Savol va topshiriqlar:
1. Komil Yashin hayoti va ijodi haqida gapirib bering.
2. Komil Yashin dramalarining o`zbek dramaturgiyasidagi o`rni
qanday?
3. Komil Yashin dramalarida tarixiy qahramonlar timsoli.
4. Komil Yashin ijodida davrning o`ziga xos aksi haqida
og’zaki gapirib berishga tayyorlang.
Mavzu: Zulfiya
Reja:
1. Hayoti va ijodi. Shoiraning estetik qarashlari. Shoira
she`rlari nega murakkab? She`r va siyosat.
2. Shoira she`rlarida avtobiografizm.
3. Urush va hijron, fojiaviylik.
4. Ayollar olamidan olingan obrazlar.
Matn adabiyotlar:
1. Zulfiya. Kuylarim sizga. She`rlar.-T.: “Badiiy adabiyot”, 1965.
2. Zulfiya. Asarlar (2 tomlik).-T.: “Adabiyot va san`at”, 2-tom,
1975.
40
3. Zulfiya. Yillar, yillar... She`rlar.-T.: “Adabiyot va san`at”, 1975.
4. Zulfiya. Asarlar (3 tomlik).-T.: “Adabiyot va san`at”, 1985-86.
5. Akbarov A. Zulfiya. -T.: “Adabiyot va san`at”, 1975.
6. Karimov N., Sultonova M. Zulfiya. // O`zbek adabiyoti tarixi
(3 jildli).-T.: “Fan”, 3-jild, 1-kitob, 1972.
7. Mamajonov S. Hamid Olimjon va Zulfiya. // Saylanma. -T.:
“Adabiyot va san`at”, 1981.
8. Musina G’. Shoira Zulfiya (ijodiy yo`li).-T.: O`zadabiynashr,
1961.
9. Olimjonov A. Shoira Zulfiya (Tanqidiy-biografik ocherk).-
T.: “Fan”, 1953.
10. Qayumov L. Shoira Zulfiya.-T.: “Badiiy adabiyot”, 1965.
Zulfiya XX asr o`zbek she`riyatining yirik vakillaridan biridir. U
o`zining teran falsafiy, hasos, fojiaviy va hayotbaxsh realistik ijodi bilan
hozirgi zamon o`zbek she`riyatida yangi sahifa ochdi.
Isroil Muslimov qizi Zulfiya 1915-yil 1-martda Toshkentning O`qchi
mahallasida tug’ildi. Hovli mo``jazgina bo`lsa-da, unda bir-biridan
chiroyli, muattar gullar o`stiriladi. Oila a`zolari she`rxonlikni, musiqani
qattiq sevardi. Zulfiya oilaning kenjasi edi. Uning bir-biridan ko`rkam, bir-
biridan aqlli to`rt akasi bor edi. Ularning bari keyinchalik mas`ul
lovzimlarda ishladilar, qatag’on-qirg’in yillarining achchiq zahri va
shafqatsiz qahriga duchor bo`ldilar...
Oiladagi tinch, fayzli, shirin hayotni vujudga keltirishda onaning
xizmati beqiyos edi. Ona shoirtabiat, ko`p narsani biluvchi farzandlarini
katta dunyo sari dadil yetaklagan zehnli ayol edi. “Agar iste`dodim bor
bo`lgan bo`lsa, uning chashmasi-onam. Agar adabiyot ahliga bir kaft don
yanglig’ she`riy hosil tutgan bo`lsam, uning urug’ini qalbimga avval onam
sochganlar”, -degan edi Zulfiya. Shoiraning butun ijodi davomida onani,
ayolni ulug’lovchi otashin she`rlar yozishi bejiz emasdi.
Zulfiya boshlang’ich maktabni bitirgach, xotin-qizlar pedagogika
bilim yurtida tahsil oldi (1931-1934). Shu yerda she`r mashq qila
boshlaydi. Bilim yurti qoshida adabiy to`garak tashkil etilgan edi. Unga
shoir Shukur Sa`dulla rahbar edi. To`garakda G’afur G’ulom, Uyg’un kabi
ko`zga ko`ringan shoirlar bilan uchrashuvlar uyushtirilardi. Shoira o`z
ustozini avvalo “davrning, hayotning o`zi”, deb hisoblaydi. O`sha
davrning shuhratli shoirlari, turli-tuman kitoblar shoiraga ijod sirlarini
anglashda ko`mak berganiga shak-shubha yo`q, albatta. Ilk she`ri bo`lmish
“Qizil durra”- ning dunyoga kelishiga paranjini tashlab zavod-fabrikalarda
41
boshlariga qizil durra o`rab ishlay boshlagan ayollar hayoti turtki bergani
ham bejiz emas. Shoira hayot, turmush saboqlaridan ilhom oldi va 17
yoshidayoq “Hayot varaqlari” (1932) degan ilk to`plamni chiqardi. Ammo
u bunda dunyoga, voqealikka, insonga o`z nuqtai nazaridan qarash
darajasiga ko`tarilmagandi. Hamid Olimjon bilan taqdirining bog’lanishi
(1935) shoira hayoti va ijodida ulkan burilish bo`ldi.
Shoira ilmini oshirishga astoydil intildi, aspiranturada o`qidi, bolalar
nashriyotida muharrirlik qila boshladi. Ikkinchi jahon urushi ko`pchilikni
birdan ruhiy jihatdan tetiklashtirib qo`ydi, kattayu-kichikning e`tibori
vatan himoyasiga qaratildi. Urush Zulfiya uchun ham katta sinov davri
bo`ldi. U ulkan yo`qotishdan- Hamid Olimjonning bevaqt halok
bo`lishidan (1944) dovdirab qolmadi, endi ikki sozni –o`zi va Hamid
Olimjon sozini chalishni bo`yniga oldi. Bu shoira she`riyati mazmuni,
yo`nalishi, ruhidagina emas, ayni chog’da ijtimoiy faoliyatida ham yaqqol
ko`rindi. “Saodat” jurnalida (avval “O`zbekiston xotin-qizlari” deyilardi)
bosh muharrir bo`ldi (1953-1980), Osiyo va Afrika yozuvchilari
harakatida faol qatnashdi, mamlakatimiz vakili sifatida Hindiston,
Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstraliya kabi mamlakatlarda
bo`ldi. Zulfiyaga berilgan qo`sha-qo`sha mukofotlar uning el-yurt oldidagi
katta xizmatlaridan dalolat beradi. U respublika davlat mukofoti laureati
(“O`ylar”, “Shalola” to`plamlari uchun), sobiq SSSR davlat mukofoti
laureati (“Saylanma”si uchun) O`zbekiston xalq shoirasi, xalqaro “Nilufar”
mukofoti, Bulg’oriyaning “Krill va Mefodiy” ordeni sohibasi edi. Unga
Mehnat Qahramoni unvoni va ko`plab orden, medallar berilgan edi.
Zulfiya she`riyati teran fikr bilan jo`shqin hissiyot uyg’unligidan
hosil bo`lgan, demak, intellektual va psixologik she`riyat. Unda vaqt va
makon qamrovi keng, yaxlit. Ijodida xotira, taqdirdosh, yuragiga yaqin
kishilar, kelajak ohanglarining barqarorligi shundan.
“Men she`rlarimizning bir mavzu atrofida cheklanib qolishini
istamayman”, degandi Zulfiya. Uning lirikasi chindan ham ko`povozli. Bu
ohanglarning eng muhimi va jarangdorini baxtiyorlik va hijron, g’am-
fojeiylik tashkil etadi:
Ma`yusi ham, yorqini ham bor.
Tuproq, hayot, yurak bu axir,-
deydi u.
Zulfiya she`riyatidagi fojiaviylikni keltirib chiqargan chiqargan va
chuqurlashtirgan asos esa, uning tarjimai holiga bog’liq va fojeiy ohangni
ustunligi shoira she`rlarida yana bir o`ziga xoslikni-voqeaviylikni, ixcham
syujetlilikni keltirib chiqargan.
42
Zulfiya: “Nazarimda, shoirlar o`z tarjimai hollarini yozmasliklari
joiz. Negaki, shoirlar haqida she`rlari tavsif beradi, ular haqida hamma
narsani aytib bermasa ham ijodlarida hayotlarining ko`pchilik tomonlarini
sharh etib berishga qodir she`rlari bo`ladi”,- deb yozgan edi.
H.Olimjon hayoti vaqtidayoq shoira ijodiga hijron ohangi kirib
keldi. Bu ohang “Hijron” she`rida, “Uni Farhod der edilar” dostonida,
H.Olimjon tomonidan tahlil qilinib bosmaga tushirilgan “Hijron
kunlarida” she`riy to`plamida muhim o`rin tutdi.
Zulfiya urush boshlanishi bilan “Dushman ajal tortib keldi Vatanga,
bizning sevgimizga tashladi hijron”, deb xalq boshiga tushgan kulfatni
tahlil etishga kirishdi, hijron ohangi orqali xalq irodasi, jasorati va
g’alabaga bo`lgan qattiq ishonch tuyg’usini ifodaladi.
“Uni Farhod der edilar” poemasida ham ayol qalbining sezgir
beorom tabiatini ko`ramiz. Doston, bizningcha, hozirgacha o`z fayzini
saqlab qolgan asarlardan. Doston markazida qahramonning
vatanparvarlik, mardlik bilan tula ma`naviy dunyosi tahlil etiladi.
Asarning zamirida san`atkorning so`zi bilan ish bir bo`lishi kerak, degan
fikr mavjud. Qobilqori o`zbek sahnasida juda ko`p rollarni ijro etib,
qahramonlik, insonparvarlik, vatanga jon fidolik kabi tuyg’ularni targ’ib
qilgan edi. Uning iste`dodiga qoyil qolgan tomoshabinlar Farhod rolini
mahorat bilan Qobilqorini Farhodning o`zi-ya, derdilar. Shoira xalqning
mehridan kelib chiqib, dostonni “Uni Farhod der edilar” deb nomlaydi.
Respublikamizning milliy mustaqillikka erishishi Zulfiya ilhom
bo`log’ining ko`zini ochib yubordi. Yillar davomida qimtinib, haqiqatni
bor bo`yicha ayta olmay, yuragi o`rtanib yurgan shoira yangi davr
kelganini teran his etdi. Bosib o`tilgan yo`lga yangi nazar-adolat ko`zi
bilan boqib, ularni o`z nomi bilan atab, haqqoniy realistik she`rlar yaratdi.
1995-yil boshlarida yozgan “Sharqning o`zi ona bo`lgan hamisha”,
“Iqrorga vaqt yetdi” kabi she`rlari, “Xotiram siniqlari” dostoni shoira
ijodining yangi sahifasi, yangi bosqichi va hozirgi o`zbek she`riyatining
qonuniy yutug’i deyishga arziydi.
Zulfiya 1995-yili saksonga kirdi. Vatanimiz uni “Do`stlik ordeni
bilan taqdirladi. Hayot R.Hamzatovning Zulfiya “o`z xalqining taqdiri
bilan qo`shilib ketgan” ijodkor, Ch.Aytmatovning “Zulfiya hozirgi zamon
o`zbek poeziyasining eng maftunkor zarvarag’idir” va M.Karimning
“Zulfiya, uning ijodi, she`riyati bizning ruhiy olamizning bir qismidir.
Milliy madaniyatimizning bir qismidir” degan ajoyib baholarning naqadar
haqqoniy ekanligini tasdiqlaydi.
43
O`zbek xalqining atoqli farzandi, shoira Zulfiya 1996-yilning 1-
avgustida vafot etdi.
Savol va topshiriqlar:
1. Zulfiya hayoti haqida nimalarni bilasiz?
2. “Zulfiya she`riyatida ayol timsoli” mavzusida badiiy matn
tayyorlang.
3. Zulfiya ijodining bugungi davr ayol shoiralar ijodiga ta`siri
qanday?
44
Document Outline - O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
- O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
- “O`ZBEK ADABIYOTI TARIXI”
Dostları ilə paylaş: |