(5)
bu yerda I
0
- boshlang‘ich investitsiyalar, CF
t
- davrda olingan pul tushumlari.
Investitsiya rentabelligi ko‘rsatkichi firma (yoki investor) mablag‘lari 1 so‘m
hisobida qanday hollarda o‘sishini aniqlash imkonini beradi. Agar investitsiya
sarflari turli davrlarda (uzoq amalga oshirilsa, (PI)ni aniqlash formulasi
quyidagicha bo‘ladi:
38
(6)
bu yerda, I
t
– t yildagi investitsiyalar.
Investitsiyalarning rentabelligi va sof joriy qiymat ko‘rsatkichlarini taqqos-
lama baholash shuni ko‘rsatadiki, sof joriy qiymati o‘sishi bilan investitsiyalar
rentabelligi ham o‘sadi va aksincha.
4-usul: Diskontlangan qoplanish muddati – qilingan investitsiyalarning
joriy qiymatini diskontlashtirilgan pul tushumlari qiymati orqali to‘liq qoplanish
muddatini tavsiflab beradi.
Yuqorida nazarda tutilgan muammoli vaziyat (ta’bir joiz bo‘lsa, xatolik)ning
davomi sifatida foydaning ichki me’yori (IRR)ni hisoblashda ham sof joriy qiymat
(NPV) natijasidan foydalanamiz, natijada biz loyihani amalaga oshirish jarayonida
reja ko‘rsatkichlariga amal qilsakda, prognoz qilingan daromadlilikning darajasiga
erisha olmaymiz. Buning natijasida o‘zlik mablag‘lari ham jalb qilingan kapital
resurslari uchun belgilangan ustama baho qiymatini to‘lashga xizmat qiladi:
- loyihaning hayotiylik davrida investorlarning boyligi qanday holatda
o‘sishini baholovchi investitsiyalarning rentabelligi ko‘rsatkichi (PI) ham loyiha
asoslanganda belgilangan natijani bermaydi. Ya’ni real (loyiha hayotga tatbiq
etilgandagi) rentabellik darajasi prognoz darajadan past bo‘ladi;
- dastlabki sarflangan investitsiya summasi nol darajadan boshlab diskont
berilishi natijasida hosil bo‘lgan investitsiyalarning diskontlashtirilgan qiymati
avvalgi holatda hisoblangan investitsiya summasidan katta chiqadi. Bu esa,
investitsiyalarning diskontlashga asoslangan qoplash muddati (DPP)ni uzoq davom
etishiga olib keladi.
Investitsiya qarorlarini qabul qilishda investitsiya loyihalarini baholash, tahlil
qilish, tanlash va amalga oshirishning ilmiy asoslangan usulubiyatidan foydalanish
muhim sanaladi. Shuningdek, investitsiyalar xususida qarorlar qabul qilinishida
ularni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash jarayonlarini shunday tashkil qilish
kerakki, bunda ularning qiymatini minimallashtirish va joylashtiriladigan capital-
39
ning foydaliligini oshirishga qodir manbalardan foydalanish yo‘llarini baholash
kerak bo‘ladi. Investitsiya qarorlarining qabul qilinishi investitsiya kapitalining
tuzilishi, uning muayyan vaqt davomida taqsimlanishi hamda pulning joriy
qiymatini hisoblashga imkon beruvchi diskontlash koeffitsientlarini qo‘llashni
talab etadi.
Loyiha samaradorligini baholash, shuningdek ishtirokchi tomonlar manfaat-
larining namoyon bo‘lishini aniqlash bilan amalga oshiriladi. Garchi har bir
ishtirokchi tomon o‘zicha va turlicha baholash ishini olib borsada, biroq
kelgusidagi foydadan manfaatdorlik barcha ishtirokchi uchun umumiy hisoblanadi.
Loyihani samaradorlik nuqtai nazaridan baholashda jamiyat manfaati va qiziqishni,
mahsulotning ekologik tozaligini, uning ijtimoiy-iqtisodiy tizimning rivojlanish
maqsadiga qanchalik mos kelishni aniqlash investitsiya loyihasining moliyaviy
amalga oshirilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Real aktivlarga mablag‘ sarf qilishda iqtisodiy-moliyaviy baholashning
ahamiyati juda kattadir. Har qanday ma’qul bo‘lgan loyiha, agar quyidagi
shartlarni bajarmasa qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas:
– tovarlarni sotishdan kelgan daromadlar sarf etilgan xarajatlarni qoplamasa;
– loyihani mablag‘ bilan ta’minlaydigan investor o‘rtacha foyda normasidan
kam bo‘lmagan rentabelikka erishmasa;
– investor uchun ma’qul keladigan davr ichida xarajatlar qoplanmasa. Mana
shu shartlarni bajarish real ekanligini aniqlash loyihalarni investitsiyalashning
kaliti hisoblanadi. Bu shartlarni baholash juda qiyin jarayon hisoblanadi. Buning
asosiy sababi quyidagi omillar ta’siridan kelib chiqadi: investitsiyalarni jalb etish
bir marta, birdaniga, yoki uzoq muddat ichida bir necha marta takrorlanishi
mumkin; natijalarga erishish davri ham juda uzoq bo‘lishi mumkin; natijalarga
erishish davrini uzayishi bilan noaniqlik darajasi ham ko‘payadi, tavakkalchilik
(risk) oshadi. Mana shu omillarning hayotda mavjudligi investitsiya loyihalarini
baholash uslublarini vujudga keltirishni taqozo etadi. Albatta buni oldindan tez va
yuz foiz aniqlik bilan hech kim ham hisoblay olmaydi.
|