Shodmonov Siroj Hasanovich Qashqadaryo viloyati, G’uzor tumani (45-idum o’qituvchisi) Buxoro amirligida me’morchilik Annotatsiya



Yüklə 25,37 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü25,37 Kb.
#40449
növüИсследование
BUXORO TARIXI


Shodmonov Siroj Hasanovich Qashqadaryo viloyati, G’uzor tumani (45-IDUM o’qituvchisi)

Buxoro amirligida me’morchilik

Annotatsiya: O‘rganilayotgan mavzuda Buxoro amirligidagi madaniy va manaviy hayot va tarixshunoslik masalalari o‘rganilgan. Bu esa tarix fanining istiqbolli ilmiy mavzularidan biri ekaniga dalolatdir.

Аннотация: Исследование культурной и духовной жизни и историографии Бухарского эмирата. Это доказывает, что история - одна из самых многообещающих научных тем.

Annotation: Study of the cultural and spiritual life and historiography of the Bukhara Emirate. This proves that history is one of the most promising scientific topics.

Darhaqiat, o`zbek xalqining tarixi va madaniyati bir necha ming yilliklarni o`z ichiga oladi. Ajdodlar qoldirgan, asrlar davomida yaratilgan moddiy va ma`naviy meros esa insoniyat tarixining boy takrorlanmas qismini tashkil etadi. Ularning katta qismi esa madaniyat sohasida to`plangan boyliklardir. Mustaqillik tariximiz uchun qorong`u sahifalarni yanada oydinroq yoritish imkoniyatini yaratib berdi. O`tgan yillar mobaynida ajdodlarimizning yuzlab qo`lyozma asarlari dunyo yuzini ko`rdi, respublikamizda va xorijda minglab nusxalarda nashr etildi. Bu tariximizning boy o`tmishiga va merosiga ko`rsatilgan ehtirom va e`tirofidir. Ayniqsa, o`zbek xonliklari davrida yaratilgan yuzlab noyob qo`lyozma asarlar bugungi kunda xalqimizning bebaho ma`naviy merosi sifatida o`z tarkibida madaniy hayotning turli sohalariga ko’plab ma`lumotlarni yetkazib kelayotganligi bilan bir qatorda davlatchilik jarayonlari, iqtisodiy va siyosiy hayot tafsilotlari, diplomatik aloqalarga oid qimmatli ma`lumotlarni jamlagan, ayni vaqtda ularning barchasi bu davrlardagi madaniy hayotning eng asosiy jihatlarini aks ettiradi. XVIII asr oxirida butun O’rta Osiyoni qamrab olgan ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul ko’p yillar mobaynida har qanday arxitektura faoliyatini to’xtatib qo’ygan edi. Burilish faqat asrning so’nggi choragida ro’y berdi. XIX asrda O’rta Osiyo xonliklarida arxitektura inshootlari turlari yanada takomillashdi, ko’plab jamoatchilik binolari va inshootlar (karvonsaroylar, ko’prik, sardoba, shaharlarda hammom, tim(usti yopiq bozor) va boshqa savdo rastalari) qurildi, monumental binolarning tarxi, qiyofasiga o’zgartishlar kiritildi. Buxoro shahri qalin va baland (10-15 metrgacha) devor bilan o’ralidi va shahar darvozalari o’rnatilgan edi. Yirik binolarda xalq me’morligining an’analaridan foydalanilgan, monumental binolar shahar tashqarisida ham qurila boshlangan edi. Monumental arxitekturada,bir tomondan avval ishlab chiqilgan kompozitsion sxemalar izidan borish, ikkinchi tomonda esa o’ziga xos mahalliy binolarni paydo bo’lishi ko’zga tashlanadi.Buning sababi rasmiy memorlikka xalq arxitekturasi hamda dekorativ amaliy san’at shakllari va usullarining tasiri desak noto’g’ri bolmaydi. Arxitektura ansambillari (Населенные пункты Бухарского эмирата. Конец XIX- нач. XX вв. //Материалы к исторической географии Средней Азии. – Ташкент: Университет. 1999. – С.) me’morlarning yuksak xizmatlari bo’ldi.Buxoro amirligida XIX asr o'rtalarida memorchilikda turar joylar arxitekturasida mahalliy uslublar shakllangan. XIX asrda tarixiy binolarning, ayniqsa ichki qismlarini koshin, tosh, ganch, yog'och o'ymakorligi bilan bezatilgan. Naqqoshlikda ayniqsa islomiy naqsh rivoj topdi. O'ymakorlikda turli uslublar shakllandi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiyadan arzon mahsulotlarni keltirilishi, mahalliy sanoat va badiiy hunarmandchilik rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. O'zbekiston hududini Rossiyaga qo'shib olinishi 1860 – 1880-yillar mahalliy memorchilikda rus uslublari ta'sirini kuchaytirgan edi. Bizning kunlargacha yetib kelgan XIX asr boshlaridagi qurilishlar orasida turar joy uylari aloxida qiymatga ega.Yillar o’tgan sari ular kamayib bormoqda, chunki uylar uzoq vaqtga chidamaydigan materialardan tiklangan. XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Buxoro va Xiva me’morchiligida binolar konstruksiyalari yanada takomillashtirilgan.Jome’ masjidlari saroy tipida serhasham qilib barpo etilgan, guzar-mahalla masjidlari qishlik va yozlik katta ayvonli qilib qurilgan. Usha davrda Buxoroda bunyod etilgan obidalardan biri:

Sitorai Mohi Xosa (forscha-yulduz oy makoni) – Buxorodan 4 km shimolda joylashgan mang’it sulolasi vakillari tomonidan bunyod etilgan saroy-bog’ Sitorai Mohi Xosa saroyi ikki qismdan, ya’ni eski va yangi saroy hamda g’isht to’shalgan 3 hovlidan iborat. Eski saroy Buxoro turar joy shaklida barpo ctilgan bir-ikki qavatli uylardan tashkil topgan. An’anaviy uch qism kompleks bo’lib, undagi dastlabki binolar Nasrulloxon (1826 – 1860) va Muzaffarxon (1860 – 1885) hukmronligi davrida qurilgan. Abulahadxon (1885 – 1910) tomonidan esa 1892-yilda qurilish (Vaxitov M., Mirzayev Sh. Memorchilik tarixi. – T., 2010. – B. 103. 2 Галина Анатолеъевна. Очиқ осмон остидаги музей. – T., 1981. – Б.19). yakunlanib, saroy va bog’ barpo etiladi. Eski saroy bir qancha vaqt Rossiyada rus me’morlari ishi bilan tanishgan usta Hoji Hofiz boshliq Buxoro mc’morlari tomonidan qurilgan bo’lib, Eski saroy tarixida Yevropa me’morchiligining elementlarini ham kuzatish mumkin. Eski saroyning sharqida Amir Sayyid Olimxon hukmronligi (1910 – 1920) davrida Yangi saroy barpo ctilgan, bir qavatli bo’lgan ushbu saroy “T” shaklida qurilgan bo’lib. Yangi saroy bir qator binolar-oqsaroy, oynavand ayvon, kutish xonasi, amirning qabulxonasi, haram, masjid, xazina va boshqa xo’jalik xonalaridan tashkil topgan. Yangi saroy Yevropa va mahalliy an’anaviy me’morchiligining aralashmasidan iborat bo’lib, ko’pgina xonalar rus muhandislari Sakovich va Margulislar rahbarligida bunyod etilgan. Faqatgina 1912 – 1914-yillarda qurilgan qabulxona va oqsaroy binolari Buxoro ustalari tomonidan bunyod etilgan. Amir qabulxonasi dahlizi devorlari to’liq ganchli naqshlar bilan bezatilgan. Xonaning guldon va gullar shakli usta Xasanjon tomonidan ishlangan. Qabulxonadan oqsaroy xonasiga o’tilib, ushbu xona ikki yil davomida mashhur mc’mor usta Shirin Murodov rahbarligida (25-30 kishi) qurilgan. Oqsaroyning ko’zgularidan iborat devoriga sharqning jim jimador nafis naqshlari jozibador gullari oppoq kulrang bilan ishlangan.

Chor-Bakr ansambli va unda joylashgan inshootlar. Chor Bakr majmuasi Buxoroning Romiton mavzeyida joylashgan bo’lib, XVI – XIX asrlarda shakllangan. Majmuaning barpo etilishi IX – X asrlarda yashab o’tgan mashhur to’rt shayx (chor bakr) nomi bilan bog’liq bo’lib, ularga hurmat yuzasidan 1559- yilda Buxoro xoni Abdullaxon II shayxlar qabristoni oldiga xonaqoh, masjid, madrasa va katta bog’dan iborat me’moriy majmua bunyod ettiradi. Keyinchalik, majmua ro’parasida Haramsaroy tiklanadi. Yodgorlikning umumiy maydoni 40 gektar bo’lib, shundan 12 gektarini qabriston tashkil etadi. Haramsaroy maxsus oromgoh bo’lib. unda faqat xonning xos odamlari, ahli ayoli yashagan. Har hafta juma kuni Chor Bakr ziyoratgohiga kelgan xon ziyoratdan (Yunusov M., Saidov M. O'zbekiston Arxitektura yodgorliklari tarixi. – T., 2011. – B.133). so’ng xos Haramsaroyda dam olib, yana davlat ishlarini bajarishga kirishgan. Lekin keyinchalik, Haramsaroy binosi joyi va chorbog’lari yerli aholi tomonidan o’zlashtirilib, o’rniga uy- joy qurilib ketgani uchun bizga faqat uning qoldiqlari yetib kelgan. Xonaqoh gumbazli xona va peshtoqdan iborat. Peshtoq bezagida koshin naqshlar va oq ranglar bilan ko’k hoshiyada suls xatidagi yirik yozuvlar, ikki yon tomonida guldastalar bor. Xonaqoh peshtoqining balandligi 20 metr, poydevori yer ostida bo’lib, 12 metrni tashkil etadi. Eni esa 2 metr. Gumbaz balandligi 22 metr, aylanasi 17 metr bo’lib, aylana yuzasida Kalimai Toyyiba koshin koriy bilan yozilgan, pastda esa rayxoniy rangda islomiy naqshlar berilgan. Peshtoq yuzasidagi yozuvlaming birida imoratning 1559 – 1563-yillarda bunyod etilganligi etilganligi qayd etilgan. Madrasa uch qavatli peshtoq hamda ko’plab hujralardan (8 ta ) iborat. Madrasaning old qismini esa namozgoh tashkil etgan. Chor Bakr madrasasi Buxoro madrasalarining oliy toifasiga kiritilgan. Madrasa peshtoqi uch qavatli bo’lib uchinchi qavatida ham hujralar bor. Peshtoqning balandligi 20 metr. Hofiz Tanish Buxoriyning malumot berishicha peshtoq katibasida qurondan oyatlar bitilgan. Lekin u bizgacha yetib kelgan emas. Madrasa peshtoqi 1950 – 1971-yillarda tamirlangan. 1999-yilda esa Chor Bakr majmuasi, tamirlash jarayonida peshtoqni ham tiklash vazifasi qo’yiladi. Zero, 1999-yilgi tamirgacha peshtoqdan hech narsa qolmagan edi. Peshtoq saqlanib qolgan povdevoriga qarab ustalar tomomdan qayta tiklangan.

Baland masjid – Buxoroning janubiy qismida joylashgan. Bu masjid XVI asr boshida Buxoroning boy guzarida qurilgan. Masjid xarsang toshlar ustiga qurilganligi uchun shunday nomni olgan. Bu bino guzar masjidining namunasi xisoblanadi. Masjid ikki qismdan iborat: yozgi va qishki qism. U murabba tarixli, pishiq gishtdan qurilgan.Masjid naqshin shiftli ayvon bilan o'ralgan. Ayvonning o'zi esa yozgi masjid xisoblanadi. Masjidning qishki qismini o'rab turadigan ayvon qismlari yog'ochdan qilingan va XIX asrga taalluqli bo'lib, beton poydevor orqali maxkamlangan (Yunusov M., Saidov M. O'zbekiston arxitektura yodgorliklari tarixi. – T., 2011. – B. 136). Ichkari tomonidagi devor va mexrob sinkor sopolchalar bilan bezatilgan va tilla suvi yuritilgan, devorlarga muqarnaslar ishlangan, nozik islomiy naqshlar tushirilgan. Masjid xonaqoxiga olti burchakli tilla suvi yuritilgan ko'k sopol koshinlar terib chiqilgan. Memorlar baland masjid bezaklaridan namunalar ko'chirganlar. Xozirgi paytda masjidning yoshi 500 yildan oshgan. U YUNESKO butun jaxon merosi ro'yxatiga kiritilgan.

XIX asrda Buxoroning me’morchiligi va binokorligi gullab yashnagan. Shaharning bosh rejasi o’zgargan. Shahar qayta qurilgan.Ana shu rivojlangan davrning noyob arxitektura yodgorliklaridan biri Masjidi Kalondir. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Mir Arab madrasasi yonida, Poyi Kalon ansambli tarkibida Amir Olimxon madrasasi ham bunyod etilgan. Uning peshtoqli darvozasidan ichkariga kiriladi. Madrasa ikki qavatli, to’rtburchak shaklidagi hujralar bilan o’ralgan. Katta xonasi gumbazli tom bilan yopilgan. Yuqorida qayd etilganidek, ansamblning shimoli-sharq tomonida Ko’kaldosh madrasasi barpo etilgan. Uni Buxoro amirining vaziri Qulbobo Ko’kaldosh qurdirgan. Bu madrasa Labi hovuz ansamblidagi eng katta imorat va Buxorodagi eng katta madrasa hisoblanadi. Ko’kaldosh madrasasi ochiq maydonda, to’g’ri to’rtburchak shaklida barpo etilgan. Arxitektorlar madrasaning uzoqdan ko’zga tashlanishini nazarda tutib, ikki qavat balandligida qator ravoqlar qurganlar. Umumlashtirib aytiladigan bo’lsa, Ko’kaldosh madrasasi o’zbek klassik me’morchiligidagi qadimiy an’analarni o’zida yaxshi aks ettirgan tarixiy inshoot hisoblanadi. Katta hovuz va xonaqoh qurilgandan keyin Labi hovuz kompleksi shakllana boshlagan. Hovuzning burchaklari qirqilgan, u yirik tosh bloklardan barpo etilgan.( Атақулова К. Ўзбекистон шахарлар ва афсоналар. – Т., 2014. – Б. 98. 2 Vaxitov M., Mirzayev Sh Me’morchilik..... – B. 189). Hovuz pastga qarab chuqurlashib va torayib boruvchi pog’onali (zinali) inshoot hisoblanadi. Hovuz qurilgandan keyin Nodir devonbegi madrasasi qurilgan. Ashtarxoniylar hukmronligi davridan boshlab davlatchilik asoslari zaiflasha boshladi. Siyosiy vaziyat qanday bo’lishidan qat’iy nazar bu davrda ham qurilish ishlari davom etdi. Buxoroda Abdulazizxon, Ubaydullaxon madrasalari, Boqimuhammadxon, Ubaydulloxon masjidlari, Subhonqulixon registonda qurdirgan xovuz va Buxorodagi kasalxona, Balxda Nazr Muhammadxon, Subhonqulixon madrasalari, Balx atrofidagi qator chorbog’ va saroylar shular jumlasidandir.

XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrda Buxoroda iqtisodiy va siyosiy jihatdan tushkunlik yuzaga kela borgan. Bu davrlarda qurilishlar davom etsa-da, biroq yaratilgan inshootlarning sifatlari badiiy va texnik jihatdan avvalgilarga nisbatan pasaygan. Buxoroda yangi turdagi inshootlar, shu jumladan Chor-Minor barpo etilgan. U o’zining to’rt ko’rkam gumbazi bilan boshqa obidalardan ajralib turadi. Chor Minor madrasasini turkman Xalifa Niyozqul 1807-yilda qurdirgan. To’g’ri to’rtburchakli hovli atrofida bir qavatli ustun ayvonli xonalar joylashtirilgan. Janubi-g’arb tomonidagi burchakda sinchli masjid qavatli bo’lib, pastki qavati madrasaga kirish uchun yo’lak vazifasini bajarsa, tepadagi ikkinchi qavat kutubxona bo’lgan. Chor Minor sodda arxitekturasi hamda ajoyib kompozitsiyasi bilan XIX asr me’morchiligida original ko’rinishga egadir.

Bolohovuz masjidi XVIII – XX asrlarda barpo etilgan. XVIII asrda hovuz oldida tomonlar o’lchami 11,5 m ni tashkil etgan gumbazli masjid qurilgan. Uning ro’parasida XX asrda buxorolik usta Qurbon Yo’ldoshev baland ayvon soldirgan, (Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. – T.: Шарқ, 2000. – Б. 272). usta Shirin Murodov minorani qayta tiklagan. Nafis naqshlar ayvon shiftining avaylab saqlab kelinishini ta’minlagan. Ansambl o’zining badiiy nafosati bilan Registon maydonining tarkibiy qismiga aylangan.

Buxoro shahrining shimoliy tomonida Sitorai Mohi Xosa madaniy meros ob’yekti – amirlikning yozgi qarorgohi, saroyi barpo etilgan, Sitorai Mohi Xosa mang’itlar sulolasining saroyidir. Uning dastlabki imoratlari amir Nasrullo hukmronligi davri (1826 – 1860) da qurilgan. Biroq bu yerda saroy va xushmanzara bog’ barpo etish amir Abdulahadxon hukmronligi davrida (1885 – 1910) boshlangan. Amir Olimxon hukmronligi davrida (1910 – 1920) yangi saroy tiklangan va shu davrdan boshlab saroy kompleksi yangi va eski saroyga ajratilgan. Eski saroy uch hovlidan va ko’pgina xonalardan iborat ansambldir. Bu yerdagi eng eski xona amir Muzaffarxon mehmonxonasi keng va baland zal, ikki tomonidagi boloxonali ayvonlar, yevropacha eshik va derazalar bilan ajralib turadi. Mehmonxonaning devoriy rasmlari va ranglarida motivlar uyg’unlashtirilgan. Uch qismga bo’lingan kvadrat xonani tashkil etuvchi Abdulahadxon zali boshqacharoq ishlangan. Bir-biriga ro’para joylashtirilgan va bir xilda bezatilgan ikkita zal o’rtadagi baland supa orqali birlashtirilgan. Supaning g’arb tomonida taxt o’rnatilgan. Abdulahadxon va Muzaffarxon zallarining badiiy bezaklarida o’xshashlik tomonlari ham ko’p. Eski Sitorai Mohi Xosaning sharq tomonida amir Olimxon hukmronligi davrida qurilgan bosh qarorgoh alohida me’moriy ahamiyatga ega. Unga koshin va rangli shisha bilan bezatilgan tantanavor peshtoq – muhtasham toqli darvoza orqali kiriladi. Bu kompleksni tiklashdan avval Buxoroning eng yaxshi ustalari Rossiyaga rus me’morlarining tajribasini o’rganish uchun yuborilgan. Shundan keyin Xoja Hofiz rahbarligidagi buxorolik ustalar kuchi bilan hovlinig janub tomonida ansamblning birinchi binosini tiklashga kirishgan. Qurilish rus injenerlarinig nazoratida bo’lgan. 16 Tarixiy yodgorlik obyektlari, ulardagi arxitekturaviy obidalar doim xalq e’zozidadir. Buxorolik hunarmandlar me’moriy yodgorliklarni o’z san’at asarlarida ifoda etib kelmoqdalar. XVII asrga kelib Buxoro tarixiy shahar sifatida, asosan shakllanib bo’ldi. Shayboniylar sulolasi hukumronligi davrida Buxoro shahristoni kengaytirilib, ark uning ichida qolib ketgan. Abdullaxon shahar devorlari, darvozalari va fasllarni qayta qurdirgan1 . XVI asrda Joybor shayxlariga tegishli bo’lgan shaharning janubi g’arbidagi hudud ham qo’rg’on devor bilan o’ralib, shahar tarkibiga kiritiladi. Bu bilan shaharning so’nggi, eng kengaygan holatdagi ko’rinishini oldi.



Bu davrda shaharda o’n bir darvoza bo’lib, ulardan biri – Shayx Jalol darvozasi nisbatan yaxshi saqlanib qolgan. Shahar tarxida uning oldingi tizimi o’z izini qoldirgan. Buxoroning tarixiy qiyofasini ko’p jihatidan bir qancha shahar ichidagi va tashqarisidagi majmualar belgilaydi. Buxoro markazi yaxlit, ulkan majmua ko’rinishiga ega. U asosan, ilk o’rta asrlardagi shahristonning g’arbiy va janubiy ko’chalarini egallagan. Markaz g’arb tarafidan Poyi Kalon majmuasidan boshlangan. Toqi zargaron chorsusi shahristonning markazini ifodalaydi. Undan sharqda, ko’chaning ikki tarafidan Ulug’bek va Abdulazizxon madrasalari o’rin olgan. Zargarlar chorsusining janubida Abdullaxon timi joylashgan. XX asr boshlarida bu yerlarda karvonsaroylar va do’konlar bir-birlariga tutashib, zich turishgan edi. Ular bizgacha yetib kelmagan. Shahristonni ilk o’rta asrlardagi darvoza, keyinchalik darvoza o’rnida hosil bo’lgan nursimon ko’chalar tugunini Toqi telpakfurushon mustahkamlaydi. Zargarlar chorsusi chorrahani shaharsozlik jihatidan mustahkamlash masalasini hal etgan bo’lsa, Telpakfurushlar toqisida ancha murakkab muammo - olti ko’cha tarqatadigan bino barpo etilgan. Telpakfurushlar toqidan shimolda Sarrofon hammomi mavjud. Uning tarxida murakkab shaharsozlik holati aks etgan.(Аҳмедов М. Қ. Ўрта Осиё меъморчилиги тарихи…. – Б. 63). Shaharning markazi tarkibidagi majmualardan tashqari o’rta asrlarda Buxoro ichida Labi hovuz va Qo’sh madrasa majmualari ham shakllangan. Labi hovuz majmuasida sakkiz qirralik hovuz atrofida Ko’kaldosh madrasasi va qo’sh tizimida xonaqoh va madrasa joylashgan. Buxoroning XVI asrda shakllangan holati XVIII – XIX asrlarda ham saqlanib qoldi. Bu yerdagi o’zgarish asosan qurilmalarning zichlanishi hisobiga bo’lgan. Shaharning qo’rg’on devori ichidagi hududi o’sha davrda, XVI asrda vujudga kelganicha qolgan. Buxoroning markazi shaharning katta qismini egallagan edi. Bir-biriga tutashib ketgan qadimgi monumental hamda keyinroq vujudga kelgan madrasa, masjid, savdo binolari, karvonsaroy, do’kon va boshqa jamoat binolaridan, ko’cha va maydonlardan tashkil topgan. Binolarning katta-kichikligi, shakl-shamoyili bir-biriga mos kelib, uyg’un kompozitsion yaxlitlikka ega bo’lgan. Hozirgi holatda markazning anchagina imoratlari, ayniqsa, do’kon va karvonsaroy kabi binolarning buzilishi natijasida avvalgi yaxlitligi yo’qolgan. Markazdagi asosiy ko’chalarning chorrahalari gumbazli timlar bilan ajratilgan. Shahardagi ja’mi to’rtta timdan uchtasi – Sarrafon, Zargaron, Telpakfurushon toqlari saqlangan. Ko’chalarning yo’nalishi uzoq o’tmish mobaynida shakllangan. Markazdagi Sarrafon hammomi bunga yaxshi misol bo’la oladi. Umuman yer tanqisligi shahar uchun xarakterlidir. Shu sababdan ham shahar ichida daraxtlar oz edi. Oddiy ko’chalardan arava o’ta boshlaganda aravakash ko’cha boshidan turib qarshidan boshqa arava kirmasin uchun ovoz bilan darak bergan. 1920- yil avgust oyi oxirlarida Buxoro amirligini tuigatish maqsadida poytaxt Buxoroga xujum qilgan sho’rolar qo’shini shaharning me’moriy yodgorliklariga jiddiy zarar etkzgan. Shaharni qamal etishning uchinchi kuni artilleriya xujumi tufayli shaharda yong’in boshlanib, Ark, Machiti Kalon atrofidagi savdo timlari rastalari yonadi, aholi sarosimaga tushadi, ko’chalar o’liklarga to’lib ketadi. Bu ham yetmagandek, osmondan turib 11 ta samolyot (Рашидов Ў. Ж. Қаршилик харакати: Ҳамма курашларни қамрайди. // Фан ва турмуш. – Тошкент, - 1994. – №2. –Б. 18-19). shaharni bombardimon qiladi. Kogon yaqinidagi aerodromdan Buxoro uzra parvoz qilgan samoliyotlar aholi ko’ngliga dahshat soldi. Bular asosan birinchi jahon urushidan avval Angliya, Fransiya, Italiya davlatida ishlab chiqarilgan “N’yuter”, “Farsal”, “Vuazel’” nomli eski samolyotlar edi. XX asr texnikasining kuch-qudratini ko’rmagan, xali o’rta asrchilik urf-odati bilan yashab kelayotgan buxoroliklar uchun bunday avia bombardimon bamisoli ofat edi. Frunze buyrug’i bilan Buxoroni bombardimon qilgan uchuvchilardan biri Foukes xikoya qiladi: “....Biz Buxoroni bombardimon qildik. Ayniqsa, mashhur “o’lim minorasi”ga tushgan bomba garchan bir minoraning mo’ljalga olinishi biz uchun mutloq foydasiz bo’lsa-da, bizga alohida zavq-shavq bag’ishladi”. Buxoroni shturm qilinishi natijasida 34 ta guzar, 3 mingdan ortiq do’kon, 20 ta saroy, 29 ta masjid kuyub kul bo’lgan. Arki Oliydagi 300 ta imorat to’p va bombalar zarbidan xarob bo’ldi, 2 mingdan ortiq Buxoro askarlari xalok bo’ldi.

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, xonliklarimiz birlashishganda yoki usha davrlardagi yangi paydo bo’lgan qurollarni yaxshi o’zlashtirishgan bo’lishganda tarixiy binolarimizni saqlab qolgan bo’lar edik. Ushbu davrda xalqimiz madaniy ahvoli o’rta asr davrlariga teng edi. Zamonaviy qurollardan bexabar edilar, shu sababli ham Chor Rossiyasi bostirib kelganda bizni xonliklarimiz yutqazishdi. Tarixiy obidalarimiz, kutubxonalarimiz yonib kul bo’ldi. Faqatgina ushalardan qolgani hozirgacha saqlanib qolgan va hozirgi kunda prezidentimiz qarori bilan tarixiy obidalarimiz qaytadan tiklash ishlari olib borilmoqda.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI;

1. Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. – Т.: “Ўзбекистон” 1995. 2. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: “Шарқ, 1998.

3. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008.

5. Ахмеджанов Г.А. Российская империя в Центральной Азии. (История и историография колониальной политики царизма в Туркестане). – Ташкент: 1995.

6. Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихининг манбалари. – Т.: Фан, 1991. –268 б.

7. АҳмедовБ. Ўзбекистон тарихи манбалари. – Т.: “Ўқитувчи, 2001.

8. Вамбери Х. Бухоро ёҳуд Мовароуннаҳр тарихи. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990.

9.Зиё А. Узбек давлатчилиги тарихи. – Т.: Шарқ, 2000.

10.Норкулов Н. “Тарих-и Салими” - ценний источник по истории Бухарского эмирата. (1860-1920 гг.). – Т., 1968.

11.Раҳимов Ж. Ўзбекистон тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1999. - 328 б.

12.Саидқулов Т.С. Ўрта Осиё халқлари тарихининг тарихнавислигидан лавҳалар. – Т.: “Ўқитувчи”. 1993. 54

13.Сагдуллаев А., ва бошқалар. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти. – Т.: “Академия”, 2000



14.Мулло Олим Махдумхожа. Тарихи Туркистон. – Т.: Шарқ, 1995. -127 б.


Yüklə 25,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin