Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta


 Milliy iqtisodiyot invesitsion muhitiga moliya bozorining ta’sirini



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/35
tarix17.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#99049
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion mu

2.3. Milliy iqtisodiyot invesitsion muhitiga moliya bozorining ta’sirini 
hududlardagi xususiyatlari 
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik holatini ifodalovchi asosiy 
ko‘rsatkich, uning investitsion jozibadorligi hisoblanadi. Iqtisodiyotga 
kiritilayotgan investitsiyalar miqdori, uning dinamikasi mamlakatdagi iqtisodiy 
o‘sish sur’atlarini belgilovchi asosiy omil sifatida investitsiya resurslari 
manbalarini shakllantirish va uning barqarorligini hududiy rivojlanishning muhim 
tarkibiy qismi sifatida e’tirof etish mumkin.
Investitsiyalar hudud rivojlanishidagi asosiy omil sifatida qaralishini inobatga 
olganda, hududlarda investitsion muhitni shakllantirish, investitsion jozibadorlikni 
oshirishda samarali marketing strategiyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga 
ega.
Xorijiy kapitalning asosiy qismi birlamchi tarmoqlarga jalb qilinayotganligi 
xorijiy investitsiyalarining o‘sish sur’ati o‘rtacha respublika darajasidan pastligicha 
qolishiga sabab bo‘lmoqda. 
Mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika kabi yuqori qo‘shilgan 
qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga esa xorijiy investit-
siyalar deyarli kiritilmagan. Hududlarga investitsiyalarni jalb etish ayniqsa, xorijiy 
investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital qo‘yilmalarini ko‘paytirish bo‘yicha 
marketing asosnomalari to‘g‘ri belgilanmagan. Investitsiyalarning marketing 
asosnomalari yetarli talablarga nomuvofiqligi natijalari, jalb etilgan investitsiya-
larning rejalashtirilayotgan samarani olib kelmagan.
Tanlab olingan indikatorlar tizimi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan 
omillarga ko‘ra baholab chiqiladi, bular:
1. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning muvozanatlilik bahosi – u
1

2.Iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash 
va 
diversifikatsiyalash 
darajasi 
indikatorlari – u
2
.
3. Raqobat muhitini rivojlantirish indeksi – u
3
.
4. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish indikatorlari – u
4

5. Hududarning ijtimoiy rivojlanish holati indikatorlari – u
5
.


48 
Belgilangan omillar bo‘yicha marketing muhitini baholish bo‘yicha taklif 
etilgan (1) formula asosiy hisoblanib olindi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin