Kurs ishining predmeti bо‘lib, talaba yoshlarning ongida о‘z-о‘zini anglashning shakillanishida rol о‘ynovchi ijtimoiy omillar hisoblanadi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati shundaki, olingan natijalar asosida о‘qituvchi va ota-onalar uchun ta’lim jarayonini takomillashtirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bunday tavsiyalar ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya ishlarini yuqori saviyada tashkil etishga yordam beradi.
Kurs ishining tuzilishi.Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob, tо‘rtta paragraf, ikkita jadval, amaliy tavsiyalar, adabiyotlar rо‘yhati va ilovalardan iborat.
I BOB. SHAXS O’Z-O’ZINI ANGLASHI VA “MEN KONSEPSIYASI”NING NAZARIY ASOSLARI Olimlarning shaxs shakllanishida ijtimoiy muhitning о‘rni haqidagi fikrlari
XXI asr bо‘sag‘asida juda kо‘plab davlatlarda bо‘lgani kabi dunyo xaritasidan munosib о‘rin olgan mustaqil О‘zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga kо‘tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog‘ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, о‘z ustida ishlashi, о‘z mukammalligi xususida kayg‘urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. Inson psixologiyasini bilish, о‘z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli о‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, rо‘y berayotgan jarayonlarni obyektiv va tо‘g‘ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi.
Shunday qilib, yangi davr har bir insondan о‘z ichki imkoniyatlarini adekvat bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk Suqrot о‘z davrida «о‘z-о‘zingni bil!» degan shiorni о‘rtaga tashlagan edi. Yangi davr bu bilimlar yoniga «о‘z yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini ham bil», degan shiorni har qachongidan ham dolzarb qilib qо‘ydi. Yangi davr va uning о‘zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish zaruratini talab qilmoqda.
«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng kо‘p qо‘llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya о‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruxiy olami qonuniyatlari bilan kizikkan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bо‘lgan aloqasi masalasini chetlab о‘tolmagan.
Sotsial yoki ijtimoiy muhit-bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat kо‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy hulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bо‘ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bо‘lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Forobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab Shark allomalari ham bu о‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga о‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bо‘lgan narsa shu bо‘lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan о‘rni va mavqeini bilish zarur. Shaxsni о‘rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi о‘rni bilan belgilanishi kerak.
О‘zbekiston о‘z mustaqilligiga erishgach, jamiyatda tub islohotlar boshlandi. Ana shu islohotlarning asosiy yо‘nalishlaridan biri-ma’naviy-ma’rifiy islohotlar bо‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyat a’zolari dunyoqarashini istiklol ruxida shakllantirishni maqsad qilib qо‘ydi. Davlatimizning yoshlar borasidagi siyosatining asosini ham ularda yangicha xurfikrlilik bilan yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir.
Shaxs, uning dunyoni bilish, о‘zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni bilish, tushunishi va о‘zaro munosabatlar jarayonida о‘zidagi takrorlanmas individuallilikni namoyon qilishi hamda ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga bog‘liq ayrim jihatlarini tahlil qilish bizga umumiy ravishda shaxs-jamiyatda yashaydigan ijtimoiy mavjudotdir, degan xulosani qaytarishga imkon beradi. YA’ni, u tug‘ilgan onidan boshlab о‘ziga о‘xshash insonlar qurshovida bо‘ladi va uning butun ruxiy potensiali ana shu ijtimoiy muhitda individual tarzda namoyon bо‘ladi.
Shaxs - ijtimoiy mavjudot ekan, uning ijtimoiyligi kundalik xulq-atvorida, о‘ziga о‘xshash insonlar bilan bо‘ladigan muloqotida, о‘z-о‘ziga va о‘zgalarga ijtimoiy ta’sir eta olishida namoyon bо‘ladi.
Shaxsning eng muhim tomonlaridan biri - uning tashqi muhitni bilishi, turli vaziyatlarda unga moslashish hamda adekvat-maqbul xulq-atvor normalarini о‘zida tarbiyalay olishidir. Chunki inson jamiyatning ijtimoiy va madaniy yutuqlarini bilishi va qadrlashi, ularni ruhan va aqlan his qila olishi kerak. Bu narsa unga о‘z zamonasini idrok qilish va tushunish imkonini berib, shaxs tasavvurlari dunyosini sermazmun qiladi.
Ijtimoiy tasavvurlarga biz quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: ijtimoiy tasavvurlar - har bir shaxs tomonidan ijtimoiy borliqni о‘ziga xos tarzda qayd etish vositasi bо‘lib subyektiv reallikni obyektivlik bilan bog‘lovchi psixologik mexanizmlardir. Bu ta’rif orqali biz ijtimoiy tasavvurlarning bir necha muhim xususiyatlarini ajratamiz. Birinchidan, ijtimoiy tasavvurlar faol ijtimoiy muloqotlar maxsuli; ikkinchidan, ular shaxs uchun muhim bо‘lgan ijtimoiy obyektlarga nisbatan uning ongli munosabatlarini ta’minlaydi; uchinchidan, ijtimoiy tasavvurlar - bilish vositasi; tо‘rtinchidan, jamiyatda qabul qilingan turli ijtimoiy meyorlar, xatti-harakat shakllari, qadriyatlar va baholarning interiorizatsiyasini ta’minlaydi: va ni’oyat, ijtimoiy tasavvurlar shaxs ijtimoiy tajribasining asosidir.
Ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasining asoschilaridan biri J. Jodele unga quyidagicha ta’rif beradi: «Ijtimoiy tasavvurlar qanchalik sodda yoki murakkab mazmunga ega bо‘lmasin, ular doimo odamning kundalik hayot tarzini anglash va о‘ziga xos tarzda bayon etish usuli ijtimoiy bilishning shakli sifatida individlar va guruhlarning faolligini, ularning о‘zlariga qarashli, ahamiyatli bо‘lgan vaziyatlar, hodisalar, obyektlar va xabarlarga nisbatan tutgan mavqeini va munosabatini bildiradi.
Ijtimoiy tasavvurlar hayot mobaynida о‘zgarib turadigan dinamik tuzilmalarki, ularning shakllanish va о‘zgarish mexanizmlarida tasavvurlar egasining ijtimoiy borliqni qanday idrok qilishdan tortib shaxsiy ma’no kasb etgan obyektlarning bilimlar tizimida о‘rnashishi hamda xulq-atvorda namoyon bо‘lib, shaxsiy tajribaga aylanishi jarayonlari muhim rol о‘ynaydi.
Ijtimoiy tasavvurlar shaxs va guruh psixologiyasida turli stereotiplarning ham asosini tashkil etadi. Chunki shaxs о‘z hayoti mobaynida turli bilimlar qarashlar, tushunchalarni «tayyor», «о‘zgarmas» ma’nolar sifatida qabul qiladi. Masalan, oila, ota-ona, ota-bola, va boshqa munosabatlar, turli toifali kishilar haqidagi fikrlar kо‘plab marta qaytarilishi natijasida va avloddan-avlodga о‘tishi tufayli stereotip tasavvurlar hosil bо‘ladiki ular oxir-oqibat, milliy, irqiy, professional, madaniy, oila borasidagi stereotiplarning saqlanishiga sabab bо‘ladi.
Ijtimoiy tasavvurlarning dinamik tizimida uchta sohani ajratish mumkin:
1 - jadval