SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
718
ham mumkin. Qanday tushunchani ifodalashiga muvofiq so‗zlar ham borliqdagi inson ongidan
tashqarida bo‗lgan narsa va hodisalarni nomlovchi so‗zlar hamda inson tomonidan yaratilgan
afsonaviy narsa va hodisalarning nomlarini ifodalovchi so‗zlar sifatida ajratiladi‖.Badiiy asar
tilining emotsional-ekspressivligini oshiruvchi , obrazlilik hosil qilishda muhim ahamiyat kasb
etuvchi lingvopoetik vositalardan biri o‗xshatish hisoblanadi. Badiiy matnlarda muallifning
ma‘lum
bir voqea-hodisa, narsalarni kitobxon ko‗z o‗ngida aniq gavdalantirish uchun
o‗xshatishdan foydalanishida aniq bir maqsad – kitobxonga badiiy-estetik ta‘sir etish ko‗zda
tutiladi. Nutqiy vaziyat uchun mos keladigan o‗xshatish hosil qiluvchi til birligining to‗g‗ri
tanlanishi uni emotsional-ekspressiv vositaga aylantiradi.Muomala jarayonida qo‗llanilgan
o‗xshatishlar vositasida so‗zlovchi mansub bo‗lgan xalqning milliy-ma‘naviy xususiyatlari,
ijtimoiy turmush tarzi va dunyoqarashi, e‘tiqodi, an‘analari va urfodatlari bilan bog‗liq jihatlar
ham aks etadi.Bundan tashqari tasvirlanayotgan shaxsning ruhiy holati, orzu-umidlari, o‗y-
kechinmalarini berishda ham o‗xshatishlar muhim vosita hisoblanadi. O‗xshatish deb «ikki narsa
yoki voqeahodisa o‗rtasidagi o‗xshashlikka
asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining
belgisini,
mohiyatini
to‗laroq,
konkretroq,
bo‗rttiribroq
ifodalash»2ga
aytiladi.
Ko‗rinadiki,o‗xshatishlar eng qadimiy lingvopoetik tasviriy vositalardan biri sifatida yozma va
og‗zaki nutqimizni, ayniqsa,inson nozik his-tuyg‗ulari tasvirini berish vositasi bo‗lgan badiiy
matnlarning badiiy-estetik ta‘sirchanligini oshirishda, muallif
maqsadiga xizmat qiluvchi
obrazlilikning yuzaga kelishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‗xshatish etaloni o‗xshatish
qurilmaning poetik qimmatini,muallif mahorati bilan hosil qilingan lingvopoetik vositaning
estetik salmog‗ini oshiradi. Tilimizda kundalik nutqimizda faol qo‗llanadigan bir qator
o‗xshatishlar borki, ular an‘anaviy o‗xshatishlar hisoblanadi. Qo‗yday yuvosh, toshday qattiq,
cho‗chqaday semiz, tulkiday ayyor kabi o‗xshatishlar ko‗p qo‗llanilgani bois ta‘sirchanlik
xususiyatini yo‗qotgan deyish mumkin.Usmon Azim ijodini kuzatar ekanmiz,
shoirning turli
holat va hodisalar, narsalar mohiyatini anglashda takrorlanmas, o‗ziga xos o‗xshatishlar hosil
qilganligining guvohi bo‗lamiz. Shoir o‗zining ―She‘riyat‖ she‘rida tulpor tasvirini berishda
quyidagi o‗xshatishlarni qo‗llaydi:
Ko‗zlari chaqmoq tulpor,
Tuyog‗i chaqmoq tulpor.
Suvliq lablarin yirtgan,
Yollari
bayroq tulpor
Yoki
O‗jar tulpor, tong tulpor...yoki
Olovli yalov tulpor kabilar
Keltirilgan misolda tulporning ko‗zlari va tuyog‗i chaqmoqqa, yollari bayroqqa
o‗xshatilmoqda. Otning ko‗rinishi esa tong va olovli yalovga nisbat berilmoqda. Dastlabki
o‗xshatishlarda, ya‘ni chaqmoq so‗zining ot ko‗zlari va tuyog‗iga o‗xshatilishida ham shoirning
mohirligi sezilib turadi.Shoir chaqmoq so‗zini ko‗zga nisbatan qo‗llaganda ot ko‗zining shakliy
tomoni – chaqnab turishiga asoslangan bo‗lsa, tuyoqqa nisbatan qo‗llaganda esa otning
yugurikligini chaqmoqning yalt etib ko‗rinishidagi tezlikka qiyoslamoqda. Agar she‘rda
qo‗llanilgan har bir o‗xshatish leksik yoki grammmatik ko‗rsatkichlar
bilan keltirilganda
she‘rdagi poetik ohangdorlik, ta‘sirchanlik unchalik kuchli bo‗lmas edi. Usmon Azim
―Beshafqat ballada‖ she‘rida to‗yma-to‗y yuruvchi raqqosa tasvirini berar ekan, unga o‗zining
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
719
munosabatini ifodalashda o‗xshatishga murojaat qiladi va kitobxon ko‗z o‗ngida raqqosa
obrazini gavdalantiradi:
Ishva bozori bu!
Stollar — rasta!
Torning g‗ilofida pul dasta-dasta…
Raqqosa! Davrada ildam, ildam suz!..
Nega
nozing — olov, ko‘zlaring — naq muz!
Shoir o‗zininng ―Maqsud Shayxzoda‖ she‘rida boshqa
biror ijodkor asarida
uchramaydigan yangi o‗xshatishni yaratadi.O‗sha parchani keltiramiz: Kurashlarda garchi
yondim, Shukur, vijdon beyamoq.Chizavergin imonimni:
Dostları ilə paylaş: