Matn adabiyotlar:
1. Maqsud Shayxzoda. “Toshkentnoma”.-T.: “Badiiy adabiyot”,
1958.
2. Maqsud Shayxzoda. “Mirzo Ulug’bek”.-T.: “O`qituvchi”, 1991.
3. Maqsud Shayxzoda. “Toshkentnoma”.// Maqsud Shayxzoda (6
tomlik). -T.: “Badiiy adabiyot”, 2-tom, 1971.
4. Maqsud Shayxzoda. Asarlar (6 jildlik).-T.: “Adabiyot va
san`at”, 3-jild, 1972.
26
5. Zokirov M. Maqsud Shayxzoda (Adabiy-tanqidiy ocherk).-T.:
“Adabiyot va san`at”, 1969.
6. Sharofiddinov O. Maqsud Shayxzoda. // O.Sharofiddinov.
Birinchi mo``jiza.-T.: “Adabiyot va san`at”, 1979.
7. Sharofiddinov O. Maqsud Shayxzoda.//O`zbek adabiyoti tarixi
ocherki (2 jildlik).-T.: “Fan”, 2-jild, 1962.
8. G’afurov I. Maqsud Shayxzoda. // O`zbek adabiyoti tarixi
ocherki (3 jildlik).-T.: “Fan”, 3-jild, 1-kitob, 1972.
9. G’afurov I. O`rtoq Shoir (Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi
haqida).-T.: “Yosh gvardiya”, 1975.
Inson qadr topan joyida aziz. Taqdir ba`zan bir go`shada dunyoga
kelgan kishiga iqtidori bois boshqa bir yerda porloq tole in`om etadi.
Buyuk Bedil bizning yurtimizda tug`ilib Hindistonda shuhrat topdi. Rus
shoiri I.A.Brodskiy siyosiy qarashlari uchun vatanidan badarg`a qilinib,
Amerika Qo`shma Shtatlarida yashadi, shu yerda jahonda tanilib, Nobel
mukofoti sovrindori bo`ldi. O`zbek adabiyotida o`zining munosib o`rniga
ega bo`lgan Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi ham xuddi shunday
kechdi.
Maqsud Shayxzoda 1908-yili Ozarbayjonning Tanja viloyatiga
qarashli Oqtosh shahrida tug`ildi. Otasi Ma`sumbek o`z davrining
peshqadam ziyolilaridan bo`lib, elu-yurtda katta obro`ga ega shifokor edi.
Maqsud Oqtoshda ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921-yili Boku
dorilmualliminiga o`qishga kiradi. U yerda Abdulla Shoiq, Husayn Jovud
kabi mashhur odamlarning ma`ruzalarini tinglaydi, ular ta`sirida
adabiyotga mehri ortadi. 1925-yili dorilmualliminni bitirgach, Boku Oliy
pedagogika institutida sirtdan o`qiydi. Endigina ish faoliyatini
boshlaganda, otasi aksilsho`raviy unsur sifatida qamoqqa olinadi. 18
yoshga to`lib-to`lmagan Shayxzoda ta`qib ostiga olinadi. Bo`lajak shoir
jon saqlash uchun ona-yurtidan chiqib ketishga majbur bo`ladi. Shu tarzda
u 1928-yili Toshkentga keladi va umrining oxiriga qadar shu yerda
yashab qoladi. Lekin Toshkentda ham Stalin zulmining iskanjasidan
butunlay qutilib ketolmadi. 50-yillar boshida uni mutlaqo asossiz ravishda
qamoqqa oladilar va 25 yilga surgun qiladilar. Shaxsga sig`inish fosh
etilgandan keyingina u O`zbekistonga qaytadi. Muhimi shundaki,
Shayxzoda hayotining o`nqir-cho`nqirlariga qaramay, umrining oxiriga
qadar o`zbek xalqining sadoqatli farzandi sifatida faoliyat ko`rsatdi va
O`zbekiston uning ikkinchi vatani bo`lib qoldi.
27
Maqsud Shayxzodaning she`rlari 1929-yildayoq matbuotda ko`rindi.
Ammo uning o`zi bu she`rlarni hali chinakam poeziya namunasi deb
hisoblamas edi. Oradan ko`p o`tmay Shayxzodaning birinchi to`plami
“O`n she`r” bosilib chiqadi. Keyin “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi
kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1935) kabi to`plamlari nashr etiladi. Maqsud
Shayxzoda fikricha va iqroricha hayotdagi buyuk ne`matlardan biri
she`riyat, tengsiz go`zalliklardan biri she`rdir. Shuning uchun kerak, u
she`riyatning deyarli barcha janrlarida samarali ijod qildi. Oybek
o`zining “O`zbek poeziyasining tarixiy taraqqiyoti to`g`risida” nomli
maqolasida shunday yozadi: “Shayxzoda she`rlarining fermasi rang-
barangdir. U ruboiy, ballada, poema va lirik she`rlar formasidan
foydalanadi”.
Urush yillarida Shayxzodaning o`zbek tilida “Kurash nechun?”,
“Jang va qo`shiq”, “Ko`ngil deydiki...”, rus tilida “Saaz”, “Grozoyu
rojdennie”, “Serdtse govorit” kabi to`plamlari bosildi. Urush yillarida
Shayxzoda ijodining yangi xususiyatlari nomoyon bo`ldi. Bu yillarda
shoir she`riyatining xalq hayoti bilan aloqasi mustahkamlanganligini,
odamlarning ichki dunyosini, ma`naviy fazilatlarini yanada chuqur ocha
boshlaganini ko`rasiz. Ana shu yillarning mohiyatini ochuvchi “Kurash
nechun?”, jang qahramonlarini ulug’lovchi “Kapitan Gostello”, mamlakat
ichkarisidagi odamlarning fidokorona mehnatini tarannum etuvchi
(“Bog’bon”, “Asalchi”, “Yigiraman, ip beraman”) she`rlar yozdi. Uning
she`rlarida g’olibona marshlar sadosini ham, urush fojialarining olamli
dardlarini ham, sog’ingan qalblarning hasratini ham, g’alaba deb tepgan
yuraklarning zarbini ham eshitamiz.
1956-1966-yillar mobaynida Shayxzoda “Chorak asr devoni” nomi
bilan tanlangan asarlarini “Toshkentnoma” dostonini, “Yillar va yo`llar”,
“Xiyobon” to`plamlarini e`lon qildi. Shoirning “Dunyo boqiy” turkumi
adabiyotimizda katta voqea bo`ldi.
Shayxzoda ko`pqirrali iste`dod sohibi edi. U she`rlar va dostonlar
bilan birga, juda yuksak badiiy quvvatga ega bo`lgan dramalar ham
yaratdi. Shayxzoda umrining so`ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib
ulgurmagan ulgurmagan “Beruniy” dramasini hisobga olmaganda ham
uning “Jaloliddin Manguberdi” va “Mirzo Ulug’bek” dramalari allaqachon
xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qolgan.
“Jaloliddin Manguberdi” dramasi 1944-yilda yozib tugatildi va
1945-yilda Hamza nomidagi Milliy akademik teatrda namoyish qilindi.
O`sha davr tanqidchiligi asarga yuqori baho berdi.
28
“Ko`pdan beri uzun umrim badiiy salmoqdor sahna, asarlarini orzu
qilar edik. “Jaloliddin” bu orzumizga javob berishga qodir”, - deb
yozilgan edi. Oybek bilan G`afur G`ulom.
1946-yilgacha dramadan ayrim parchalar “Armug`on” to`plamiga
bosilgan. Shundan keyin 43-yil davomida asar tilga olinadi. Faqat qayta
qurish va oshkoralik chuqur tomir yoygan 1988-yildagina “Jaloliddin
Manguberdi” birinchi marta o`zbek tilida “Boqiy dunyo” degan kitobida
to`la bosilib chiqdi. Ammo Maqsud Shayxzoda asarning chop etilganligini
ko`rmay olamdan ko`z yumdi.
Jaloliddin Manguberdi-tarixiy shaxs (1196-1231). Xorazm shohi
Muhammadning o`g`li. Jaloliddin mo`g`il qo`shinlariga qaqshatqich
zarbalar bergan, Vatan ozodligi uchun kurashlar olib borgan, lekin kuchlar
teng bo`lmagani bois chekingan. 1231-yilda qaroqchi kurdlar qo`lida halok
bo`lgan. “Jaloliddin Manguberdi” dramasida Shayxzoda Vatan erki,
mustaqilligi uchun fidoyilarcha kurash olib borgan mana shu jasur
sarkarda qiyofasini badiiy gavdalantiradi. Drama badiiy jihatdan teranligi,
monolog va dialoglarning pishiq ishlangani, har bir qahramon
xarakterining ham til boyligini, ham ruhiy dunyosidai o`ziga xoslikni
ifodalay oladigan yo`sinda ekani bilan ajralib turadi. Qahramonlararo
konfliktda sun`iylik yo`q, ular voqealarning tabiiy oqimi va xarakterlar
kurashidagi maqsadning hayotiyligi va haqqoniyligidan kelib chiqadi.
Maqsud Shayxzodaning yana bir ulkan asari “Mirzo Ulug`bek”
tragediyasidir. Tragediya 1964-yili yozildi, o`sha yili bu asar Hamza teatri
sahnasida qo`yildi, keyinchalik uning asosida kinofil`m ham yaratildi.
Shayxzoda bu muhim mavzuga adabiyotda mohiyat e`tibori bilan birinchi
bo`lib murojaat etdi va o`zining tarixiy qahramoniga munosib baquvvat
asar yarata oldi. Tragediyada Mirzo Ulug`bekning so`nggi ikki hayoti va
faoliyati qalamga olinadi. “Mirzo Ulug`bek” bizni olis va notanish
olamga- XV asr o`rtalaridagi Samarqand muhitiga olib kiradi. O`sha davr
odamlarining hayoti, o`zaro munosabatlari, dardu olamlari, shodlik va
quvonchlari ko`z o`ngimizda jonli manzaralarda qayta namoyon bo`ladi.
Biz bu olag’ovur, serjanjal, sertashvish muhitda Abdullatif,
Gavharshodbegim, Xo`ja Ahror, Said Obid, Abbos, Ali Qushchi,
Sakkokiy, Shayxulislom Burhoniddin, Abdurazzoq Samarqandiy, Qozi
Miskin kabi tarixiy shaxslarga ro`para kelamiz. Ular qatorida Feruza, Piri
Zindoniy, Otamurod, Ko`r Qalandar kabi to`qima obrazlar ham borki, ular
birlashib, asarga hayotiylik bag’ishlaydi, undagi tarixiy koloritni
kuchaytiradi. Sayyoralar quyosh tevaragida aylanganidek, bu obrazlarning
hammasi Ulug’bek atrofida aylanadi.
29
Maqsud Shayxzoda adabiyotshunos olim sifatida o`zbek tili va
san`atini, o`zbek adabiyotini astoydil muhabbat bilan o`rgandi. Buyuk
Alisher Navoiyning lirikasi, oradan 500 yildan ko`proq vaqt o`tib, o`z
bahosini Maqsud Shayxzoda talqinida ko`rdi.
Shayxzoda faoliyatida tarjima alohida o`rin tutadi. U Nizomiydan,
Shota Rustavelidan, Jomiydan, Pushkindan, Bayrondan, Lermontovdan,
Nekrasovdan, Shevchenkodan, Jambuldan, M.F.Oxundovdan, Samad
Vurg’undan, Ilya Chavchavadzedan, Avetik Isaakyandan, Sulaymon
Stalskiydan, Rasul Rizodan, Usmon Sorivalidan, Lohutiydan,
Maxtumqulidan, Tixonovdan, A.Surkovdan, Petrus Brovkadan adabiy
tarjimalar qiladi.
Maqsud Shayxzodaning o`zbek adabiyoti, madaniyati ravnaqiga
qo`shgan hissasi mustaqil O`zbekiston va uning hukumati tomonidan
munosib e`zozlanadi. Qator maktab va ko`chalar uning nomi bilan ataladi.
U “Buyuk xizmatlari uchun” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.
Dostları ilə paylaş: |