Shifobaxshligi bilan boshqa mevalardan ajralib turadi. Mevalari tarkibida qand, organik kislotalar, tanin, oqsillar, pektin, shuningdek temir, kobalt, yod, A, C, p vitaminlari bor



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə3/3
tarix30.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#150831
1   2   3
Anor

O'zbekistonda yetishtirish. Mamlakatda barcha toifadagi xo‘jaliklarda jami 10,8 ming gektar maydonda 82,9 ming tonna anor hosili yetishtiriladi. Shundan, fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarida 7,6 ming gektardan 44,0 ming tonna hamda aholi tomorqa maydonlarida 3,2 ming gektardan 38,9 ming tonna anor hosili olinadi. 2022-yilda 10,5 ming gektar yangi anorzorlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Anor O‘rta Osiyoda qariyb 2 ming yildan buyon ekilmoqda. U dastlab Ozarbayjon, Eron va Afg‘oniston hududlarida yetishtirilgan. MDH mamlakatlari orasida anorzorlarning 25% dan ko‘prog‘i aynan O‘zbekistonda joylashgan.


Uzoq yillardan buyon mamlakatda anorzorlar barpo qilinib, istiqbolli navlari ekilmoqda. Anor kichikroq daraxt yoki buta shaklida o‘sib, bo‘yi 2-5 m gacha yetadi. Ko‘plab ildiz bachki chiqaradi, novdasi sertikan bo‘ladi. Nordon anor navlarining novdasi shirin anornikiga qaraganda yanada sertikan bo‘ladi.
Issiqsevar o‘simlik. Anorning o‘sish davri 180-225 kundan iborat. U issiqsevar o‘simlik. Janubiy hududlarda anor dengiz sathidan 1200 m balandlikda, qariyb 700 mm yog‘ingarchilik bo‘ladigan lalmikor yerlarda yetishtiriladi. Anor bog‘lari bir yillik ko‘chatlardan barpo etiladi. Anor bog‘ini barpo etish uchun yer odatdagi usulda tayyorlanadi. Anor sovuq shamollardan himoyalangan va quyosh qizdirib turadigan unumdor qumoq bo‘z tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
Uning po‘chog‘idan jun va zig‘ir tolali buyumlarni, iplarni bo‘yashda, siyohlar tayyorlashda foydalaniladi. Gullaridan qizil rangli gazlamalar, siyohlar uchun qizil bo‘yoqlar tayyorlanadi. Anor mevasidan qandolatchilik sanoatida va tabobatda foydalaniladi.
Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin