Сhuchukmiya quruq ekstraktining tarkibi va texnologiyasi


Opiy quruq ekstrakti tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 178,36 Kb.
səhifə2/4
tarix05.07.2023
ölçüsü178,36 Kb.
#135735
1   2   3   4
Сhuchukmiya quruq ekstraktining tarkibi va texnologiyasi

Opiy quruq ekstrakti tayyorlash texnologiyasi
Ko’knor-ko’knordoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t. bo’yi 50-60 sm ga yetadi. Barglari ellipssimon yoki lansetsimon, guli poyasining uchida. Mevasi ko’p urug’li ko’sakdan iborat. Ko’knoridan juda ko’p moddalar borligidan ko’p dorilar tayyorlanadi. Morfinizm xususiyatiga ega.Ko`knor(Papaver)-ko`knordoshlar (ko`knorgullar oilasi)ga mansub sutsimon shirali ,bir yillik yoki ko`p yillik o`simliklar turkumi. Guli yirik, yakka qizil, sariq, oq pushti rangda, uzun bandli. Mevasi ko`sakcha 100 dan ortiq turi ma’lum. SSSРda 30, O`zbekistonda 5 turi uchraydi. Qishloq xo`jaligida uxlatuvchi ko`knor ekiladi. Bu turi uzun o`q ildizli bir yillik o`simlik bo`lib, urug`i mayda, tarkibida 48-50% yog` bor. Ishlatilishiga qarab ko`knor quyidagi ikki navga ajratiladi: 1. Moypi ko`knor – urug`idan oziq-ovqat sanoati va texnikada ishlatiladigan moy olish uchun ekiladi. Urug`i qandolatchilikda ham ishlatiladi. Moypi ko`knor SSSР (Ukraina ,Tatariston va Boshqirdiston ) da va G`arbiy Yevropada ekiladi.
2. Opiyni ko`knor –opiy ( afyun ) olish uchun ekiladi
Opiy o`sib turgan o`simlikning ko`sakchasi tilib yig`iladi. Tilingan joydan oqib chiqqan sutsimon shira bilan qirib olinadi.Ko`knor xashagidan ham opiy ajratiladi. Opiyli ko`knor, asosan Old Osiyo, Eron, Hindiston, Birma, Xitoy, Yaponiya, SSSР (asosan, Qirg`iziston va Qozog`iston ) da o`stiriladi. Ba’zi turlari manzarali o`simlik sifatida ekiladi. Akademik Aleksandr Pavlovich Orexovning yozishicha, alkaloidlar deb, murakkab organik tuzulishga ega bo`lgan, o`simliklar va hayvonlar organizmida tayyor holda uchraydigan, o`z tarkibida azot elementini tutadigan, asos xossasiga ega bo`lgan va farmakalogik jihatdan kuchli ta`sir etadigan moddalarga aytiladi.
Belladonna quruq ekstrakti-Extractum Belladonnae siccum.
1. 30,0 g belladonna xom ashyosi.
2. Hajmi 100 ml bo‘lgan, og‘zi zich yopiladigan 3 ta shisha idish.
3. Perkolyator - 4 ta.
4. Yig‘gich kolba - hajmi 200 ml bo‘lgan.
5. Shisha tayoqcha, filtr qog‘ozi, doka va chinni bo‘lakchalari.
6. Bug‘latgich.
7. 20% li etil spirti - yetarli miqdorda. Ishni bajarish tartibi: 30,0 g maydalangan (1-8 mm kattalikda) belladonna bargi va yer ustki qismi teng 3 qismga 10,0 g dan bo‘linib, og‘zi zich berkitiladigan 3 ta shisha idishga alohida-alohida solinadi va har birining ustiga 5 ml dan 20% li etil spirti solinadi. So‘ngra yaxshilab aralashtirilib, og‘zi yopiladi va 4-6 soatga bo‘ktirish uchun xona haroratida qoldiriladi. Belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng idishlardagi bo‘kkan xom ashyo tagiga 3-4 qavat doka qo‘yilgan 3 ta perkolyatorlarga miqdoran o‘tkaziladi va xom ashyo shisha tayoqcha yordamida shibbalanadi. Xom ashyoning ustiga filtr qog‘ozi qo‘yilib, shisha bo‘lakchalari bilan bostiriladi va birinchi perkolyatorning ustiga toza ajratuvchi tushib turishini ta'minlovchi bo‘sh perkolyator, uchinchi perkolyatordan tayyor ajratmani yig‘ib oluvchi idish o‘rnatiladi. Ajratma olish tezligi quyidagi tenglama orqali hisoblaniladi: V = KS Bu erda V - ajratma olish tezligi K - doimiy son, u 0,5 ga teng C - perkolyatorga solingan xom ashyo miqdori Bo‘sh perkolyatorga 20% li etil spirti solinib, birinchi perkolyatorga ―oynasimon yuza‖ hosil bo‘lgunga qadar perkolyatsiya qilinadi. So‘ng birinchi perkolyatorning jo‘mragi ochilib, ikkinchi perkolyatorga, ikkinchi perkolyatorda ―oynasimon yuza‖ xosil bo‘lgandan so‘ng esa bevosita uchinchi perkolyatorga perkolyatsiya qilinadi. Uchinchi perkolyatorda ―oynasimon yuza‖ hosil bo‘lgandan so‘ng perkolyatorning jo‘mragi ochilib, ajratma yig‘ib olina boshlaydi. Ajratma olish tezligi hamma perkolyatorda ham bir xil bo‘lishi shart. Birinchi perkolyatorga xar doim toza ajratuvchi tushib turganligi sababli unda birinchi bo‘lib ta'sir etuvchi modda tugaydi. Shunda birinchi perkolyator ishdan chiqarilib, toza ajratuvchi ikkinchi perkolyatorga o‘tkaziladi. Ma'lum vaqt o‘tgandan so‘ng mana endi ikkinchi perkolyatordagi asosiy ta'sir etuvchi modda ham tugaydi. Shundan so‘ng toza ajratuvchi tushib turishini ta'minlovchi perkolyator endi bevosita uchinchi perkolyatorga to‘g‘rilanadi. Nihoyat uchinchi perkolyatorda ham asosiy ta'sir etuvchi modda tugagandan so‘ng olingan ajratma spirt yordamida yot moddalardan tozalanadi. Ajratma vakuum bug‘latgich asbobiga o‘tkazilib, mo‘'tadil bosimda spirt xaydab olinadi, suvli qismi esa vakuum ostida olingan xom ashyo miqdorining 50% ni tashkil etgunga qadar (15 ml) bug‘latiladi. Quyuq ajratma sovutilib, og‘zi zich berkitiladigan idishga solinadi va unga 2 baravar ko‘p miqdorda (30ml) 96% li spirt qo‘shib, aralashtiriladi va 10oS haroratda 3 kunga qoldiriladi. Belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng tiniq suyuqlik quyib olinib, spirt qismi xaydaladi.
Qoldiq vakuum bug‘latgich asbobida quyuq holatga keltiriladi va alkaloidlar miqdori aniqlanadi. Quruq ekstrakt tarkibida alkaloidlar miqdori 0,7-0,8% bo‘lgunga qadar sut qandi qo‘shib aralashtiriladi va namlik 5% bo‘lgunga qadar vakuum quritgichda quritiladi. Quruq ekstrakt maydalanadi, elanadi, kerak bo‘lsa sut qandi bilan me'yoriga keltiriladi. 30,0 g belladonna bargi va er ustki qismidan qancha quruq ekstrakt tayyorlash mumkinligini nazariy xisoblash: 100,0 g xom ashyoda - 0,3 g alkaloid bo‘lsa 30,0 g xom ashyoda - X g alkaloid bo‘ladi. 09

Yüklə 178,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin