2.2 Inson va tabiat adib hikoyalarining mehvari. Sh.Xolmirzayev jahonning mashhur yozuvchilari qatorida, ularga bo‘ylasha oladigan darajada tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratdiki, bu yozuvchi ijodining alohida bo‘rtib ko‘rinib turuvchi bir qirrasidir. Mana shu sababdan ham katta imkoniyati tufayli tabiat qonunlari, hayvonlarning yashash tarzlari, har bir giyohning o‘ziga xos xususiyatlari haqida puxta bilimga ega. Bu jihatdan J.London, E.Xeminguey, S.Tompson asarlarining yozuvchi ijodiga ta'siri ham katgadir. Tanqidchi U.Normatov ‘Zaminda yashaymiz, zaminni o‘ylaymiz’ maqolasida Sh.Xolmirzayev hikoyalariga xos mazkur xususiyat haqida shunday deydi: ‘Inson va tabiat munosabati Sh.Xolmirzayev hikoyalarining yetakchi leytmotiviga aylanib qoldi.Shunisi xarakterliki, yozuvchining so‘nggi yillarda yaratgan deyarli barcha hikoyalari shu mavzu atrofida aylansa-da, ular bir-birini takrorlamaydi, har gal avtor masalaning yangi qirrasini kashf etadi, yangi xarakter yaratadi, xarakter qalbining yangi tomonini ochadi...’. Shu nuqtai nazardan yozuvchining inson va tabiat mavzuidagi hikoyalarini ko‘zdan kechirsak, inson xarakterining qanchalar murakkab ekanligi, bu murakkabliklar, uning hatto, tabiatga munosabatlarida ham namoyon bo‘lishini kuzatamiz. Chunonchi, ‘Kulgan bilan kuldirgan’ (1972) hikoyasida Shukur Xolmirzayev vatan go‘zalligi, boyligi, umuman, tabiatga befarq bo‘lmagan, uni sevuvchi kishilarni tashvishga solayotgan - tabiat boyliklarini asrash masalasini ilgari suradi va bu masalaning mohiyatini oddiy bir voqyea tasviri orqali ko‘rsatadi. ‘Kulgan bilan kuldirgan’ hikoyasida bosh qahramon tog‘dagi kakliklar haqida qayg‘uradi, bir-ikki qushni emas, umuman, hududdagi barcha qushlarni qahraton ayozdan omon chiqarib olish g‘amini yeydi. ‘Jarga uchgai odam’da esa o‘zi tabiat va uni asrash xususida film yaratmoqchi bo‘lgan kinorejissyor butun boshli ayiqni o‘ldirib ikki bolasini yetim qilgani uchun tegishli tashkilotlar tomonidan emas, oddiy bir tabiat jonkuyari qo‘lidai ayovsiz jazolanadi. Yozuvchining bu kabi asarlarida aks etgan o‘zboshimchalik oqibatida yuzlab tog‘ qishloqlari aholisi vohalarga ko‘chirilib, yashnagan go‘shalar vayronaga aylangani, ming yillik tarixiy obidalarning qarovsiz qolib ketgani, xalq kelajagini ta'min qiladigan yer-suvning isrof bo‘layotgani haqidagi fikrlar va tashvishli mulohazalar ijodkor izhor qilayotgan xalq dardining in'ikosidir. Tabiatga yondashishdagi mazkur prinsipni izohlab, Sh.Xolmirzayev aytadi: ‘...Gap shunday ekan, gap tabiatni qo‘riqlash, uni boyitib, boyliklarini saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazishdek sharafli ekan, bu masalaga hamma bir yoqadan bosh chiqarishi kerak...
Ana shunda bebaho tog‘larning jamoli xira tortmaydi, uning go‘zalligi boyligi o‘zi bilan qoladi...’. Sh.Xolmirzayevning inson va tabiat mavzusiga bag‘ishlangan hikoyalarining bir qismida tabiatning maftunkor go‘zalligi aks ettirilsa, boshqalarida tabiatga yovuzlarcha munosabat, uni talon-taroj qilishlar qoralanadi. Mana shu keyingi hikoyalarida yozuvchi tabiat hodisalaridan ‘sovuq tasvirlar’ topadi va muayyai badiiy g‘oyani ifoda qilish maqsadida o‘rinli foydalanadi. Masalan: havoning tundligi, osmonni past tushgan qora bulutlar qoplab olishi, guvillab kuchli shamol esishi, chumchuqlarniig chirqillashi, bo‘rining uvlagani, qor uchqunlarining deraza oynasiga shitirlab urilishi, quyunning qorlarni to‘zg‘itib o‘ynashi, ‘bo‘ronning qori qalin betlarini yalab -supurib’ ketishi odamning kayfiyatiga yomon ta'sir qiladi. Bu tasvirlar hikoyalardagi qahramon xarakterini yoritib beruvchi vositalar, xolos. Sh.Xolmirzayevning mana shunday ruhda yo’zilgan hikoyalaridagi tasvirda sovuqqonlik bor, chunki bir suhbatida yozuvchining o‘zi ta'kidlaganidek, manzarada shafqatsizlik bor; ‘sovuq, shafqatsiz go‘zallik bor. Tog‘larida, so‘qmoqlarida, archalarida... Odamni tarbiya qiladi’. ‘Muallif tabiatning qaysi hodisasi yoki holatidan material olmasin, u avvalo naturalist sifatida tabiat hodisalarining ob'ektiv mohiyatidan kelib chiqadi va ularni o‘z g‘oyaviy maqsadiga mohirlik bilan yo‘naltiradi. Tabiatnnng har bir hodisasi muallif tafakkurida, tuyg‘ular olamida sayqal topadi va qisman bo‘rtgirilgan, birmuncha izohlaigan tarzda ko‘tarayotgan muammolar koitsepsiyalarni yaqqol ochib beruvchi syujetga aylanadi’. Xususan, ‘Zov ostida adashuv’, ‘Cho‘loq turna’, ‘Yangi zot’, ‘Boychechak ochildi’, ‘Qush tili’ va boshqa asarlarni o‘qib shunday xulosaga kelish mumkin. Sh.Xolmirzayev qahramonlari ona yurtga, tabiatga mehr qo‘ygan yuksak e'tiqodli kishilardir. Lekin uning ‘Yovvoyi gul’, ‘Boychechak ochildi’ hikoyalaridagi asosiy gap tabiatga munosabat haqida emas, balki tabiatning insonga ta'siri, oddiy giyohinng sehrli qudrati orqali ibratli mulohazalarni o‘rtaga tashlaydi. ‘Boychechak ochildi’ (1971) hikoyasida esa ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shgan adabiyotshunos olim katta shaharda yashab, ona tabiatdan biroz uzoqlashib qolgani natijasida tabiatga yaqinlashish bilan uning ruhiyatidagi o‘zgarishlar ko‘rsatiladi.
“Sh.Xolmirzayev hikoyalarida tadqiq etilgan inson va tabiatning o‘zaro aloqasi masalasi yozuvchi ijodiy evolyusiyasining deyarli barcha bosqichlarida asosiy o‘rinni egallaydi. Bunday hikoyalarning bir qismida tabiatni asrab- avaylash haqida gap ketsa, boshqa bir guruhida tabiat go‘zalliklarini tasvirlash bilan birga, inson va tabiat munosabatlari go‘zallitini tarannum etuvchi asarlar ko‘proq o‘rinni egallagani ko‘rinadi, chunki yozuvchi insonda tabiatga munosabat orqali yaxshilikni, ezgulikni, katta bir mehrni ko‘rishni istaydi. Bu hol, ayniqsa, inson va hayvonot dunyosi, inson va o‘simliklar olami tasvirida yaqqol ko‘rinadi” [3]. Sh.Xolmirzayevning ‘Ot egasi’, ‘Podachi’ hikoyalarida insonning hayvonga muhabbati ‘Ko‘kboy’ hikoyasida hayvonning insonga sadoqatini ko‘ramiz. E'tibor qilgan o‘quvchi yozuvchining aksar hikoyalarida ayni mavzuga murojaat etilib, tabiatga aloqador gaplar katta ijtimoiy-axloqiy, ma'naviy-ma'rifiy muammolar, inson va uning taqdiri, tarbiyasi haqidagi falsafiy fikrlar bilan tutashib ketganligini ko‘radi. Inson tabiatdan tirqishsiz devor orqali ajralib turmaydi, barcha borliq, mavjudot biri ikkinchisidan oladi yoki beradi. Ushbu prinsip nafaqat inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatda amal qilinadi, balki bu tuyg‘u inson va hayvonot dunyosida, ularning o‘zaro munosabatida ham ko‘rinadi. Bunday uzviy bog‘liqlikni aks etgirgan hikoyalarda bir dunyo bilan ikkinchi dunyoni, bir olam bilan ikkinchi olamni vafo, sadoqat, mehr-muhabbat tushunchalari bog‘lab turadi. Hayvonot dunyosi haqida jahon xalqlari adabiyotida yaratilgan Redyard Kipling, Jek London, Seton-Tompson, Orosio Kiroga, Lev Brandt, Yuriy Kazakovlarning turli ma'naviy va ijtimoiy muammolarni o‘rtaga tashlagan ko‘pgina asarlari o‘quvchilarga ma'lum va manzur. Ana shunday muammo, ma'no Sh.Xolmirzayevning inson va hayvonlar munosabatiga bag‘ishlangan hikoyalarida ham o‘ziga xos tarzda yozuvchi tug‘ilib o‘sgan Boysun tabiati va kishilari xarakteridan kelib chiqib badiiy talqin qilingan. Shukur Xolmirzayevning tabiat va inson munosabatlariga bag‘ishlangan hikoyalari o‘zining rang-barang badiiy talqiniga ega ekanligini kuzatish mumkin. Bu jihat yozuvchining nafaqat hikoyalarida, balki uning qariyb barcha asarlarida - qissa, esse, romanlarida ham ko‘zga tashlanadi, ularda doim tabiatga murojaat etiladi, o‘quvchiga tabiatning yangi-yangi sir-asrorlari oshkor qilinadi. Chunki tug‘ilgan yurtidan uzoqda yashasa-da, tabiat, uning go‘zalliklari hamma-hammasi yozuvchining qon-qoniga, ongiga singib qolgap. U o‘zi tug‘ilib o‘sgan Boysundan, hatto, ruhan ham ajralib yashay olmaydi. Adabiyotshunos Y.Solijonov tabiat tasvirida yozuvchining detallarga alohida ahamiyat berishi haqida quyidagicha ifodalaydi: “Shukur Xolmirzaevning asarlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan detallar bu — tabiat unsurlari: turli daraxtlar, o‘t-o‘lanlar, gullar, qushlar, hashoratlar va hayvonlardir. Ularni inson obraziga nisbat berish bilan adib tabiat va odamning yaqinligini, biri ikkinchisisiz yashay olmasligini uqdirmoqchi bo‘ladi. Ayni chog‘da tabiat hodisalaridagi o‘zgarishlarga, ularning o‘ziga xosligi (masalan, yarmi qurigan do‘lananing hamon gullab, meva tugishi, gap tomirning chuqur ketganligi, ya'ni mohiyatda ekani)ga urg‘u berish orqali odamni o‘z hayotiga e'tiborliroq bo‘lishga undaydi. Ha, Shukurning asarlarida tabiat gapiradi, harakat qiladi, ko‘rkini namoyish etish uchun quturib gullab, bizni maftun etadi. Ruhiyatimizga osoyishtalik bag‘ishlab, umrimizni uzaytiradi” .Sh.Xolmirzayev hikoyalarida tabiat o‘quvchiga estetik zavq, lirik kayfiyat bag‘ishlovchi vosita, siqilgan yurakka taskin beruvchi maskan sifatida talqin qilinadi. Qator hikoyalaridagi Islom, Ehson, Qo‘ng‘irot domla obrazlari orqali yozuvchining o‘zi ona tabiatning maftuni, himoyachisi, kurashchisi kabi ish tutadi.
Uning asarlarida osmon baravar tog‘lar, jiyaklarida boychechaklar o‘sib yotgan so‘qmoq.lar, shishadek tiniq osmon, oppoq momiq bulutlar, shoxlari osmonga tekkudek azim daraxtlar, sokin o‘rmonlar, kakliklarning sayrashi kishining bahri-dilini ochadi; tandir og‘ziday alangalanib turgan quyosh, yam-yashil yaproqlari tagidan no‘xatdek-no‘xatdek zangor mevalari ko‘rinib turgan archa ko‘ngillarga shodlik baxsh etadi; cho‘l havosi, uning kengligi, sarg‘ish tuman ichra suzayotgan oy, bo‘g‘iq ovoz chiqarib, afsonaviy bir maxluqdek kilkillab oqayotgan daryo asabni xotirjam qiladi. Bu manzaralar qandaydir tashqi kuzatuv asosidagi tasvir emas. Bu yeru osmondagi barcha go‘zalliklar ham birdaniga, bir vaqtda yozuvchi ko‘z o‘ngida gavdalanmaydi, bu eshitish va ko‘rish orqali qabul qilinadigan tabiat manzarasi emas, balki bu murakkab va aniq qonunlarga asoslangan tabiat hayotining umumiy manzarasi. Tabiatni har tomonlama, ikirchikirlarigacha, chuqur bilimdonlik bilan tasvirlash yozuvchi ijodiy prinsipining asosiy xususiyatlaridan biridir. Sh.Xolmirzayev asarlarida tog‘, cho‘l, qishloq tabiati tasvirlari ko‘p uchrasa-da, ammo bu tasvirlar hych qachon bir-birini takrorlamaydi, manzaradagi rang-baranglik tasvirda o‘ziga xoslikni ta'minlagan.
Shukur Xolmirzaev asarlarida tasvirlangan hayot materiali o`ziga yaqin, qahramonlari o`zi tug`ilib o`sgan tog`, dasht, qishloq odamlaridir. Bu odamlar xarakteridagi o`ziga xos xususiyatlar ularning kundalik turmush tarzdagi oddiy voqealar orqali ko`rsatiladi. «Men avtorning o`zidan uzoq mavzuda yozishga qarshi emasman, -deydi yozuvchi. O`ziga yaqin narsa hamisha «yangi» bo`ladi, adabiyotni boyitishga qodir yozuvchi uchun esa, ayni muddao...».
Yozuvchi o`zining «Hikoya haqida» nomli maqolasini ijodkor o`ziga xosligining «shakllanish» davriga bag`ishlangan edi. Maqolada Shukur Xolmirzaev hikoya janrining klassiklari deb to`rtta ulug` adibni sanash bilan kifoyalanadi. Bular A.Chexov, Isen London, R.Pagor va A.Qahhor. Yozuvchi bu hikoyanavislar ijodini o`qib-o`rganish asosida quyidag xulosalarga kelgan;
«Men Chexov domlada hikoyada xarakter-fe`lu atvori tirik odam qanday aks etilishini ko`rib hayratda qoldim... Ammo Jek Londonning Chexovdan farq etib, kezi kelganda o`zi tasvirlagan, kuchli, olijanob qahramonlarni sevishini baralla aytishi, hatto uni o`ta bo`rg`tirishi ham menga ma`qul tushdi. Demak, chin... hikoyada yozuvchi, kezi kelganda, qahramonlarga munosabatini bekitmasa ham bo`laveradi... Tagorni o`qiganimdan keyin hikoyada chuqur bir ma`no bo`lishi kerak, degan xulosaga keldim...»1 Sh. Xolmirzaevning ijodida tabiat va inson munosabatlar alohida diqqatga sazovor mavzulardan biridir. Adib asarlarida tabiatga «o`lja» sifatida qarovchilar, turli hodisalar girdobida o`zlari ona tabiatning «o`lja»siga aylanadi, undan manfaat kutib, uning tabiiyligiga xiyonat qilgan qahramonlarning o`zlari ham mana shu xiyonatning qurboni bo`ladilar. Sh. Xolmirzaev ijodida tabiat o`z holiga bir dunyo, unga inson aralashuvi bilan dunyo boyishi va aksincha ayrim jihatlari emirilishi mumkin. Insonning insonligi ham tabiatni bir butun hamda saqlay olishda ko`rinadi. («Jarga uchragan odam», «Podachi», «Omon ovchining o`limi»).
Inson va tabiat Sh. Xolmirzaev hikoyalarining mehvari mana shu ikki cheksiz dunyo uyg`unligiga tayanadi. Buni «Hayot adabiy» to`plamidagi tabiatga yozuvlarga munosabatda bo`layotgan g`addor kimsa qiyofasini aks ettirilgan «jarga uchragan odam», ne-ne azob uqubatlarga qolib, eshakda qorlarga botib, tog`dagi och kakliklarga don olib boruvchi fidoyi maktab o`qituvchisi Ehson bilan uning butkul teskarisi, mehmonlarga damlanajak oshga, ana shu kakliklar go`shtidan bosish payida yurgan sovxoz direktori- Eshquvatovning basharasi ochib tashlangan. «Kulgan bilan kuldirgan»; Tabiatdan bebahra yashash, uni his etmaslik, unga hamnafas bo`lmaslik insonning tuyg`ularini o`tmaslashtiribgina qolmay, ayirib qo`yishi mumkinligi falsafasi ifodalagan «Oy yorug`ida» kabi hikoyalarida ko`rishimiz mumkin.
XULOSA О’zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri yozuvchi Shukur Xolmirzayev asosan hikoyanavis sifatida mashhur bо’ldi. Jahon adabiyotidagi nazariy qarashlarni chuqur о’zlashtirgan adib boshqalardan о’rganganlarini о’zining ijodida mahorat bilan qо’llay bildi. Yozuvchi asarlarida uslubiy yangiliklarga intilishni ham, shaklan betakrorlikka qiziqishni ham uchratamiz. Adib oramizdagi oddiy kishilar tasvirini yaratsada, bundan muhim umumlashmalar, chin hayotiy xulosalar chiqaradi. Shu bois Shukur Xolmirzayev asarlaridagi qahramonlarning jonli, ishonarli tasviri kitobxonni о’ziga rom etadi. Yozuvchi о’zining bir suhbatida: ‘...о’tmishu ho’zirgi zamon adabiyoti – yo’zish usullarini bir qadar о’rganib, о’z yо’limni topish ustida kо’p о’yladim. Sizga ochiq aytaman, asarlarim ba‘zilarga manzur bо’lmagan esada, umrimning kо’pi ana shu asarlarni qanday yo’zish kerakligi ustida kechdi. Men bundan sira о’kinmayman. Zeroki, ho’zir ham о’zimni izlanishda deb bilaman. Kunora uslubimga qо’shish imkoni bor bо’lgan bitta-yarimta yangilik topaman. Bu izlanish hatto nuqta, vergulni qayerga qо’yish borasida ham bо’ladi’, – degan edi.
Darhaqiqat, umri davomida izlanishda bо’lgan Shukur Xolmirzayevning millatsuyarligi, vatanparvarligi, Sо’zga, Adabiyotga bо’lgan sadoqati har bir asarida namoyon bо’ladi. Millat degan tushunchani g’oyat qadrlagan yozuvchi u bilan bog’liq masalalarning katta-kichigi, muhim-nomuhimi bо’lmasligini ta’kidlab, о’z asarlarida milliy ruhiyatni chuqur, ishonarli ifodalay bildi. Adibning insonni tasvirlashdagi mahorati, uning kechinmalari, dardu qayg’usi, shodligu zavqini kо’rsatib bera olish iqtidori adib ijodiga hayotiylik bag’ishlagan va pirovardida bu xususiyat Shukur Xolmirzayev asarlari yashovchanligining asosiy sabablaridan biriga aylangan. Yozuvchikishilar hayotidagi zohiran kо’rinmas, ammo botinan katta ta’sir kuchiga ega bо’lgan milliy va mahalliy qadriyatlar, an’analarni ham о’z asarlarida kо’rsatib beradi. Xolis tasvirlash – qahramonning xatti-harakatlarini uning ichki dunyosi – fikrlashi, e’tiqodi, urf-odatlarga munosabatidan kelib chiqib ifodalash – Shukur Xolmirzayev ijodining muhim jihatlaridan biridir. Adib qahramonlari tasvirida hayot haqiqatiga zid о’rinlarga yо’l qо’ymaydi, har bir personajni ‘о’ziga о’zi javobgar’ tarzida kо’rsatadi. Umuman, о’zbek adabiyotining yetuk namoyondasi Shukur Xolmirzayevning istiqlol davrida yaratgan hikoyalarida milliy ruhiyatning aks etishi yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik: – Shukur Xolmirzayevning istiqlol mavzuidagi asarlarida muallifning Insonga yondashuvidagi о’ziga xoslik: obyektivlik, Insonni tushunishga harakat qilish, xolislikdan chekinmaslik kabi jihatlar yanada ochiqroq namoyon bо’lishligiga amin bо’ldik; – adib qahramonlarining ruhiyatini tasvirlar ekan, milliy dunyoqarashga mos kelmaydigan о’rinlarga yо’l qо’ymaydi, natijada yozuvchining asarlarida milliy ruhiyat ifodasi qahramonlarning ishonarli, jonli chiqishi uchun asosiy omil vazifasini о’taganligini kuzatdik; – asar qahramonlarining xatti-harakatlari, gap-sо’zlari va fe’l-atvorini uyg’unlashtirishni talab etuvchi psixologik asoslash ayni paytda ijodkorning mahoratini ham kо’rsatadi.
Sо’zga, adabiyotga, haqiqatga nisbatan qat’iy turumiga qarshi bormagan yozuvchi Shukur Xolmirzayev о’z qahramonlarining ishonarli, rost chiqishini ta’minlash uchun ularning harakatlarini har jihatdan asoslaganligin о’rgandik. – yozuvchi istiqlol arafasida va mustaqillik yillarida yozgan asarlarida adabiy qahramon konsepsiyasiga munosabatini yanada qat’iylashtirgani seziladi. Chunonchi, adibning shо’rolar zamonida ‘bosmachilik harakati’ deya qoralangan, mustaqillik davrida ‘milliy istiqlolchilik kurashi’ deb nom olgan 20-asrning ilk choragida yurtimizda kechgan dolg’ali voqealar tо’g’risidagi «Tabassum», «Qora kamar», ‘Qilkо’prik’ kabi asarlarida Insonga xolis baho berish tamoyili kо’zga tashlanadi. Yozuvchi qahramonlarni atay kо’kka kо’tarib maqtamaydi, shu bilan birga ularning nuqsonlaridan ham kо’z yummasligiga amin bо’ldik – milliylik qahramonning, avvalo, ruhiyati – о’ylash, fikrlash, munosabat bildirish tarzida va shunga muvofiq gap-sо’zi, xattiharakatlarida namoyon bо’ladi. Shukur Xolmirzayevning «О’zbek xarakteri», “Navrо’z, Navrо’z” singari asarlari qahramonlarining ichki olami ham, tashqi shamoyillari ham о’zbekonadir. Muhimi shundaki, millatning qadriyat sifatida barqarorlashgan ma’naviy tayanchlarini sun’iy yо’l bilan yiqitish mushkuldir, zotan, ayni ma’naviy ustunlargina millatning millatligini ta’minlaydi.