Shifratorlar va deshifratorlar



Yüklə 265,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix08.08.2023
ölçüsü265,05 Kb.
#138965
1   2   3   4
8-Мавзу

 
 
 
 


3.Deshifratorlar
Ikkilik sanoq tizimidagi raqamlarni o‘nlik sanoq tizimidagi kodga 
o‘zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma - 
deshifrator
yoki 
dekoder
deb 
ataladi. Bunday o‘zgartirishlar, masalan, elektron soatlarda, 
EHM va shu kabilar dasturidagi madumotlarni qayta shifrlashda 
qo‘llaniladi. Deshifrator shifratorga teskari bo‘lgan amalni bajaradi. Agar 
deshifratorning n adres kirishlari uning m chiqishlari soni bilan m=2
n
munosabat 
bilan bogdangan bo‘lsa, bunday deshifrator 
to‘liq
deb ataladi. Agar m<2
n
bo‘lsa, 
deshifrator 
to‘iq emas
deb ataladi. 
Ikkilik-o‘nlik raqamlarni o‘nlik raqamlarga o‘girishda deshifrator qanday 
ishlashini ko‘rib chiqamiz. Deshifrator va shifrator bajaradigan amallar deyarli 
bir-biridan farq qilmasligi sababli, deshifratorning ishlashi shifrator ishining 
haqiqiylik jadvali (3.2-jadval) bilan ifodala- nadi. Kirish va chiqish sinallarini 
o‘rin almashtirish kifoya. Endi chiqish signallari bo‘lib x
i
, kirish signallari bo‘lib 
esa, Q
i
hisoblanadi. Jadvalga binoan, faqat bitta kirish o‘zgaruvchilari majmuida 
chiqishdagi signal birga teng, ya’ni faqat bitta bir konstituentasi uchun. Demak, 
«10 dan 4 ga» deshifrator ishi algoritmi, quyidagi tenglama tizimi bilan 
ifodalanadi: 
(4) 
«10 dan 4 ga» deshifrator shartli grafik belgisi 3.12-rasmda keltirilgan. Bu 
deshifrator ikkili-o‘nlik kodni o‘nlik kodga o‘zgartiradi. 
Shunday qilib, deshifrator to‘rt razryadli ikkilik-o‘nlik kodni ikkilik-
o‘nlik sanoq tizimidagi o‘nlik raqamga mos keluvchi chiqishda yuzaga kelgan 


mantiqiy bir kuchlanishga o‘giradi. Masalan, 1001 kirish kodi 9 raqamli simni 
ishga tushirishi kerak, deshifratorning qolgan simlarida nol bo‘lishi kerak. 
Tezkorligi yuqori, lekin qo‘llanilgan murakkab MElar soni ko‘p bo‘lgan 
qurilma, chiziqli deshifrator (DSH) qisoblanadi. Chiziqli DSH bir-biri bilan 
bog‘lanmagan HAM sxemalari majmuini tashkil etadi. Ularning qar biri DSH 
ishini ifodalovchi (4) MAF tizimi mantiqiy funksiyalaridan birini amalga 
oshirish uchun mo‘ljallangan. Demak, (4) yordamida ifodalanuvchi tizim uchun 
o‘nta HAM sxemasi talab etiladi. Adabiyotlarda chiziqli DSHlar bir pog‘onali, 
parallel yoki matrisali deb ham nomladi. 
7-rasm. «10 dan 4 ga» deshifrator shartli grafik belgisi. 
Chiziqli DSHlarning afzalligi - ularning tezkorligidir, chunki signal faqat 
bitta ME orqali o‘tadi. DSH kamchiligi bo‘lib faqat ko‘p sonli ko‘p qirishlarlarga 
ega bo‘lgan HAM sxemalari emas, balki to‘qri va invers signallar manbai 
bo‘lgan sxemalarga qo‘yiladigan yuqori yuklama talablar hisoblanadi. Shuning 
uchun chiziqli DShlar kirish o‘zgaruvchilari uncha katta bo‘lmagan (n=2-4) da 
va kchik DSH yoki piramidali yoki ko‘p pog‘onali deshifratorlarda qo‘llaniladi. 


8-rasm. Chiziqli DSH (a) va uning shartli grafik belgisi (b). 



Yüklə 265,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin