoni Orol dengizi atrofida qochib yurgan Kichik Muhammadning о’g’li Maxmud va uning ukasi Axmadxon Abulxayrxonga qarshi kurash boshlab havf deb kо’rsatiladi. (Abdurazzoq Samarqandiy).
XV asr 40 -yillarda Abulxayrxon Sig’noq, Oqqо’rg’on, Arquq, Sо’zoq va О’zgand shaharlarini egalladi. 1448 yilda Samarqandni taladi.
Biroq Abulxayrxon qanchalik harakat qilmasin, davlatda" yagona, mutloq hukmdor bо’lib qololmadi. Bunga ayniqsa, Urusxon nabiralari qattiq qarshilik kо’rsatdilar. Abulxayrxon vafotidan sо’ng (1469) esa, davlatda yana о’zaro kurashlar avj oldi va kо’chmanchi о’zbeklar davlati о’zaro kurashlar natijasida yemirildi. Bu davlatning qayta birlashtirilishi Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon (1451 - 1510) nomi bilan bog’liq.
Muhammad Shayboniyxon Abulxayrxonning о’g’li Budoq sultonning о’g’li edi, Otasidan yetim qolgach, Muhammad Shayboniyxon ukasi Maxmud Sulton bilan birga Abulxayrxon tarbiyasida bо’ladi. Keyinchalik temuriy amirlardan biri, Turkiston hokimi Muhammad Mazid tarxon homiyligida bir qancha vaqt Turkistonda yashadi. Turkiston urushlar girdobida qolgan bir vaqtda Shayboniyxon ukasi bilan Sulton Axmad Mirzo panoxida Buxoroda yashadi va ilm oldi. XV asr 90 -iillarida Muhammad Shayboniyxon Dashti Qipchoqqa bordi va siyosiy kurashlarga qо’shilib ketdi. U bir necha yil davomida kurash olib bordi va Toshkentdagi hukmdorlar yordamida Dashti Qipchoqda mustahkam о’rnashib oldi. Keyinchalik, Sayram va Yassini qо’lga kiritilgach, butun Turkistonda hokimiyatni qо’lga kiritdi. 1498 yilda Sulton Axmad Mirzo vafotidan sо’ng Samarqandga yurish qildi, uni qо’lga kirita olmagach, Qarshiga yurish qildi va Shahrisabz bilan birga talon -taroj etdi. 1499 yilda Samarqandda qilgan yurishi yana muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Buxoroga yurish qildi va uch kunlik qamaldan sо’ng uni qо’lga kiritdi. 1500 yilda Muhammad Shayboniyxon yana Samarqandga yurish qildi va uni bosib olib, tо’rt oy davomida talon qildi. Bu Samarqandliklarning Shayboniyxonga qarshi qо’zg’oloni sabab bо’ldi va ular 19 yoshli temuriy shahzoda - Zaxriddin Muhammad Boburni xon qilib kо’tardilar. Bobur Qarshi va Guzorni ham qо’lga kiritdi. Biroq uzoq vaqt talangan halqning ahvoli juda ham nochor edi. Og’ir ahvolda qolgan Bobur qо’shinlari Zarafshon bо’yida Shayboniyxondan mag’lubiyatga uchradi va qamalda qolgandan sо’ng yashirincha Toshkentga chekinishga majbur bо’ldi. Samarqandda, Buxoro va Toshkentda о’z hukmronligini qо’lga kiritgach, Shayboniyxyun Xuroson yurishiga tayyorgarlik kо’ra boshladi. Temuriylar garchi shahzoda Xusravshoh boshchiligida Shayboniyxonga qarshi birlashgan bо’lsalarda, bu hech qanday natijaga olib kelmadi. 1505 yil Urganch ham bosib olindi va Xorazm Shayboniyxonga tobe bо’ldi. 1506 yil Xusayn Boyqaro vafotidan sо’ng boshlangan taxt uchun kurashlardan foydalangan Shayboniyxon temuriylardan Hirotni tortib oldi. Hirot bosib olingan 1507 yil birin ketin Astrobod va Jurjon ham bosib olindi va Kaspiydan Xitoygacha, Sirdaryo etagidan Afg’onistonning markaziy hududlarigacha bо’lgan yerlar Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon hukmronligi ostiga о’tdi. Shayboniyxon hukmronligi о’rnatilishi bilan Movarounnahrda uzoq vaqt davom etgan temuriylar о’rtasidagi о’zaro taxt talashishlarga chek qо’yildi va tinchlik о’rnatildi. Shayboniyxon siyosiy jihatdan markazlashgan davlat tuza olishga erishi bilan о’zining ilm -fan va adabiyotga moyilligi, bu soha vakillgarini hurmat qilishi va homiylik qilishi bilan katta hurmatga sazovor bо’ldi.
Shayboniyxon qо’lga kiritilgan hududlarni boshqarish uchun о’z yaqinlariga bо’lib berdi. Bu hol markaziy hokimiyatning zaiflashuviga olib keldi va 1510 yil Shayboniyxon Eron shohi Ismoil Safaviy bilan kurashga kirish oldidan ayniqsa, yaqqol namoyon bо’ldi. О’z vaqtida yetib kelmagan qо’shinlar oz sonli Shayboniyxon qо’shinlarining (17000) Ismoil Safaviy qо’shinlari- (70000) , tomonidan Tahrirobod mavzesida mag’lub etilishi va Shayboniyxonning о’ldirilishiga olib keldi,
1510 yil Shayboniyxon vafot etgach, shayboniylar о’rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Ayni vaqtda Ismoil Safaviy ham shayboniylar davlati ichkarisiga hujum qilib kirib kelishga erishdi. Shayboniylar bu yurishni tо’xtatish uchun sulhga rozi bо’ldilar va Amudaryoning sul qirg’og’idagi barcha yerlarni Eronga berishga majbur bо’ldilar.
1511 yilda Bobur ham о’z qо’shinlari bilan Amudaryodan kechib о’tib, Xisor, Qulob, Qunduz, Badaxshonni egalladi. Sо’ng Ismoil Safaviy yordamida Samarqandga yurish boshladi. Ubaydulla Sulton va Temur Sultonlar Turkistonga chekindilar. Samarqandni qо’lga kiritgan Bobur Ismoil nomiga xutba о’qitganidan norozi bо’lgan halq Boburga qarshi isyon kо’tardi va bundan foydalangan shayboniylar Boburni bu yerdan haydab chiqardilar. Ismoilning Boburga yordamga yuborgan Amir Axmad (Najmi soniy) boshchiligidagi qо’shinlari esa qirib tashlandi (1512 y kuzida) va 1512 yil may oyida Samarqand yana shayboniylar qо’liga о’tdi. Bobur esa Ismoil bilan ittifoqini tuzdi va 1525 yilda Hindistonga yurish qilib, u yerda Buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi.
Shayboniyxon vafotidan sо’ng shayboniylar davlati taxtini Kо’chkinchixon (1510 -1530) va о’g’li Abu Sa’id boshqardilar (1530-1533).
Maxmud Sultonning о’g’li Ubaydulla Sulton hukmronligi yillarida (1533-1539) hokimiyat ancha mustahkamlandi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga kо’chirildi. Ubaydullaxon davlatni mustahkamlash va eronliklarni mamlakat hududidan xaydab chiqarishga katta e’tibor berdi. 1512 yil kuzida u yajmi soniy ustidan g’alaba qozongach, katta о’ljaga ega bо’lgan edi va bu mablag’ni u Buxoro shayxulislomi Mir, Arabga topshirdi va bu mablag’lrga mashhur Mir Arab madrasasi qurildi. Shayboniylar orasida eng katta ta’sirga ega bо’lgan hukmdorlardan yana biri Abdullaxon II (1534-1598) edi. 1556 yil jо’ybor shayxlaridan Muhammad Islom yordamida taxtni egallagan Abdullaxon umrining oxirigacha davlat hududlarini kengaytirish va markaziy hokimiyatni kuchaytirish, iqtisodiy ahvolni va davlatning harbiy qudratini yuksaltirish borasida harakat qildi. Abdullaxonning say- harakatlari natijasida XVI asr oxirlarida Buxoro xonligi ulkan markazlashgan davlatga aylandi. Biroq, Abdullaxon vafotidan sо’ng hukmronlik qilgan A6dulmо’min va Pirmuhammadxonlar(1599 -1601) davlatni boshqara olmadilar va ularning о’limidan sо’ng shayboniylar sulolasi barham topdi.
Shayboniylar davlatida jamiyat hayotida, davlat boshqaruv tutgan о’rni va mavqeiga asosan bir nechta ijtimoiy tabaqalar mavjud edi: xon va uning yaqinlaridan iborat oliy tabaqa, harbiy amaldorlar yoki umaro, yirik din peshvolari
-shayxlar, xojalar, olimlar, shoirlardan iborat fozillar, raiyat ya’ni oddiy fuqaro va kisman qullar.
Shayboniy xonlari tomonidan Movarounnahrda bir qator sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar qisman ijobiy natijalar bersa, ayrimlari davlatning zaiflashuviga oqibatlarga olib ,keldi. Shayboniyxon tomonidan joriy etilgan suyurg’ol tizimi eng yaxshi hizmat kо’rsatgan va Shayboniyxonga yaqin bо’lgan amaldorlar yoki xon xonadoni vakillariga turli viloyatlar ustidan hukmronlik qilishga imkon bersada, biroq ular markaziy hokimiyatdan mustaqil bо’lishga intildilar va oqibatda bu hol ichki kurashlarni keltirib chiqardi. Bu salbiy holat Shayboniyxon Ismoil Safaviydan mag’lubiyatga uchrashida ham ta’sir kо’rsatgan edi. Shuningdek, Shayboniyxon yer egaligi va yer-suv sohasida 1507 yilda pul islohoti va keyinchalik ta’lim sohasida ham islohotlar о’tkazgan edi.
Dehqonchilik asosan lalmikor va obikor - sug’oriladigan yerlarda bо’lgan. Bug’doyning о’n ikki navi yetishtirilgan va boshqa an’anaviy ekinlar ekilgan. Dehqonchilik uchun qulay bо’lgan va hosildor yerlar yirik amaldorlar va harbiylar hamda din peshvolariga qarashli bо’lgan. Shayboniylar davlati ijtimoiy - iqtisodiy hayotida Buxoro yaqinidagi Jо’ybor qishlog’idan chiqqan Jо’ybor xojalar^i katta ta’sirga ega edi. Ular siyosiy hokimiyat boshqaruv ishlariga ta’sir kо’rsatish bilan birga katta yer mulklariga ham etalik qilardilar. Shayboniylar davrida amalga oshirilgan islohotlardan biri qarovsiz yotgan yerlarni о’zlashtirishga ham qaratilgan edi. Chorvachilik ham yaxshi rivojlangan. Hunarmandchilikning 60 dan oshiq turi mavjud bо’lgan. Ichki savdoga katta e’tibor berilgan. Tashqi savdoda Turkiya, Eron, Hindiston, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. 1588 yilda Buxoroda bо’lgan ingliz sayyohi Antoni Jenkinson ham о’z ma’lumotlarida Buxoro shahrida har yili yirik savdogarlar qurultoyi bо’lishi, bu yerga Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa mamlakatlardan katta -katga savdo karvonlari kelishini yozib qoldirgan edi.
Shayboniylar davlatida 40 dan ortiq soliq va tо’lovlar mavjud bо’lgan. Asosiy soliq turlari xiroj va zakot bо’lgan
XV asr boshlarida Shaybon ulusida ham feodal kurash keskinlashganligi va natijada bu ulus bir necha mustaqil uluslarga ajralib ketganligi qayd etilgan. Bu kurash va tartibsizliklar dastlab 1425-1426 yillarda mang’it ulusida yuz berdi.
Joytar xalqida qo’zg’olon ko’targan Mang’it amirlari burkut, nukus qabilasidan bo’lgan ko’chmanchilarni ham o’z tomoniga ag’darib olib, 17 ming kishilik qo’shin to’plab olishga muvaffaq bo’ldi. Jumaduqxon qo’zg’olonchilarga qarshi qo’shin tortdi. Lekin jangda mag’lubiyatga uchradi. Jumaduqxon qo’shinining ko’pgina boshliqlari shu jumladan, Jumaduqxonning o’zi ham asir olindilar va Mang’it boshliqlarining buyruqlari bilan qatl qilindilar. Bu jangda Jumaduqxon qo’shinining javonrig’iga qo’mondonlik qilgan yosh Abdulxayrxon ham asir olindi va Sariq Usmon tomonidan qamab qo’yildi.
Ma’sud ibn Usmon Qo’histoniyning yozishicha: “Sariq Usmon Abdulxayrxonni Shayboniylar naslidan bo’lganligini bilgach, o’z himoyasiga olgan va unga xayrihohlik bildirgan.
Oradan ko’p vaqt o’tmay uni safar anjomlari bilan taxlab, ta’minlab o’z ulusiga ketishiga ruxsat bergan.
Sariq Usmon Abdulxayrxonni Shayboniylar naslidan bo’lganligi uchun qo’yib yubormadi. Aksincha, bundan o’z manfaatini ko’zladi. O’rta Osiyolik ko’chmanchi xalqlar, ayniksa, o’sha zamondagi hozirgi Qozog’iston hududida ko’chib yurgan xalqlarning ongida “oq suyaklar” ga, ya’ni Chingizxon naslidan bo’lganlarga sig’inish kuchli edi. Bu nasldan bo’lgan o’sha vaqtda hokimiyat uchun kurashib yurgan xonlar, sultonlar ko’p bo’lib, yirik feodal Sariq Usmondek odamlar bular ichidan istagan kishisini tanlab olib qo’llab - quvvatlashi mumkin edi. Lekin, ko’chmanchi feodallar o’z manfaatiga xizmat qiluvchi xonlarni qo’llab-quvvatladilar. Sariq Usmon ham Abdulxayrxonni qo’llaganda shu maqsadni ko’zda tutdi. Shubxasiz, bu yerda Abdulxayrxon xokimiyatni qo’lga olgach Sariq Usmonga zo’r imtiyozlar beraman deb, so’z bergan. Shundan keyingina Sariq Usmon xonning zo’r iltifotlariga sazovor bo’ldi. Uning eng yaqin mulozimlari qatoridan o’rin oldi. Abdulxayrxon o’sha yili qo’llab-quvvatlagan Alasha Bahodir ham xonning zo’r iltifotlariga sazovor bo’ldi. Yuqori davlat mansablariga ko’tarildi.
Abdulxayrxon asirlikdan qutilib, o’z ulusiga qaytishida Shanvay minglab degan jilg’ada qishlaydi va kelasi yilning bahorida o’sha Alasha Bahodirning aymog’i orasiga kelib tushadi. A’sud ibn Usmon Qo’xistoniy bu aymoq katta aymoqlaridan biri bo’lib, bu yerda Alasha Bahodir va uning aymog’idagi feodallar Abulxayrxonga tobelik bildirdilar, - deb yozadi. Abulxayrxon Alasha Baxodirning yordami bilan kattagina harbiy kuch to’plab oldi va oradan ko’p vaqt o’tmay o’z ulusiga qaytib bordi. Bu yerda Qiyot, Mang’it, Do’rmon, Qushchi, O’tarchi, Joymon, Tuboiy, Toymon, Jot, Xitoy, Qarluq, Usun, Qurlovut, Echki, Tang’ut, Tomonlin, Qo’ng’irot va boshqa ko’chmanchi qabilalarning boshliqlari hamda ruhoniylar, sultonlar, o’g’lonlar uni xon qilib ko’tardi. Bundan Abulxayrxonni Dashti Qipchoqdagi Turk mug’ul ko’chmanchi qabilalarining ko’pchiligi quvvatlaganligi yaqqol ko’rinib turibdi.
Mahmud ibn Valining ko’rsatishicha, Abulxayrxonni xon qilib ko’tarishda ikki yuzdan ortiq sardor ya’ni qabila va urug’larning boshliqlari qatnashgan. Shubhasiz, qabilalar va uluslar o’rtasida tez-tez bo’lib turgan o’zaro urushlar shuningdek, ko’chmanchi ommaning feodal zulmga qarshi g’alayon ko’tarishi xavfi ko’chmanchi feodallarning xon atrofiga uyushishiga va mehnatkash ommani itoatda tuta oladigan markaziy davlat apparatini tuza oladigan darajada majbur etgan. Abulxayrxon davlati fikrimizni tasdiqlaydi. 1428-1429 yilda ko’chmanchi o’zbeklar Abulxayrxon boshchiligida Janubiy-G’arbiy Sibirdagi To’ra shahrini egalladilar. Shahar hukmdorlari Adabbek bilan Kepaklik shaharini hech qanday qarshilik ko’rsatmasdan Abulhayrxonga topshirdilar. Bu yerda Abulxayrxon nomiga xutba o’yilib pullar zarb qilina boshladi. To’ra shahri esa ko’chmanchi o’zbeklar davlatining poytaxti deb e’lon qilindi. 1446-yilga qadar shunday bo’lib qoldi. Abulxayrxonning bu dastlabki muvaffakiyatlari tez fursatda Dashti Qipchoq bo’ylab tarqaldi. Ko’pgina o’g’lonlar va sultonlar Abulxayrxon huzuriga To’raga kelib xizmatiga kirdilar. Bular orasida arab shoh avlodidan bo’lgan Baxtiyor Sulton ham bor edi. U to umrining oxirigacha Abulxayrxonning eng yaqin safdoshlaridan biri bo’lib uning qo’shiniga qo’mondonlik qildi.
1429 - yili Abulxayrxon yuqorida nomi zikr etilgan Maxmudxujaxonga qarshi qo’shin tortdi. Va uni Tobal daryosi bo’yida tor-mor keltirdi. Maxmudxo’jaxonning o’zi asir olinib Abulxayrxonning amiri bilan qatl etiladi. Uning o’rtasi bo’lsa tamoman talon-taroj qilinadi. Abulxayrxon Maxmudxo’jaxonning ulusini o’z ulusiga qo’shib oladi, so’ng To’raga qaytadi.
Shunday qilib juda bir qiska vaqt ichida Abulxayxon ilgari mayda qismlarga bo’linib ketgan Shaybon ulusining katta bir qismini birlashtirishga va unda hukmronligini o’rnatishga muvaffaq bo’ldi.
1431-1446 yillarnring o’rtalarida Abulxon katta bosqinchilik urushlari olib bormadi. Bunga quyidagilar sabab buldi. Birinchidan: Iboqxon, Burkasulton, Oq o’rda xoni Baroqxonning o’g’illari Jonibek va Gerayixon singari ko’pgina sultonlar Abulxayrxonga tobe bo’lishdan bosh tortdilar va Abulxayrxon xokimiyat tepasiga kelgan birinchi kunlaridan boshlab unga qarshi kurash olib bordilar. Bular ichida eng kuchlisi Mustafoxon bo’lib uni mang’itlarning bir qismi qo’llab- quvvatlab turar edi. Shuning uchun ham Abulxayrxon o’sha yillar ichida ichki feodal kurash bilan band bo’ldi. Ikkinchidan, Abulxayrxon o’sha yillarda o’zbek ulusi chegaralarida ko’chib yurgan yana bir Shayboniy-Sayid Ahmad ayniksa, Axmadxonning kuchayib borayotganligidan cho’chir edi. Shu tufayli u mudofaa urushlariga xozirlanib turishga majbur bo’ldi.
XV asrning 40-yillarida Oltin O’rdada ko’chmanchi o’zbeklarga qo’shni bo’lgan Mug’ilistonda va Temuriylar davlatida feodal kurash nihoyatda kuchayib ketdi. Bu hol Abulxayrxon va ko’chmanchi o’zbeklarga Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan viloyatlarga bosib olish uchun yo’l ochib berdi.
Bundan tashqari 1446 yili Abulxayrxon o’zining eng kuchli raqiblaridan biri Mustafoxon ustidan g’alaba qozondi. Bu ham Abulxayrxonga xarbiy yurishlarini boshlab yuborish imkoniyatini berdi. Abulxayrxon bu qulay fursatdan foydalanib, 1446-yili Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan Sig’noq, Oqqo’rg’on, Arquq O’zgand va So’zoq shaharlarini o’ziga buysundirdi. Ko’chmanchi o’zbeklar Sirdaryo bo’yidagi yerlarni ishg’ol qilib, Temuriylar davlatining yon qo’shnisi bo’lib qoldilar va Movarounnahrning qishloq hamda shaharlarini tez-tez talon-taroj qilib turdilar. Bundan tashqari ular Temuriylarni toju-taxt uchun olib borgan o’zaro kurashlarida ham ishtirok eta boshladilar. Hokimiyat uchun kurashgan Temuriylardan goh unisini, goh bunisini qo’llab-quvvatladilar.
XV asrning 30-50 yillarida Abulxayrxon o’zbek ko’chmanchi feodallari va ayniqsa, Chingizi Sultonlarning separastik harakatlariga qarshi kurash olib borishga majbur bo’ldi. U ayrim feodallarning xon hokimiyatiga qarshi chiqqanlarni shafqatsizlik bilan bostirdi. Abulg’ozixonning yozishicha, xon xokimiyatiga qarshi chiqqanlarning birontasi ham Abulxayrxonning qaxr- g’azabilan qochib qutulolmagan. Lekin, baribir Abulxarxon ayrim sultonlarining qarshiligini sindira olmagan. Baroqxonning o’g’illari Gerayixon bilan Jonibek Sulton Xoji Muhammadxonning o’g’li Iboqxon, Yodgor Sultonning o’g’li Burka Sulton ishlar jumlasidandir.
Keyingi yillarda yuz bergan veqealarga qaraganda XV asrning 70-
yillarida Iboqxon Edigey avlodidan bo’lgan Mang’it amirlaridan Muso Mirzo va Yomg’irchi bilan birikkan. O’sha yillarida Mang’itlar Iboqxonning tobeligiga o’tgan bo’lsalar kerak. Keyinchalik uni Qozon xoni deb ataganlar va Muxammad degan kishi tomonidan o’ldirilgan deb aytiladi. Iboqxonning qachon va qaysi yo’l bilan Qozonni olganligi haqida hech qanday ma’lumot yo’q. Ma’lumki, 1481-yil yanvar oyining boshlarida Iboqxon yuqorida nomlari zikr qilingan Mang’it amirlari bilan birga Janubiy Ruso yerlarini talab qaytib kelayotgan Oltin O’rda xoni Axmadxonni Donesning Don daryosi bilan qo’shilgan joyida poylab turgan va uni shu yerda o’ldirgan. Shuning uchun ham Iboqxon Qozonni 70-yillar oxirida yoki 80-yillar boshida qo’lga kiritgan bo’lishi kerak, deb aytishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, Iboqxon juda katta hudud ustidan hukmronlik qilgan yirik Shayboniyxonlardan biri bo’lgan.
Burko Sulton bo’lsa, XV asrning 30-yillarida Dashti Qipchoqda bo’lgan voqealarga qaraganda Sirdaryoning Quyi oqimidagi yerlarda hukmronlik qilgan. Ma’sud ibn Usmon Qo’qistoniyning yozishicha Burka Sulton Abulxayrxonga tobe bo’lgan. Aslida esa u Abulxayrxon bilan dushmanlik maqomida bo’lgan sultonlardan biri edi. Masalan: u Abulxayrxon olib borgan urushlarning birontasida ham ishtirok etmagan. Abulxayrxon atrofida bo’lgan amirlarning to’liq ro’yxati keltirilgan “Tarixi Abulxayrxon” kitobida Burko Sulton tilga olinmagan. Faqat kitobning bir yerida ya’ni Ulug’bekning nabirasi Muhammad Juqiyning 1460-1461-yillarda Samarqand taxti uchun Sulton Abu Saidga qarshi kurashmoq uchun Abulxayrxonga yordam so’rab, murojaat qilganligi xon uning ixtiyoriga Burka Sulton va Peshkada o’g’lon boshchiligida qo’shin berganligi aytilgan. Fikrimizcha, Burka Sulton Muhammad Juqiyning iltimosiga ko’ra, o’zi ixtiyori yordamga kelgan bo’lishi kerak.
Separatist feodallarning Abulxayrxon xukumatiga qarshi yana bir ko’chmanchi o’zbek xonlaridan Mustafoxon edi. Mustafoxon 1428-yilda Abulxayrxon bilan birikkan edi. Lekin To’ra shahri olinganidan keyin u yana xondan ajralib ketdi.
Ko’chmanchi o’zbeklar davlatida boshlangan feodal va toju-taxt uchun kurash bu - davlatni oxir oqibatida inqirozga uchratgan asosiy saboqlardan biri bo’ldi. Abulxayrxon davlatini inqirozga olib kelgan asosiy sabablardan yana biri - Ko’chmanchi o’zbeklar bilan Qalmoqlar o’rtasida 1457-yili Sig’noq yaqinida bo’lgan qirg’in-barot urush bo’ldi.
Qalmoqlar 1457-yilning bahorida o’z Temur Tayshi boshchiligida Sirdaryo bo’ylarida paydo bo’ldilar. Shu yili Sig’noqda ko’p ham olisda bo’lmagan Ko’k koshona yonidagi Nurto’qay degan joyda ko’chmanchi o’zbeklar mag’lubiyatga uchradilar. Qonli urushda ko’chmanchi o’zbeklarning Baxtiyor Sulton, Sulton Ahmad singari mard lashkarboshilari halok bo’ldilar. Abulxayrxon qolgang’qutgan askarlari bilan chekinishga va Sig’noqning mustahkam devorlari orqasiga bekinishga majbur bo’ldilar. Qalmoqlar bo’lsa Yassi, Toshkent, Shoxruxiyani talon-taroj qilib Chu vodiysiga qaytib ketganlar. Muallifi ma’lum bo’lmagan “Tavorixi guzida; nusratnoma” degan asarida O’z Temur Tayshi Abulxayrxonning nabirasi Muxammad Shayboniyxonning inisi uch yoshli Maxmud Sultonni o’zi bilan birga omonat tariqasida olib ketganligi va shaxzoda Qalmoqlar orasida yetti yil yurib qaytganligi haqida hikoya qilinadi.
Abulxayrxon vafot etganidan keyin ko’p o’tmay ko’chmanchi o’zbeklar davlati siyosiy inqirozga yuz tutdi. Abulxayrxondan keyin uning o’g’li Shayx Xaydarxon xon qilib ko’tarildi. Bu paytda Abulxayrxonning barcha dushmanlari birlashib Shayx Xaydarxonga qarshi kurash boshlaydilar. XVI asrning mashhur shoir va tarixchilaridan Kamoliddin Binoiyning yozishicha, Shayx Xaydarxonning hukmronligi uzoqqa bormagan, u taxtga o’tirgan birinchi kunlardanoq, ko’pgina qabila va urug’larning boshliqlari unga bo’ysunmay qo’ygan. “Tovarix guzida, nusratnoma”da ham xuddi shunday deyilgan. Binoiy Shayx Xaydarxonning feodallarning separatestik harakatlariga qarshi kurashishini batafsil talqin qiladi. Uning so’zlariga qaraganda, Iboqxon, Burka Sulton, Jonibekxon, Mang’it atirlaridan Yomg’irchi va Muso Mirzo qo’shilib Shayx Xaydarxonga qarshi urush ochgan.
Lekin dastlab uni yenga olmagan. Keyin ular Oltin O’rda xoni Ahmadxon bilan ittifoq tuzib oxir oqibatda Shayx Xaydarxon ustidan g’alaba qozonganlar. Shayx Xaydarxonning urushda xalok bo’lishidan keyin Iboqxon va uning ittifoqchilari qarindosh urug’lari va tarafdorlarini qirg’in qilganlar. Bundan faqat Muhammad Shayboniyxon uning inisi – Muhammad Sulton, Abulxayrxonning o’g’li Suyunchixojaxon, Ko’chkinchixon va yuqorida nomi zikr etilgan Baxtiyor Sultonning o’g’illari Mahdiy Sulton va boshqa bir necha qarindosh urug’lari beklar hamda mulozimlar qochib qutilganlar.