SO‘Z BOSHI
Jahonda rivojlangan mamlakatlar globallashuv sharoit-larida ma-
daniy-ma’naviy taraqqiyot yo‘lida madaniy-badiiy meros, madaniy-
axloqiy, ma’naviy-estetik qadriyatlarini saqlab qolishga alohida e’tibor
berib kelmoqda. Ta’lim sohasini modernizatsiya qilish, o‘qitishning
metodik ta’minotini zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga muvofiq tako-
millash-tirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv
va pedagogik texnologiyalarni faol tatbiq etishga muhim omil sifatida
qaralmoqda. YUNESKOning Bosh Assambleyasida
1
O‘rta asrlar Sharq
mutafakkirlarining dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, ularning
boy ilmiy-ma’rifiy merosi, erishilgan natijalarini muntazam o‘rganish
orqali fan va ta’lim tizimini rivojlantirishga doir tadqiqot ishlari amalga
oshirilmoqda. Jahon fan va madaniyatini o‘rganish jarayonida talabalarning
badiiy-estetik qadriyatlarning mazmun-mohiyatini anglay olishiga erishish,
badiiy-madaniy merosga internal (o‘zi) va eksternal (o‘zga) motivatsiyasini
shakllantirish, pedagogik idrok qilish vositasida talabalarning ko‘nikma va
malakalarini rivojlan-tirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Dunyoda ta’limni mehnat bozori talablari asosida diversifikatsiyalash,
o‘qitishni yangi strategiyalarga moslash-tirish, ta’limning axborot
bazasini kasbiy pedagogik faoliyatga aloqador parametrlar doirasida
rivojlantirishning ilmiy-amaliy negizlari bo‘yicha, jumladan, Angliya-
ning (Cambridge University), Germaniyaning (Technische Universitat),
Rossiyaning (Moskva davlat universiteti, Sank-Peterburg davlat
universiteti), Chexiyaning (University of Ostrava) kabi Yevropaning
rivojlangan mamlakatlarining etakchi universitetlarida tadqiqot ishlari
olib borilmoqda. Mazkur tadqiqot natijalari ta’lim va tarbiya sifatini
baholashning xalqaro normalarini joriy qilish, shuningdek, oliy ta’lim
muassasalarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda bo‘lajak o‘qituv-
chilarda qadriyatli munosabatlarning qaror topganlik darajasini belgilash
imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Respublikamizda oliy ta’limni rivojlantirish mazmuni va o‘qitish
texnologiyalari, uning sifat va samaradorligini oshi rish borasida olib
borilayotgan islohotlar ta’lim tizimini insonpar varlashtirish, demok-
1
YUNESKO
Bosh Аssambleyasining O‘rta asrlar Sharq allomalarining dunyo
tamaddumida tutgan o‘rni// Xalqaro konferentsiya, 1998-y. Parij sh.
4
ratlashtirish, bo‘lajak o‘qituvchilar-ni o‘zbek xalqining badiiy merosi
yuksak estetik qadriyatlari negizida ma’naviy-estetik tarbiyalash orqali
kasbiy kompetentligini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan pedagogik
yondashuvlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirilgan. O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
“Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim
xizmatlari imko niyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy
ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini
davom ettirishi”
1
ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Pedagogik fanlarni
o‘rganish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqi badiiy
merosining yuksak qadriyatlari negizida ma’naviy-estetik tarbiyalash,
ularning kasbiy pedagogik kompetensiyasini rivojlantirishning
pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish hamda innovatsion
faoliyatning reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchi va kreativ
darajalarini puxta egallashlari uchun pedagogik shart-sharoitlar va
didaktik imkoniyatlarni ta’minlash dolzarblik kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi
PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2018-yil 25 yanvardagi
PF-5313-son “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmonlari, 2018-yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2017-yil 20
apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, 2020-yil 24 yanvardagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi
hamda mazkur faoliyatga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan
darajada xizmat qiladi.
Estetik tarbiya, ma’naviyat, shaxsning ma’naviy va axloqiy
fazilatlarini shakllantirish muammosi ham chet ellarda, ham mahalliy
pedagogikada, shu jumladan milliy-umumestetik qadriyatlar darajasida
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni // O‘zbekiston
Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. –Toshkent, 2017. –39 b.
5
hal qilinmoqda.
Mamlakatimiz pedagogikasida estetik, ma’naviy (asosan axloqiy)
tarbiya muammosi: falsafiy va estetik jihatdan - S.Sh. Shermuxamedov,
T.Mahmudov [99; 175] lar tomonidan; umumiy uslubiy va naza riy
jihatdan – A.Abdunabiyev, Sh.Quronboyev, Sh.Kurbonov, T.Mura-
dimova, S.Ochilov, [29; 90; 89; 102; 114]lar tomonidan tahlil qilingan.
Ma’naviyat, shu jumladan milliy qadriyatlar muammosi A.Azizxonov
tomonidan [35; 36]; yosh avlodning milliy an’analar asosida ma’rifiy,
ma’naviy fazilatlarini shakllantirish – N.Azizxodjayeva, M.Inomova,
Sh.Mardonov, O.Musurmanova, S.Nishonova, K.Xashimov [37; 73;
98; 103; 111; 169; 170] lar tomonidan o‘rganilgan.
O‘quv-tarbiyaiy jarayonida milliy ma’naviyatni tiklash, yoshlarni
estetik (badiiy) tarbiyalashda milliy merosning o‘rni va roli S.K.
Annamuratova, D.A. Djamolova, S.X. Fayzullina, R.X. Xasanovlarning
asarlarida o‘z aksini topgan [40; 62; 162; 168].
Talabalarning estetik tarbiyasi, bu jarayonda shaxsni shakllantirish,
jumladan san’at asarlarini o‘rganish jarayonida shaxsning ma’naviy-
estetik fazilatlari bilan bog‘liq ba’zi jihatlar Rossiyalik olimlar
E.V.Kvyatkovskiy, B.T.Lixachev, P.M. Yakobson, O.Suxodolskaya-
Kuleshova [80; 95; 180; 152]lar tomonidan o‘rganilgan.
O‘quv qo‘llanmasida, shuningdek bo‘lajak o‘qituvchilarda qadriyatlar
tizimi haqidagi bilimlarni aniqlashtirishga doir o‘quv-uslubiy tavsiyalar
ishlab chiqildi; talabalarda badiiy qadriyatlar tizimini rivojlantirishning
samarali didaktik ta’minoti ishlab chiqildi, tadqiqot natijalarining bo‘lajak
o‘qituvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish hamda pedagog
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini
takomillashtirishga doir samarali yondashuvlar ishlab chi qildi.
Qo‘llanmada respublikamizda ushbu muammo bilan shug‘ullanib
kelayotgan olimlar izlanishlarining umumlashtiri-lishi asos vazifasini
o‘taydi.
Kitob qo‘lyozmasini o‘qib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan ushbu
sohaning etuk olimlari pedagogika fanlari doktorlari, professorlar
Sh.S.Sharipov, U.I.Mahkamov, A.T.Nurmanovlarga o‘z minnadorchi-
ligimizni bildiramiz.
Qo‘llanma haqidagi xolisona fikrlarni mamnuniyat bilan qabul
qilamiz (Jizzax davlat pedagogika instituti, Sharof Rashidov shox
ko‘chasi, 4-uy).
|