Savol va topshiriqlar:
1. Sho`ro davridagi muhim voqealarni eslang. U davrga xos
xususiyatlar nimalardan iborat?
2. Sho`ro adabiy siyosati haqida fikr bildiring.
3. Sho`ro davri adabiyoti rivojidagi ziddiyatlar sababini tushuntirib
bering.
4. 60-70-yillardagi adabiy jarayon haqida nimalarni bilasiz?
5. 80-yillardagi “oshkoralik va demokratiya” harakatlari haqidagi
fikrlaringiz qanday?
6. Mustaqil tuzum ta`qib, tazyiqlarga qaramay, milliy adabiyotda
yaratilgan eng yaxshi asarlarni sanang.
Mavzu: G`afur G`ulom
Reja:
1. Shoirning hayot yo`li.
2. Insonparvarlik-shoir ijodining qalbi.
3. Ijodkorning obrazlar olami.
Matn adabiyotlar:
1. G’.G’ulom. Asarlar (10 tomlik).-T.: “Adabiyot va san`at”, 1-3-
tomlar, 1972.
2. Abrorov A. G’.G’ulom poeziyasi.-T.: 1970.
3. Anorboyev S. G’.G’ulom prozasi. // “Sharq yulduzi”, 1955, 5-son.
4. Yoqubov H. G’.G’ulom (hayoti va ijodi).-T.: O`zadabiynashr, 1959.
5. Zunnunov A.G’.G’ulom-tinchlik kuychisi. // “O`qituvchi gazetasi”,
1953, 22 aprel.
6. Mamajonov S. G’.G’ulom. // O`zbek adabiyoti tarixi (3 jildlik).-T.:
“Fan”, 2-jild, 1971.
7. Normatov U. G’.G’ulom poeziyasining estetik prinsiplari. //O`zbek
adabiyoti masalalari.-T.: O`zadabiynashr, 1959.
9
8. Shukurov N. G’.G’ulomning lirik poeziyasidagi mahorati.-T.: “Fan”,
1966.
9. G’.G’ulomning badiiy olami.-T.: “Fan”, 1984.
10. G’.G’ulom. Asarlar (12 tomlik).-T.: “Fan”, 5-6-tomlar, 1985-86.
11. Abdusamatov H. G’.G’ulom satirasi. //G’.G’ulomning badiiy
olami.-T.: “Fan”, 1984.
12. Abdusamatov H. G’.G’ulom satirasida xarakter. // “Sharq
yulduzi”, 1967, 12-son.
13. Yoqubov H. G’.G’ulom. //H.Yoqubov. Adabiy maqolalar.-T.:
“Adabiyot va san`at”, 1970.
14. Yoqubov H. G’.G’ulom. //Saylanma (2 jildlik).-T.:“Adabiyot va
san`at”, 2-jild, 1984.
15. Yoqubov H. G’.G’ulom.-T.: “Badiiy adabiyot”, 1959.
16. Imomov B. G’.G’ulom ijodida satira va yumor.// “Sharq yulduzi”,
1955, 7-son.
17. Majidov N., Boboyev T. G’.G’ulom prozasi.// “O`zbek tili va
adabiyoti”, 1966, 5-son.
18. Mamajonov S. G’.G’ulom prozasi.-T.: “Fan”, 1966.
19. G’.G’ulom. Adabiy-tanqidiy maqolalar (2 jildlik).-T.: “Fan”, 1-2-
jildlar, 1971-73.
20. Akbarov A. Shoirning hayoti va ijodi.-T.: Adabiyot va san`at”,
1974
G`afur G`ulom 1903-yil 10-mayda Toshkent shahrining
Qo`rg`ontegi mahallasida dehqon oilasida dunyoga keldi. Otasi G`ulom
Mirza Orif o`g`li va onasi Toshbibi Yusuf qizi o`qimishli, zehnli, fors
tilini bilgan, adabiyotni sevgan mehnatkash odamlar edi. Ana shu oilada
tarbiyalangan G`afurning savodi erta chiqadi. Navoiy, Hofiz, Sa`diy,
Fuzuliy asarlarini sevib o`qiydi.
Ota-onasidan juda erta etim qolgan bo`lajak ijodkorga ro`zg`or
tebratish va singillarini boqish tashvishi tushib, oliy maktablarda ta`lim
olish imkoniyatini beriladi. Shunday bo`lishiga qaramasdan, juda
yoshligidan mas`ul lavozimlarda ishlay boshladi: bir vaqtning o`zida ikki
maktabga mudirlik qildi, shahar maorifi xodimlari kamsomol
qo`mitasiga kotib va maorif uyushmasi raisi o`rinbosari bo`lib ishladi.
Yetim bolalarni yig`ib, internat tashkil qiladi. Uning ilk she`ri ham ana
shu yetim bolalarga bag`ishlangan edi, Bolaligi yetimlikda o`tgan
bo`lajak shoirning tuyg`ulari oq qog`ozga marjon kabi to`kildi-yu, nafaqat
o`zbek adabiyotida, jahon adabiyotida yangi bir shoir tug`ildi.
10
G`afur G`ulom o`zi haqida “gazeta men o`qigan oliy maktablarning
biri va birinchisi bo`ldi”, deganda juda haqli edi. Chunki, “Sharq
haqiqati”, “Qizil O`zbekiston” gazetalari, “Mushtum” jurnali shoirga
hayotni, jamiyatni, zamondoshlarni chuqur o`rganish imkoniyatlarini
yaratdi.
G`afur G`ulom o`zbek she`riyati, badiiy publisistikasi, feletonchiligi,
hajviy hikoyachiligi, yumoristik qissachiligi va tarjimachiligi rivojiga
katta hissa qo`shgan yirik so`z san`atkoridir. U O`zbekiston Fanlar
akademiyasining haqiqiy a`zosi, O`zbekiston xalq shoiri kabi yuksak
unvonlar sohibi.
Mustaqillik davriga kelib, Gafur Gulom nomiga hurmat-e`tibor
yanada ortdi. Tavalludining yuz yilligini nishonlash haqida hukumatning
maxsus qarori qabul qilindi. Buyuk xizmatlari uchun maxsus nishon bilan
taqdirlandi. Jumhuriyat prezidenti tashabbusi bilan poytaxtdagi go`zal
istirohat bog`laridan biri G`afur G`ulom nomi bilan ataladigan bo`ldi.
Bog`da shoirning muhtasham va salobatli haykali qad ko`tardi.
G`afur G`ulom ijodida she`riyat alohida o`rin tutadi. She`riyatga
bo`lgan havas bolalik yillaridayoq, shoirning o`zi xotirlashicha, uylarida
tez-tez bo`lib o`tadigan she`riyat kechalarida uyg`ongan bo`lsa ajab emas.
“Uyimizda o`zbek shoirlari, hattotlaridan Xislat, Shomurod kotib va
boshqalar kelib yurganini es-es bilaman Farg`ona vodiysidan keladigan
shoirlar: Muqimiy, Toshxo`ja Asiriy, Furqat, Muhyi, va boshqalarning
biznikiga kelganini aytadilar.”
G`afur G`ulom she`rlarida firqa, siyosat, mafkura, tuzum va
jamiyatning badiiy ijodga ta`siri, san`atkor dunyoqarashiga tazyiqi bilan
izohlanuvchi cheklanish, kamchilik yo`q emas. Lekin shoir asarlarining
ijodiy yuzini, o`zligini, qadr-qimmatini bunday asarlar belgilamaydi.
Shoir she`riyati mazmunan boy va rang-barang. “Vaqt” she`rida falsafiy
ruh ustun bo`lsa, “Kuzatish”, “Sog`inish”, “G`oliblar bayrami” she`rlarida
o`zining otalik to`yg`ulari, qalbidagi tahlika va iztiroblarni juda ta`sirli,
tabiiy ifodalaydi.
G`afur G`ulomning urushdan keyingi yillarga mansub “Vaqt”,
“Yigitlarga”, “Siyohdon”, “Alisher”, “Yoz”, “Sharaf qo`lyozmasi”, “Pol`
Robsonga”, “Farg`ona uchun”, ”Sen salomat bo`lsang bas”, “Anor”,
“Bizning uyga qo`nib o`ting, do`stlarim”, “Kulol va zargar”,”Alisher
Navoiy qabri ustida”, “Tun bilan tong” kabi o`nlab etuk she`rlar yaratdi.
A. Fadeev “O`zbek halqining g`ururi” (1945) maqolasida “Shoir va
akademik G`afur G`ulom hamisha fikr va teran tuyg`ular bilan
sug`orilgan”, deb yuksak baho berganda naqadar haq edi.
11
G’afur G’ulomning nasriy asarlari shuhrati she`riyatinikidan kam
emas edi. XX asrning 30-yillardan uning “Yigit”, “Kulgi hikoyalar”
to`plamlaridan asarlar el og’ziga tushgan bo`lsa, 60-yillar o`rtalarida
“Gilos donagidan toshbeh” to`plamidagi hajviy hikoyalari mashhur bo`lib
ketdi. Yigirma besh yi yoshi atrofida “Qizaloq” (1928) hikoyasini e`lon
qilgani, umr shomidagi so`nggi mashhur “Mening o`g’rigina
bolam”(1965) asari ham hikoya ekani yozuvchi ijodida nasr nechog’lik
mustahkam o`rin tutganini ko`rsatadi.
G’afur G’ulom bir necha qissalar ham yozdi. Lekin ularning bayon
usuli bir biridan farq qiladi “Netay” (1931) asari yirik- publitsistik
pardada uchinchi shaxsda hikoya qilinsa, “Tirilgan murda” (1934) satirik
pardada bo`lib, qahramonning esdalik daftari shaklida yoziladi
“Yodgor”ning (1936) bularga o`xshamagan jihati, unda voqeani bosh
qahramonning o`zi hikoya qiladi. “Shum bola” (1956) qissasi sarguzasht
syujet asosiga qurilgan asar hajviy hazil pardada yozilgan. Ammo G’afur
G’ulom qissalarning barchasini birlashtiradigan o`z tomir bor, bu-
mehnatkash insonning adashiyligi, mehr-shavqati, pok qalbi va
mehnatsevarligi, insonni himoya etishi uning orzu-armon uchun kurvshish
g’oyasidir.
G’afur G’ulomda xalq og’zaki ijodi ta`sirining nihoyatda xilma-xil
ko`rinishlarini topish mumkin: unda folklor asarlarini qayta ishlash,
qoliplash usuli, “Shum bola”da “Uch yolg’ondan qirq yolg’on” ertagiga
o`xshagan g’oyat jozibali yolg’on to`qib, juda qiziq kulgili voziyat-holat
yaratadi. O`nlab feletonlarini Nasriddin Afandi latifalari syujeti, shakli
asosida quradi va shu yo`l bilan ularni satirik hikoya darajasiga ko`tarib
yuboradi.
G’afur G’ulom mumtoz adabiyotimiz va xalq ijodidan o`rganish
bilan chegaralanib qolshadi, u jahon xalqlari, ayniqsa, rus adabiyoti
maktabi bilan ham bahramand bo`ldi. V.Sheksperning “Otelo”, “Qirol
Lir” Lope de Veganing “Qo`zibuloq qishlog’i”, F.Shimirning “Vilgelm
Tell”, Nizomiy, Jomiy, A.Pushkin, L.Tolstoy, A.To`qay. T.Shevchenko,
Prem Chand haqida maqolalar yozdi. Nozim Hikmat, Antol Gidash, Xodi
Toqtosh, A.Lohutiy, M.Tursunzodadan tortib. A.S.Pushkin,
M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, V.V.Mayakovskiygacha bo`lgan
ijodkorlar asarlarini o`zbekchaga tarjima qilib o`zbek kitobxonlarini
jahon adabiyotining noyob durdonalari bilan tanishtirishda o`z hissasini
qo`shdi.
Dostları ilə paylaş: |