2.6-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalarning o‘sish sur’atlari
16
.
Qator hududlarda asosiy kapitalga investitsiyalarning yuqori o‘sish sur’atlari
kuzatildi, jumladan, Navoiy viloyatida o‘tgan yilga nisbatan 184,6 foiz (asosiy
kapitalga investitsiyalar hajmi 10059,1 mlrd. so‘m), Namangan viloyatida – 171,2
foiz (7131,0 mlrd. so‘m), Qoraqalpag‘iston Respublikasida – 162,2 foiz (6046,4
mlrd. so‘m), Jizzax viloyatida – 155,9 foiz (3169,2 mlrd. so‘m), Surxandaryo
viloyatida – 149,5 foiz (6111,0 mlrd. so‘m), Farg‘ona viloyatida – 146,6 foiz
(4978,4 mlrd. so‘m), Toshkent viloyatida – 123,7 foiz (9351,4 mlrd. so‘m),
15
www.stat.uz-
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy axborot sayti ma’lumotlari
16
www.stat.uz-
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy axborot sayti ma’lumotlari
53
Xorazm viloyatida – 122,8 foiz (2980,0 mlrd. so‘m), va Toshkent shahrida – 114,7
foiz (21861,5 mlrd. so‘m)
17
.
Hozirda
mamlakatimiz
hududlarining
rivojlanishiga
salbiy
ta’sir
ko‘rsatayotgan asosiy to‘siqlardan biri – hudud iqtisodiyoti real sektoriga
kiritilayotgan investitsiyalarning yetarli emasligidir. Hududlar investitsion
siyosatini ishlab chiqishda ularning investitsion jozibadorligi asos bo‘lib xizmat
qiladi. Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda respublikamiz hududlarining
investitsion jozibadorligi etarlicha past bo‘lib hisoblanadi.
Investitsion jozibadorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarni o‘zida
ifodalovchi 1-4 guruhlardagi reyting baholash natijalarini hududlarning kompleks
ko‘rsatkichlarini pasayib borish tartibida joylashtiramiz. Birinchi o‘rin kompleks
ko‘rsatkichning eng yuqori qiymatiga ega hududga beriladi. Investitsion
jozibadorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarni ifodalovchi 5-guruh
reyting baholash natijalari hududlarning kompleks ko‘rsatkichlari qiymatini o‘sib
borish tartibida joylashtiramiz. Birinchi o‘rin kompleks ko‘rsatkichning eng past
qiymatiga ega hududga beriladi. Taklif etilayotgan hududlar investitsion
jozibadorligini baholash metodikasi bir qator o‘ziga xosliklarga ega bo‘lib,
xususan, tizimlar nazariyasining tartiblaridan foydalanilgan, ya’ni elementlar
xilma-xilligining zarurligi, minimal yetarlilik va ularning maqsadga yo‘naltiril-
ganligi tamoyillari hisobga olingan. Ushbu holat metodikaga bir qator ustuvor-
liklarni beradi va salohiyatli investor uchun foydali vositaga aylantiradi:
− ma’lumotlarni topishning osonligi – hudud investitsion jozibadorligini
integral va reyting baholash statistik ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi, ushbu
ma’lumotlar hududlarning yillik statistik to‘plamlarida chop etiladi;
− ma’lumotlarning ortiqcha emasligi va to‘liqligi – hudud investitsion
jozibadorligining turli jabhalarini tavsiflash uchun atiga ellikta boshlang‘ich
statistik ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: hudud iqtisodiy salohiyati, hudud ishlab
chiqarish samaradorligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi,
iste’mol darajasi va turmush sifati, investitsion risk;
17
www.stat.uz-
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy axborot sayti ma’lumotlari
54
− reyting baholashi qiyosiy (solishtirma) hisoblanadi: u barcha tadqiq
etilayotgan hududlarning haqiqiy erishgan natijalarini hisobga oladi, hudud
investitsion jozibadorligi ko‘rsatkichlari nisbiy qiymatlarini olishda hisob-kitob
asosi sifatida ekspertlarning sub’ektiv taxmin va xulosalari emas, balki tadqiq
etilayotgan ob’ektlarda olingan nisbatan aniq natijalardan foydalaniladi;
− ushbu metodikada hisoblash algoritmidan foydalaniladi, xususan hudud
investitsion jozibadorligini qiyosiy kompleks baholashning matematik modelidan
foydalanish imkoni yuzaga keladi;
− ushbu metodika yordamida hisoblangan investitsion jozibadorlikning
xususiy, kompleks va integral ko‘rsatkichlari qiymatlari noldan birgacha bo‘lgan
oraliqda joylashgan va bu hududlarni qiyosiy tahlilini amalga oshirishni sezilarli
darajada osonlashtiradi hamda investitsion jozibadorlikni oshirishning zaxiralarini
aniqlash imkonini beradi, xususan, nafaqat reyting baholashning ortda qolayotgan
hududlarida, balki, eng yuqori o‘rinlarda joylashgan hududlar uchun ham. Misol
uchun, tadqiqotlarimiz davomida aniqlangan ma’lumotlarga asoslanib, reytingda
0,75 baho bilan etakchi o‘rinni egallayotgan Toshkent shahri quyidagi
ko‘rsatkichlar bo‘yicha past qiymatlarga ega (investitsion risk ko‘rsatkichlarida esa
yuqori qiymatlarga) va ushbu yo‘nalishlarda ishlarni yaxshilash tavsiya etiladi:
X1.9 - jami investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalarning salmog‘i (0,28),
X2.5 - canoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘tgan yilga nisbatan o‘sishi
indeksi (0,20), X4.12 - har 10000 aholiga to‘g‘ri keluvchi madaniyat va aholi dam
olish markazlari (0,35), X5.3 - aholining kasalliklarga chalinishi darajasi, har 1000
kishiga (1,0), X5.4 - go‘daklar o‘limi koeffitsienti (1,0), X5.6 - bir yil davomida
tugatilgan korxona va tashkilotlar soni (1,0), X5.7 - 100000 aholiga to‘g‘ri
keladigan ro‘yxatga olingan jinoyatlar soni (1,0), X5.8 - 100000 aholiga to‘g‘ri
keluvchi yo‘l transport hodisalarida halok bo‘lganlar soni (1,0).
Hudud investitsion jozibadorligini baholashning taklif etilayotgan metodika-
dan amaliyotda foydalanish bir tomondan, davlat hokimiyati va boshqaruv
organlariga hudud xo‘jalik faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va ushbu
kamchiliklarni
bartaraf
etish
bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish
55
hamda natijada investitsion resurslarni jalb qilish imkoniyatlarini yaxshilasa,
boshqa tomondan esa, ushbu metodika asosida amalga oshirilgan hududlar
investitsion jozibadorligining tahlili natijalari har bir strategik investorga uning
qiziqishlarini (xohish-istaklarini) inobatga olgan holda unga maqbul keladigan
investitsiyalash ob’ektini tanlash imkonini beradi.
O`zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining rivojlanib borishi, foyda
olishning turli yo`llarini amalga tatbiq etishga olib kelmoqda. Agarda avval
korxonalarda asosiy daromad o`zida ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan iborat
bo`ladigan bo`lsa, bozor munosabatlari rivojlanayotgan hozirgi sharoitda
investitsiya va moliyaviy daromad olishga kengroq e`tibor qaratilmoqda. Hozirgi
kunda investor oldida turgan asosiy maqsad optimal investitsiya portfelini
shakllantirish bo`lib, uning ushbu portfel tarkibiga kiruvchiga investitsiya
qimmatliklarini, boshqacha aytganda, investtsiya mulk ob`ektlarini qanday
joylashtirishi ham muhim hisoblanadi.
Bozor munosabatlari rivojlanayotgan bugungi kunda investorning o`z mulkini
faqat korxonaning muomalaviy faoliyatiga emas, shuningdek investitsiya
faoliyatiga ham yo`naltirilganligi, oxir-oqibatda, investor olayotgan daromadning
oshishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda investor mulkini qaysi faoliyatga
biriktirishi ham muhim masalalar qatoriga kiradi. Jumladan, investor mulki
tarkibida bo`lgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa mulklari
investitsiya jarayonlariga ko`proq jalb qilinsa, uning oladigan daromadi yanada
oshishi mumkin. Investitsiya faoliyatining vositasi hisoblangan mulk barcha
ijtimoiy-iqtisodiy shakllanishlarda ishlab chiqarish munosabatlarining asosini
tashkil etib, ularning xususiyatlarini belgilab beradi. Har bir ijtimoiy-iqtisodiy
shakllanishda mulkchilik turli xil ijtimoiy munosabatlarda rivojlangan bo`lib,
mulkchilikni tavsiflanganda uning iqtisodiy mazmunini hal qiluvchi ahamiyat kasb
etadi.
Xulosa qilib, davlatdagi xorijiy investitsion muhitni, birinchi navbatda,
to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar muhitini yanada rivojlantirishga moliya bozori-
ning o’rnini quyidagilar orqali namoyon bo’ladi:
56
- soliq qonunchiligini soddalashtirish va ishlab chiqarishni rag`batlantirish
maqsadida soliq tizimini takomillashtirish;
- chet ellik investorlar maqsadi, ko`zlangna manfaatlarini chuqur o`rganib
chiqish hamda tahlil etish orqali ularga yaratilgan qulay shart-sharoitlar va
imtiyozlarni kengaytirish;
- investitsiyalarni joylashtirish, ulardan samarali foydalanish borasida
investitsiya marketingini kengaytirish va rivojlantirish;
- xorijiy investorlarning ba`zi toifalariga yaratilgan imkoniyatlarni barcha chet
el investorlari uchun umumiy qonun-qoidalari asosida belgilash;
- investorlarni mamlakat investitsiya muhitida ular uchun yaratilagan katta
imtiyozlar va qulayliklar bilan keng tanishtirish, bu borada moliya bozorining o’rni
to’g’risida ularni xabardor qilish.
Dostları ilə paylaş: |