II BOB. TASHKILOT VA KORXONALAR UCHUN AXBOROT XAVFSIZLIK SIYOSATINI ISHLAB CHIQISH TALABLARI VA TADBIQI 2.1. Axborotni himoyalash va axborot xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar to’plami Axborot xavfsizligini ta'minlash tizimini yaratishning me'yoriy-huquqiy tadbirlari. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi ish yuritishi quyidagi qonun, me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
«Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi qonun;
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;
«Faoliyat ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonun;
«Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;
«Aloqa to‘g‘risida»gi qonun;
«Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonun;
«Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi qonun;
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Axborotni muhofaza qilish sohasidagi vazirlik, muassasa, agentlik va xo‘jaliklarning boshqa huquqiy aktlari.
Axborot xavfsizligining xuquqiy ta'minoti - axborotni ximoyalash tizimida bajarilishi shart bo’lgan qonunlashtiruvchi dalolatnomalar me'yoriy-xuquqiy xujjatlar, qoidalar yo'riqnomalar, qullanmalar majmui.
Agar axborotning o’g’irlanishi moddiy va ma'naviy boyliklarning yo’qotilishi bilan bog’lik bo’lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. Shuningdek, agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik manfaatlari bog’lik bo’lsa, jinoiy javobgarlik O’zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko’zda tugilgan.
Xar qanday davlatda axborot xavfsizligining xuquqiy ta'minoti xalqaro va milliy xuquqiy me'yorlarni o’z ichiga oladi.
Axborot xavfsizligi bo’yicha qonunlarni O’zbekiston Respublikasi butun qonunlar tizimining ajralmas qismi sifatida tasavvur qilish mumkin, xususan:
tarkibida axborotlashtirish masalalariga doyr me'yorlar bo’lgan konstitusiya qonunlari:
tarkibida axborotlashtirish masalalariga doyr me'yorlar bo’lgan umumiy asosiy qonunlar (mulk, er osti boyliklari, er, fuqorolar xuquqi, fuqarolik, soliq);
xo'jalikning aloxida tuzilmalariga, iktisodiyotga, davlat organlari tizimiga tegishli boshqarish va ularning maqomini aniqlash bo’yicha qonunlar. Bu qonunlar axborot masalalari bo’yicha aloxida me'yorlarni o’z ichiga oladi;
munosabatlarning, xo'jalik soxalarining, jarayonlarning muayyan muxitiga butunlay tegishli maxsus qonunlar. Bularga axborotlashtirish bo’yicha qonunlar taalluqli;
axborotlashtirish soxasidagi qonun talablarining bajarilishini reglamentlovchi me'yoriy xujjatlar;
qonunlar bilan belgilangan axborotlashtirish soxasidagi me'yoriy xujjatlar;
tarkibida axborotlashtirish soxasida qonun buzilishiga javobgarlik me'yorlari bo’lgan O’zbekiston Respublikasining xuquqmi muxofaza qilish qonunlari.
Kompyuter tarmoqlari xavfsizligini ta'minlovchi davlat xuquqiy mexanizmining rivojlanmagan sharoitida korxonaning davlat va xodimlar jamoasi bilan munosabatlarni xuquqiy asosda rostlovchi xujjatlari jiddiy axamiyatga ega bo’ladi. Bunday muxim xujjatlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
korxona (firma, bank) ustavi;
jamoa shartnomasi;
jamoa xodimlari bilan tuzilgan, tijorat siri bo’lgan ma'lumotlar ximoyasini ta'minlash bo’yicha talablarga ega mexnat shartnomalari;
ishchi va xizmatchilarning ichki mexnat tartib qoidalari;
raxbarlar, mutaxassislar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning mansab bilan bog’langan majburiyatlari.
Tashkilotlarda ma'lumotlarni muhofaza qilish tuzilmasini tuzishda asosiy hujjat 2014 yil 18 iyunda qabul qilingan "Tijorat sirlari to'g'risida" gi qonundir.
Qonunning maqsadi tijorat sirini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Tijorat siri - uchinchi shaxslarga noma'lumligi sababli fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa sohalarda tijorat qimmatiga ega bo‘lgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot bo‘lib, ushbu axborot mulkdori uning maxfiyligini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi.
Tijorat siri quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
uchinchi shaxslarga noma'lumligi sababli o‘z mulkdori uchun haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega bo‘lishi;
qonun hujjatlariga muvofiq hammaga ma'lum yoki hamma uchun ochiq bo‘lmasligi;
uning maxfiyligi muhofaza qilish chora-tadbirlari bilan ta'minlangan bo‘lishi;
davlat sirlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir belgilariga ega bo‘lmasligi.Tijorat sirining mazmuni va hajmi uning mulkdori tomonidan belgilanadi.