44
oshirish, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish
uchun qarz munosabat-
lariga asoslangan mablag‘larni jalb etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish asosan birlamchi bozorlarda amalga
oshiriladi, Ularning muomalasi esa (qayta oldi sotdisi) ikkilamchi qimmatli
qog‘ozlar bozorida olib boriladi. Ushbu jarayonlarni tashkil etish individual yoki
institutsional shakllarda amalga oshiriladi.
Jahon amaliyotida asosan ularni tashkil etish investittsiya muassasalari orqali
amalga oshiriladi.Ular birlamchi
va ikkilamchi bozorlarda, birjaviy va nobirjaviy
operatsiyalarni professional tarzda amalga oshiradilar. Shuningdek, xalqaro
integratsiyalashgan global miqyosdagi operatsiyalar ham
amalga oshiriladiki, ular
orqali jaxon miqyosidagi kapitallarning harakati va investitsion jarayonlarni
kuzatish va ularga baho berish mumkin.
Mablag‘larni jalb etish maqsadida kapital iste’molchilari qimmatli
qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi va ularni sotish natijasida ishlab chiqarish
(savdo–sotiq, moliyaviy faoliyat va h.k.) jarayonini amalga oshirish uchun mablag‘
oladi. Kapital iste’molchilari (emitentlar) va yetkazib beruvchilari (sarmoyadorlar)
o‘rtasidagi
munosabatlar qaytarilish, to‘lovlilik yoki mol–mulkka egalik qilish
huquqini o‘tkazish shartlari bilan amalga oshiriladi.
So‘nggi yillarda mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish
uchun bir qancha islohotlar amalga oshirilib, ushbu
sohaga oid qonunchilikni
takomillashtirish borasida bir necha me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha izchil ravishda ishlar amalga
oshirilayotgan bo‘lsada, sohada o‘z yechimini kutayotgan muammolar ham
mavjudligini ta’kidlash lozim. Quyida mazkur sohaga oid asosiy ko‘rsatkichlarni
tahlil qilish orqali mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishi darajasi va
muammolariga to‘xtalib o‘tamiz.