Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/35
tarix17.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#99049
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion mu

Banklar va moliya. Mamlakatda jahon savdosi va investitsiya sohasida 
foydalaniladigan barcha moliyaviy instrumentlar mavjudligi ushbu sohadagi 
xizmatlar sifatini anglatadi. Investorlar uchun mamlakatda etarli miqdorda faoliyat 
ko‘rsatuvchi moliya institutlari va jahondagi yirik banklarga tegishli filiallarning 
mavjduligi muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda jahonning yirik savdo va 
investitsiya kompaniyalari filiallarining faoliyat ko‘rsatishi investorlar uchun 
ishonchlilik darajasini oshiradi. 
Hukumat strukturalaridagi rasmiyatchilik. Hukumat o‘z investitsiya 
siyosatini qanday baholashi muhim emas. Bunda katta tajribaga ega bo‘lgan 
tadbirkorlar bergan baho muhimdir. Investorlar rasmiyatchilik, qog‘ozbozlik avj 
olgan muhitga kamdan-kam o‘z mablag‘larini sarflaydilar. Hukumat uchun eng 
muhimi, rasmiyatchilik sabab bo‘lib amalga oshirilishi to‘xtab qolgan loyihalarni 
ekspertizadan o‘tkazish, yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tuzatishdir.
Mahalliy ishbilarmonlik muhiti. Bu tushuncha juda keng bo‘lib, unga: 
advokat, maslahatchilarning ko‘pligi, malakali ish yurituvchilar, buxgalterlar, 
arxitektorlar va konstruktorlarning mavjudligi kiradi. Bundan tashqari qo‘shma 
korxona ochishda mahalliy hamkorning tajribasi, aloqalari, mehnatsevarligi va 
ishonchliligi ham hisobga olinadi. 
Yashash sifati. Ushbu omil xorijiy investorga taklif qilinayotgan barcha 
narsalarda o‘z aksini topadi. Aholi turmush tarzi va daromadlarining darajasi ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning xilma-xilligi va mehnat uchun qilinadigan xarajatlar 
hajmida o‘z aksini topadi. Xorijiy investor o‘zi uchun ishlash, yashash, bank va 
boshqa xizmat turlaridan foydalanishda komfort talab qiladi. 
O’zbekistonda yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini 
beradigan yetarlicha rivojlangan sanoat va ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega. 
Respublikada ko’p tarmoqli sanoat salohiyatining mavjudligi tufayli аvtomobillar, 
transformatorlar vа akkumuliyatorlar, turli elektrotexnika buyumlari, elektronika
liftlar, gidronasoslar, traktorlar, paxta terish kombaynlarining yangi modifikat-


17 
siyalari kabi ilmiy taraqqiyotga asoslangan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni 
tashkil qilishga erishildi. 
Respublikaning xorijiy investorlar uchun yuqori jozibadorligining boshqa 
muhim omili yetarlicha turli-tuman resurs bazasining mavjudligidir.
O’zbekistonda ham investitsion loyihalarni tuzishda va moliyalashtirish uchun 
qo’lay investitsiya muhitni yaratish bo`yicha izchil chora-tadbirlar ishlab 
chiqilmoqda. Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi: 
- iqtisodiy barqarorlik; 
- inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-sumning to`lov 
qobiliyatini oshirishga yunaltirilgan makroiqtisodiy siyosat. 
Hozirgi paytda O`zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini 
tuzish va ularni moliyalashtirish bo’yicha quyidagi omillar mavjud: 
- investitsion loyihalar bilan shug’ullanuvchi shaxslarni ragbatlantirish; 
- sanoatning ustuvor sohalari, yoqilg’i, energetika majmualari bo`yicha 
investitsion loyihalar tuzish jadallashtirish; 
- xalq xo`jaligida ilm fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan 
quvvatlarni yangilash va yangilarini barpo etish bo`yicha intellektual investitsion 
loyihalarni amalga kiritilishi. 
Investitsiya loyihasini moliyalashtitrish manbalari va ishtirokchilari quyidagi 
jadvalda keltirilgan. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin