Шўро даври адабиёти



Yüklə 214,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/15
tarix02.01.2022
ölçüsü214,86 Kb.
#47373
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ozbek adabiyoti tarixi

Savol va topshiriqlar:

1. Komil Yashin  hayoti va ijodi haqida gapirib bering.

2. Komil Yashin  dramalarining o`zbek  dramaturgiyasidagi o`rni

     qanday?

3. Komil Yashin  dramalarida tarixiy  qahramonlar timsoli.

4. Komil Yashin  ijodida davrning o`ziga xos  aksi  haqida

     og’zaki  gapirib berishga  tayyorlang.

Mavzu: Zulfiya

Reja:

1. Hayoti va ijodi. Shoiraning estetik qarashlari. Shoira

    she`rlari  nega murakkab? She`r va siyosat.

2. Shoira she`rlarida avtobiografizm.

3. Urush va hijron, fojiaviylik.

4. Ayollar olamidan olingan obrazlar.



Matn adabiyotlar:

1. Zulfiya. Kuylarim sizga. She`rlar.-T.: “Badiiy adabiyot”, 1965.

2. Zulfiya. Asarlar (2 tomlik).-T.: “Adabiyot va san`at”, 2-tom,

    1975.




40

3. Zulfiya. Yillar, yillar... She`rlar.-T.: “Adabiyot va san`at”, 1975.

4. Zulfiya. Asarlar (3 tomlik).-T.: “Adabiyot va san`at”, 1985-86.

5. Akbarov A. Zulfiya. -T.: “Adabiyot va san`at”, 1975.

6. Karimov N., Sultonova M. Zulfiya. // O`zbek adabiyoti tarixi

    (3 jildli).-T.: “Fan”, 3-jild, 1-kitob, 1972.

7. Mamajonov S. Hamid Olimjon va Zulfiya. // Saylanma. -T.:

    “Adabiyot va san`at”, 1981.

8. Musina G’. Shoira Zulfiya (ijodiy yo`li).-T.: O`zadabiynashr,

     1961.

9. Olimjonov A. Shoira Zulfiya (Tanqidiy-biografik ocherk).-

     T.: “Fan”, 1953.

10. Qayumov L. Shoira  Zulfiya.-T.: “Badiiy adabiyot”, 1965.

Zulfiya XX asr o`zbek she`riyatining yirik vakillaridan biridir. U

o`zining teran falsafiy, hasos, fojiaviy va hayotbaxsh realistik ijodi bilan

hozirgi zamon  o`zbek  she`riyatida yangi sahifa ochdi.

Isroil Muslimov qizi Zulfiya 1915-yil 1-martda Toshkentning O`qchi

mahallasida tug’ildi. Hovli mo``jazgina bo`lsa-da, unda bir-biridan

chiroyli, muattar gullar o`stiriladi. Oila a`zolari she`rxonlikni, musiqani

qattiq sevardi. Zulfiya oilaning kenjasi edi. Uning bir-biridan ko`rkam, bir-

biridan aqlli to`rt akasi bor edi. Ularning bari keyinchalik mas`ul

lovzimlarda ishladilar, qatag’on-qirg’in yillarining achchiq zahri va

shafqatsiz qahriga   duchor bo`ldilar...

Oiladagi tinch, fayzli, shirin hayotni vujudga keltirishda onaning

xizmati beqiyos edi. Ona shoirtabiat, ko`p narsani biluvchi farzandlarini

katta dunyo sari  dadil yetaklagan zehnli ayol edi. “Agar iste`dodim bor

bo`lgan bo`lsa, uning chashmasi-onam. Agar adabiyot ahliga bir kaft don

yanglig’ she`riy hosil tutgan bo`lsam, uning urug’ini qalbimga avval onam

sochganlar”, -degan edi Zulfiya. Shoiraning butun ijodi davomida onani,

ayolni ulug’lovchi otashin she`rlar yozishi bejiz emasdi.

Zulfiya boshlang’ich maktabni bitirgach, xotin-qizlar pedagogika

bilim yurtida tahsil oldi (1931-1934). Shu yerda she`r mashq qila

boshlaydi. Bilim yurti qoshida adabiy to`garak tashkil etilgan edi. Unga

shoir Shukur Sa`dulla rahbar edi. To`garakda G’afur G’ulom, Uyg’un kabi

ko`zga ko`ringan shoirlar bilan uchrashuvlar uyushtirilardi. Shoira o`z

ustozini avvalo “davrning, hayotning o`zi”,  deb hisoblaydi. O`sha

davrning shuhratli shoirlari, turli-tuman kitoblar shoiraga ijod sirlarini

anglashda ko`mak berganiga shak-shubha yo`q, albatta. Ilk she`ri bo`lmish

“Qizil durra”- ning dunyoga kelishiga paranjini tashlab zavod-fabrikalarda



41

boshlariga qizil durra o`rab ishlay  boshlagan ayollar hayoti turtki bergani

ham bejiz emas. Shoira hayot, turmush saboqlaridan ilhom oldi va 17

yoshidayoq “Hayot varaqlari” (1932) degan ilk to`plamni chiqardi. Ammo

u bunda dunyoga, voqealikka, insonga o`z nuqtai nazaridan qarash

darajasiga ko`tarilmagandi. Hamid Olimjon bilan taqdirining bog’lanishi

(1935) shoira hayoti va ijodida ulkan burilish bo`ldi.

Shoira ilmini oshirishga astoydil intildi, aspiranturada o`qidi, bolalar

nashriyotida muharrirlik  qila boshladi. Ikkinchi jahon urushi ko`pchilikni

birdan ruhiy jihatdan tetiklashtirib qo`ydi, kattayu-kichikning e`tibori

vatan himoyasiga qaratildi. Urush Zulfiya  uchun ham katta sinov davri

bo`ldi. U ulkan yo`qotishdan- Hamid Olimjonning bevaqt halok

bo`lishidan (1944) dovdirab qolmadi, endi  ikki sozni –o`zi  va Hamid

Olimjon sozini chalishni bo`yniga oldi. Bu shoira she`riyati mazmuni,

yo`nalishi, ruhidagina emas, ayni chog’da ijtimoiy faoliyatida ham yaqqol

ko`rindi. “Saodat” jurnalida (avval “O`zbekiston  xotin-qizlari” deyilardi)

bosh muharrir bo`ldi (1953-1980), Osiyo  va Afrika yozuvchilari

harakatida faol qatnashdi,  mamlakatimiz vakili sifatida Hindiston,

Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstraliya kabi mamlakatlarda

bo`ldi. Zulfiyaga berilgan qo`sha-qo`sha mukofotlar uning el-yurt oldidagi

katta xizmatlaridan dalolat beradi. U respublika davlat mukofoti laureati

(“O`ylar”, “Shalola” to`plamlari uchun), sobiq SSSR davlat mukofoti

laureati (“Saylanma”si uchun) O`zbekiston xalq shoirasi, xalqaro “Nilufar”

mukofoti, Bulg’oriyaning “Krill va Mefodiy” ordeni sohibasi edi. Unga

Mehnat Qahramoni unvoni va ko`plab orden, medallar berilgan edi.

Zulfiya she`riyati teran fikr bilan jo`shqin hissiyot uyg’unligidan

hosil  bo`lgan, demak, intellektual va psixologik she`riyat. Unda  vaqt va

makon qamrovi keng, yaxlit. Ijodida xotira, taqdirdosh, yuragiga yaqin

kishilar, kelajak ohanglarining barqarorligi  shundan.

“Men she`rlarimizning bir mavzu atrofida cheklanib qolishini

istamayman”, degandi Zulfiya. Uning lirikasi chindan ham ko`povozli. Bu

ohanglarning eng muhimi va jarangdorini baxtiyorlik va hijron, g’am-

fojeiylik tashkil etadi:

Ma`yusi ham, yorqini  ham bor.

Tuproq, hayot, yurak bu axir,-

deydi  u.

Zulfiya she`riyatidagi fojiaviylikni  keltirib chiqargan chiqargan va

chuqurlashtirgan asos esa, uning tarjimai holiga  bog’liq  va fojeiy ohangni

ustunligi shoira she`rlarida yana bir o`ziga  xoslikni-voqeaviylikni, ixcham

syujetlilikni  keltirib chiqargan.




42

Zulfiya: “Nazarimda, shoirlar o`z tarjimai hollarini yozmasliklari

joiz. Negaki, shoirlar haqida  she`rlari tavsif beradi, ular haqida  hamma

narsani aytib bermasa ham ijodlarida  hayotlarining ko`pchilik tomonlarini

sharh etib berishga  qodir she`rlari bo`ladi”,- deb yozgan edi.

H.Olimjon hayoti vaqtidayoq  shoira ijodiga  hijron ohangi kirib

keldi. Bu ohang  “Hijron” she`rida, “Uni Farhod der edilar” dostonida,

H.Olimjon tomonidan  tahlil qilinib bosmaga tushirilgan “Hijron

kunlarida” she`riy to`plamida muhim o`rin tutdi.

Zulfiya urush boshlanishi bilan “Dushman ajal tortib keldi Vatanga,

bizning sevgimizga tashladi hijron”, deb xalq boshiga tushgan kulfatni

tahlil etishga kirishdi, hijron ohangi orqali xalq irodasi, jasorati  va

g’alabaga  bo`lgan qattiq ishonch tuyg’usini ifodaladi.

“Uni Farhod der edilar” poemasida ham ayol qalbining sezgir

beorom tabiatini  ko`ramiz. Doston, bizningcha, hozirgacha o`z fayzini

saqlab qolgan asarlardan. Doston markazida  qahramonning

vatanparvarlik, mardlik bilan tula ma`naviy  dunyosi tahlil etiladi.

Asarning zamirida  san`atkorning so`zi bilan ish bir bo`lishi kerak, degan

fikr mavjud. Qobilqori o`zbek sahnasida juda ko`p  rollarni ijro etib,

qahramonlik, insonparvarlik, vatanga  jon fidolik  kabi tuyg’ularni  targ’ib

qilgan edi. Uning iste`dodiga  qoyil qolgan tomoshabinlar Farhod rolini

mahorat bilan Qobilqorini  Farhodning  o`zi-ya, derdilar. Shoira xalqning

mehridan kelib chiqib, dostonni  “Uni Farhod der edilar” deb nomlaydi.

Respublikamizning milliy mustaqillikka erishishi  Zulfiya ilhom

bo`log’ining ko`zini ochib yubordi. Yillar davomida  qimtinib, haqiqatni

bor bo`yicha ayta olmay, yuragi o`rtanib yurgan shoira yangi davr

kelganini teran his etdi. Bosib o`tilgan yo`lga  yangi nazar-adolat ko`zi

bilan boqib, ularni o`z nomi bilan atab, haqqoniy realistik  she`rlar yaratdi.

1995-yil boshlarida yozgan “Sharqning o`zi ona bo`lgan hamisha”,

“Iqrorga vaqt yetdi” kabi she`rlari, “Xotiram siniqlari” dostoni shoira

ijodining yangi sahifasi, yangi bosqichi  va hozirgi o`zbek  she`riyatining

qonuniy  yutug’i deyishga arziydi.

Zulfiya 1995-yili  saksonga kirdi. Vatanimiz uni  “Do`stlik ordeni

bilan taqdirladi. Hayot  R.Hamzatovning Zulfiya “o`z xalqining  taqdiri

bilan  qo`shilib ketgan” ijodkor, Ch.Aytmatovning “Zulfiya hozirgi zamon

o`zbek poeziyasining eng maftunkor  zarvarag’idir” va M.Karimning

“Zulfiya, uning ijodi,  she`riyati  bizning ruhiy  olamizning bir qismidir.

Milliy madaniyatimizning bir qismidir” degan ajoyib  baholarning naqadar

haqqoniy ekanligini tasdiqlaydi.



43

O`zbek  xalqining atoqli farzandi, shoira Zulfiya 1996-yilning 1-

avgustida  vafot  etdi.

Savol va topshiriqlar:

1. Zulfiya  hayoti haqida nimalarni  bilasiz?

2. “Zulfiya she`riyatida  ayol timsoli” mavzusida  badiiy matn

tayyorlang.

3. Zulfiya ijodining  bugungi davr ayol  shoiralar ijodiga ta`siri

qanday?



44

Document Outline

  • O`ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  XALQ  TA`LIMI VAZIRLIGI
    • O`ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  XALQ  TA`LIMI VAZIRLIGI
      • “O`ZBEK  ADABIYOTI  TARIXI”

Yüklə 214,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin