Шўро даври адабиёти



Yüklə 214,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix02.01.2022
ölçüsü214,86 Kb.
#47373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
ozbek adabiyoti tarixi

Matn  adabiyotlar:

1. Oybek. Mukammal asarlar to`plami (19 tomlik).-T.: “Fan”, 3-

     4-tomlar, 1976.

2. Karimov N. Oybek.-T.: “Yosh  gvardiya”, 1985.

3. Oybek ijodiy metodi va badiiy mahorati.-T.: “Fan”, 1985.

4. Qo`shjonov M. Oybek mahorati.-T.: “Badiiy adabiyot”

     nashriyoti, 1965.

5. Oybek. “Qutlug’ qon”. Mukammal asarlar to`plami (19 tomlik). -

T.: “Fan”, 5-tom, 1976.

6. Yoqubov H. Oybek. // O`zbek adabiyoti tarixi (3 tomlik), 2-tom.

     -T.: “Fan”, 1971.

7. Samadov Q. Oybekning til mahorati.-T.: 1981.

8. Shoabdurahmonov Sh. Oybek romanlarining tili. // “Sharq

     yulduzi”, 1955, 10-son.

 9. Oybek. “Navoiy”. Mukammal asarlar to`plami (19 tomlik). –

     T.: “Fan”, 6-tom, 1976.

10. Oybek romanini qanday yozdim.// Adabiyotimiz

       avtobiografiyasi.-T.: “Adabiyot va san`at”, 1973.

11. Mirzaev S., Shermuhamedov S. Oybek. Hozirgi zamon o`zbek

                  adabiyoti tarixi.-T.: “O`zbekiston”, 1993.




13

12. Oybek zamondoshlari xotirasida.-T.: “Adabiyot va san`at”,

       1979.

13. Oybek.  Navoiy  romanini qanday yozdim.// Oybek.

       Mukammal asarlar to`plami (19 tomlik).-T.: “Fan”, 13-tom,

      1973.

14. Samadov Q. Oybek-so`z  san`atkori.-T.: 1965.

15. Shermuhamedov S., Mirzaev S. Oybek va o`zbek adabiyoti.

       -T.: “Fan”, 1985.

16. Qo`shjonov M. Oybek romanlarida syujet va xarakter.//

      Qo`shjonov M. Hayot va mahorat.-T.: “Badiiy adabiyot”

      nashriyoti, 1962.

17. Oybek. “Oltin vodiydan shabadalar”. Mukammal asarlar

       to`plami (19 tomlik).-T.: “Fan”, 7-tom, 1973.

18. Oybek. “Quyosh qoraymas”.// Mukammal asarlar to`plami (19

      tomlik). -T.: “Fan”, 7-tom, 1979.

19. Oybek. “Bolalik”. Mukammal asarlar to`plami (19 tomlik).

       -T.: “Fan”, 11-tom, 1977.

Oybekning tug’ilgan sanasi uning turli yillarga oid tarjimon

hollarida turlicha qayd etilgan. Agar adtb “She`rlar” kitobi (1963) ga ilova

qilgan tarjimayi holda tug’ilgan sanasini 1904 yil22-dekabr` deb

ko`rsatgan bo`lsa, o`n jildlik “Asarlar”to`plamining 1-jildi (1968) da

“Men toshkentlikman. 1905-yil 10-yanvarda eski shaharda o`rta hol

hunarmand- bo`zchi oilasida tug’ildim”, deb yozgan.shu so`nggi ma`lumot

ilmiy mumolada Oybekning tug’ilgan sanasi sifatida qabul qilingan.

Oybek va G’afur G’ulom singari XX asr  boshlarida tug’ilgan

yozuvchilar o`z  tarjimayi hollarida madrasada tahsil ko`rgan yillarini davr

taqozosi bilan chetlab o`tib, eski maktabda o`qiganlari haqida ma`lumot

berganlar. Holbuki, Oybek Toshkentning Oqmasjid mahalasidagi

madrasada tahsil ko`rib, shu erda arab, fors tillarini o`rgangan  hamda shu

erda Ahmad Yassaviy, So`fi Olloyor, Alisher Navoiy singari mashhur

shoirlar ijodi bilan tanishgan.

“Namuna” maktabi (1918-1921) va Navoiy nomidagi ta`lim-

tarbiya texnikumi  (1921-1925) da o`qib yurgan kezlarida Munavvar qori

Abdurashidxonovning ta`sir doirasida bo`ldi,  1925-yilda  O`rta Osiyo

Davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultetining siyosiy iqtisod bo`limiga

o`qishga kirdi. 1930-yilda iqtisoddan  dars bera boshladi. 1933-yilda

Madaniy qurilish ilmiy – tekshirish institutida ham ishlay boshladi. 1934-

yilda bu ilmiy markaz Til va  adabiyot  institutiga  aylantirildi.



14

U o`zbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini  boshlab berdi,

navoiyshunoslik faniga  tamal toshini qo`ydi, o`zbek tarjima maktabini

yangi bir bosqichga ko`tardi. Oybek ayni bir paytda  O`zbekiston  Fanlar

akademiyasi Gumanitar  bo`limi  (1943-1951)  va yozuvchilar

uyushmasiga  (1945-1949) rahbarlik qilgan yillarida  yirik jamoat  arbobi

sifatida ham  faoliyat ko`rsatdi.

Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek  o`zi  mansub bo`lgan adabiy

avlod vakillari farqli o`laroq, 20-yillar  she`riyatida, ba`zi bir istisnolardan

qat`iy    nazar,  davrning    o`tkinchi    ijtimoiy    mavzulari  emas,  balki  lirik

tuyg`u  va kechinmalar tasviriga  katta e`tibor berdi. Uning  1926-yilda

nashr etilgan  dastlabki  she`riy to`plamining  “Tuyg`ular” deb atalgani

bejiz emas. Oybekning  lirik  shoir sifatidagi  iste`dodi  uning  tabiat

manzaralari  tasviriga bag`ishlangan she`rlarida  yana  ham yorqin  jilva

berib  turadi. Oybekning  lirik she`riyatiga tabiat  tasvirining  bahor

shabadasidek  kirib kelishi va katta o`rin  egallashida uning  1936-yil

yozida  Chimyonda  uch to`rt oy yashagani  muhim omil bo`ldi. Ma`lumki,

shu yili  Hamid Olimjon, Shayxzoda, Abdulla Qahhor  singari  bir guruh

shoir va yozuvchilar  Chimyonga chiqib, ulug` shoir  Aleksandr Pushkin

asarlarini  tarjima qilganlar. Oybek uning “Evgeniy Onegin”  she`riy

romanini  o`zbek tiliga tarjima qilish bilan birga, o`zining mashhur

“Chimyon  daftari”  she`rlar turkumini  ham yaratgan. Oybekning  tabiat

tasviriga  bag`ishlangan she`rlarini  o`qir ekanmiz, uning katta va o`tkir

ko`zlari  tabiatdagi  betakror nafosatni ham teran ko`rganiga  amin

bo`lamiz. Bir she`rida shunday  yozadi:

Quyosh,  oltining  cho`kkanday cho`kar sevinchim,

Sinadi  ichimda  umidning  toshi,

Qalbimni  yirtadi uning sadosi

Yupatmas  na xayol, sevgi ro`yosi,

               Yuramen, oqshomga  singan  izim.

She`rni  o`qir ekanmiz, Oybekning “Lirika  ko`pincha shoir

fikrlarini tuyg`ularini kulaydi”  degan so`zlari  to`g`ri  ekaniga  ishonch

hosil qilamiz.

Ikkinchi jahon  urushi  yillarida Oybek Moskva ostonalarida jang

qilayotgan  o`zbek jangchilariga sovg`a-salom olib borish va ularga badiiy

xizmat ko`rsatish uchun frontga  yo`l  oladi. Urushning  dahshatli

manzaralarini  o`z ko`zi bilan ko`radi. Yon  daftariga  yozilgan,

keyinchalik  o`zbek  harbiy lirikasining  gultoji bo`lgan  qo`yidagi  satrlar

ana o`sha yillar  mahsuli.



15

Yig`i kelmaydi sira,

G`azabdan  qaqragan  ko`z.

Bu  yo`llarning  yaxidek

Labimda  qotibdi  so`z...

Oybek  o`zbek adabiyotini  o`zining  bir qancha  dostonlari  bilan

ham boyitgan  sanatkor. “Dilbar davr qizi”  (1932),  “Navoiy” (1937),

“Qizlar” (1947), “Davrim  jarohati” (1965), “Guli va Navoiy” (1968)  ana

shunday asarlar sirasiga  kiradi. Shoir  umrining  so`nggi yillarida

“Temur” va “Bobur”  singari dostonlarni  yaratish  niyatida bu mavzuga

qo`l uradi, ammo bu asarlar  o`z nihoyasiga yetmay  qoladi.

1937-yildan boshlab Oybek  she`riy va  nasriy  janrlarda baravar

samarali ijod qiladi. 1941-yilda nashr etilgan  “Qutlug` qon”  romaniga

qadar kitobxonlar Oybekni asosan  shoir sifatida  e`tirof qilganlar. Uning

“Mash`ala” jurnalida bosilgan “Globus” nomli hikoyasi  ko`pchilikning

yodidan allaqachon  ko`tarilgan, “Gulnor”, “Fonischi ota”  singari uch

to`rtta  hikoyasi esa umuman chop etilmagan. Shuning  uchun  ham

mazkur  romanning paydo bo`lishi adabiy  jamoatchilik  uchun

kutilmagan  kashfiyot bo`lgan. O`zbekdek  zulmga  ham, xorlik-zorlikka

ham, ochlik, yalang`ochlikka ham chidamli xalq bo`lmagan. U hatto

yurtini egallab, nonini  “tuya” qilib kelgan istelochilarni ham, o`zbekona

mehmonnavozlik qonuniga ko`ra, boshiga qo`yib kelgan. U faqat bir

narsani-farzandlarini issiq bag`irlaridan  yulib  olishlarini  o`ziga og`ir

oladi. Farzand   dog`idek  og`ir dog` bo`lmaydi o`zbekda. Shuning uchun

ham xalq 1916-yilgi mardikorlikka  olishga qarshi yakdil bo`lib

qo`zg`olon  ko`tardi. “Qutlug` qon”da  xuddi ana shu yillar voqealari

tasvirga olinadi. Oybek qo`zg`olon  orafasida  xalqning turli qatlamlarga

ajralib chiqqanini, ana shu qatlamlashish milliy ozodlik harakatini  keltirib

chiqarganini  ko`rgani uchun ham shunday tasvir  uslubini tanlagan.

1939-yili Oybek  Navoiy  haqidagi yirik  nasriy asarga qo`l urgan.

Ammo yozila boshlagan dastlabki bob adibga  ma`qul  bo`lmaganligi

sababli u asar ustidagi  ishni vaqtincha  to`xtatgan. 1940-yilning 9-

yanvarida Oybek asarga yangidan  kirishib, uni 1941-yili  tugatmoqchi va

Alisher Navoiy tavalludining  500-yilligiga  sovg`a etmoqchi bo`lgan.

Ammo urush adib rejalarini chippakka chiqargan edi va 1942-yilning  qish

oylarida roman yozib tugallangan. Oybek Alisher Navoiyning faqat ilmiy

va  badiiy merosinigina emas, u haqdagi boshqa  mavjud  adabiyotni ham

chanqoqlik bilan o`rgangan. U Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”,

Vosifiyning  “Badoe  ul-vaqoe”, Mirxondning  “Ravzat us-safo”,



16

Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarlari singari  o`nlab adabiy va

tarixiy asarlar, shuningdek, Ibn Batuta, Ryui  Gonzales de Klaviko singari

mualliflarning sayohatnoma hamda kundaliklari asosida Navoiy va u

yashagan davr hayoti haqida mukammal tasavvurga ega bo`lgan.

1951-yil aprelida  og`ir xastalikka yo`liqqanida, Oybek endigina

46-yoshni qoralagan edi. Uning shundan keyingi  hayoti  xastalikda o`tdi.

Shunga qaramay, u umrining bu mashaqqatli pallasidan  ham mumkin

qadar unumli foydalanish va ijod etish  uchun qahramonona  kurashdi.

Adibning “Quyosh qoraymas”, “Ulug` yo`l roman” lari, “Nur qidirib”,

“Bolalik”, “Bola Alisher qissalari”,  talaygina doston  va she`rlari shu

davrda yaratildi. Uning yigirma jildlik to`la asarlar to`plamida  chop

etilgan  aksar asarlari xalqimizning bebaho  badiiy boyligiga  aylangan.

Oybekning ijodiy izlanishlari va badiiy tajribalari kelgusi adabiy

avlodlarga mash`al o`laroq, badiiy  ijodning munavvar yo`llarini  yoritib

turadi.



Yüklə 214,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin