Щтанова Ирода


Kurs ishining metodologik asosi



Yüklə 314 Kb.
səhifə2/10
tarix08.06.2023
ölçüsü314 Kb.
#127082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Shaxs o’z-o’zini anglashi va “Men konsepsiyasi”

Kurs ishining metodologik asosi bо‘lib, avvalo «Sog‘lom avlod» davlat Dasturi, «Ta’lim tо‘g‘risidagi Qonuni» bundan tashqari, jahon psixologiyasidagi ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi (S.Moskovisi, J.Kodol, A. Donsov, T. Yemelyanova va boshqalar), shaxsning faoliyatda shakllanishi nazariyalari (L. Vigotskiy, D.Elkonin, A.Leontyev, G.Andreyeva va boshqalar), О‘zbekistonlik psixologlarning muammoni tadqiq etish bо‘yicha ishlab chiqqan nazariy yondashuvlari (M.Davletshin, G‘.Shoumarov, E.G‘oziyev, V.Karimova, B. Qodirov, R.Sunnatova, N. Sog‘inov va boshqalar) ham xizmat qildi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari.
Talaba yoshlarda о‘z-о‘zini anglashga ta’sir kо‘rsatuvchi ijtimoiy shart-sharoitlarni о‘rganish masalasi tadqiqotning asosiy maqsadi bо‘lib xizmat qiladi.
Tadqiqot maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

  1. Olimlarning shaxs shakllanishida ijtimoiy muhitning о‘rni haqidagi fikrlarini tahlil qilish.

  2. Talaba shaxsining ijtimoiy о‘ziga xos xususiyatlarini о‘rganish.

3. Talaba yoshlar о‘z-о‘zini anglashining ijtimoiy asoslarini tadqiq qilish.
Kurs ishining ilmiy farazi. Bizning taxminimizcha, talaba yoshlarda ma’naviy tasavvurlarning shakllanishida maxsus yaratilgan shart-sharoitlar, hamda talaba yoshlarning о‘ziga xos xususiyatlari yetakchi rol о‘ynashi mumkin. Ushbu jarayonga aloqador bо‘lgan talabaning yosh va individual xususiyatlari ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiruvchi omil vazifasini bajarishi e’timol.
Kurs ishining metodlari.
1. Talaba yoshlarning о‘z-о‘zini anglash darajasini о‘rganish maqsadida eksperimental kuzatuv va suhbatlar о‘tkazish.
2. Talaba yoshlar psixologiyasidagi о‘zgarishlarni aniqlash maqsadida lokus-kontrol metodikasini о‘tkazish.
3. Olingan natijalarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish.
Kurs ishining obyekti. Talabalarning о‘z-о‘zini anglashlarini о‘rganish maqsadida bitiruvchi va 1-kurs talabalari tanlandi. Tadqiqotda jami 65 nafar talabalar ishtirok etdi.

Yüklə 314 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin