Shifratorlar va deshifratorlar



Yüklə 265,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix08.08.2023
ölçüsü265,05 Kb.
#138965
  1   2   3   4
8-Мавзу



MAVZU: 
SHIFRATORLAR VA DESHIFRATORLAR
Reja: 
1.
Shifratorlar 
2.
Deshifratorlar 
Tayanch so’z va iboralar: 
Raqamli tizimlar,
 
kombinatsion sxema, 
ketma-ketli, shifratorlar, deshifrator, to‘la shifrator, to‘liqmas shifrator. 
1.
 
Shifratorlarlar 
Jamiyatning rivojlanishi turli texnik vositalar yordamida ma’lumotlarni 
uzatish, qabul qilish va qayta ishlash bilan bevosita bog‘liq. 
Ma’lumot
- umumilmiy tushuncha bo‘lib, insonlar o‘rtasida, inson va 
avtomat o‘rtasida, avtomat bilan avtomat o‘rtasida ma’lumotlar almashishni o‘z 
ichiga oladi. Quvvat olish, qayta ishlash, uzatish va qo‘llash yuzasidan material 
va ma’lumotlarni insonning bevosita ishtirokisiz, avvaldan belgilangan dastur 
yordamida bajaruvchi qurilma - 
avtomat
deb ataladi. 
Ma’lumotlar almashinuvi uchun u dastlab kodlangan bo‘lishi kerak. 
Kodlash
deganda ma’lumotni simvollar (belgilar) ketma-ketligi yordamida 
ifodalash tushuniladi. Insonlar o‘rtasida qog‘oz ko‘rinishi- dagi ma’lumotlar 
almashinuvi keng tarqalgan bo‘lib, unda asosan raqamlar (0,1,2, ... 9), harflar 
(— o‘zbek va 26 lotin), mahsus belgilar («+», «-», «•», «=», «%» va h.k.) 
qo‘llaniladi. Bunda har bir ma’lumot uchun ma’lum belgilar kombinatsiyasi mos 
keladi. 
Raqamli texnikada ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlash uchun shartli 
ravishda nol va bir deb ataluvchi, atigi ikkita o‘zgarmas kuchlanish qiymati bilan 
ifodalanuvchi elektr signallar hizmat qiladi. Shuning uchun raqamli qurilmalar 
yordamida qayta ishlanayotgan ma’lumotni kodlash uchun ikkilik yoki raqamli 
kodlar qo‘llaniladi. 
Ikkilik kodi
- bu ikkilik o‘zgaruvchi qiymatlarining ketma-
ketligi. 
Ikkilik kodini tuzishda atigi ikkita simvol qodlanilishiga qaramay 
ixtiyoriy sonning turlicha kodlarini tuzish mumkin. Ba’zi kodlarda ketma-ketlik 
bir-biridan razryadlar soni yoki uzunligi bilan farqlansa, ba’zilarida ular tuzilgan 


qoidalari bilan farqlanadi. Birinchi holda kod, umuman olganda ikkilik sanoq 
tizimda yozilgan butun son bo‘lib, bunday kodlarda katta uzunlikdagi cheksiz 
nol va birlar ketma-ketligi ishtirok etishi mumkin. 
Arifmetik amallarni bajarishda teskari, qo‘shimcha ikkilik-o‘nlik va 
ikkilik kodining boshqa turlarini tadqiq etish maqfsadga muvofiqdir. Ularni 
qo‘llaganda o‘zgartirgich elektr signallarini maksimal soddalashtirish va 
amallarni bajarish vaqtini kamaytirish mumkin. 
Kodlarning boshqa gurui raqamli tizimlarda, masalan, xotira 
qurilmalarning maxsus yacheykalarining ishdan chiqishi sababli yuzaga 
keladigan nosozliklarni aniqlash va tuzatish kabi muammolarni yechishga 
yordam beradi. Ular ortiqcha kodlar deb ataladi. Bu kodlarda faqat bitta razryad, 
yoki umumiy holda bir nechta razryadlar ham bir, qam nol qiymat olishi 
mumkin, lekin qolgan boshqa razryadlar nolga teng bo‘lgan, belgilangan 
qiymatga ega bo‘ladilar. Mazkur kodlar n dan 1, n dan 2 va shu kabi deb 
ataladilar. Bundan kodlarga «10 dan 1» (10ta simvoldan faqat bittasi bir 
qiymatiga ega bo‘lishi mumkin), «5 dan 2» (beshta simvoldan ikkitasi doim 
birga teng qiymatga ega), juft yoki toqlikni tekshiruvchi kodlar, Heming kodlari 
misol bo‘la oladilar. 
Raqamli tizimlar, umuman olganda, tashqi muqit bilan doim periferiya 
(tashqi) qurilmalar orqali boqlangan bo‘lib, uchta guruga bo‘linadi: 
- inson va mikro EHM o‘rtasida aloqa o‘rnatuvchi qurilmalar (klaviatura, 
yozuv mashinkalari, simvolli va grafik displeylar, o‘quvchi avtomatlar va h.k.); 
- boshqaruv obyektlari o‘rtasida aloqa o‘rnatuvchi qurilmalar (turli 
datchiklar va ijro organlari, datchiklardagi analog signallarni raqamli signalga 
o‘giruvchi va ma’lumotlarni ijro organlariga uzatishda qaytadan o‘girish 
qurilmalari); 
- katta hajmdagi tashqi xotira qurilmalari (XQ) (magnit tasmalari va 
disklardagi XQlari, silindrik magnit domenlari va zaryad aloqali asboblardagi 
xotira). 


Tashqi XQlarining ko‘pchiligi insonga EHM bilan unga jo‘n bo‘lgan 
so‘zlar va o‘nlik sonlar tilida muloqatga kirishga imkon berganligi uchun, tashqi 
HXlarida ma’lumot bir turdan ikkinchisiga o‘giriladi, chunki qayta 
ishlanayotgan ma’lumotlar, dastlabki berilganlar va olinayotgan ma’lumotlar 
hisob mashinalari yordamida ikkilik sanoq tizimida kodlanayotgan turli fizik 
holatlar ko‘rinishda ifodalanadi. Bu vazifani kod o‘zgartirgichlari deb ataluvchi 
kombinatsion raqamli sxemalar amalga oshiradi. Kod o‘zgartirgichlammg 
hususiy holi bo‘lib shifratorlar va deshifratorlar qisoblanadi. 
O‘nlik, sakkizlik yoki o‘noltitalik sanoq tizimidagi raqamlarni ikkilik yoki 
ikkilik-o‘nlik kodga o‘zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma - 

Yüklə 265,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin