51
matematika fanini rivojlantirdi hamda amalda qo‘llash usullarini bayon
etdi. “Al-jabr” keyinchalik matematikaning alohida bo‘limiga aylandi
va “Algebra” deb ataladigan bo‘ldi.
Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi “Hind arifmetikasi
haqida kitob” bo‘lib, ular o‘nlik sistemasi raqamlariga bag‘ishlangan.
Xorazmiy hindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, “Xorazmiy
ziji” nomi bilan mashhur astronomik jadvallar tuzdi. Shuningdek olim
“Er sathini o‘lchash”, “Quyosh soati to‘g‘risida”, “Yaxudiylar tarixi va
ularning bayramlarini belgilash” kabi asarlari bilan fan sohasiga juda
katta hissa qo‘shdi.
Bular ma’rifiy-tarbiyashunoslik jihatidan ham hozirgi kunda
ahamiyatga molikdir.
Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo‘shdi. U birin-
chilardan bo‘lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi. U bi-
rinchi marta insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda
ifodaladi.
Xulosa qilib aytganda, al-Xorazmiy evropa va sharqda falaqiyot va
matematika sohasida yangi davr ochdi. Hindlarning o‘nlik raqamlari
Xorazmiy tufayli “Arab raqamlari” nomi bilan butun dunyoga yoyildi.
Xorazmiyning falakiyot va geodeziyaga oid kuzatishlari, geografiyaga
oid asarlari, u chizgan er xaritasi ham sharq va g‘arb olimlari uchun
tekshirish, kuzatish ishlarini olib borishda muhim qo‘llanma bo‘lib
xizmat qildi.
Xullas, al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta’lim metodlari, ilm-fanga
ko‘shgan hissasi bilan insonni aqliy kamolga etkazishda, ta’lim-tar-
biyada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan buyuk allomadir.
Dostları ilə paylaş: