Matn adabiyotlar:
1. Oybek. Mukammal asarlar to`plami (19 tomlik).-T.: “Fan”, 3-
4-tomlar, 1976.
2. Karimov N. Oybek.-T.: “Yosh gvardiya”, 1985.
3. Oybek ijodiy metodi va badiiy mahorati.-T.: “Fan”, 1985.
4. Qo`shjonov M. Oybek mahorati.-T.: “Badiiy adabiyot”
nashriyoti, 1965.
5. Oybek. “Qutlug’ qon”. Mukammal asarlar to`plami (19 tomlik). -
T.: “Fan”, 5-tom, 1976.
6. Yoqubov H. Oybek. // O`zbek adabiyoti tarixi (3 tomlik), 2-tom.
-T.: “Fan”, 1971.
7. Samadov Q. Oybekning til mahorati.-T.: 1981.
8. Shoabdurahmonov Sh. Oybek romanlarining tili. // “Sharq
yulduzi”, 1955, 10-son.
9. Oybek. “Navoiy”. Mukammal asarlar to`plami (19 tomlik). –
T.: “Fan”, 6-tom, 1976.
10. Oybek romanini qanday yozdim.// Adabiyotimiz
avtobiografiyasi.-T.: “Adabiyot va san`at”, 1973.
11. Mirzaev S., Shermuhamedov S. Oybek. Hozirgi zamon o`zbek
adabiyoti tarixi.-T.: “O`zbekiston”, 1993.
13
12. Oybek zamondoshlari xotirasida.-T.: “Adabiyot va san`at”,
1979.
13. Oybek. Navoiy romanini qanday yozdim.// Oybek.
Mukammal asarlar to`plami (19 tomlik).-T.: “Fan”, 13-tom,
1973.
14. Samadov Q. Oybek-so`z san`atkori.-T.: 1965.
15. Shermuhamedov S., Mirzaev S. Oybek va o`zbek adabiyoti.
-T.: “Fan”, 1985.
16. Qo`shjonov M. Oybek romanlarida syujet va xarakter.//
Qo`shjonov M. Hayot va mahorat.-T.: “Badiiy adabiyot”
nashriyoti, 1962.
17. Oybek. “Oltin vodiydan shabadalar”. Mukammal asarlar
to`plami (19 tomlik).-T.: “Fan”, 7-tom, 1973.
18. Oybek. “Quyosh qoraymas”.// Mukammal asarlar to`plami (19
tomlik). -T.: “Fan”, 7-tom, 1979.
19. Oybek. “Bolalik”. Mukammal asarlar to`plami (19 tomlik).
-T.: “Fan”, 11-tom, 1977.
Oybekning tug’ilgan sanasi uning turli yillarga oid tarjimon
hollarida turlicha qayd etilgan. Agar adtb “She`rlar” kitobi (1963) ga ilova
qilgan tarjimayi holda tug’ilgan sanasini 1904 yil22-dekabr` deb
ko`rsatgan bo`lsa, o`n jildlik “Asarlar”to`plamining 1-jildi (1968) da
“Men toshkentlikman. 1905-yil 10-yanvarda eski shaharda o`rta hol
hunarmand- bo`zchi oilasida tug’ildim”, deb yozgan.shu so`nggi ma`lumot
ilmiy mumolada Oybekning tug’ilgan sanasi sifatida qabul qilingan.
Oybek va G’afur G’ulom singari XX asr boshlarida tug’ilgan
yozuvchilar o`z tarjimayi hollarida madrasada tahsil ko`rgan yillarini davr
taqozosi bilan chetlab o`tib, eski maktabda o`qiganlari haqida ma`lumot
berganlar. Holbuki, Oybek Toshkentning Oqmasjid mahalasidagi
madrasada tahsil ko`rib, shu erda arab, fors tillarini o`rgangan hamda shu
erda Ahmad Yassaviy, So`fi Olloyor, Alisher Navoiy singari mashhur
shoirlar ijodi bilan tanishgan.
“Namuna” maktabi (1918-1921) va Navoiy nomidagi ta`lim-
tarbiya texnikumi (1921-1925) da o`qib yurgan kezlarida Munavvar qori
Abdurashidxonovning ta`sir doirasida bo`ldi, 1925-yilda O`rta Osiyo
Davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultetining siyosiy iqtisod bo`limiga
o`qishga kirdi. 1930-yilda iqtisoddan dars bera boshladi. 1933-yilda
Madaniy qurilish ilmiy – tekshirish institutida ham ishlay boshladi. 1934-
yilda bu ilmiy markaz Til va adabiyot institutiga aylantirildi.
14
U o`zbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab berdi,
navoiyshunoslik faniga tamal toshini qo`ydi, o`zbek tarjima maktabini
yangi bir bosqichga ko`tardi. Oybek ayni bir paytda O`zbekiston Fanlar
akademiyasi Gumanitar bo`limi (1943-1951) va yozuvchilar
uyushmasiga (1945-1949) rahbarlik qilgan yillarida yirik jamoat arbobi
sifatida ham faoliyat ko`rsatdi.
Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek o`zi mansub bo`lgan adabiy
avlod vakillari farqli o`laroq, 20-yillar she`riyatida, ba`zi bir istisnolardan
qat`iy nazar, davrning o`tkinchi ijtimoiy mavzulari emas, balki lirik
tuyg`u va kechinmalar tasviriga katta e`tibor berdi. Uning 1926-yilda
nashr etilgan dastlabki she`riy to`plamining “Tuyg`ular” deb atalgani
bejiz emas. Oybekning lirik shoir sifatidagi iste`dodi uning tabiat
manzaralari tasviriga bag`ishlangan she`rlarida yana ham yorqin jilva
berib turadi. Oybekning lirik she`riyatiga tabiat tasvirining bahor
shabadasidek kirib kelishi va katta o`rin egallashida uning 1936-yil
yozida Chimyonda uch to`rt oy yashagani muhim omil bo`ldi. Ma`lumki,
shu yili Hamid Olimjon, Shayxzoda, Abdulla Qahhor singari bir guruh
shoir va yozuvchilar Chimyonga chiqib, ulug` shoir Aleksandr Pushkin
asarlarini tarjima qilganlar. Oybek uning “Evgeniy Onegin” she`riy
romanini o`zbek tiliga tarjima qilish bilan birga, o`zining mashhur
“Chimyon daftari” she`rlar turkumini ham yaratgan. Oybekning tabiat
tasviriga bag`ishlangan she`rlarini o`qir ekanmiz, uning katta va o`tkir
ko`zlari tabiatdagi betakror nafosatni ham teran ko`rganiga amin
bo`lamiz. Bir she`rida shunday yozadi:
Quyosh, oltining cho`kkanday cho`kar sevinchim,
Sinadi ichimda umidning toshi,
Qalbimni yirtadi uning sadosi
Yupatmas na xayol, sevgi ro`yosi,
Yuramen, oqshomga singan izim.
She`rni o`qir ekanmiz, Oybekning “Lirika ko`pincha shoir
fikrlarini tuyg`ularini kulaydi” degan so`zlari to`g`ri ekaniga ishonch
hosil qilamiz.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Oybek Moskva ostonalarida jang
qilayotgan o`zbek jangchilariga sovg`a-salom olib borish va ularga badiiy
xizmat ko`rsatish uchun frontga yo`l oladi. Urushning dahshatli
manzaralarini o`z ko`zi bilan ko`radi. Yon daftariga yozilgan,
keyinchalik o`zbek harbiy lirikasining gultoji bo`lgan qo`yidagi satrlar
ana o`sha yillar mahsuli.
15
Yig`i kelmaydi sira,
G`azabdan qaqragan ko`z.
Bu yo`llarning yaxidek
Labimda qotibdi so`z...
Oybek o`zbek adabiyotini o`zining bir qancha dostonlari bilan
ham boyitgan sanatkor. “Dilbar davr qizi” (1932), “Navoiy” (1937),
“Qizlar” (1947), “Davrim jarohati” (1965), “Guli va Navoiy” (1968) ana
shunday asarlar sirasiga kiradi. Shoir umrining so`nggi yillarida
“Temur” va “Bobur” singari dostonlarni yaratish niyatida bu mavzuga
qo`l uradi, ammo bu asarlar o`z nihoyasiga yetmay qoladi.
1937-yildan boshlab Oybek she`riy va nasriy janrlarda baravar
samarali ijod qiladi. 1941-yilda nashr etilgan “Qutlug` qon” romaniga
qadar kitobxonlar Oybekni asosan shoir sifatida e`tirof qilganlar. Uning
“Mash`ala” jurnalida bosilgan “Globus” nomli hikoyasi ko`pchilikning
yodidan allaqachon ko`tarilgan, “Gulnor”, “Fonischi ota” singari uch
to`rtta hikoyasi esa umuman chop etilmagan. Shuning uchun ham
mazkur romanning paydo bo`lishi adabiy jamoatchilik uchun
kutilmagan kashfiyot bo`lgan. O`zbekdek zulmga ham, xorlik-zorlikka
ham, ochlik, yalang`ochlikka ham chidamli xalq bo`lmagan. U hatto
yurtini egallab, nonini “tuya” qilib kelgan istelochilarni ham, o`zbekona
mehmonnavozlik qonuniga ko`ra, boshiga qo`yib kelgan. U faqat bir
narsani-farzandlarini issiq bag`irlaridan yulib olishlarini o`ziga og`ir
oladi. Farzand dog`idek og`ir dog` bo`lmaydi o`zbekda. Shuning uchun
ham xalq 1916-yilgi mardikorlikka olishga qarshi yakdil bo`lib
qo`zg`olon ko`tardi. “Qutlug` qon”da xuddi ana shu yillar voqealari
tasvirga olinadi. Oybek qo`zg`olon orafasida xalqning turli qatlamlarga
ajralib chiqqanini, ana shu qatlamlashish milliy ozodlik harakatini keltirib
chiqarganini ko`rgani uchun ham shunday tasvir uslubini tanlagan.
1939-yili Oybek Navoiy haqidagi yirik nasriy asarga qo`l urgan.
Ammo yozila boshlagan dastlabki bob adibga ma`qul bo`lmaganligi
sababli u asar ustidagi ishni vaqtincha to`xtatgan. 1940-yilning 9-
yanvarida Oybek asarga yangidan kirishib, uni 1941-yili tugatmoqchi va
Alisher Navoiy tavalludining 500-yilligiga sovg`a etmoqchi bo`lgan.
Ammo urush adib rejalarini chippakka chiqargan edi va 1942-yilning qish
oylarida roman yozib tugallangan. Oybek Alisher Navoiyning faqat ilmiy
va badiiy merosinigina emas, u haqdagi boshqa mavjud adabiyotni ham
chanqoqlik bilan o`rgangan. U Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”,
Vosifiyning “Badoe ul-vaqoe”, Mirxondning “Ravzat us-safo”,
16
Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarlari singari o`nlab adabiy va
tarixiy asarlar, shuningdek, Ibn Batuta, Ryui Gonzales de Klaviko singari
mualliflarning sayohatnoma hamda kundaliklari asosida Navoiy va u
yashagan davr hayoti haqida mukammal tasavvurga ega bo`lgan.
1951-yil aprelida og`ir xastalikka yo`liqqanida, Oybek endigina
46-yoshni qoralagan edi. Uning shundan keyingi hayoti xastalikda o`tdi.
Shunga qaramay, u umrining bu mashaqqatli pallasidan ham mumkin
qadar unumli foydalanish va ijod etish uchun qahramonona kurashdi.
Adibning “Quyosh qoraymas”, “Ulug` yo`l roman” lari, “Nur qidirib”,
“Bolalik”, “Bola Alisher qissalari”, talaygina doston va she`rlari shu
davrda yaratildi. Uning yigirma jildlik to`la asarlar to`plamida chop
etilgan aksar asarlari xalqimizning bebaho badiiy boyligiga aylangan.
Oybekning ijodiy izlanishlari va badiiy tajribalari kelgusi adabiy
avlodlarga mash`al o`laroq, badiiy ijodning munavvar yo`llarini yoritib
turadi.
Dostları ilə paylaş: |