Savol va topshiriqlar:
1. Hamid Olimjonning hayoti to`g’risida nimalarni bilasiz?
2. Shoir she`riyatida lirik qahramon masalasi.
3. Hamid Olimjon lirikasining badiiy xususiyatlari haqida
gapiring.
4. Shoir ijodida xalq og’zaki ijodi an`analarining qaytarizda
davom etishini tushuntiring.
Mavzu: Abdulla Qahhor
Reja:
1. Abdulla Qahhor ijodiy merosining XX asr o`zbek adabiyoti
rivojidagi o`rni.
2. Adibning hayot va ijod yo`li.
3. Qahhor hikoyachilik maktabi.
4. Adib komediyalari va qissalari.
5. “Sarob” ning mashaqqatli qismati va badiiyati.
Matn adabiyotlar:
1. Abdulla Qahhor. Asarlar (5 jildlik).-T.: “Adabiyot va
san`at”, 1-2-jildlar, 1987-88.
2. Abdulla Qahhor. Asarlar (6 tomlik).-T.: “Adabiyot va
san`at”, 5-tom, 1968.
3. Abdusamatov H. Abdulla Qahhor (hayoti va ijodi haqida).
-T.: Birlashgan nashriyot, 1957.
4. Alimuhamedov A. Abdulla Qahhor hikoyalarida psixologik
tasvir. // “Sharq yulduzi”, 1957, 2-3-sonlar.
5. Barolina V.I. Abdulla Kaxxor.-T.: Uzgoslitizdat, 1957.
6. Yoqubov H. Abdulla Qahhor novellalari. // “Sharq yulduzi”,
1946, 1-3-sonlar.
7. Sultonov M. Abdulla Qahhor uslubi.-T.: “Fan”, 1967.
8. Qodirov P. Abdulla Qahhor. // O`zbek adabiyoti tarixi (3
jildlik).-T.: “Fan”, 3-jild, 1972.
22
9. Abdulla Qahhor. Hayot hodisasidan badiiy to`qimaga. // Abdulla
Qahhor. Asarlar (6 tomlik).-T.: “Adabiyot va san`at”, 6-tom,
1971.
10. Qo`shjonov M. Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor.
-T.: “Fan”, 1973.
11. Qo`shjonov M. Abdulla Qahhor mahorati haqida.
-T.: “Fan”, 1998.
12. Sharafiddinov O. Abdulla Qahhor.-T.: “Yosh gvardiya”, 1988.
Abdulla Qahhor yangi milliy adabiyotimizning ikkinchi avlodi
sanalmish Oybek, G`.G`ulom, H.Olimjon, Mirtemirlar safida turib ijod
etdi. Safdoshlari kabi A.Qahhorning qizg`in ijodiy faoliyati XX asrning
eng fojiali paytida, mudhish 30-50-yillar sharoitida, mustabid
yakkahokim mafkura, sovet adabiy siyosati ta`siri va tazyiqi ostida
kechdi. Bu hol yozuvchining ijodiy taqdirida talay, noxush asoratlar
qoldirdi. Ayni paytda Alloh bergan benazir iste`dod, noyob shaxsiy
fazilatlar-o`ziga xos o`tkir nigoh, fuqoralik tuyg`usi, qat`iyat, iroda-
bardosh, haqgo`ylik, halollik va shijoat tufayli zamonasi talotumlaridan
yuqori ko`tarila oldi. Adibning dilbar hikoyalari unga katta shuhrat
keltirdi. “Sichalak”, “O`tmishdan ertaklar” qissalari, “Sarob”,
“Qo`shchinor chiroqlari” romanlari, “Shohi so`zana”, “Tobutdan tovush”
komediyalari, o`nlab o`tkir publisistik chiqishlari, adabiy-tanqidiy
maqolalari, zargarona tarjimalari asr adabiyoti, ma`naviy-madaniy hayoti
tarixida yorqin va o`chmas iz qoldirdi.
Abdulla Qahhor 1907-yilning 17-sentabrida hozirgi Xo`jand
viloyatining Asht tumanidagi qishloqlardan birida tug`ilgan. (Abdulla
Qahhorning o`zi maqolalarida tug`ilgan joyini Qo`qon deb ko`rsatadi.
Lekin uning rafiqasi Kibriyoxonimning guvohligicha, Farg`ona bo`ylab
qilingan safar vaqtida Ashtdagi bir joyga borganlarida adib “Mening
tug`ilgan joyim shu yer”, deb ko`rsatgan edi). Uning otasi Abduqahhor
temirchi usta bo`lgan. Abdulla o`n yoshga kirganda Buvaydodagi eski
maktabga o`qishga kiradi, 1917-yili Abdulla Qahhor oilasi Qo`qonga
ko`chib o`tadi. Bu yerda u “Istiqbol” maktabiga o`qishga kiradi.
1922-1924-yillari Abdulla adabiyotga qiziqa boshlaydi. Bu
yillarda Qo`qon pedtexnikumida o`qidi, texnikumning “Bilim yurti”
devoriy gazetasida she`r va maqolalari bilan tez-tez qatnashib turdi.
“Gulyor”, “Yalangoyoq”, “Norin shilpiq”, “Mavlon kufur”, “Nish” kabi
taxalluslar bilan respublikaning ko`zga ko`ringan gazeta va jurnallarida
feleton, hajviy she`r, hikoyalar e`lon qila boshladi.
23
Abdulla Qahhor 1926-yili O`rta Osiyo Davlat Universitetining
ishchilar fakultetiga o`qishga kiradi. 20-yillarning ikkinchi yarmida
Abdulla Qahhor feletonning o`zi bilan ish bitmasligini, rang-barang hayot
materiallarini bitta janrga sig`dirib bo`lmasligini anglab, hikoyada ham
kuchini sinab ko`ra boshlaydi. Uning birinchi kitobi 1932-yili bosilib
chiqqan “Qishloq hukm ostida” degan kichik qissasidir. Shundan so`ng
uning “Olam yasharadi” va “Tangrining kulgisi” degan hikoyalar kitoblari
chop etildi.
30-yillar avvalida
Abdulla Qahhor
O`rta Osiyo Davlat Universiteti
pedagogika fakultetida o`qiydi, so`ng Til va adabiyot institutining
aspiranturasiga kiradi. Xuddi shu yillarda uning tarjimonlik faoliyati avj
oladi. Qisqa muddatda M.Gorkiyning “Mening universitetlarim”,
F.Gladkovning “Olovli ot”, M.Shaginyanning “Gidrosentral”,
A.Serafimovichning “Temir oqim” kabi yirik asarlarini tarjima qiladi.
Keyinchalik esa Gogol va Chexov asarlarining tarjimasi maydonga keladi.
Ular Abdulla Qahhorga xos tarjima san`atining namunalari bo`lib qoldi.
30-yillarning o`rtalariga kelib Abdulla Qahhorning hikoyanavislik
san`ati barq urib gulladi. U shunday hikoyalar yaratdiki, ular bugun ham
o`zining badiiy quvvatini yo`qotgani yo`q. Abdulla Qahhor hikoyalarini
mazmuni va janr xususiyatlariga ko`ra ikki guruhga ajratib tahlil etish
mumkin. Bularning bir guruhini o`tmish haqidagi hikoyalar tashkil qilsa,
ikkinchi guruh hikoyalarning bosh qahramonlari zamondoshlarimizdir.
Yaqin o`tmishdagi o`zbek voqeligi “Anor”, “O`g`ri”, “Bemor”,
“Tomoshabog`”, “Millatchilar” kabi hikoyalarda aks etgan. Keyinchalik
o`tmish mavzuida yana “Dahshat” hikoyasini yaratdi. Shuningdek,
“O`tmishdan ertaklar” qissa deb atalgan bo`lsa-da, mohiyat e`tibor bilan
ayrim-ayrim hikoyalardan tashkil topgan. Shuning uchun ularni ham
adibning o`tmish haqidagi asarlari qatorida tahlil qilish mumkin.
Abdulla Qahhorning ikkinchi guruh hikoyalari mazmuni va
materialiga ko`ra zamonaviy hikoyalardir. Ularni ham, o`z navbatida ikki
toifaga ajratish mumkin. Bularning bir toifasi hajviy, ikkinchi guruh
hikoyalari mazmuni va materialiga ko`ra zamonaviy hikoyalardir. Ularni
ham o`z navbatida, ikkinchi toifaga ajratish mumkin. Bularning bir toifasi
hajviy, ikkinchi toifa hikoyalar esa, izchil reolistik uslubda yozilgan
asarlar. “Mayiz yemagan xotin”, “Jonfig`on”, “Munofiq”, “Adabiyot
muallimi”, “San`atkor”, “O`jar”, “Qizlar” kabi hikoyalari hajviy
yo`nalishga mansub bo`lsa, “Ko`k konvert”, “Qizil konvert”, “Kampirlar
sim qoqdi”, “Xotinlar”, “Asror bobo”, “Beshik”, “Mahalla”, “Nurli
cho`qqilar” kabi hikoyalari esa realistik yo`nalishga mansub.
24
Abdulla Qahhor yaratgan hikoyalar son jihatdan uncha ko`p
bo`lmasa-da, badiiy saviyasi jihatidan shu qadar salmoqliki, bu sohada
adib orttirgan ijodiy-estetik tajriba shunchalik kattaki, hech ikkilanmay
hikoyanavislikda Abdulla Qahhor maktabi mavjud ekani haqida gapirish
mumkin. Bu maktab bugun ham faol amal qilmoqda. Abdulla Qahhor
hikoyalari vaqt sinovidan o`tib, bugun ham yashashda davom etmoqda.
Urushdan keyingi dastlabki yillarda Abdulla Qahhor
“Qo`shchinor” romanini e`lon qildi. Ammo ko`p o`tmay bu roman keskin
tanqidga uchradi. O`sha yillarning mafkuraviy hayotiga ko`ra, yozuvchi
tanqidchilikning eng adolatsiz va nohaq ta`nalarini ham tan olishga va ular
asosida asarni qayta ishlashga majbur edi. Shu tariqa, yozuvchi necha
yillik umrini sarflab, asarni qayta ishladi va 1951-yili “Qo`shchinor
chiroqlari” nomi bilan e`lon qildi. Roman haqidagi savolga adibning o`zi
shunday javob bergan: “Uni roman degani ham til bormaydi, chunki
romanning uchdan ikki qismida bosh qahramon ishtirok etmaydi”, -degan
edi. Biroq, o`sha yillardagi tanqid “Qo`shchinor chiroqlari” romaniga
yuqori baho berdi.
Yozuvchining yana bir romani “Sarob” kitob bo`lib chiqqandan
bo`yon to hozirga qadar uning tevaragida qizg`in bahs-munozaralar davom
etib keladi. U haqda ko`pgina nohaq ta`nalar ham aytilgan. Adib tarjimayi
holida shunday yozadi: “Sarob” ni to`rt yilda yozib tugatdim. Uni kitobxon
qabul qildi, lekin ba`zan arzon shuhratparastlik, ba`zan siyosiy
demagoglik, ba`zan esa to`g`ridan-to`g`ri jaholat natijasi bo`lgan tanqid
nayza ko`tarib qarshi oldi. Bu narsa hatto farosatli odamlarni ham
chalg`itdi. Tanqid shu paytga qadar “Sarob” dan nuqul siyosat izladi.
Romandagi odamlarning dardi-dunyosini, oh-u, zorini eshitadigan bir
azamat topilmadi”.
Bu roman birinchi galda xazon bo`lgan muhabbat, uvol bo`lgan
umr dostonidir. Ikki ko`rkam yoshning bir-biriga munosib, aslida baxt
uchun tug`ilgan, ammo shaxsiyatidagi, tabiatidagi ojizliklar, qolaversa,
jamiyatdagi ziddiyatlar tufayli hayotda o`z o`rnini baxtini topolmagan
navqiron avlodning achchiq fojiiy qismati, ruhiy iztiroblari, oh-zorlari
to`g`risidagi asardir.
Qirqinchi yillarning oxirlarida Abdulla Qahhor dramaturgiya
sohasida ham kuchini sinab ko`rdi. 1949-yili u “Yangi yer yoxud Shohi
so`zana” degan birinchi kamediyasini yaratdi.
1954-yili yaratilgan “Og`riq tishlar” komediyasi shu yilning o`zida
Hamza nomidagi teatr sahnasida qo`yildi. Abdulla Qahhorning
navbatdagi hajviy komediyasi “Tobutdan tovush” deb ataladi. Asar 1962-
25
yilning boshida yozib tugallangan. Unda poraxo`rlikning haqiqiy
qiyofasini, razil mohiyatini fosh etishga bag`ishlangan Abdulla Qahhor
poraxo`rlik bor joyda ma`naviy chirish mavjudligini, vijdoniylik va poklik
singari eng zaruriy insoniy sifatlar oyoqosti qilinishini ko`rsatadi.
“Ayajonlarim” esa lirik komediya janrida yozilgan bo`lib, unda
yoshlarning muhabbati, yoshlar va kattalar, farzandlar va ota-onalar
o`rtasidagi munosabatlar haqida hikoya qilinadi. Bulardan tashqari
adibning qissa janrida yaratilgan “Sinchalak” va “O`tmishdan ertaklar”
kabi qissalari ham XX asr jahon yangi adabiyotining noyob badiiy
durdonalari qatoridan o`rin olishga haqlidir.
Dostları ilə paylaş: |