Mazkur shifratorning kirishlari soni 2
n
=16 dan kam bo‘lganligi sababli, u
to‘liq emas qisoblanadi. Shifrator bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan 4 ta chiqishga
ega bo‘lib, uning holati to‘rtta MAFdan tashkil topgan tizim bilan ifodalaniladi.
Shifrator ishi mantiqini ifodalovchi MAF tizimini, 2-jadvaldan foydalanib hosil
qilamiz
Q
3
= X
8
+ X
9
,
Q
2
= X
4
+ X
5
+ X
6
+ X
7
,
Q
1
= X
2
+ X
3
+ X
6
+ X
7
,
(3)
Q
01
= X
1
+ X
3
+ X
5
+ X
7
+ X
9
MAFni aniqlash jarayoni juda sodda: qaysi birga teng bo‘lgan kirish
signallarida Qi chiqish birga tengligini aniqlaymiz.
Olingan MAF yordamida
shifrator quyidagi qonunga asosan ishlashini kuzatishimiz mumkin. Q
0
kichik
chiqish razryadi ixtiyoriy toq kirishlardan biriga signal berilganda ochilishi
kerak, chunki ikkilik sanoq tizimdagi barcha toq sonlar kichik razryadida birga
ega. Demak, kichik razryad tashkil etish uchun toq raqamli o‘zgaruvchilar
kirishlariga berilgan ko‘p kirishga ega bo‘lgan YOKI sxemasini qo‘llash kerak.
Keyingi Qi chiqish razryadi ikkilik sanoq tizimida Qi razryadida birga teng
bo‘lganda, ya’ni 2,3,6,7 raqamli o‘zgaruvchilarga ega bo‘lganda ochilishi kerak.
Uchinchi
chiqish signali Q
2
razryadi ikkilik sanoq tizimida uchinchi
razryadi
birga teng bo‘lganda, ya’ni 4,5,6,7 raqamli o‘zgaruvchilarga ega bo‘lganda
ochilishi kerak. Ohirgi Q
3
razryadi ikkilik sanoq tizimida to‘rtinchi razryadi
birga teng bo‘lganda, ya’ni 8 va 9 raqamli o‘zgaruvchilarga ega bo‘lganda
ochilishi kerak. Kirish sinalining birga teng darajasi faqat bir kirishda bo‘lishi
mumkin. Kirishlarda bir bo‘lmasa to‘rttala chiqishda nol kodi hosil bo‘ladi.
Tegishli qayta ishlashlardan so‘ng, shifratorning chiqish shinalarida, ikkilik
kodda yozilgan raqamga mos keluvchi signallar o‘rnatiladi.
6-rasm. Shifrator va uni boshqaruv klaviaturasi.
«1» nuqta potensiali mantiqiy bir potensialiga teng.
Shunday qilib, shifrator faqat bitta o‘tkazuvchi simga berilgan signalni
(masalan, 9-sim) shifrator chiqishda hosil bodadigan parallel ikkilik kodga (bu
qolatda 1001) o‘tkazadi. Shifrator faqat bitta kirish signaliga javob berishi
uchun, uning sxemasi ustuvor qilib tuziladi. U holda, chiqishdagi signal, signalni
qabul qilgan «katta» qirish raqamiga mos kelish kerak. Deylik,
signallar bir
vaqtning o‘zida 3,4 va 9 kirishlarga berilgan bo‘lsin. Bu yerda 9-kirish katta
raqamga ega bo‘lib, ustuvorlikka ega, shuning uchun shifrator chiqishidagi kod
- 1001 bo‘ladi. Shu sababli ustuvor shifrator mikrosxemalarida qo‘shimcha
mantiqiy elementlar ko‘zda tutiladi. Ustuvor shifrator analog-raqamli
o‘zgartirgich va mikroprotsessorli tizimlarda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: