Sherqulova mahliyo xasan qizi



Yüklə 22,36 Kb.
səhifə2/3
tarix20.10.2023
ölçüsü22,36 Kb.
#157845
1   2   3
asosnoma

Tadqiqotning vazifalari:
- reklama sloganlarini nutqning bir turi sifatida tahlil qilish va o’rganish;
- reklama bilan bog'liq psixologik omillarni o'rganish;
- pragmatika va reklama nutqi o'rtasidagi bog'liqlik haqida batafsil ma'lumot berish;
- “ommaviy ong” tushunchasini aniqlash;
- reklama funksiyalarida pragmatikaning nazariy qoidalarini o'rganish;

- reklamaning semantik yaxlitligini aniqlashga yordam beradigan asosiy matn kategoriyalarini tushuntirish;


- reklamaning tarkibiy-semantik jihatlarini tahlil qilish;
- reklama nutqining lingvo-madaniy xususiyatlarini o'rganish;
- reklama shiorlarining pragma-kommunikativ tarkibiy qismlarni o'rganish;
- tahlil obyektini ikki til misolida o’rganish.
Tadqiqot obyekti - media nutqi sifatida internet manbalari, televideniya, gazetalardan to'plangan reklama shiorlari.
Tadqiqot ishining predmeti reklama shiorlarini yaratishda asosiy xususiyatlar sifatida pragmatik va semantik jihatlarni tahlil qilishdan iborat.
Tadqiqot ishining metodologiyasi. Ushbu tadqiqot ishida qiyosiy tahlil, matn tahlili, madaniyatshunoslik, semiotik tahlil, sotsial-madaniy kuzatish, fanlararo yondashuvlardan foydalaniladi. Ma'lumotlar internet, televideniya va boshqa ommaviy axborot vositalarida mavjud bo'lgan reklama varaqlaridan to'planadi. Semantik nuqtai nazardan, reklama shiorlarida semantik motivatsiya, ma'noning umumlashtirilishi va ixtisoslashuvi, adabiy va ko'chma ma'nolari o’rganiladi. Ma'lumotlar G.Gricening so'zlashuv maksimalari qoidalarni buzish holatlarini va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni qidirish uchun tahlil qilinadi. Keyin ular Searlning nutqiy harakatlar tasnifi bo'yicha tahlil qilinadi. Bundan tashqari, reklama shiorlari milliy xususiyatni ifodalashning madaniy vositasi sifatida qabul qilinadi va uning madaniy xususiyatlari o'rganiladi.
Ishning yangiligi reklama tilining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash imkonini beradigan reklama doirasidagi tilning ishlashini o'rganishda fanlararo yondashuvdan foydalanishdadir. Reklama shiorlarida qo'llaniladigan pragmatik nutq harakatlari va so'zlashuv maksimlarini tahlil qilish shiorlardagi manipulyatsiya usullarini aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, reklamaning asosiy matn toifalarini o'rganish matn lingvistikasining nazariy qoidalarini boyitadi. Reklama shiorlarida semantik motivatsiya, adabiy va ko‘chma ma’nolarni tahlil qilish, ma’noni umumlashtirish va ixtisoslashtirish semantika sohasiga yangi ma’lumotlar beradi. Bundan tashqari, ushbu tadqiqot ishi turli jamiyatlarda reklama siorlarining madaniy ahamiyatini o'rganish orqali madaniyatshunoslik sohasiga hissa qo'shadi. Bu reklama shiorlari turli jamiyatlarning e'tiqodlari, qadriyatlari va an'analarini qanday aks ettirishi va ular ushbu jamiyatlarning madaniy o'ziga xosligiga qanday hissa qo'shishi haqida tushuncha beradi.

Yüklə 22,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin