Щтанова Ирода


Talabalar test javoblarining natijalari



Yüklə 314 Kb.
səhifə7/10
tarix08.06.2023
ölçüsü314 Kb.
#127082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Shaxs o’z-o’zini anglashi va “Men konsepsiyasi”

Talabalar test javoblarining natijalari
2-jadval



KURS

EKSTERNAL

INTERNAL

Yigitlar

Qizlar

Yigitlar

Qizlar

I

2
27%

10
6%

20
53%

5
14%

IV

3
11%

10
34%

7
26%

8
29%

Bitiruvchi kurs talabalarining 45 foizi eksternallar bо‘lib, ulardan 34 foizi qizlar, faqat 11 foizi yigitlar, qolgan 55 foizi internallarni tashkil etib, ularning 26 foizi yigitlar, 29 foizi qizlardan iborat. Birinchi kurs talabalarining natijalari ham bizni qanoatlantirdi. Chunki oliy о‘quv yurtiga endigina moslasha boshlagan talabalarning 67 foizi internallardir. Ularning 53 foizi vatanimiz mudofaasi xizmatlarida bо‘lib, anchagina hayotiy tajribaga ega bо‘lgan yoshlar ekanligi bilan xarakterlanadi. 33 foiz eksternallardan iborat bо‘lgan yoshlar ichida faqat 6 foizi yigitlarni tashkil qilib, qolgan 27 foizi qizlardan iborat. Inson о‘zligini rо‘yobga chiqarish о‘ziga bog‘liq ekanligini qancha tez tushunib yetsa, u hayotga shunchalik chuqurroq qaraydi va oldiga muhimroq maqsadlar qо‘yadi. Yoshlarni tarbiyalashda ular ruhiyatiga о‘z-о‘zini anglash tuyg‘ularini singdirish orqali psixologik yetuklikka erishuvini ta’minlash muhimdir. Bu tuyg‘u biologik hodisa emas, balki ijtimoiy hodisadir. Chunki, bu tuyg‘u insonning ma’naviy shakllanishi jarayonida voyaga yetadi. Psixologik yetuklikka ega shaxs turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni hushyor baholay oladi. Bu hushyorlik amaliylik, voqelikni tо‘g‘ri baholay olish, shaxsda о‘zining yutuq va kamchiliklarini, bilim, malaka va qobiliyatlarini yetarlicha obyektiv baholay olishida namoyon bо‘ladi.


Bunday shaxs о‘z hissiyoti, kechinmalarini yetarlicha yaxshi nazorat qila bilishi, ya’ni ichki intizomni yuqori rivojlanganligi bilan xarakterlanib turadi. Psixologik yetuklik boshqa odamlarning xohish, istaklari, kechinmalarini tushunish bilan ma’lum darajada bog‘liq. Bu о‘z navbatida muloqotning, hamkorlikning yaxshi yо‘lga qо‘yilishiga, oilada, turli guruhlarda ijobiy munosabatlarning о‘rnatilishiga imkon beradi. Yangi davr va uning о‘zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish zaruratini talab qilmoqda. Demak, bilish jarayonida muhim bosqich yoki bilimning muhim obyekti insonning о‘zidir. О‘zlikni anglash orqali insonning ma’naviyati shakllanadi. Psixologik bilimdonlik shaxsni о‘z-о‘zini qо‘lga olishga, о‘z-о‘ziga buyruq berishga, о‘z-о‘zini qayta tarbiyalash va о‘z imkoniyatlaridan tо‘g‘ri foydalanishga о‘rgatadi. Talabaning о‘z-о‘zini idrok qilishini uni ijobiy ishlarga yо‘naltirish orqali о‘stirish kerak. Bunda talaba ijobiy tajriba orttirsin, ya’ni о‘ziga, oilasiga, guruhiga, jamoasiga manfaatli ish qilib, olqish olsin. Talabalarni jamoat ishlariga keng jalb etish amaliyotini kengaytirish, bu ishdan manfaatdorligini oshirish lozim. Talabaning о‘zini shaxs sifatida anglashi, о‘z ijobiy va salbiy sifatlarini tahlil qilishi, boshqa shaxslar ichida о‘z shaxsini alohida ajratish kabi muhim ijtimoiy-psixologik sifatlarni shakllantiradi. Bu esa shaxsda о‘z-о‘zini nazorat qilish tizimini yuzaga keltiradi. О‘zini anglagan inson о‘z manfaatlarini ham himoya qila oladi. О‘z manfaatlarini himoya qila olish о‘z fikri, huquqlari, talablarini ishonch bilan gapira olish va о‘zini hurmat qilishni anglatadi. О‘ziga ishongan odam har qanday hodisaga о‘z munosabatini ochiq va qat’iy bayon qiladi. YA’ni u о‘z hissiyotlari uchun ma’suliyatni о‘z zimmasiga oladi va boshqalarga ham nimani his qilayotganligini anglata oladi. Bu xulqning normal usuli. Hammada ham atrofdagilar uchun befarq bо‘lmagan о‘z fikr, talab va huquqlar bor. Bularni hurmat qilishlariga erishishning yagona yо‘li - ularni shaxsning о‘zi himoya qila olishidir. О‘ziga ishongan odamlar о‘z shaxsiy ehtiyojlarini anglaydilar va ularni qat’iy talab qiladilar. Shu bilan birga bunday odam boshqa odamning ham о‘z manfaatlarini himoya qilish huquqini tan oladi. Shuning uchun ham ular о‘z talablarini qо‘yishda odob doirasidan chiqishmaydi va atrofdagilarning talablariga ham hurmat bilan qarashadi. О‘ziga ishongan odamlar о‘z-о‘zlari va atrofdagilar bilan samimiy, ‘alol munosabatda bо‘ladilar. Ular borliqni real idrok qiladilar, bо‘lib о‘tayotgan hodisalar haqida ularning ahamiyatini bо‘rttirmay va kamsitmay gapiradilar. Ular uchun muhimi illyuziyalar emas, reallikdir. Yetuk odam о‘zining va boshqalarning nimaga arzishini bilishni xohlaydi. Asosiy tamoyil-о‘zini yaxshi kо‘rsatishga intilmasdan tabiiy tutishdir.
Bunda quyidagi psixologik bilimlar muhim rol о‘ynaydi:
- insonning о‘z qadrini bilishi;
- jamiyatdagi о‘z о‘rnini tо‘g‘ri idrok qilishi;
- о‘z oilasi, sevgan kasbi haqida о‘ylashi;
- о‘zining «Xobbi» sini aniqlashi, bо‘sh vaqtini unga sarflashi;
- har qanday vaziyatda ham idrokli, irodali, mulo’azali bо‘lishi va optimistik ruhda yashashi zarur. Insonning ruhiy salomatligi uchun eng avvalo mas’uliyat va majburiyat hissi, intizomlilik, iroda, о‘zini hamisha boshqara bilish, bosiqlik sifatlarining bо‘lishi zarur.
Insonning о‘z-о‘zini anglashi, о‘z ruhiyatini barqarorlashtirib, xotirjam bо‘lishi, taqdiri va salomatligiga о‘zi xо‘jayin bо‘lishida о‘z faoliyatini va xulq-atvorini tahlil qilish muhim sanaladi.
Bunda «Besh barmoq» usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
Sinchaloq - tafakkur jarayoni: «Bugun men qanday bilim va
tajribalarni о‘zlashtirdim».

Yüklə 314 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin