She’riyatda lingvopoetik vositalarning qo‘llanishi eshmirzayeva Guljamol Elxomjonovna


o‘xshatishlardan foydalanish mahorati



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix25.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#80775
1   2   3   4   5   6
she-riyatda-lingvopoetik-vositalarning-qo-llanishi

o‘xshatishlardan foydalanish mahorati. Badiiy ijod, xususan, she‘riy asarlar tilining poetik 
ta‘sirchanligini oshirishda so‗z muhim ahamiyat kasb etadi. ―So‗z orqali inson katta yutuqni 
qo‗lga kiritdi, bu vosita natijasida uning olami ikkilandi. So‗zga ega bo‗lgunga qadar faqat 
bevosita ko‗rinib turgan narsa bilan ish ko‗rgan mavjudot tilga ega bo‗lishi bilan faqat borliq 
elementlari bilangina emas, balki bevosita kuzatmagan narsa va hodisalar bilan ham ish ko‗ra 
oladigan bo‗ldi. So‗z insonga bevosita kuzatishda berilmagan narsa va hodisalar haqida ham 
axborot bera oladi. Shuning uchun ham hayvonot faqat bir olamga - sezgi orqali his qilish 
mumkin bo‗lgan predmetlar olamiga ega bo‗lsa, inson ikki olamga - sezgi orqali his qiladigan 
olam bilan birga, so‗z orqali ifodalanadigan obrazlar, munosabat, sifatlar dunyosiga ega bo‗ldi. 
Shunga muvofiq, so‗zlarning borliq (denotativ) ma‘nosi real va afsonaviy tushunchalar bo‗lishi 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
718 
ham mumkin. Qanday tushunchani ifodalashiga muvofiq so‗zlar ham borliqdagi inson ongidan 
tashqarida bo‗lgan narsa va hodisalarni nomlovchi so‗zlar hamda inson tomonidan yaratilgan 
afsonaviy narsa va hodisalarning nomlarini ifodalovchi so‗zlar sifatida ajratiladi‖.Badiiy asar 
tilining emotsional-ekspressivligini oshiruvchi , obrazlilik hosil qilishda muhim ahamiyat kasb 
etuvchi lingvopoetik vositalardan biri o‗xshatish hisoblanadi. Badiiy matnlarda muallifning 
ma‘lum bir voqea-hodisa, narsalarni kitobxon ko‗z o‗ngida aniq gavdalantirish uchun 
o‗xshatishdan foydalanishida aniq bir maqsad – kitobxonga badiiy-estetik ta‘sir etish ko‗zda 
tutiladi. Nutqiy vaziyat uchun mos keladigan o‗xshatish hosil qiluvchi til birligining to‗g‗ri 
tanlanishi uni emotsional-ekspressiv vositaga aylantiradi.Muomala jarayonida qo‗llanilgan 
o‗xshatishlar vositasida so‗zlovchi mansub bo‗lgan xalqning milliy-ma‘naviy xususiyatlari, 
ijtimoiy turmush tarzi va dunyoqarashi, e‘tiqodi, an‘analari va urfodatlari bilan bog‗liq jihatlar 
ham aks etadi.Bundan tashqari tasvirlanayotgan shaxsning ruhiy holati, orzu-umidlari, o‗y-
kechinmalarini berishda ham o‗xshatishlar muhim vosita hisoblanadi. O‗xshatish deb «ikki narsa 
yoki voqeahodisa o‗rtasidagi o‗xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining 
belgisini, 
mohiyatini 
to‗laroq, 
konkretroq, 
bo‗rttiribroq 
ifodalash»2ga 
aytiladi. 
Ko‗rinadiki,o‗xshatishlar eng qadimiy lingvopoetik tasviriy vositalardan biri sifatida yozma va 
og‗zaki nutqimizni, ayniqsa,inson nozik his-tuyg‗ulari tasvirini berish vositasi bo‗lgan badiiy 
matnlarning badiiy-estetik ta‘sirchanligini oshirishda, muallif maqsadiga xizmat qiluvchi 
obrazlilikning yuzaga kelishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‗xshatish etaloni o‗xshatish 
qurilmaning poetik qimmatini,muallif mahorati bilan hosil qilingan lingvopoetik vositaning 
estetik salmog‗ini oshiradi. Tilimizda kundalik nutqimizda faol qo‗llanadigan bir qator 
o‗xshatishlar borki, ular an‘anaviy o‗xshatishlar hisoblanadi. Qo‗yday yuvosh, toshday qattiq, 
cho‗chqaday semiz, tulkiday ayyor kabi o‗xshatishlar ko‗p qo‗llanilgani bois ta‘sirchanlik 
xususiyatini yo‗qotgan deyish mumkin.Usmon Azim ijodini kuzatar ekanmiz, shoirning turli 
holat va hodisalar, narsalar mohiyatini anglashda takrorlanmas, o‗ziga xos o‗xshatishlar hosil 
qilganligining guvohi bo‗lamiz. Shoir o‗zining ―She‘riyat‖ she‘rida tulpor tasvirini berishda 
quyidagi o‗xshatishlarni qo‗llaydi:
Ko‗zlari chaqmoq tulpor, 
Tuyog‗i chaqmoq tulpor. 
Suvliq lablarin yirtgan, 
Yollari bayroq tulpor 
Yoki 
O‗jar tulpor, tong tulpor...yoki 
Olovli yalov tulpor kabilar 
Keltirilgan misolda tulporning ko‗zlari va tuyog‗i chaqmoqqa, yollari bayroqqa 
o‗xshatilmoqda. Otning ko‗rinishi esa tong va olovli yalovga nisbat berilmoqda. Dastlabki 
o‗xshatishlarda, ya‘ni chaqmoq so‗zining ot ko‗zlari va tuyog‗iga o‗xshatilishida ham shoirning 
mohirligi sezilib turadi.Shoir chaqmoq so‗zini ko‗zga nisbatan qo‗llaganda ot ko‗zining shakliy 
tomoni – chaqnab turishiga asoslangan bo‗lsa, tuyoqqa nisbatan qo‗llaganda esa otning 
yugurikligini chaqmoqning yalt etib ko‗rinishidagi tezlikka qiyoslamoqda. Agar she‘rda 
qo‗llanilgan har bir o‗xshatish leksik yoki grammmatik ko‗rsatkichlar bilan keltirilganda 
she‘rdagi poetik ohangdorlik, ta‘sirchanlik unchalik kuchli bo‗lmas edi. Usmon Azim 
―Beshafqat ballada‖ she‘rida to‗yma-to‗y yuruvchi raqqosa tasvirini berar ekan, unga o‗zining 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
719 
munosabatini ifodalashda o‗xshatishga murojaat qiladi va kitobxon ko‗z o‗ngida raqqosa 
obrazini gavdalantiradi:
Ishva bozori bu! Stollar — rasta! 
Torning g‗ilofida pul dasta-dasta… 
Raqqosa! Davrada ildam, ildam suz!.. 
Nega nozing — olov, ko‘zlaring — naq muz!
Shoir o‗zininng ―Maqsud Shayxzoda‖ she‘rida boshqa biror ijodkor asarida 
uchramaydigan yangi o‗xshatishni yaratadi.O‗sha parchani keltiramiz: Kurashlarda garchi 
yondim, Shukur, vijdon beyamoq.Chizavergin imonimni: 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin