Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta


I BOB. MILLIY IQTISODIYOT INVESTITSION MUHITINI



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/35
tarix17.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#99049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion mu

I BOB. MILLIY IQTISODIYOT INVESTITSION MUHITINI 
SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI 
1.1. Invesitsion muhit tushunchasi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi investitsiya faoliyatining 
taraqqiyotiga, uning o‘zi esa investitsiya muhitiga bevosita bog‘liq. Xorijiy 
investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish uchun zaruriy shart-
sharoitlarning yaratilishi muhimdir. Negaki mamlakatda iqtisodiy, siyosiy,ijtimoiy 
va huquqiy shart-sharoitlar mavjud bo‘lsagina o‘sha davlat iqtisodiyotiga 
investitsiya qo‘yilishi mumkin.
Investitsiya 
muhitining 
jozibadorligi 
xorijiy 
investitsiyalar 
oqimini 
ko‘paytirishning eng muhim omili hisoblanadi. Shunday ekan, investitsiya muhiti 
deganda nimalar tushuniladi? Uning jozibadorligi nimalarga bog‘liq? Investitsiya 
muhitiga qanday ta’rif berish mumkin? Qolaversa, investitsiya muhitiga qanday 
omillar ta’sir ko‘rsatadi? 
Iqtisodchi olimlardan A.Vaxabov, Sh.Xajibakiev, N.Mo‘minovlar investitsiya 
muhiti to‘g‘risida quyidagilarni ta’kidlab o‘tadilar: “Investitsiya muhiti– bu xorijiy 
kapital qo‘yilmalarining qaltislik darajasini va ulardan mamlakatda samarali 
foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va 
ijtimoiy omillar yig‘indisidir. Investitsiya muhiti kompleks, ko‘pqirrali tushuncha 
bo‘lib, milliy qonunchilik, iqtisodiy shart-sharoitlar (inqiroz, o‘sish, stagnatsiya), 
bojxona rejimi, valyuta siyosati, iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflyatsiya sur’atlari, 
valyuta kursining barqarorligi, tashqi qarzdorlik darajasi kabi ko‘rsatkichlarga 
ega”
4

“Investitsiya muhiti” va “investitsiya iqlimi” sinonim tushunchalar sifatida 
ishlatiladi. Bu xususda iqtisodchi olimlardan D.G‘ozibekov va T.Qoralievlar 
tomonidan quyidagi fikrlar bildirilgan: “Investitsiya iqlimi juda keng ma’noda 
ishlatiladigan tushuncha bo‘lib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha 
muammo va masalalarni mujassamlashtiradi. Investor tomonidan ma’lum bir 
mamlakatga kapital ajratishning qulay va noqulay tomonlari belgilanadi, shu bilan 
4
Vahobov A.V, Xajibakiyev Sh.X, Mo‘minov N.G.Xorijiy investitsiyalar.O‘quv qo‘llanma.T.: “Moliya”.,2010 yil, 146-bet 


10 
bir qatorda, o‘z kapitalini kiritmoqchi bo‘lgan mamlakat mafkurasi, siyosati, 
iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi”
5

Investitsiya muhiti investitsiya resurslarini joylashtirish uchun umumiy 
me’zon bo‘lib, birinchi navbatda, kapital mablag‘larning daromadliligini ta’minlab 
beradi. Sodda qilib aytganda, investitsiya muhiti investitsiya munosabatlarini 
amalga oshirish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini o‘zida 
aks ettirgan voqelikdir. Investitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya 
salohiyatini oshirish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratish, investitsiya 
faoliyatini jadallashtirish va pirovardida, iqtisodiyotni yuksaltirish, ijtimoiy 
muammolarni hal etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini 
yaratishdan iborat. 
Investitsiya muhitining holatini investitsiya faoliyatini amalga oshirishning 
maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, 
huquqiy, siyosiy, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning umumlashtiruvchi 
xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya muhiti deganda mamlakat iqtisodiyoti 
yoki uning ma’lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini 
va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-
huquqiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. U 
muayyan hududga investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va joziba-
dorligini belgilaydigan shart-sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini 
anglatadi. 
Investitsiyaviy jozibadorlik mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan korxona 
investitsiyalarining daromadlilik, rivojlanish istiqbollari va investitsiya xatari 
darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir. 
Investitsiyaviy jozibadorlik investitsiya salohiyati va investitsiya xatari 
darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda ta’sir etishi orqali 
aniqlanadi. Bu kabi ko‘rsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning 
maqsadga muvofiqligi hamda jozibadorligi, investitsiya xatari darajasini aniqlash 
mumkin. 
5
G‘ozibekov D.G‘, Qoraliyev T.M.Investitsiya faoliyatini tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish.T.“Iqtisod-moliya”. 
132-b. 


11 
Investitsiya muhiti holatiga baho berishda quyidagilarni inobatga olish zarur: 
– jami ichki mahsulot, milliy daromad va sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi 
yoki kamayishi;
– milliy daromadning taqsimlanishi;
– jamg‘arma va iste’mol munosabatlarining o‘zgarishi;
– xususiylashtirish jarayonlarining borishi; ma’muriy yo‘l bilan investitsiya 
faoliyatini tartibga solishning holati;
– alohida investitsiya bozorlarining, shu jumladan, fond va pul bozorlarining 
taraqqiyoti; 
– investitsiya iqlimiga ta’sir etuvchi barcha omillarni hisobga olish. 
Bu omillar qatoriga quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq:
– hududning iqtisodiy salohiyati, ya’ni mintaqaning pul mablag‘lari bilan 
ta’minlanganligi;
– ishlab chiqarish va investitsiyalarni yo‘lga qo‘yish uchun bo‘sh yerlarning 
mavjudligi; mehnat va energiya resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi;
– ilmiy-texnikaviy salohiyatning rivojlanganlik darajasi;
– olib borilayotgan umumiy xo‘jalik yuritish shart-sharoitlari, ya’ni ekologik 
holat, moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanganligi;
– tugallanmagan qurilishlarning hajmi; asosiy ishlab chiqarish fondlarining 
eskirish darajasi; uy-joy qurilishi sohasining taraqqiy etganligi; 
– mintaqada bozor muhitining tarkib topganligi, ya’ni to‘laqonli bozor 
infratuzilmasining rivojlanganligi, xususiylashtirishning investitsiya jarayoniga 
ta’siri, inflyatsiya darajasi va ta’siri, aholining investitsiya faoliyatiga jalb etilish 
darajasi, tadbirkorlar o‘rtasida raqobat muhitining rivojlanganlik darajasi, 
xo‘jaliklararo aloqalarning faollik darajasi, eksport imkoniyatlari, xorijiy 
kapitalning mavjudlik darajasi; 
– siyosiy omillar, ya’ni aholining mintaqa yoki mamlakat hokimiyat 
organlariga ishonchi darajasi, mintaqa rahbariyatining markaziy davlat rahbariyati 
bilan munosabatlari, ijtimoiy barqarorlik darajasi, milliy, diniy munosabatlarning 
ahvoli; 


12 
– ijtimoiy va madaniy omillar, ya’ni aholi hayot darajasi, maishiy-yashash 
sharoitlari, tibbiy xizmatning rivojlanganligi, ichkilikbozlik, giyohvandlik va 
shunga o‘xshash salbiy odatlarning aholi o‘rtasida tarqalganlik darajasi, 
jinoyatchilik darajasi, haqiqiy ish haqining o‘rtacha miqdori, aholi ko‘chishining 
investitsiya jarayoniga ta’siri, aholining o‘z davlati va chet davlat tadbirkorlariga 
nisbatan munosabatlari, xorijlik mutaxassislarning ishlashi uchun shart-sharoitlar; 
tashkiliy-huquqiy omillar, ya’ni hokimiyatning o‘z va chet davlat 
investorlariga munosabati, mintaqa rahbariyatining investitsiyaga doir qonun va 
me’yorlarga amal qilishi; korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish muammolari va uni hal 
qilish darajasi, ma’lumotlarni olish imkoniyatlari, mahalliy ma’muriyatning 
malakaviy darajasi, huquqni himoya qilish idoralari faoliyatining samaradorligi, 
tovarlarni, kapitalni va ishchi kuchini tashish va ko‘chirish shart-sharoitlari, 
mahalliy tadbirkorlarning ishchanlik sifatlari va madaniy-axloqiy darajasi; 
– moliyaviy omillar, ya’ni mintaqa byudjetining daromadlari, aholi jon 
boshiga byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari bilan ta’minlanganlik 
darajasi, markaziy va mintaqa byudjetlaridan moliyaviy mablag‘lar olishning 
imkoniyatlari, xorij valyutasida kredit olish imkoniyatlari, bank krediti foizlari 
darajasi, banklararo hamkorlikning rivojlanganligi, har ming aholiga bank 
kreditlarining to‘g‘ri kelgan qismi, uzoq muddatli kreditlarning umumiy kredit 
qo‘yilmalaridagi salmog‘i, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan omonatlar miqdori, 
zarar ko‘rib ishlovchi korxonalarning umumiy korxonalar tarkibidagi ulushi va 
boshqalar. 
Har qanday davlatga investitsiyalarning kirib kelishi va rivojlanishi mazkur 
mamlakatdagi investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillarga bevosita bog‘liq 
bo‘ladi. Investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillar asosan to‘rt guruhga bo‘linib, 
ular huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillarni tashkil etadi. 
Har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti, birinchi navbatda, uning siyosiy 
barqarorligida namoyon bo‘ladi. Xuddi ana shu omil xorijlik investorlarga uzoq 
muddatli shartnomalar asosida boshqa mamlakatga o‘z resurslarini kiritish 
imkonini beradi. Bunday muhit uzoq muddatli investitsiya rejalarini amalga 


13 
oshirishda juda muhimdir. O‘zbekistondagi investitsiya muhitining asosiy 
xususiyati uning Markaziy Osiyoda eng barqaror mamlakat ekanligidir. Albatta, bu 
yerda xorijiy investor u yoki bu mamlakatda o‘z kapitalining xavfsizligini 
ta’minlash masalalariga katta e’tibor qaratadi. Shundan so‘ng u o‘z kapitalidan 
foyda olishning qanchalik samaradorligi haqida o‘ylab ko‘radi. Demak, 
investitsiya muhiti investor uchun muhim bir shart: investor u yoki bu mamlakatga 
kiritayotgan kapitali xatari haqida o‘ylab ko‘radi. Buning uchun u kapital xatariga 
ta’sir etuvchi quyidagi omillarni e’tiborga oladi: 
– mamlakat ichkarisidagi siyosiy barqarorlik; 
– mintaqadagi yaqin qo‘shnichilik munosabatlari; 
– hukumatning investitsiya munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan 
qonun-qoidalarining mukammallik darajasi. 
Investitsiya muhitiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Siyosiy omillar: 
– xorijiy investitsiya borasida davlat siyosati;
– xalqaro kelishuvlarga rioya qilish; 
– davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi;
– iqtisodiy siyosatning hayotiyligi; 
– mamlakatning xalqaro shartnomalar tizimida qatnashuvi; 
– davlat apparatining ish faoliyati; 
– siyosiy hukumatning investitsiyalarga moyilligi. 
Iqtisodiy omillar: 
– iqtisodiyotning umumiy holati (yuksalish, pasayish);
– valyuta kursining barqarorligi; 
– inflyatsiya jarayonining dinamikasi; 
– soliq imtiyozlari; 
– bojxona tartibi; 
– ish kuchidan foydalanish tartibi;
– ish kuchi qiymati;
– aniq mahsulotlarga talab va taklif; 


14 
– kredit qiymati va boshqalar. 
Ijtimoiy omillar:
– jamoatchilikning xususiy mulk va xorijiy investitsiyalarga munosabati; 
– jamiyatning mafkuraviy birdamlik darajasi;
– mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining asosiy masalalari bo‘yicha 
kelishuvning mavjudligi; 
– ishchi guruhining tashkilotchiligi. 
Biron mamlakatning investitsion muhitini tahlil qilinganda, amaldor nuqtai 
nazari emas, balki o‘z mablag‘ini daromad keltiruvchi loyihaga joylashtirmoqchi 
bo‘lgan xorijiy investorlarning fikrlari ahamiyatlidir. Ularning fikricha investitsiya 
muhiti bir qator zaruriy omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning mavjudligi investitsiya 
muhitining eng qo‘lay bo‘lishini ta’minlaydi.
Birinchidan, siyosiy barqarorlik bo‘lib, uning mavjud bo‘lishi investorning 
kelgusi ishlarini rejalashtirish va ishonch bilan oldinga intilishiga imkon beradi. U 
kuchli qonuniy tizimning mavjudligi, tashqi va ichki harbiy nizolar, hamda 
inqilobiy o‘zgarishlarning bo‘lmasligida namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan, iqtisodiy samaradorlik. Har bir investor iqtisodiy o‘sish juda 
yuqori bo‘lgan, hukumat iqtisodiyotni rivojlantirish borasida barqaror siyosat olib 
borayotgan mamlakat iqtisodiyotiga mablag‘ sarflashni hohlaydi. Yana bir muhim 
omil mamlakatdagi hukumat rahbarlari, mehnat jamoalari, muholif partiya vakillari 
va xalqning xorijiy investorlarga nisbatan bo‘lgan do‘stona munosabatlaridir. 
Undan tashqari oddiy xalqning xorijliklarga, ularning mamlakatdagi iqtisodiy-
ijtimoiy faoliyatiga bo‘lgan munosabati ham katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu 
omil ham investorlarning mamlakatdagi faoliyatlariga katta ta’sir o‘tkazadi. 
Hukumatning siyosati yana bir muhim omil hisoblanib, investorlarning 
faoliyatiga turli xil ta’sir o‘tkazishi mumkin. Albatta, hukumat olib borayotgan 
iqtisodiy siyosat bevosita yoki bilvosita biznes, savdo va investitsiyalash 
jarayoniga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bunda uch jihatga alohida e’tibor berilishi zarur: 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin