Шўро даври адабиёти


Mavzu: Sho`ro  davri  o`zbek  adabiyoti Reja



Yüklə 214,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix02.01.2022
ölçüsü214,86 Kb.
#47373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
ozbek adabiyoti tarixi

Mavzu: Sho`ro  davri  o`zbek  adabiyoti

Reja:

1. 30-50-yillar  ijtimoiy - siyosiy  vaziyat.

2. Adabiy  hayot  manzaralari.

3. Adabiyot  maydonidagi  mafkuraviy  kurash.



Adabiyotlar:

1. Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.

    -T.: “O`zbekiston”, 1992.

2. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat. -T.: “O`zbekiston”, 1994.

3. Karimov I.A. Ma`naviyat yuksalish yo`lida. -T.: “O`zbekiston”,

    1998.

4. Abdusamatov H. Hayot, adabiyot, teatr. -T.: G’.G’ulom nomidagi

     Adabiyot va san`at  nashriyoti, 1978.

5. Abdusamatov H. Tradisiya va novatorlik  problemasi.-T.:

         “Fan”, 1974.

6. Aliyev A. Istiqlol va adabiy meros.-T.: “O`zbekiston”, 1997.

7. Aliyev A. Ma`naviyat, qadriyat va badiiyat.-T.: “Akademiya”, 2000.

8. Belinskiy V.G. Tanlangan asarlar.-T.: O`zdavnashr, 1955.

9. Belinskiy V.G. Adabiy orzular.-T.: G’.G’ulom nomidagi

     Adabiyot va san`at  nashriyoti, 1977.

10. Boboyev T. Zamon va qahramon.-T.: G’.G’ulom nomidagi

      Adabiyot va san`at  nashriyoti, 1976.

11. Vohidov E. Shoiru she`ru shuur.-T.:- “Yosh gvardiya”, 1987.

12. Dobrolyubov N.A. Adabiy-tanqidiy maqolalar.-T.: O`zdavnashr,

      1959.

13. Karimov N. XX asr o`zbek adabiyoti taraqqiyotining o`ziga xos

       xususiyatlari va milliy istiqlol mafkurasi.-T.: 1993.

 14. Karimov Sh. O`zbekiston tarixi va madaniyati.-T.: “O`qituvchi”,

       1992.

Sho`ro  davri  1917-yilgi oktabr  to`ntarishidan 1991-yili sobiq

Sovet Ittifoqi  deb  atalgan  hokimiyatning  yemirilishi, sobiq SSSR

tarkibidagi  jumhuriyatlar, jumladan, Respublikamizning mustaqillikka

erishuvigacha  bo`lgan 70-yildan oshiqroq davrni o`z  ichiga  oladi. Bu

davr “qizil  imperiya” davri  deb ham  yuritiladi.

Sho`rolar  hukumati, bolshveklar  dinni  “xalq uchun  afyun” deb

e`lon qilib, dinga qarshi kurash ochib, dahriylikni  keng yoyar ekanlar,



4

endilikda odamlar qalbini zabt  etishning  yagona vositasi, sehrli  quroli

adabiyot va san`at ekanini yaxshi bilar edilar. Shuning uchun ham  partiya

adabiyotga rahnamolik  qilishni  o`z  zimmasiga  oldi,  adabiyotni

“proletar  ishining bir qismi” ga, partiyaning mafkuraviy quroliga,

adiblarni  esa  partiyaning dastyoriga, partiya  g`oyalari va siyosatni targ`ib

etuvchi  “karnaychi” larga  aylantirishga  tirishdi.  Hatto  tarixda  misli

ko`rilmagan hodisa-sho`ro yozuvchilari  amal  qilishi lozim  bo`lgan

ijodiy  metod-sotsialistik  realizm qoidalari ham  partiya  rahnamoligida

ishlab chiqildi; voqelikka faqat kommunistik mafkura asosida sinfiy-

partiyaviy  yondashish  barcha qalam  ahli uchun  qat`iy  qoidaga

aylantirildi.  Bu    hol    ko`p    millatli    sovet    adabiyoti,  jumladan,  o`zbek

adabiyoti  tarixida, o`nlab iste`dodli  adiblar qismatida  o`ta  noxush, fojiiy

asorat qoldirdi.  Eng  yomoni, ijodiy  tafakkurni  tushovga  solib  qo`ydi,

shaxsiy  tashabbusni  bo`g`di, hayotdan yiroq, bir xildagi yuzaki, sxematik

asarlarning  keng yoyilishiga  olib keldi. Partiyaning  adabiy  siyosati,

kommunistik  g`oyaviylik  uchun  kurash  ko`plab shafqatsizliklarga yo`l

ochib  berdi. A.Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat singari  adiblar tevaragida

fitnalar  uyushtirildi, oxir-oqibat ular  “xalq  dushmani” sifatida  qatl

etildi.  Oybek, G`.G`ulom, A.Qahhor, H.Olimjon kabi omon  qolgan

yozuvchi-shoirlar umr  bo`yi  ta`qib-tazyiqlar ostida  yashadilar. Yangi

o`zbek  adabiyotining o`nlab  shoh  asarlari  zararli  sanalib, o`qish man

etildi.

Bolsheviklarning  va`dalari, shoirlar  so`z  ustalarini  qisman

chalg`itdi. Chunonchi, Cho`lpon boshqa  sho`rolar “Sharqni qul  emas, hur

qilg`usidir”  deb yozadi. A.Qodiriy esa  “Oktabrdan  biz boshlicha  jasorat

oldik, so`z  erkinligi oldik”, inqilob  “ong  berdi, haq  berdi!”  deya

quvonadi. Oradan  ko`p  o`tmay  ular  bolshveklarning  asl  basharasini

tanlab oldilar; murosa  yuzasidan  goho  sho`rolar  siyosatini  yoqlaganday

ko`rinsalar-da, ijodda o`z  aqidalariga  sodiq  qoldilar. Oybek, G`.G`ulom,

A.Qahhor, H.Olimjon  kabi adiblar  va ulardan keyingi  bir necha  adabiy

avlod rasman  kommunistik  mafkura-dunyoqarashni  qabul  qilgan,

sho`rolar zamonini, partiyani  ulug`lovchi  asarlar  yaratgan  bo`lsalar-da,

ularda  sho`ro  davri  adolatsizliklariga  nisbatan  nafrat  ham  kuchli  edi.

Bunday  tuyg`u  ularning  ijodida  goh  oshkora, goh  pinhona  tarzda  o`z

ifodasini  topgan. Afsus, bunday  yoniq  dardlarni ular  o`z  vaqtida  to`la

yuzaga chiqarolmay, o`zlari bilan olib ketdilar. A.Oripov  “Ustozlarim”

she`rida  yozganidek:

...Baxtiyor  kunlarni kuyla, degan  on,

Shiorlar  bitibsiz  qoningiz  bilan.




5

O`zi  yo`q  qo`rg`onga  bo`libsiz  qalqon

Soddadil, fidoyi  joningiz  bilan.

Nomard  bu  dunyoning  kirdikorlari

Yaxshidir, yomondir – ishingizdadir.

Armonlar, uzrlar ketdilar  bari,

Ketdingiz – dardingiz  ichingizdadir.

Kishini  hayratga  soladigan  jihati  shundaki, johil  adabiy siyosat

tahdid solib turgan, shafqatsizlik,  qatag`onlar  ommaviy tus olgan

kezlarda ham  so`z san`ati  o`z  vazifasini  ado  etishda  davom etdi,  har

qanday ta`qib, tahdid  xam  adabiyotning  asl  mohiyatini  o`zgartira

olmaydi, adabiyot  rivojini  butunlay to`xtatib  qo`yishga  qurbi  yetmaydi.

Eng    yaxshi  asarlarda    iste`dodli    adiblar  o`zlari  qabul    qilgan    aqidalar,

shaxsiy  mayllardan  ustun  turib, badiiy ijodning  obyektiv  qonunlariga-

haqqoniylik,  gumanizim, xalqchillik  prinsiplariga  sodiq  qoldilar.

Chunonchi, 20-yillari  qisman “qizillasha  boshlagan”  Qodiriy hajviy

asarlarida sovet voqeligining  ichki  ziddiyatlarini favqulodda  bir  mahorat

bilan  ko`rsatgan;  zamon kuychisi  Hamza  birinchilardan bo`lib sho`ro

idoralaridagi  mas`ul  xodimlarning  munofiqona  basharasini  ochib

tashladi. Qodiriyning  “O`tkan  kunlan”, “Mehrobdan chayon”,

Hamzaning  “Paranji  sirlari”, “Maysaraning ishi”  asarlari  jahon

adabiyotining  nodir  namunalari  darajasiga  ko`tarila  oldi. 20-yillar oxiri

30-yillar boshlaridan  she`riyatda,  publitsistik  chiqishlarida  sovet

voqeligini  ulug`lash  yo`liga  o`tgan  Cho`lpon  “Kecha  va kunduz”

romanida  eng  qaltis  ijtimoiy-siyosiy  masalalar talqinida, imperiya

siyosati, jadidchilik  harakati ifodasida  haqiqatga  chodiq  qoldi. O`nlab

she`rlarida,  “Ko`kan” dostonida sho`ro  siyosatini  yoqlab  chiqqan,

partiyaviylik prinsiplariga  qat`iy  amal qilgan  G`.G`ulom  ayni  o`sha

kezlari  sotsialistik  realizmdan yiroq,  o`ta  xalqchil, milliy,  haqqoniy

“Shum  bola” qissasini  yaratdi. “Bolg`alar, po`lat  safi  ila  borish” ga,

“Yong`in,  kurash, janglar sari  ko`krak ochish” ga  azm  etgan  Oybek  30-

yillari “Na`matak”  singari  siyosatdan xoli “sof  lirika” ning   ajoyib

namunalarini  ijod  etdi. Bir qarashda  sinfiylik, partiyaviylik  prinsiplari

asosida  yaratilgandek  ko`ringan  “Obid  ketmon” (Qodiriy), “Yodgor”

(G`.G`ulom), “Qutlug` qon” (Oybek), “Zaynab va Omon”  (H.Olimjon),

“Sarob”, “Sinchalak”  (A.Qahhor) kabi  asarlarda  hayotning  haqqoniy

manzaralari, millat, el-yurt g`ami, orzu-intilishlari ifodasi ustuvor. Sho`ro



6

saltanatining  dastlabki  yillarida  bolshevistik  istibdod  bilan  murosa

yo`lini  tutganlar, ko`ngil qulligiga  isyon  tarzida  bitilgan  Cho`lponning:

“Tiriksan, o`lmagansan,

Sen-da odam, sen-da insonsan.

Kishan  kiyma, bo`yin  egma,

Ki, sen  ham  hur  tug`ilg`onsan!”

satrlari    erkparvar    shoirlarning    pinhona    ko`ngil    shioriga    aylandi.

Cho`lpondan  boshlangan  bu  xildagi  otashin  erkparvarlik, ozodlik

g`oyalari “Oygul bilan Baxtiyor”, “Muqanna”  (H.Olimjon),  “O`ch”,

“Mahmud    Tarobiy”    (Oybek),  “Nil  va  Rim”    (U.Nosir),  “Jaloliddin

Manguberdi”  (Shayxzoda)  kabi  asarlarda turli  ko`rinishlarda  davom

etdi, 60-yillardan  boshlab  yetakchi  tamoyillardan  biriga  aylandi.

Ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  yaratilgan  yuksak  vatanparvarlik,

chuqur  insonparvarlik  ohanglari  bilan  yo`g`rilgan  o`zbek  she`riyati,

urushdan  keyingi  qatag`onlar  davrida bitilgan  hijron  alamlariga  to`lib-

toshgan  Zulfiya  lirikasini  sho`ro  davri  adabiyotining  mo`jizalari

deyishga  loyiq.

Qisqasi, siyosiy, mafkuraviy  tazyiqlarga  qaramay, adabiyot,

san`atning  asl  qonuniyatlari  asosida  yaratilgan  eng yaxshi asarlar XX

asr o`zbek  she`riyatining  badiiy  yutuqlarigina  bo`lib  qolmay,

umumjahon  adabiyoti  xazinasiga  ham  hissa  bo`lib  qo`shildi. Bu xil

asarlarning  aksariyati  jahonning  ko`plab  tillariga  tarjima  etildi. Xorijda

ham  munosib  bahosini  oldi.

50-yillarning  o`rtalaridan  erkinlik  shabadasi  esa  boshladi. Stalin

shaxsiga  sig`inish  oqibatlarini  tugatish,  demokratiyani  kengaytirish,

qonunchilikni  tiklash yo`lida  ba`zi  ishlar  qilindi. Respublikamizda

adabiy  hayotni  sog`lomlashtirish  yuzasidan  ayrim  tadbirlar amalga

oshirildi.  30-yillardagi  qatag`on  qurbonlari  Abdulla  Qodiriy, Cho`lpon,

Fitrat, Usmon  Nosirga  qo`yilgan  asosiy  ayblar  olib  tashlandi, 40-yillar

oxiri  va 50-yillar  boshlarida  qatag`onga  uchragan  M.Shayxzoda,

S.Ahmad, Shuhrat, Shukrullo  kabi  adiblar  oqlanib, jo`shqin  ijodiy

mehnatga qaytdilar, Oybek, A.Qahhor  kabi  ulkan  yozuvchilarga  qarshi

uyushtirilgan fitna, asossiz  ayblarga  qisman  chek  qo`yildi.

Mana    shu  omillar    tufayli    adabiyotda    jonlanish,  yangi  bir

ko`tarilish  boshlandi. Keksa  bo`g`inga  mansub  Oybek, A.Qahhor,

Zulfiya, M.Shayxzoda, Mirtemirlar  g`ayrat  bilan ijodga kirishdilar.

Shuhrat, S.Ahmad, Shukrullo, A.Muxtor, Mirmuhsin  kabi  yozuvchi-

shoirlar 60-80-yillarga  kelib, o`z  iste`dodlarini  to`laroq  namoyon



7

etdilar. O`sha  hayotbaxsh o`zgarishlar  shabadasi  ta`sirida  S.Zunnunova,

O.Yoqubov, P.Qodirov  va ular bilan   adabiyotga  izma-iz  kirib  kelgan

E.Vohidov, A.Oripov, Rauf  Parfi,  O`.Umarbekov, Sh.Xolmirzayev,

O`.Hoshimov, X.To`xtaboyev, O.Matjon  kabi  iste`dodlar  milliy

adabiyotimiz  rivojiga  yangi to`lqin  olib  kirdilar.

Bu  davr  adabiyotida  bir qator  sifat  o`zgarishlari  paydo  bo`ldi.

Yaqin  kechmishda  yo`l  qo`yilgan  xatolarni  qalamga  olish,  qatag`onlar

tufayli  kishilarimiz  boshiga  tushgan  kulfatlarni  aytish-ifodalash  uchun

yo`l  ochildi. Zamonaviy  mavzudagi  asarlarda  real  hayot  muammolari

dadilroq  o`rtaga  qo`yiladigan  bo`lib  qoldi.  Adabiyotda  inson  shaxsiga,

uning ruhiy  olamiga  qiziqish, ko`ngildagi dard-u  tashvishlariga

hamdardlik kuchaydi.  A.Qahhorning  “Sinchalak”, “Tobutdan  tovush”,

“Dahshat”, Mirtemirning  “Surat”, Said  Ahmadning  “Ufq”,  Shuhratning

“Oltin  zanglamas”, P.Qodirovning  “Uch  ildiz”, “Qora  ko`zlar”,

A.Muxtorning  “Tug`ilish”, “Chinor”, O.Yoqubovning  “Muqaddas”,

“Diyonat”  kabi  asarlarida, Oybek, M.Shayxzoda, Zulfiya, Mirtemir,

A.Muxtor, S.Zunnunova  lirikasida  bunday  yangi  alomatlar  yorqin

namoyon  bo`ldi. Tarixiy  mavzuda  bitilgan  “Mirzo  Ulug`bek”

(M.Shayxzoda)  “Ulug`bek  xazinasi”  (O.Yoqubov), “Yulduzli tunlar”

(P.Qodirov) asarlari katta  shuhrat  qozondi. Erkin  Vohidov  bilan

Abudalla  Oripovlarning teran  samimiyat, yuksak fuqarolik  harorati bilan

yo`g`rilgan  lirik  she`rlari, Rauf  Parfining  yangicha  ohanglarda

yangragan  taronalari  milliy  she`riyatimiz  rivojini  yangi  bosqichga

ko`tardi, xalq  orasidagi  obro`-e`tiborini  oshirdi.

Adabiyotdagi  ana  shu  o`zgarish,  hayotbaxsh  tamoyillar  60-yillar

oxiri    va    70-yillarda    jiddiy    to`siqlarga    duch    keldi.  Mamlakatda

turg`unlik vaziyati  boshlandi, ma`naviy, siyosiy, iqtisodiy, ekologik

tanglik  kuchaydi. Sovet  jamiyati,  kommunistik  mafkuraning  inqirozi

ayon  bo`la  boshladi. 80-yillardagi  “oshkoralik va  demokratiya”

harakatlari  sharoitida  bu  jarayon yanada  keskinlashdi. Shu  xil  hayotiy

hodisalarga qarama-qarshi o`laroq, adabiyotda  sog`lom  kuchlar faoliyati

oshdi.  Ular    safida    Xayriddin    Sultonov,    Tog`ay    Murod,  Murod

Muhammad    Do`st,  Erkin    A`zam,    Shavkat    Rahmon,  Usmon    Azim,

Halima  Xudoyberdiyeva,  Xurshid  Davron, Muhammad Yusuf, Sharof

Boshbekov  kabi  yangi  avlod  kelib  qo`shildi. Adabiyot  maydoni  millat

sha`nini  toptovchi  “o`zbek  ishi”  deb  atalgan  yangi  qatag`on  siyosatiga

qarshi  kurash  maydoniga  aylandi;  adiblarimiz  toptalgan  milliy, diniy

qadriyatlarni    tiklash,  ona    tilimizga    davlat    maqomini    berish,  nihoyat

milliy  mustaqillik  yo`lida  oshkora  kurash  olib  bordilar. Adabiyotda




8

jamiyat  inqirozi  tasviri, ijtimoiy  adolat,  erkparvarlik, milliy  ozodlik

g`oyalari  oshkora  namoyon  bo`la  bordi.

Shu    tariqa    milliy    adabiyot    ona    yurtimizda    XX  asrning  eng

buyuk  voqeasi-milliy  mustaqillikni tayyorlash  ishiga  munosib  hissasini

qo`shdi.



Yüklə 214,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin