Amaliy mashg‘ulot №1 Maktab biologiya fanlari bo‗yicha yillik va taqvimiy ish rejalarini tuzish va tahlil qilish



Yüklə 0,7 Mb.
tarix24.05.2020
ölçüsü0,7 Mb.
#31514
2 5303224041400698346

Amaliy mashg‘ulot №1 Maktab biologiya fanlari bo‗yicha yillik va taqvimiy ish rejalarini tuzish va tahlil qilish.

JO’RAYEVA DILORA

REJA:

  • 1.Ta`lim standarti haqida umumiy tushuncha.
  • 2.Biologiya ta`lim standartining tarkibiy qismlari.
  • 3.O‘quv dasturi haqida tushuncha.
  • 4.Biologiya o‘quv dasturining tuzilishi.
  • 5.Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha.unga qo‘yilgan asosiy talablar.
  • 6.Maktab botanika va zoologiya darsligining mazmuni va tuzilishi.
  • 7.Odam va uning salomatligi darsligining mazmuni, tuzilishi.
  • 8.Maktab umumiy biologiya darsligining mazmuni va tuzilishi.
  • Ta`lim standarti haqida umumiy tushuncha

1997 yili Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida ta`lim to‘g`risida ikkinchi marotaba

qonun qabul qilindi, hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab

chiqildi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uch bosqichdan iborat bo‘lib, uning

birinchi bosqichi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb -xunar ta`limning davlat standartini ishlab

chiqish, har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘quv dasturlarini, ularga asoslanib darsliklarini yaratishga

bag`ishlandi. 1997-1998 yillarda umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti va o‘quv

dasturlari ishlab chiqilib, respublikaning barcha viloyatlardagi maktablarning tajriba-sinov

maydonchalarida sinovdan o‘tkazildi. O‘qituvchilar, metodistlar, xalq ta`limi xodimlarining keng

muhokamasidan o‘tgandan so‘ng umumiy o‘rta ta`lim, davlat ta`lim standari hamda barcha o‘quv fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgust qarori bilan tasdiqlandi. Umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti va biologiya o‘quv dasturi «Ta`lim taraqqiyoti» jurnalining 1999 yil 3-mart sonida ko‘p nusxada nashr qilinib, respublikaning barcha maktablari, xalq ta`limi bo‘limlariga yuborildi va u keng jamoatchilikka, ota-onalarga, o‘quvchilarga ma`lum qilindi.

Standart so‘z inglizcha bo‘lib, nusxa, o‘lcham, me`yor degan ma`nolarni anglatadi. Shu

sababli ham umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standartini asosiy qoidalarida «Umumiy o‘rta

ta`limning davlat ta`lim standarti» o‘quvchilarning umumta`lim tayyorgarligiga, saviyasiga

qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi, deb ta`kidlangan.

Biologiya ta`lim standartining tarkibiy qismlari.

Biologiya ta`lim standarti biologiya ta`limining maqsad va vazifalarini yoritishdan

boshlanadi. Biologiya ta`limining bosh maqsadi o‘quvchi shaxsini tarbiyalashdan iborat.

Biologiya ta`lim standartida biologiya ta`limining asosiy vazifalari atroflama yoritib berilgan.

Hozirgi davrda hayotning tuzilish darajalari molekula, hujayra, organizm, populyasiya - tur,

biogeosenoz, biosfera ko‘rinishda bo‘lishligi e`tirof qilinadi. Hayot tuzilishini ana shu darajalari

orasida organizm darajasi markaziy o‘rinda turadi. Bir tomondan u hayot tuzilishining quyi

darajalari bo‘lmish molekula, hujayra darajasini o‘zida mujassamlatirsa, ikkinchi tomondan

organizmning o‘zi hayot tuzilishining yuqori darajasi bo‘lmish populyasiya - tur, biogeosenoz,

biosfera darajalar tarkibiga kirishini e`tiborga olib biologiya ta`lim standartining ta`lim

yo‘nalishlaridan birinchi qilib «Organizm biologik sistema» olingan.

O‘quv dasturi haqida tushuncha

  • Maktablarda o‘qitilgan har bir o‘quv fanining mazmuni o‘quvchilar bilishi lozim bo‘lgan
  • bilimlar, o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan o‘quv ko‘nikmalar, malakalar yig`indisini ifoda qiluvchi
  • xujjat - o‘quv dasturi hisoblanadi. Unda o‘quv fanini o‘qitishdan maqsad, vazifalar, o‘quvchilar
  • o‘zlashtirish kerak bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar kompleksi o‘z ifodasini topadi.

Biologiya o‘quv dasturining tuzilishi.

  • Biologiya kursining o‘quv dasturini boshida uqtirish xati berilgan. Unda biologiya kursining qanday fan ekanligi, u qanday o‘quv fanlardan tashkil topganligi ana shu o‘quv fanlar mazmunidagi o‘zgarishlar qisqacha bayon etilgan. Xususan botanika V-VI sinflarda, zoologiya
  • VII sinfda odam va uning salomatligi VIII sinfda, umumiy biologiya o‘quv fani IX-XI sinfda o‘qitilishi qayd qilingan.

Biologiya kursining o‘qitishga oid metodik ko‘rsatmalarda «darsda va sinfdan tashqari mashg`ulotlarda dalillar, xodisalar bilan cheklanmay, asosiy g`oyalar, tushunchalarning o‘quvchilar tomonidan puxta va ongli o‘zlashtirilishiga e`tiborni qaratish lozimligi qayd qilingan. Biologiya o‘qitishda asosiy g`oyalar bo‘lib «Organik olam evolyusiyasi», «Tirik tabiat tuzilishining turli darajalari», «Organ tuzilishi bilan funksiyasining o‘zaro bog`liqligi», «Biologik sistemalarning tabiiy muhit bilan bog`liqligi, o‘z-o‘zini boshqarishi», «Nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog`liqligi» hisoblanadi. Asosiy tushunchalar qatori o‘quv dasturiga «Evolyusion», «Sitologik», «Ekologik» tushunchalar kiritilgan.

O‘quv dasturidan ko‘zlangan yana bir maqsad ta`lim bilan tarbiyaning uyg`unligini amalga oshirishdan iborat. Biologiya o‘qitishda o‘qitiladigan mavzular mazmuni bilan uzviy bog`liq holda, o‘quvchilarning axloqiy, vatanparvarlik, estetik, ekologik, gigienik, iqtisodiy va jinsiy tarbiyasiga ahamiyat berish lozimligi ta`kidlangan.

O‘quv dasturining metodik tavsiyalarida yana biologiyaning muammoli mavzularini o‘qitishda xur fikrlik an`analariga rioya qilish lozimligi, har bir dunyoqarashining o‘ziga xos ijobiy tomonlari, kamchiliklari o‘quvchilar ongiga yetkazilishi kerakligi aytib o‘tilgan.

Biologik o‘quv mavzularga o‘quvchilarning qiziquvchanligini oshirish uchun tabiiy-tasviriy, dinamik, sxematik ko‘rgazmali va audio, video vositalardan ta`lim berish jarayonida samarali foydalanish va o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish hamda mustaqil bilim olishini tashkil etish maqsadida faollashtiruvchi metodlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan keng foydalanish tavsiya etilgan.

O‘quv dasturning metodik tavsiyalarida nazariya bilan amaliyotni bog`lash uchun masalalar yechishga ham e`tibor qaratilgan. Shuningdek o‘quvchilarning bilimlarini, ko‘nikmalarini baholashda reyting usulidan foydalanish to‘g`risida ham ma`lumot berilgan.

O‘quv dasturida botanika o‘quv fani uchun 102 soat vaqt ajratilganligi va u V-VI sinfda

zoologiya o‘quv faniga 68 soat vaqt ajratilganligi va u VII- sinfda o‘qitilishi, odam va uning salomatligiga 68 soat vaqt ajratilganligi va u VIII-sinfda o‘qitilishi va nihoyat, IX-XI sinflarda umumiy biologiya o‘qitilishi ta`kidlanadi.

O‘quv dasturida har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘qitiladigan asosiy mavzular mazmuni,

ularni o‘tish uchun kerakli jihozlar keltirilgan. O‘quv dasturida ana shu mavzularning qanday dars tiplaridan foylanib o‘qitish kerakligi haqida ham ma`lumotalr berilgan. Bunda oddiy darslardan tashqari qaysi mavzular bo‘yicha laboratoriya mashg`ulotlarida amaliy ishlab ekskursiyalar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Masalan, maktab botanika o‘quv dastur bo‘limida gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishish, hujayra, ildiz, poya, barg, o‘simliklarning vegetativ ko‘payishi, gul, mevalar, urug`lar, o‘simlik yaxlit organizm, o‘simliklarning asosiy bo‘limlari, gulli o‘simliklarning asosiy oilalari, o‘simliklar qoplami, manzarali o‘simliklar, Yerda o‘simliklar dunyosining paydo bo‘lishi kabi asosiy mavzular o‘tiladi.

Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzilishi.

  • Maktab zoologiya darsligining muallifi professor O.Mavlonov bo‘lib, u 172 sahifadan, 60 paragrifdan iborat. Unda 134 ta rangli rasmlar bor. Har bir paragraf so‘ngida bilimlarni nazorat qilish uchun savollar va test topshiriqlar berilgan. Darslikda bilimlar berish bilan o‘quvchilarning ko‘nikma, malakalarini shakllantirishga ham e`tibor qilingan. Mazkur masala 5ta laboratoriya mashg`ulotlarida o‘z ifodasini topgan.

Zoologiya darsligi tuzilish jihatidan botanika darsligidan tubdan farq qiladi. Agar

botanika darsligining 5-sinf uchun mo‘ljallangan o‘quv materiallar morfologik, anatomik,

fiziologik, ekologik bilimlar majmuasida tashkil topgan bo‘lib, 6-sinf botanika darsligida asosiy

e`tibor sistematik tushunchalarning o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lsa, zoologiya darsligida bir

vaqtning o‘zida sistematik, anatomik, morfologik, fiziologik, ekologik, gigienik bilimlar bayon

etiladi. Zoologiya darsligining ikkinchi o‘ziga xos jihati xayvonlar bilan tanishish evolyusion

prinsipi asosida amalga oshirilganligidir. Odatda zoologiya darsligi o‘quvchilarni umurtqasiz

xayvonlarning bir hujayralilar yoki sodda xayvonlar vakillari bilan tanishtirishdan boshlanib, to

sut emizuvchilarning eng yuksak vakillari bo‘lmish primatlar turkumi vakillari bilan

yakunlanadi.


Odam va uning salomatligi.

  • Mazkur darslikning mualliflari professorlar B.Aminov, T.Tilovovlardir. Darslik 68 soatga
  • mo‘ljallangan o‘quv dasturi asosida yozilgan. U XVI bobdan, 55 paragrifdan tashkil topgan.
  • Darslikda «Kirish» dan so‘ng odam organizmi haqida umumiy ma`lumot, tayanch xarakatlanish
  • sistemasi, qon, qon aylanish sistemasi, nafas olish, ovqat xazm qilish, moddalar va energiya
  • almashuvi, ayirish, ichki sekresiya bezlari, nerv sistemasi, oliy nerv faoliyati, sezgi organlari,
  • ko‘payish va rivojlanish, odamning paydo bo‘lishi to‘g`risida ma`lumotlar bayon etilgan.
  • Darslikda hujayraning tuzilishi, to‘qimalarga, suyaklarning tuzilishi, muskullarning dinamik
  • xarakati va funksiyasini kuzatishga, odam qonining shaklli elementlarini o‘rganishga, qon
  • ketganda birinchi yordam, ko‘krak qafasini, nafas olganda va chiqarilganda karbonat angidridni
  • aniqlashga siydik ayirish organlarining tuzilishiga, markaziy nerv sistemasi tuzilishini
  • o‘rganishga, ko‘rish o‘tkirligini aniqlashga oid laboratoriya mashg`ulotlarini o‘tkazish
  • metodikasi yoritilgan.

Darslikda 92 rangli rasmlar, darslik so‘ngida o‘quv fani bo‘yicha test

savollari va xotima berilgan. Darslikning ijobiy tomonlari haqida gapirib, uning o‘quv dasturiga

to‘liq mos holda yozilgani, o‘tmishda va hozirgi davrda ijod qilayotgan olimlarning fanga

qo‘shgan xissalari, respublikadagi ob-havo sharoitini e`tiborga olgan holda keng tarqaladigan

kasalliklar haqida ma`lumot berilganligini qayd qilish lozim. Darslikning salbiy tomoni haqida

to‘xtab darslikda odam anatomiya, fiziologiyasiga nisbatan tibbiyot, xususan har xil kasalliklar,

ularning kelib chiqish sabablari va davolash haqidagi ma`lumotlarning ortiqcha berilganligini

ta`kidlab o‘tish kerak. Shu bilan birga ba`zi paragraflar (masalan 1, 33, 42§) dagi ma`lumotlarni

nihoyatda kamligi, boshqa paragrifdagi (2,5,24,27,24,38) ma`lumotlarni ko‘pligini, ba`zi

paragriflar mundarijada bo‘lib matnda uchramasligi (24§) ham ko‘rsatib o‘tish zarur.

Ba`zi bir mavzular, masalan ichki sekresiya bezlari juda murakkab qilib berilgan. Unda

keltirilgan gormonlar soni 25 tadan ortadi. Darslikda ilmiy chalkashliklar anchagina. «Mehnat

tufayli ibtidoiy odamlar avval tik yurishga, so‘ngra qo‘l barmoqlari bilan mehnat qurollarni

ushlashga o‘rgangan

Bilimni nazorat qilish uchun savollar.

Darslik bilan o‘quv qo‘llanmaning farqini aytib bering.

Darslikning asosiy komponentlari nimalardan iborat?

Botanika darsligining tuzilishini va mazmunini tushuntirib bering.

Zoologiya darsligi botanika darsligidan nimalari bilan tafovut qiladi?

Zoologiya darsligida bilimlarni yoritish qanday prinsipga asoslangan.

Odam va uning salomatlik darsligining yutuq kamchiliklari nimalardan iborat?

9-sinf biologiya darsligida qanday asosiy mavzular yoritilgan?



Biologiya darsligdagi kamchiliklar to‘g`risida sizning fikringiz?

Tuzuvchi:Jo’rayeva Dilora

  • E’tiboringiz uchun rahmat

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin