1. Mijozlar buyurtmalarini ro’yhatga olish. Agar mijoz xizmat ko'rsatish shartnomasini tuzishga qaror qilsa, uning barcha ma'lumotlari umumiy mijozlar bazasiga kiritiladi (katta miqdordagi maxsulotlarni tayyorlash). Agar buyurtmachi korxonaga qayta murojat qilsa, u holda uning ma'lumotlari ma'lumotlar bazasida mavjud bo'ladi, bu esa ishni osonlashtiradi. Shunda so’ng, xaridor xizmat turi bo'yicha qaror qabul qilgandan so'ng, buyurtma bo’yicha ma'lumotlari to'ldiriladi: mijoz ma'lumotlari, xizmatlar turi, ish hajmi, muddati. Bunga asosan, xarajatlar hisoblab chiqiladi va shartnoma mijoz bilan tuziladi.
2. Ishni bajarish. Bu bosqich ishlarning bajarilishiga ko’rsarma asosida ishni bajarishni anglatadi.
3. Materiallarni sotib olish. Zarurat bo'lganda, ishlarni bajarish uchun materiallarni xarid qilish amalga oshiriladi.
4. Buxgalteriya va soliq hisobotlari. Funktsional modelni ishlab chiqilishiga qo'shimcha ravishda, individual jarayonlarning xatti-harakatlarini modellashtirish ham foydalidir. Bunday modellashtirish tizimdagi o'zaro xarakatlarni sodir bo’layotganini tushunish uchun zarurdir.
IDEF0 usuli funktsional jihatlar bilan bog'liq bo'lsa, IDEF3 usuli esa IDEF0 funktsiyani dettalashtirib, aniqlashtiradi. IDEF3 ikkita ta'rifni o'z ichiga oladi:
Jarayonlarning ketma ket ko’rinishiga yo’naltirilgan jarayon. (Process Flow Description Diagrams, PFDD);
diagrammalari o'tish xarakteri bilan ifodalangan, avtomat modelli ob'ektga yo'naltirilgan (Object State Transition Network, OSTN)
Foydalanuvchining arizasini rasmiylashtirish jarayoni 3-rasmda keltirilgan.
Bu erda funktsiyalar (operatsiyalar) yuqori qismni funktsiya nomini funktsiya sonini o'z ichiga olgan pastki qismdan ajratuvchi gorizontal chiziqli to'rtburchaklar bilan ko'rsatilgan. Funksiyalarning ketma-ket bajarilishini aks ettiruvchi bog'lanishlar chiziqli o'qlar bilan ko’rsatilgan.
1.3-rasm. IDEF 3 modeli
Shunday qilib, biz sohaning funksional va xatti-xarakatlarga asoslangan modellarini ishlab chiqdik. Ushbu modellar korxona aktivlari bo'lgan asosiy axborot oqimlarini va hujjatlarni aniqlashga imkon beradi va ular himoyalanishi kerak bo’ladi. Bundan tashqari, ushbu modellarga asoslangan holda biz maxfiy axborotni qayta ishlash jarayonini aniqlay olasiz. Ushbu jarayonlarning ishida axborot xavfsizligi texnologiyalarini joriy etish zarur.
Yana bir muhim jihat, ishlab chiqilgan modellardan foydalanib - axborotni qayta ishlash jarayonida qatnashuvchi mutaxassislar aniqlashi mumkin bo'ladi. Bu mutaxassislar uchun axborot bilan ishlash algoritmlarini aniqlash, yo’riqnomalar ishlab chiqish va instruktaj o’tkazish kerak bo’ladi.
Shuningdek, axborotni qayta ishlashda kompyuter vositalaridan foydalaniladi, ular uchun tashkiliy, dasturiy-texnikaviy va hatto fizik himoya qilish mexanizmlarini ham o'ylash muhum xisoblanadi.
Shunday qilib, pridmet soha uchun ishlab chiqilgan modellar, axborot aktivlarini tahlil qilish va axborot xavfsizligi tizimini loyihalash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Sohani modellash asosida, himoya qilish kerak bo’lgan hujjatlar va ma'lumotlar aniqlandi. Biroq, axborot xavfsizligi tizimini ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan xarajatlarni to'g'ri baholash uchun biz ushbu hujjatlar sonini va ma'lumotlarning umumiy miqdorini to'g'ri baholashimiz kerak bo’ladi.
Bundan tashqari, himoya qilish usullarini tanlanayotganda dastur yoki texnik vositadan qay miqdordagi axborot o'tishi aniq bo’ladi va texnik qurulma yoki dasturiy ta'minotni tanlashga yordam beradi.
Korxonaning tashkiliy va funksional tuzilishi. Quyda korxonani boshqaruv tarkibi keltirilgan bo’lib unda asosiy bo'limlar va lavozimlar tasvirlangan.
Korxonani boshqaruvining umumiy tarkibiy tuzilish sxemasi, korxonada boshqaruv apparati va boshqaruv ob'ektini mazmuni 1.4-rasmda aks etgan, unda vertikal va gorizontal aloqalar ko'rsatilgan bo’lib, vertikal aloqalar bo'ysunish ierarxiyasini aks ettiradi, ya'ni boshqaruvchi bilan bo’ysunuvchilarni bog’lamoqda.
Gorizontal aloqalar esa, qaysi xodimlar yoki bo’limlar ierarxik narvonning bir pog'onasida ekanligini ko'rsatadi, ya'ni bir hil darajadagi rahbarlarga (yoki bir rahbarga) bo'ysunadi.
1.4-rasm. Boshqaruvning umumiy tashkiliy tuzilmasi
Bugungi kunda korxonada 855 ga yaqin xodim ishlab kelmoqda. Bundan tashqari savdo nuqtalari xam ishga tushirilgan bo’lib, xar bir do’konda 15 va undan ortiq xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.
Korxonaning ishlab chiqarish bo’limi texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Bo’limda tehniklar, ustalar, dizaynerlar faoliyat olib boradi. Ularning asosiy funksiyalariga quydagilar kiradi:
Moddiy tehnik ta’minot bo’limi Mahsulotni tayyorlash uchun zarur bo’lgan materiallarni yetkazib berish bilan shug’ullanadi.
Xodimlar bo’limi korxona va filiallar uchun zarur bo’lgan kadirlarni ishga qabul qilishni ta’minlaydi.
Xavfsizlikni ta'minlash xodimlarining asosiy funksiyalari va vazifalari korxona do'konlari, binolari va ular ichidagi texnika qurilmalarini xavfsizligini ta'minlash va qo’riqlashdan iborat.
Korxona mijozlari bilan bevosita muloqot qilish savdo menejeri tomonidan amalga oshiriladi. Savdo menejeri korxona raxbari tomondan amaldagi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va ishdan bo'shatiladi.
Savdo menejerining asosiy funksiyalari va vazifalari quyidagilardir:
- Mijozlarga tovarlarning turlari, ularning farqi, mavjudligi va miqdori bo'yicha maslahat berish;
- Xaridorga zarur mahsulotni topish uchun yordam berish;
- Xaridorga ularning talablariga muvofiq keladigan tovarni taqdim etishini amalga oshirish;
- Buyurtma sifatini, tovarlarni butligini tekshirish;
- Xaridorga korxona tomonidan taqdim etilgan xizmatlar to'g'risida xabar berish;
- Xaridorga korxonada amalda bo'lgan chegirmalar va tovarlarni qabul qilish va olish qoidalari (tartibi) haqida xabar berish;
- Xaridorlarga texnika mahsulotlarini sotish.
Korxonasi rahbariyati tomonidan tuzilgan savdo rejasini amalga oshirish uchun savdo menejeri barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradilar.
Korxonaning buxgalteriya bo'limini umumiy boshqaruvi bosh buxgalter tomonidan amalga oshiriladi.
Buxgalteriyaning asosiy funktsiyalari va vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Xaridorlar bilan sotib olgan tovarlarga pullik hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- Buxgalteriya va soliq hisobotlarini yuritish;
- Korxonaning xodimlariga ish haqqini xisoblash.
Korxonada ATni texnik qo'llab-quvvatlash bo'yicha mutaxasis sifatida faoliyat yuritayotgan xodimning asosiy funktsiyalari va vazifalari quyidagilardan iborat:
- kompyuter texnikasini diagnostika qilish va ta'mirlash;
- dasturiy ta'minotni o'rnatish;
- Antivirus dasturlarini o'rnatish;
- Qurilma drayverlarini o'rnatish;
- Dasturiy ta'minotni joriy etish va kuzatish;
- Foydalanuvchilar va ofis dasturlarini qo'llab-quvvatlash.
Xizmat ko’rsatish bo’limi Savdo nuqtalaridagi tayyor mahsulotlani kerakli manzilga yetkazib berish, ularni montaj qilish, va zarur bo’lganda servis xizmatini ko’rsatish bilan shug’ullanadilar.
Korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy-iqtisodiy faoliyati boshqaruvini direktor amalga oshiradi.