Matn adabiyotlar:
1. Olimjon H. Tanlangan asarlar (3 tomlik).-T.: “Badiiy
adabiyot”, 1-2-tomlar, 1957-58.
2. Olimjon H. Asarlar (5 tomlik).-T.: “Adabiyot va san`at”,
1-2-tomlar. 1970-71.
3. Olimjon H. Mukammal asarlar to`plami (10 tomlik).-T.:
“Fan”, 1-2-tomlar, 1979.
4. Azimov S. Hamid Olimjon abadiyati.-T.: “Badiiy
adabiyot”, 1967.
5. Yoqubov H. Hamid Olimjon. // O`zbek adabiyoti tarixi (3
tomlik).-T.: “Fan”, 2-tom, 1971.
6. Karimov N. Hamid Olimjonning poetik mahorati.-T.: “Fan”,
1964.
7. Karimov N. Hamid Olimjon (shoir hayoti va ijodidan lavhalar).
-T.: “Yosh gvardiya”, 1979.
8. Yoqubov H. Oybek lirikasida obrazlar sistemasi va lirik
xarakter. //H.Yoqubov. Adabiy maqolalar.-T.: “Adabiyot va
san`at”, 1970.
9. Imomov B. Hamid Olimjon-dramaturg. // Nafosat chashmasi.
-T.: “Fan”, 1970.
10. Qurbonov D. Hamid Olimjonni bilasizmi? // “Sharq
yulduzi”, 2002, 2-son.
11. Qosimov S. Hamid Olimjon adabiy tanqidchi sifatida. //
Nafosat chashmas.-T.: “Fan”, 1970.
XX asrda o`zbek she`riyati an`anaviy aruz vaznidan xalq ijodi
uchun xarakterli barmoq vazniga o`tganida, Cho`lpon “Go`zal” singari
so`lim she`rlari bilan yangi o`zbek lirikasini boshlab berdi. Uning
barmoq vaznida yozilgan lirik she`rlarida o`zbek adabiy tilining
imkoniyatlari kengligi, o`zbek she`riyatining esa shkal va vositalarga
boyligini namoyish etdi. Cho`lpondan keyin o`zbek lirikasining eng
yaxshi namunalari uning izdoshlari tomonidan yaratildi.
O`zbek lirikasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan shoirlar orasida
Hamid Olimjon ijodi alohida ajralib turadi. U faqat lirik shoir bo`lib
qolmay, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semurg’”, “Zaynab bilan Omon”,
“Roksananing ko`z yoshlari” singari dostonlari, “Muqanna” she`riy
tragediyasi bilan ham mashhur. U ayni paytda tarjimon va adabiyotshunos
ham bo`lgan.
18
Hamid Olimjon ijodi 30-yillardanoq tanqidchilar va
adabiyotshunoslar e`tiborini jalb etib kelmoqda. Uning hayot yo`li va
ijodiy faoliyati haqida ko`pgina monografiya va kitoblar, gazeta va jurnal
maqolalari mavjud. Ular orasida S.Azimov, N.Karimov va S.Mallajonov
tadqiqotlari e`tiborga sazovor.
Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug’ilgan.
To`rt yoshga yetar-yetmas otadan yetim qolgan Abdulhamid Azimbobo
qo`lida tarbiya ko`rgan. Azimbobo xat-savodli kishilardan bo`lib,
nevarasida ham o`qish-yozishga qiziqish uyg`otgan. Mashhur xalq shoiri
Fozil Yo`ldosh o`g`li ahyon-ahyonda Bulung`urdan Jizzaxlik do`st-
yorlarini yo`qlab kelganida, uning uyida ham to`xtar, shunda Abdulhamid
bobosi pinjida o`tirib, ulug` shoirning doston va termalarini murg’ak
qalbi bilan tinglar edi. Uning onasi Komila aya ham ertak, maqol va
matallarga chechan bo`lgan. Bo`lajak shoir uzun qish kechalarida uning
Oygul bilan Baxtiyor, Tohir va Zuhra, Yoriltosh haqidagi ertaklarini
tinglab, bolalik kezlaridayoq xalq og’zaki ijodidan bahramand bo`lib
o`sgan. Yosh Abdulhamid 1916-yilgi Jizzax qo`zg’olonini o`z ko`zi bilan
ko`rgan. Oradan ikki yil o`tgach, u Jizzaxda ochilgan Narimonov
nomidagi to`liqsiz o`rta maktabga o`qishga kirdi. 1923-yili
Samarqanddagi o`zbek bilim yurtida tahsilni davom ettiradi. U yerda
S.Ayniy, A.Shakuriy, Hoji Muin, V.L.Vyatkin singari mashhur
allomalardan saboq olgan bo`lajak shoir asta-sekin she`rlar mashq qila
boshlaydi. 1928-yildan O`zbekiston Oliy pedagogika institutining iqtisod
fakultetida o`qiy boshladi. Bu vaqt oralig’ida Hamid Olimjon talaygina
she`rlar muallifiga aylanib ulgurgan edi. “Ko`klam” nomli ilk she`riy
to`plami, “Tong shabadasi” hikoyalar to`plamlari shular jumlasidandir.
1931-yildan shoirning qaynoq ijodiy faoliyati boshlandi. “Olov sochlar”
(1931), “Poyga”, “O`lim yovga” (1932), “Daryo kechasi” (1936),
“She`rlar” (1937), “O`lka”, “Oygul bilan Baxtiyor” (1939) va “Baxt”
(1940) she`riy to`plamlari, dostonlari, tarjimalari ketma-ket nashr qilinadi.
1939-yili u O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga mas`ul kotib etib
tayinlanadi.
1944-yilning 3-iyun kungi baxtsiz tadosif Hamid Olimjonni
hayotdan va ijoddan juda erta olib ketdi.
Hamid Olimjonning shoirlik mahorati haqida gapiradiganlar uni
tabiatan lirik shoir, nozik hissiyot va kechinmalar musavviri, deya
ta`riflashadi. Chinakam she`riyat shoir yashagan davr chegaralarini
parchalab abadiyat sari intiladi. Hamid Olimjon ham o`zining eng yaxshi
lirik asarlarida o`zi mansub bo`lgan zamon va makon hududlarini yorib,
19
kelajak avlodlar bilan muloqotda bo`ladi. 20-yillarning so`nggi va 30-
yillarning avvalida shoirlarning sarbast vazniga murojaat qilib, ijod eta
boshladilar. Hamid Olimjonning ham shu davrda yozilgan “Temir
qonun”, “Mudofaa kunlarida”, “Tarix ko`rganmi?”, “Nima bizga
Amerika!” kabi asarlarida sarbast she`r imkoniyatlaridan samarali
foydalandi.
Hamid Olimjonning 30-yillarda yaratgan lirik asarlari orasida
“Baxtlar vodiysi” balladasi e`tiborga sazovor. Shoirning 1932-yil
ko`klamida Farg’ona vodiysi bo`ylab safari taassurotlari asosida yozilgan
bu asarda shoir Farg’ona dalalariga kelgan ko`klam tasviri orqali
sho`rolar malakatining bahorini, yangi hayot tongotarini olqishlamoqchi
bo`ldi. Tabiatdagi ko`klam bilan jamiyatdagi “yangilanish fasli” o`rtasida
uyg’unlik ko`rdi.
Hamid Olimjonning lirik qahramoni ona tuprog’ini ardoqlaydi,
shu beshikda ulg’aygani bilan iftixor qiladi:
Men dunyoga kelgan kundanoq
Vatanim
deb seni, uyg’ondim.
Odam baxti birgina senda
Bo`luriga mukammal qondim.
“O`lka” she`ridan olingan mana bu to`rtlikda ham Vatan haqidagi
tuyg’ular samimiy.
Qulog’imga noming
kirganda
Qumlik kabi tashna boqurman.
Sening
jannat vodiylaringdan
Nahrlarday to`lib oqurman.
“Hamid Olimjon Sharqning eng yirik liriklaridan, -deb yozgan edi
Asqad Muxtor. -U lirikaning kuchiga chuqur ishonch bilan qoradi,
o`zining barcha janrdagi asarlarini lirikaning nafis sehri bilan sug’ordi”.
Ana shunday “nafis sehr bilan sug’orilgan” lirik she`rlarning katta bir
qismini shoirning fuqarolik g’oyalari ulug’langan she`rlari tashkil etadi.
Bu she`rlarning juda ko`pchiligi hozir ham o`z qimmatini saqlab
kelmoqda.
Hamid Olimjonning harbiy lirikasida publitsistik jo`shqinlik lirik
harorat bilan tutashib, “Sevgi”, “Sen tug’ilgan kun”, “Sharqdan G`arbga
ketayotgan do`stga”, “Qamal qilingan shahar tepasidagi oy” asarlari
vujudga keldi. Agar “Sen tug’ilgan kun” she`rining lirik qahramoni
jang maydonilarida turib sevgilisiga qalb so`zlarini yo`llasa, “Sevgi”
20
she`rida tasvirlangan qiz jangchi yori ortidan frontga yo`l oladi. “Menga
ne kerakdir bu yolg’iz qolish? Sensiz ololmasman aslo men nafas”, deydi
u va bosh olib, jang maydoniga ketadi:
Balki uchrashmasmiz biz endi mangu,
Bo`samiz ham qolar balki sargardon.
Lekin sevishganlar qaytmas o`limdan,
Lekin mangu qolar ikki tomchi qon.
30-yillarning o`rtalarida folklorni o`rganish kun tartibiga
qo`yilgan bir paytda xalq og’zaki ijodining davr ruhiga mos asarlari
asosida Hamid Olimjon zamonaviy ertak-dostonlar yozishga ahd qildi.
“Oygul bilan Baxtiyor” (1937), “Semurg’ yoki Parizod va Bunyod”
(1939), “Zaynab va Omon” ana shunday dostonlar sirasiga kiradi. Hamid
Olimjondek serqirra iste`dod sohibining dramaturgiyada o`z kuchini sinab
ko`rmasligi mumkin emas edi. Taniqli adabiyotshunos Sarvar
Azimovning guvohlik berishicha, Hamid Olimjon pedakademiyada tahsil
ko`rgan darvidayoq Sadriddin Ayniy ta`sirida Muqanna qo`zg’oloni bilan
qiziqib, o`zbek xalqi tarixining bu qahramonona sahifasini qunkt bilan
o`rgangan. 1937-yili esa, Muqanna harakatiga bag’ishlangan dramatik
asar yozishga kirishib, hatto uning birinchi pardasini yozib ham
tugatgan. Lekin hali adabiy tajribaning yetishmasligi sababli bu ijodiy
niyatini oxiriga yetkazolmagan. Besh yildan so`ng yana Muqanna
mavzuiga qaytib, 1942-yil 31-mayda asarni to`la qo`ldan chiqardi.
“Muqanna” fojiasi bilan Hamid Olimjon sho`ro tuzumi va mamlakatini
dushman changalidan himoya etishga o`zining baholi qudrat hissasini
qo`shdi. Lekin bugun bu asar qa`ridagi milliy mustaqillik uchun kurash
g’oyasi, ona-Vatanni sevish va ardoqlashga qaratilgan ruh biz uchun
ayniqsa muhimdir.
Hamid Olimjon XX asr o`zbek adabiyoti taraqqiyotiga dastavval
lirik shoir sifatida katta hissa qo`shdi. Uning urush yillarida yozgan ikki
dramatik asari, ayniqsa, “Muqanna” tragediyasi o`zbek dramaturgiyasida
katta voqea bo`ldi. Bundan tashqari, u adabiyotshunos olim sifatida ham
o`zbek xalq og’zaki ijodi, ham mumtoz o`zbek adabiyoti, ham XX
asrning birinchi choragidagi o`zbek adabiyoti tarixini o`rganishga
qaratilgan tadqiqotlarni yaratdi. Uning bu sohadagi ishlari orasida Fozil
Yo`ldosh og’zidan yozib olingan “Alpomish” dostonini nashrga
tayyorlaganligi va Alisher Navoiy ijodini o`rganishga bag’ishlangan ilmiy
maqolalari, ayniqsa, ahamiyatlidir. Shuningdek, Hamid Olimjon rus
adabiyotining bir qator namunalarini o`zbek tiliga katta mahorat bilan
21
tarjima qilib, ularni xalqimiz va madaniyatimizning qimmatbaho mulkiga
aylantirdi.
Dostları ilə paylaş: |