Matn adabiyotlar:
1. Mirtemir. Asarlar (4 tomlik).-T.: “Adabiyot va san`at”, 1980-83.
2. Mirtemir. “Qoraqalpoq daftari”, “Surat”. // Mirtemir. She`rlari.-T.:
O`zadabiynashr, 1961.
3. Azizov Q. Mirtemir. Adabiy portret.-T.: 1969.
4. Jalilov T. Mirtemir mahorati.-T.: 1980.
5. Xalilov T. Mirtemir mahorati.-T.: “Adabiyot va san`at”, 1980.
33
6. Xudoyberganov N. Mirtemir ijodiga oid qaydlar. //
Adabiyotimizning yarim asri.-T.: “Adabiyot va san`at”, 1975.
7. Qurbonov V. Mirtemir-do`stlik va qardoshlik kuychisi.-T.: “Fan”,
1981.
8. G’afurov I. Ona yurt kuychisi. (Mirtemirning hayoti va ijodiy
yo`li).-T.: 1970.
9. G’afurov I. Mirtemir.// O`zbek adabiyoti tarixi (3 tomlik).-T.:
“Fan”, 3-tom, 1-kitob, 1972.
Mirtemir o`z ijodi bilan o`zbek she`riyatidagi realistik yo`nalishni
yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan, hozirgi zamon o`zbek adabiyoti
tarixidan milliy shoir sifatida mustahkam o`rin egallagan ijodkor. U 1910-
yili, bug’doy o`rog’ida, Turkiston shahriga qarashli Iqon qishlog’ida
dunyoga keldi. O`z qishlog’ida xat-savodini chiqargach, o`n bir yoshida
Toshkentga keladi. Almoiy nomidagi ish maktabiga joylashadi. Oradan
ikki yil o`tgach, yangi shahardagi O`lka o`zbek bilim yurtiga o`qishga
kirdi. Mirtemir bilim yurtida o`qib yurgan kezlarida she`riyatga qiziqib,
1926-yilda yoshlar gazetasida “Tanburim tovushi” degan dastlabki she`rini
e`lon qildi. 1928-yili esa uning nomini yoshlar orasida mashhur qilgan.
“Shu`lalar qo`ynida” degan ilk she`rlar to`plami nashr etildi. 1929-yili
Samarqanddagi Pedagogika akademiyasiga o`qishga kiradi. Bu yillarda
uning “Zafar” (1929), “Qaynashlar”, “Kammuna”, “Bong” (1932) singari
to`plamlari ketma-ket nashr etilgan, she`riyat muxlislari o`rtasidagi
shuhrati tobora ortib borayotgan Mirtemirni ko`ra olmagan ayrim shoir
va tanqidchilar uning “feodal oila”da tug’ilgani, ocherklarida Cho`lpondan
ko`chirmalar keltirgani va boshqalar haqida matbuotda “childirma
chaladilar”. Xasadchilarning yosh shoirga qarshi boshlagan xurujlari
natijasiz qolmaydi. NKVD xodimlari 1932-yil 7-avgust kuni 22 yashar
Mirtemirni Samarqandda qamoqqa oladilar. U Quyliqdagi mehnat-tuzatish
lagerida ekanligida jajji qizi ham onasi ham vafot etadi. 1934-yilning
o`rtalarida Moskvadagi Dmitrov lageriga etap bilan yuboriladi va Moskva-
Volga kanali qurilishida ishlaydi. (Uning qurilish hayotidan olingan
“Nomus” dostoni shu yerda yozilgan). Yosh shoir 1935-yilning boshlarida
afv etilib, ona yurtiga qaytadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Mirtemir
O`zbekiston radio qo`mitasi (1941) va O`zbekiston Davlat nashriyotida
(1942) Muharrir, Opera va balet teatrida adabiy emakdosh (1943-44),
uyushmasida adabiy maslahatchi, Badiiy adabiyot nashriyotida muharrir
vazifalarida xizmat qiladi.
34
Mirtemirning adabiy merosi she`riyat, dramaturgiya (“Birinchi
prezident” pyesasi), publisistik va adabiy-tanqidiy maqolalar hamda
tarjima asarlarini o`z ichiga oladi.
Lirik she`riyat shoir qalbining kundaligidir. 30-yillarning ikkinchi
yarmida shoir qalami she`rdan she`rga charxlanib boradi. Mirtemir shu
yillari she`riyatni oziqlantiradigan qudratli manbalardan biri xalq ijodiyoti
ekanini o`qib oladi va xalq poeziyasini chuqur o`rganishga kirishadi. Bu
esa, uning she`rlariga yangicha ruh, yangicha rang bag’ishlaydi. U
ko`pgina she`rlarida xalq qo`shiqlarining shaklini, qofiyalar va radiflar
tartibini, ichki kompozitsion qurilishini, ritmikasini o`zlashtirib, ularni
deyarli o`zgartirmagan holda yangicha mazmunni ifodalaydi.
“Qo`shiqlar”, “Ko`zlarim yo`lingda”, “Bo`sasi qand” kabi she`rlar shular
jumlasidandir.
Shoirning harbiy lirikasida dastavval ko`zga tashlanadigan xususiyat
yovuz dushmanga nafrat va muqaddas vatanga muhabbat tuyg’ularini bor
ovoz bilan hayqirib aytishdir. Urushning ilk kunlaridanoq foshizmning
mohiyatini fosh qiluvchi “Vabo” she`rini yozadi. Shoir tinch hayot
sukunatini buzgan yovni “vabo” deb aytadi, uning vahshiy qiyofasini
ochadi. Mirtemirning urush davri ijodida Vatan obrazi alohida o`rin tutadi.
“Sevgi”, “Bu mening Vatanim”, “Soy”, “Ona shahar”, “Qirg’oq”,
“Yodgor”, “Dengiz bo`yida” she`rlari harbiy libos yopingan, qahri qattiq,
irodasi zo`r, mehri oftob Vatan haqidagi eng yaxshi she`rlardandir.
Urushdan keyingi yillarda qardosh xalqlar hayotidan asarlar yozish
poeziyaning eng yaxshi an`analaridan edi. Bu mavzu Mirtemirni ham
anchadan buyon qiziqtirib kelar edi. U 30-yillardayoq Qoraqalpoq hayotini
aks ettiruvchi “Amuqirg’oqlari”, “Oysanamning to`yida”. Shundan keyin
shoir ko`p yillar mobaynida bo`lajak turkum uchun materiallar yig’adi, bir
necha marta Qoraqalpog’istonga boradi, qardosh xalqning hayotini,
madaniyatini, adabiyotini o`rganadi. Shu maqsadda 1957-yili “Qoraqalpoq
daftari” maydonga keladi. 20 she`rdan iborat bo`lgan bu turkum qardosh
xalqning bugungi hayoti va odamlari haqidagi yaxlit poetik qissadir.
“Qoraqalpoq daftari” haqiqiy poeziyaning ashaddiy dushmani bo`lgan
ritorikadan, quruq suxandonlikdan sun`iy yaltiroqlikdan, bachkana
balandparvozlikdan xoli. Shoir har bir she`rida shunday poetik obrazlar,
shunday detallar ishlatadiki, ular tufayli biz hayotning ulug’ haqiqatlarini
chuqurroq bilib olamiz, hayotning shu pay tgacha bizga ko`rinmagan
tomonlarini ko`rib, uning go`zalligini, nafosatini his etamiz. Shu ma`noda
“Qoraqalpoq daftari” ga kirgan qariyb har bir she`rni poetik kashfiyot deb
atash mumkin.
35
“Qoraqalpoq daftari” turkumiga Mirtemirning “Surat” degan ixcham
lirik qissasi ham kiradi. Shoir poemalari ichida ana shu asar alohida ajralib
turadi. Bu lirik qissa Mirtemirning inson ruhini butun murakkabligi bilan
tasvirlay olishidan, “qalb dialektikasi” ga chuqur kira olganidan dalolat
beradi. Poema yaxlit syujet chizig’iga ega emas, balki qahramon
kechinmalarini ifodalaydigan ayrim-ayrim lirik lavhalardan tashkil topgan.
Ammo bu lavhalardagi hislar, tuyg’ular shu qadar tiniq, shu qadar aniq va
tabiiyki, ular birgalikda qahramonning hayot yo`lini ham, boshiga tushgan
og’ir sinovlarni ham, uning ma`naviy go`zalligini ham yoritib beradi.
Mirtemir o`zbek tarjima maktabiga ham o`zining beqiyos hissasini
qo`shgan. A.S.Pushkinning she`rlari va “Ruslan va Lyudmila” ertagini,
M.V.Lermontovning “Ismoilbek”, “Savdogar Kalashnikov haqida qissa”,
N.A.Nekrasovning “Rusiyada kim yaxshi yashaydi?” dostonlari
Sh.Rustavilining “Yo`lbars terisini yopingan pahlavon” dostonini,
(A.Umariy bilan hamkorlikda) Genrix Geyne, M.Gorkiy, Pablo Neruda,
Nozim Hikmat, Abay Mahtumquli, Berdaq, Samad Vurg’un asarlari va
“Manas” qirg’iz eposining 1-kitobini o`zbek tiliga mahorat bilan o`girib,
adabiyotimiz xazinasini tarjima asarlari bilan boyitgan. Mirtemir 2002-
yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Dostları ilə paylaş: |