Shu bilan birga, katta bo’lmagan ish joyiga EGA bo'lgan korxonalarda (odatda 50 dan ortiq bo'lmagan) Axborot xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor beriladi


Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə2/18
tarix17.10.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#65279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
O’ralov S.J finsh (2) (2)

Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi bugungi kunda tashkilotlarning uzluksiz va samarali ishlashi uchun axborot xavfsizligi siyosatini faoliyat turiga qarab ishlab chiqishdir.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi, axborot xavfsizligini ta’minlash muammolarini tahlil qilish va “Quality product” MCHJ tashkiloti uchun lokal tarmoq xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish bilan bog‘liq yechimlari ko‘rib chiqishdan iborat.
Bitiruv ishi quyidagi strukturaga ega, kirish, uchta qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Birinchi nazariy qismda, “Quality product” MCHJ muassasasi faoliyati va strukturasini tahlili, axborot xavfsizligi aktivlari va ularga nisbatan tahdidlarning tahlili va lokal tarmoqlarda axborotni himoyalash usullari va vositalari ko’rib o’tilgan.
Ikkinchi asosiy qismda, axborotni himoyalash va axborot xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar to’plami, tashkilot va korxonalarda lokal tarmoq xavfsizligi siyosati talablari va “Quality product” MCHJ uchun lokal tarmoq xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish.
Uchinchi bo‘limda, hayot faoliyati xavfsizligi bo‘limida mehnatni muhofazasini ta’minlash, yong’in xavfsizligi va elektr xavfsizligini taminlash ko‘rib chiqilgan.
Xulosada bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha olingan natija va xulosalar keltirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida adabiyotlar tartibi ketma-ketligi keltirilgan.


I  BOB. “Quality product” MCHJ muassasasida axborotni himoyalash va axborot xavfsizligini ta'minlash
1.1. “Quality product” MCHJ muassasasi faoliyati va strukturasini tahlili
Korxonaning umumiy xususiyatlari. “Quality product” savdo belgisining tarixi 2011 yilda boshlangan bo’lib, o‘sha vaqtda maishiy texnika oilasini o‘z savdo belgimiz ostida ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat sektorlarini ishga tushirish haqida qaror qabul qilingan edi.
Yangi biznes-yo‘nalishning shakllanishi mazkur sohaning tan olingan yetakchilari, xususan Janubiy Koreyaning Samsung brendi, Xitoyning taniqli Midea korxonasi, Italiyadagi eng yaxshi sanoatchilardan biri bo‘lgan Gloria hamda Turkiyaning yirik Odul korxonasi bilan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzishga asoslangan.
Korxona “QUINCE INTERNATIONAL XUSUSIY KORXONASI” yuridik nomi ostida ro’yxatga olingan bo’lib, “Quality product” xususiy korxonasi nomi ostida mashhur brendga aylandi.
Agar bozorda yetakchi o‘rinlarda bo’lishga harakat qilinsa, muntazam ravishda biror yangi, original, tashqi tomondan maftunkor va qiziqarli mazmuni bilan farq qiluvchi mahsulotni taqdim etish kerakligi sir emas. “Quality product” Korxonaning har bir xodimi kreativ fikrlash qobiliyatiga ega, turli g‘oyalarni ilgari suradi, rejalar tuzadi va ularni amalga oshirishga harakat qiladi.
“Quality product” xususiy Korxonaning asosiy faoliyati - zamonaviy texnika vositalarini ishlab chiqadi va sotish xizmatlarni taqdim etadi.

  • Konditsionerlar;

  • Changyutkichlar;

  • Mikroto‘lqinli pechlar;

  • Gazli, elektrli va kombinatsiyalashgan plitalar;

  • O‘rnatiladigan oshxona texnikasi;

  • Elektr mini-pechlari;

  • Televizorlar;

  • Kir yuvish mashinalari;

  • Sovutgichlar;

  • Mobil telefonlar;

“Quality product” Korxonaning asosiy tamoyili – qulaylik, oddiy yechimlar va klassikani qadrlovchi iste’molchilar uchun sifatli, zamonaviy yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Bejirim ergonomik dizayn, faqat sertifikatlangan xomashyo va maksimal darajada avtomatlashtirilgan tarkibiy qismlar “Quality product” Korxonaning yaxshi didga va yuqori darajadagi iste’molchi talablariga ega kishilar uchun maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi sifatidagi imijini saqlab turadi.
“Quality product” – muvaffaqiyatli loyiha bo‘lib, hamkorlar va raqobatchilarning ijobiy tajribasini to‘plashga, KAIZEN metodikasini joriy etishga (uning asosiy tamoyillari: mehnatga tejamkor munosabatda bo‘lish va zaxiralardan samarali foydalanish), mahsulotlar sifatini standartlashtirishga, kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etishga, butun O‘zbekiston bo‘ylab firma do‘konlari va shou-rumlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
“Quality product” maishiy texnikasi ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda hozirgi zamon talablariga javob beruvchi zamonaviy uskunalarda ishlab chiqariladi.
Jahondagi yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchilarining tajribasini o‘rgangan va joriy etgan holda mijozlarga ma’qul keladigan zamonaviy va qulay mahsulotni yaratmoqda. Maishiy texnikasining butun liniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi, u eng yuqori sifat standartlariga javob beradi va 100% mahalliy brend hisoblanadi.
“Quality product” korxonalarida texnologik liniyalarni jihozlash va murakkab maishiy texnikani ishlab chiqarishga ixtisoslashgan COMI, ULVAC, INFICON kabi dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetkazib berilgan uskunalar o‘rnatilgan. Yuqori texnologik uskunalar qo‘llanishi tufayli ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan, amalga oshiriladigan operatsiyalarning sifati esa har bir bosqichda elektron nazorat tizimi yordamida tekshiriladi.
Bundan tashqari barcha mijozlar uchun korxonaning Qualityproduct.uz Web sahifasi xam yaratilgan bo’lib, muntazam ravishda korxonaning oxirgi yengiliklari kiritib boriladi.
O’zbekistonda texnika maxsulotlarini ishlab chiqish va aholiga yetkazib berish sanoatining rivojlanishi borgan sari ildamlab bormoqda. Chet eldan olib kelingan qimmbatbaho uskunalar sifatli va talabga javob beradigan maxsulotlarni tayyorlashda katta axamiyatga egadir. Talabga javob beradigan maxsulotlarni ortishi esa tovarga bo’lgan ehtiyojni oshiradi bu esa o’z navbatida daromadning oshishiga olib keladi.
Umuman olganda, bugungi kunda o’zimizda tehnika maxsulotlarini ishlab chiqilishi, chet eldan kirib kelayotgan firma maxsulotlari bilan solishtirganda ancha arzon va sifat darajasi yuqori bo’lib bormoqda. Bundan tashqari bu maxsulotlar qo’shni davlatlarga eksport qilib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan, korxona ishlab chiqaradigan maxsulotlarga bozorda raqobat borligini ta'kidlash mumkin, shunday ekan elektron texnika biznesida axborotni o'g'irlash, o’zgartirish, soxtalashtirilishi yoki oddiygina kompyuter uskunalari va korxona tarmoqlarini yo'q qilish yoki o'chirib yuborish kabi xavflarni uchratish mumkun.
Shunday ekan, elektron texnika bozorida raqobat juda yuqori, bu axborotni ushlash va buzish, shuningdek, kompyuter tizimlarining ishlashiga to'sqinlik qilish kabi harakatlarga sabab bo’ladi. O’z navbatida bundan kelib chiqib korxonaning axborot xavfsizligiga alohida e'tibor qaratish lozim.
Korxona axborot xavfsizligi tizimini yaratish uchun avvalo korxonaning funktsiyalarini, shuningdek kiruvchi va chiquvchi axborotlarni diqqat bilan tahlil qilish kerak bo’ladi.
Muammoni tahlil qilish uchun biz IDEF0 metodologiyasiga asoslangan funktsional modelni tayyorlaymiz. Ushbu uslub bizga soha bo'yicha tavsiflangan funktsional diagrammalar majmuini yaratish imkonini beradi.
Funktsional model ob'ektning funktsional tuzilishini ya'ni, u amalga oshiradigan harakatlar (ishlar) va bu harakatlar o'rtasidagi aloqalarni ko'rsatadi. Funktsional model diagrammalardan, matnlarning bo'laklaridan va glossariylar bir-birlariga havola qilingan lug'atidan iborat.
Korxonada mavjud bo'lgan axborotni qayta ishlash texnologiyasini tahlil qilish uchun strukturaviy-funktsional diagrammasini aniqlash kerak bo’ladi. Buning uchun biz “ERwin Process Modeler” dasturidan foydalanamiz.
“ERwin Process Modeler” biznes jarayonlarini modellashtirish, tahlil qilish, hujjatlashtirish va optimallashtirish uchun vositadir. “ERwin Process Modeler” dasturini biznes jarayonlarining grafik ko'rinishini tassavur qilish uchun ishlatilishi mumkin.
1-rasmda «Quality product» korxonasi faoliyatining kontekst diagrammasi keltirilgan.

1.1-rasm. Kontekst diagramma
1.1-rasmda ko'rib turganimizdek biz tahlil qilayotgan korxonaning faoliyati asosiy funktsiya hisoblanadi. Ushbu funktsiyani amalga oshirish uchun, dastlabki ma'lumotlarni yoki hujjatlarni olish kerak bo’ladi:

  • Mijozlar buyurtmalari (belgilangan namunada blankaga to'ldirililadi);

  • Tovar va xizmatlar narxi;

  • Xizmatlar haqida ma'lumot (xizmatlarning to'liq ro'yxati taxminiy vaqt va narxni ko'rsatgan xolda);

  • Mijozlarga chegirmalar;

Ushbu ma'lumotlar ( hujjatlar) funktsiyanal blokga kirish xisoblanadi.
Funksiyaning bajarilishi natijasida quyidagi natijalar olinadi:

  • Amalga oshirilgan ishlar;

  • Buxgalteriya va soliq hisoboti.

Ushbu ma'lumotlar (hujjatlar) funktsiyanal blokining chiqishi hisoblanadi.
Boshqarish vositasi sifatida quyidagi mexanizmlar qo'llaniladi:

  • Xodimning ish yo’riqnomasi (ishda xodim o'z ish qoidalariga rioya qilishi yoriqnoma bilan boshqariladi);

  • O’z Res Me’yoriy qonunlari (qonunchilik normalarini bilish va qo'llash shartnoma tuzishda juda muhimdir).

Ushbu funktsiyani amalga oshirish mexanizmi quydagilar hisoblanadi:

  • Korxonaning xodimlari;

  • Kompyuter uskunalari;

  • Dasturiy ta'minoti;

Biroq, kontekstli diagramma faqat umumiy funktsiyani aks ettiradi, shuning uchun korxonaning qanday ishlashini tushunish uchun kontekst diagrammaning dekompozitsiyasini bajarish kerak bo’ladi.
Kontekstli diagramma dekompozitsiyasi asosiy funktsiyani amalga oshirish uchun bajarilishi kerak bo'lgan asosiy funktsiyalarni taqsimlashni o'z ichiga oladi.
Dekompozitsiya bajarilayotganda kontekst diagramasida mavjud bo'lgan barcha kirishlar, chiqishlar, boshqaruv strelkalari va mexanizmlar, kontekst diagrammada aks etgan barchasi diagrammada xam bo'lishi kerak. Ushbu diagramma 1.2-rasmda ko'rsatilgan.

1.2-rasm. Birinchi darajadagi funktsional diagramma
Ta'kidlash kerakki natijada, jarayon ostida asosiy to’rtta dekompazisiya aniqlandi:

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin