Shifobaxshligi bilan boshqa mevalardan ajralib turadi. Mevalari tarkibida qand, organik kislotalar, tanin, oqsillar, pektin, shuningdek temir, kobalt, yod, A, C, p vitaminlari bor



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə2/3
tarix30.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#150831
1   2   3
Anor

Achchiq dona –serhosil, mevasi oktabr oyida pishadi. Mevalari yassi dumaloq shaklda, yirik, vazni 300-400gr, qobig’I qalin. Pishgan mevalari bir tekis qizil rangda dona va sharbati qizil. Mevasi nordon-shirin. Sharbati tarkibida 15% qand, 2,5% kislota bor, mevasini 2-3 oy saqlash mumkin.


Xalq tomonidan yetishtirilgan nav. Ekilganidan keyin 2-3-yilidan hosil beradi, to’liq hosil berishi esa 7-8 yildan boshlanadi. 4x3m sxemasida ekilgan tuplar o’rtacha 25-30 kg gacha, ayrim tuplari 60-80kg gacha hosil qiladi. Mevasini 3-4 oygacha saqlash mumkin. Universal foydalanish mumkin. 


Oq dona –O’zbekistonning barcha viloyatlar uchun mo’ljallangan. Doni yirik, sentabr oxirida pishadi. Mevasi yassi-yumaloq, yirik, vazni 300-500gr, qobig’I yupqa qattiq. Pishgan mevasing rangi och-sariq yoki oqish qizil. Sharbati och pushti, yoqimli, shirin, mazali, tarkibida 14% gacha qand va 0,5% gacha kislota bor. 2 oy gacha saqlanishi mumkin. Tupining bo’yi 2-5m, buta shaklida bo’lib, novdasi tikonli, sertarmoq. Mevasi asosan yangiligida iste’mol qilinadi.
Qozoqi anor –xalq tomonidan yetishirilgan. O’rta Osiyoda eng yaaxshi hisoblangan, nordon-shirin nav. Tupi o’rtacha bo’lib o’sadi, dumaloq shaklda, ko’p sonly shoxlari qalinroq bo’ladi. Har xil tipdagi tuproqlarda yaxshi o’sadi va mo’l hosil beradi. Yer osti suvi yer yuzasiga yaqin bo’lgan yerlarda ham yaxshi o’sadi, ammo sho’r yerlarda yaxshi o’smaydi va hosil ham bermaydi. Sovuqqa chidamsiz 14-15 daraja sovuqda anor tupining ustki qismikuchli zararlanadi. Pishib yetilgan mevasi oktabr oyida terib olinadi. Saqlash va tashish uchun mevasi chidamli. Maxsus binolarda mevasini 6-8 oygacha saqlash mumkin.


Qizil anor –bu nav xalq seleksiyasi tomidan yetishtirilgan mahalli nav bo’lib, nordon-shirin anor navlariga kiradi. Shox-shabbasi keng yoyiq shoxlab o’sadi, ko’pincha novdalarning ustki qismi o’tkir tikan bilan tamomlanadi. Mevasi to’q qizil yoki qizil bo’ladi. Kattaligi o’rtacha bo’ladi. Doni to’q qizil, yirik, po’sti yupqa, undan 50-55% sharbat chiqadi. Mevasi yaxshi, nordon-shirin, har tupi 30-35kg hosil beradi. O’zbekistonning janubiy rayonlarida ko’p tarqalgan. Bu anor navi tuplari unumdor yerlarda yaxshi o’sib mo’l hosil beradi. Mevasi oktabr oyida terib linadi, asosan uni yangiligicha iste’mol qilish mumkin, undan tashqari mevasidan shifobaxsh sharbat tayyolash mumkin. 

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin