Сhuchukmiya quruq ekstraktining tarkibi va texnologiyasi 20,0 g maydalangan va changdan tozalangan chuchukmiya ildizi og‘zi keng va zich yopiladigan shisha idishga solinib, ustiga xom ashyoga nisbatan 5 baravar ko‘p miqdorda (100 ml) 0,25% li ammiak eritmasi quyib, shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi va 48 soatga qoldiriladi, so‘ng ajratma quyib olinadi. Xom ashyo 2 qavatli doka orqali siqib olinadi va qaytadan shisha idishga solinib, xom ashyoga nisbatan 3 baravar ko‘p miqdorda ammiak eritmasi bilan aralashtirilib, yana 24 soatga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng ajratma quyib olinib, xom ashyo yana siqiladi va xar ikkala ajratma birlashtirilib, begona moddalardan tozalash uchun 12 soatga salqin joyda qoldiriladi. So‘ngra ajratma suzib olinib, 3 soat mobaynida qaynatiladi. Suyuqlikning umumiy xajmiga nisbatan 5% ko‘p miqdoridagi suv bilan aralashtirilib, bo‘tqasimon massa xoliga keltirilgan kaolin, ajratmaning ustiga solinadi va 3 kunga salqin joyda qoldiriladi. Suyuqlik suziladi va vakuum bug‘latgich yordamida quyuq xolatga kelgunga qadar bug‘latiladi. Tayyor mahsulot tortib olinib, undagi glitserrizin kislotasining miqdori aniqlaniladi. Agar uning miqdori massa tarkibida me'yordan ortiq bo‘lsa, Kraxmal yoki qand qo‘shib me'yoriga keltiriladi. 100,0 g chuchukmiya ildizidan qancha quyuq ekstrakt tayyorlash mumkinligini nazariy xisoblash: 100,0 g chuchukmiya ildizida - 6,0 g glitserrizin kislotasi bo‘lsa 20,0 g chuchukmiya ildizida - X g glitserrizin kislotasi bo‘ladi.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidagi 3 (285), 6 va (129-bet) 8 (144bet) adabiyotlardan Olindi. Tayyor mahsulotning tavsifi. Qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos xidli, chuchmal-shirin mazaga ega quyuq massa bo‘lib, suv bilan chayqatilsa tez ko‘pirib, kolloid eritma xosil bo‘ladi. Namligi 25% dan ortiq, glitserrizin kislotasi 14% dan kam bo‘lmasligi lozim.
Saqlanishi. Shisha idishlarda po‘kak qopqoq bilan yopilgan va parafinlangan xolda quruq joyda saqlanadi. Ishlatilishi. Xom asyo sifatida xab dori tayyorlashda ishlatiladi, shuningdek chuchukmiya ildizi sharbati tarkibiga kiradi. Chuchukmiya quyuq ekstraktining chinligini aniqlash. 10 ml preparat eritmasiga (1:10) 1 ml sulfat kislota qo‘shilsa, cho‘kma xosil bo‘ladi. U ammiak eritmasida eriydi (glitserrizin kislotasi). Namligi. 25% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Tozaligi. Preparatda og‘ir metall tuzlari 0,01% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Miqdorini aniqlash. Glitserrizin kislota spektrofotometrik usulda aniqlanadi. Uning miqdori 14% dan kam bo‘lmasligi kerak.