Ichki tahdidlar ko'pincha xodimlarning noroziligi oqibatida, hamkasblar orasidagi noqulay sharoitlarida paydo bo’ladi. Shuningdek, ichki tahdidlar xodimlarning o’quvsizligidan yoki axborot xavfsizligini ta’minlash vositalariga tejab qolishdan paydo bo'lishi mumkin.
Tashqi tahdidlar odatda raqobatchilar tomonidan iqtisodiy sharoitlarga va boshqa sabablarga ko'ra amalga oshiriladi. Zamonaviy korporativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo'ladigan keng tarqalgan tahdidlarni tahlil qilamiz. Hisobga olish lozimki, xavfsizlikka tahdid manbalari korporativ axborot tizimining ichida (ichki manba) va uning tashqarisida (tashqi manba) bo'lishi mumkin. Bunday ajratish to'g'ri, chunki bitta tahdid uchun (masalan, o'g'irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi xarakat usullari turlicha bo'ladi. Bo'lishi mumkin bo'lgan tahdidlarni xamda korporativ axborot tizimining zaif joylarini bilish xavfsizlikni ta'minlovchi eng samarali vositalarni tanlash uchun zarur hisoblanadi.
Xorijiy manbalarning ma'lumotiga ko'ra, xozirda sanoat josusliklari keng tarqalgan. Tijorat sirini tashkil qiluvchi ma'lumotni, egasi tomonidan ruxsat etilmagan shaxs tomonidan yig'ish, noto'g'ri talqin qilish va ko'chirish orqali uning egasiga zarar keltirishdir.
Tahdidlarning ro’yhati va baholanishi 1.6-jadvalda umumlashtirilgan.
1.6-jadval
Aktivlarga bo’ladigan tahdidlarnii baholash
Zaifliklar guruhi
Ichki yozishmalar
Tovar/materiallarning narxlari
Inventarizasiya varaqalari
Kiruvchi fakturalar
Mijozlarning buyurtmalari
Chiquvchi fakturalar
Ishni bajarishga ko'rsatma
Buxgalteriya va soliq hisobotlari
Axborot xizmatlari
Dasturiy ta’minot
1. Qasddan qilingan harakatlar oqibatidagi tahdidlar
Zararli dasturuy ta’minot
Yuqori
Past
Past
Past
Past
Past
Past
Past
Past
Past
Ruhsat etilmagan foydalanuvchilarni tarmoqga kirishi
Yuqori
O’rta
O’rta
O’rta
O’rta
O’rta
O’rta
O’rta
O’rta
O’rta
DT ruhsat etilmagan foydalanuvchilar tomonidan foydalanilishi
Yuqori
Yuqori
Yuqori
Yuqori
Yuqori
Yuqori
Yuqori
Yuqori
Yuqori
Yuqori
2. Tasodifan qilingan harakatlar oqibatidagi tahdidlar
Xavf-xatarlarni tahlil qilish. Qiymatga ega va muayyan darajadagi zaiflikni xarakterlaydigan aktivlar, tahdidlar mavjud bo’ganda har doim xavf (risk) ostida qoladilar. Xavf-xatarlarni tahlil qilishning vazifasi xavflarni aniqlash va baholashdir, yani xavf ostida qolgan axborot texnologiyalari tizimi va uning aktivlari xavfsizlikni ta'minlashning tegishli va oqilona vositalarini aniqlashdir.
Xavflarni baholash uchun aktiv qiymatlari, tahdidlar darajalari va zaifliklarning har bir kombinatsiyasi uchun «штрафных баллов» jadvalidan foydalanishni taklif etadigan usul tanlandi (1.7-jadval).
1.7-jadval Jarima ballari