Shukurullo mardonov umida zokirova


 O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A. Karimov tarixiy



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

1.2. O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A. Karimov tarixiy 
merosdan foydalanish haqida
O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, 
“Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining 
holis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, tadbir joiz 
bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin 
tutadi”. Darxaqiqat, birinchi Prezidentimiz o‘z nutqlarida tariximizning 
beqiyos o‘rnini alohida iftixor bilan tilga oladi. Jumladan, 1998-yil, 26 
iyunda Islom Karimov bir guruh taniqli tarixchi olimlar, jurnalistlar va 
ommaviy axborot vositasi vakillari bilan uchrashib, tarix fani sohasiga 
tegishli bo‘lgan hamda hal ztilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolarni 
o‘rtaga tashladi. Ushbu uchrashuv natijasida tarix fanining kelajakdagi 
taraqqiyoti istiqbollarini o‘zida mujassam etgan “Tarixiy xotirasiz 


11
kelajak yo‘q”
 
asari dunyoga keldi. 1998-yil 27 iyulda «O‘zbekiston 
Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomil-
lashtirish to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasi qarorining qabul qilinishi 
tarix fanini rivojlantirishni davlat ahamiyatidagi ustuvor vazifalardan 
biriga aylanganligidan dalolat beradi.
I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asari yoshlarni 
ma’naviy-axloqiy ruxda tarbiyalashdagi ahamiyati beqiyos. Ushbu 
asarda tarix fanining o‘zlikni anglashdagi roli keng tahlil etib berilgan. 
Shuningdek, o‘zbek davlatchiligi, uning etnik tarixi, tarix fanining komil 
insonni tarbiyalashdagi o‘rni va shu kabi masalalar ham o‘z ifodasini 
topgan. Istiqlol davrida tarix ilmi taraqqiyoti ham, uning istiqbollari 
keng qamrovli tarzda bayon etilgan.
O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Tarix millatni, xalqni 
porloq kelajak sari birlashtiradi. Uning kuch-qudrati ham shundadir. 
Tarixning tasirchanligi shundaki, u millatning o‘zligini anglashga 
yordam beradi. Millat tarixi - muayyan millatning o‘tmishini, uning 
asrlar davomidagi istaklari va orzu-umidlarini namoyon etadi. Shu 
millatning kelajak taraqqiyot yo‘lini belgilab beradi. Tarixdan ma’lumki, 
o‘zbek xalqining asriy orzusi - ozodlik, erkinlik va hurlikka intilish 
bo‘lgan. Istiqlol sharofati orqali bu tarixiy ezgu maqsadlar ro‘yobga 
chiqdi. Vatan tarixida millatimizning o‘tmishigina emas, balki uning 
zarhal varaqlarida xalq xotirasi, ajdodlar tafakkuri va dunyoqarashi, 
buyuk tarixiy-ma’naviy meros mujassam. Bu millatimiz borlig‘i, 
o‘zligi va tirikligidir. Shuning uchun har qaysi xalq va millat borki, 
u o‘z tarixini tiklashga, ko‘z qorachig‘idek asrashga, uni bekamuko‘st 
kelajak avlodga etkazishga alohida e’tibor bilan qaraydi. Yurtboshimiz 
doimo tarixning kuch-qudratini his etib, bizga ajdodlarimiz boy tarixiy 
meros qoldirganligini, biz ham kelajak avlodga ana shunday ibratli tarix 
qoldirishimiz kerakligini uqtiradi. I.A.Karimov “Millatni asrash kerak, 
millatni asrash uchun esa uning haqiqiy tarixini o‘rganish, avaylab 
himoyalash kerak”ligini ta’kidlaydi (“Turkiston” gazetasi. 1999-yil, 2 
fevral). Chunki millat o‘zligini va borlig‘ini o‘z tarixi bilan namoyon 
etadi). Haqiqiy tarix o‘rganilsagina va yaratilsagina millatning ma’naviy 
dunyosi yanada boyib boradi. Millat jipslashadi, u o‘zi tanlagan yo‘ldan 
dadil boradi. Tanlagan yo‘lidan og‘ishmaydi. Respublikamiz birinchi 
prezidenti Islom Karimov tarixning shu ahamiyatini teran his etadi, 
tarixni o‘rganish va bilish millat uchun suv va havodek zarur ekanligini 


12
mantiqan e’tirof etadi. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarini varaqlar 
ekanmiz “o‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab 
bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur” 
degan satrlari diqqatimizni tortadi. “O‘zlikni anglash” va “tarixni 
bilish” bu ikkala tushuncha bir-birini to‘ldiradi va ajralmasdir. Bu 
tushunchalar agar ilmiy tahlil etilsa, ularning zamiridagi ma’no yuzaga 
chiqadi. Ya’ni o‘zligini anglagan millat olamni taniydi, dunyoni taniydi 
va jahon taraqqiyotidagi o‘rniga ega bo‘ladi. Bunga tarixni bilish orqali 
erishiladi. Tarix shu yo‘sinda millatni o‘zligini anglatadi. Kelajakka 
ishonch uyg‘otadi. Asarda tarixni o‘rganish davlat siyosati darajasiga 
ko‘tarilishi zarurligi ta’kidlanishi nima uchunligini anglab etmog‘imiz 
kerak. Masalaning bunday qo‘yilishining sababi bor, albatta. Boy ko‘xna 
tariximiz turli davrlarda mustabid hukmron mafkura tazyiqiga uchradi. 
Tariximizni o‘zgalar o‘z nuqtai nazaridan yozgan paytlar bo‘ldi. Shu 
tarzda haqiqiy tariximiz sohtalashtirildi. O‘tmishdan darak beruvchi 
nodir qo‘lyozmalar, ta’lim-tarbiya, maktab-maorif masalalariga oid 
asarlar o‘rganilmadi. Ularning ko‘pchiligi mustabid tuzum siyosatining 
qurboni bo‘ldi va talon-taroj etildi. Millatimiz o‘zining tarixidan xolis 
ma’lumot beruvchi mahalliy tarixiy manbalardan foydalana olmadi. 
Shafqatsiz siyosatning ma’naviyatga va tarixga bunday yondashuvi 
mohiyatini I.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida 
quyidagicha izohlab beradi. U shunday deydi: “Sho‘rolar zamonida 
tarixiy haqiqatni bilishga intilish, rag‘batlantirishga xizmat qilmaydigan 
manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanardi (4-bet)”. Bundan 
ayon bo‘ladiki Sho‘rolar davrida tarix faniga kommunistik mafkurani 
kishilar ongiga singdirish quroli sifatida qaralgan. Tarix fanining 
siyosatga mute bo‘lishi uning cheklanishiga va voqealarning sun’iy 
tarzda bayon etilishiga olib kelgan. Shu bois o‘zbek xalqi o‘zining 
tarixidan bahramand bo‘la olmadi. Chunki Sho‘roning ma’naviy 
sohadagi siyosati bevosita xalqimizni o‘z tarixini bilmaslik girdobiga 
tortish, uni o‘rganishdan bebahra etish orqali millat sifatidagi tarixiy 
dunyoqarashini falajlash, mutelik va qaramlik his-tuyg‘usini yanada 
mustahkamlashga qaratilgan edi. Chunki bunday yo‘l milliy tarixiy 
dunyoqarashning o‘sishiga va boyib borishiga to‘sqinlik qiladi. 
Dunyoqarashni millat manfaatiga zid tarzda susaytiradi hamda milliy 
his-tuyg‘uni so‘ndirib boradi. Bunday ayanchli tarzda tarix ilmidan 
millatni har tomonlama o‘zligini anglatmaslik yo‘lida foydalanish 


13
g‘oyasi asosida o‘quv muassasalarida o‘qitishni tashkil etish Sho‘ro 
davri siyosatining asl maqsadlarini yanada oydinlashtiradi.
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, ajdodlarimizning ilmiy salohiyatiga, 
ular qoldirgan boy tarix, ma’naviy-madaniy merosga havas bilangina 
emas, balki hayrat bilan qaraymiz. Ajdodlarimiz bosib o‘tgan shonli tarix 
biz uchun ibrat va tarbiya manbaidir. Tariximizda ibrat oladigan jihatlar 
ko‘p. Vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va 
shu kabi xalqimizga xos fazilatlar bizga ajdodlarimizdan meros qolgan. 
Ular ma’rifatli jamiyat bino etish g‘oyalarini ilgari suribgina qolmay, 
uning amaliy ifodasi uchun ham fidoyi bo‘lganlar. Ma’rifatning qadr-
qimmatini anglab etganlar. Marifatni jamiyat taraqqiyotining garovi 
sifatida talqin etganlar. Bu g‘oya bebahodir. Ijobat topmagan va 
orzuligicha qolib ketgan bu g‘oyalar mustaqillik ila ibrat tarzida yana 
jaranglay boshladi. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida “jamiyat 
taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan 
yagona kuch – marifatdir” deb urg‘u berilishi jadidchilik g‘oyalarining 
hayotbaxsh ekanligini ifoda etadi.
Ajdodlarimiz ma’naviyatining durdonalaridan biri bo‘lgan “Avesto” 
da tarbiya masalalariga keng o‘rin berilgan. Bu kitob Vatanimiz 
xududida yashab kelayotgan xalqlar dunyoning eng qadimiy madaniyat 
va ma’naviyatga ega xalqlar ekanligini isbotlaydi. “Avesto”da shaxsning 
axlokiy xislatlari, haqgo‘ylik va adolatlilikni ulug‘lanadi. “Avesto”da 
zardushtiylik uchta tayanchga asoslanadi: fikrlar sofligi, so‘zning 
sobitligi, amallarning insoniyligidir. Bu g‘oyalar insonning ma’naviyati 
yuksakligi va tarbiyalaganligini o‘zida ifoda etadi. Bu g‘oyalar o‘zining 
ahamiyatini yo‘qotgan emas. Demak, “Avesto” amalda bo‘lgan tarixiy 
davrlarda bolalarga diniy va ahloqiy tarbiya berilgan, shu tarzda 
ma’naviyat masalasi ustuvor mavqega va maqomga ega bo‘lgan.
Tarixning ibrat va tarbiya manbai ekanligini quyidagicha tarzda 
tavsiflash mumkin. Tarix milliy o‘zlikni anglashda, milliy birlikni 
shakllantirishda, shajaramiz ulug‘ligi va pokligini bilishda, xalqimizning 
oliyjanob, hurriyatparvar va erkparvar an’analarini izchil o‘rganish 
hamda barkamol haqiqiy insonni tarbiyalashda Vatan tarixining o‘rni 
beqiyosdir. Shuning uchun “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida “o‘z 
tarixini bilgan, undan ruxiy quvvat oladigan xalqni engib bo‘lmas ekan, 
biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu 
tarix bilan qurollantirishimiz zarur” (24-25-bet) ligi ta’kidlanadi. 


14
Chunki tarix - mustaqil davlatimiz hayotida faol qatnasha oladigan, 
idrokli va qobiliyatli, o‘zining tarixiy ildizlarini anglashga qodir, Ona-
Vataniga va xalqiga cheksiz muhabbat tuyg‘ulari bilan to‘lib-toshgan 
avlodni kamol toptirish, ularning ongida milliy istiqlol tafakkuri va 
xarbiy vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirish quroli, ibratli hayot 
maktabi va tarbiya manbaidir. Tarix Vatanga muhabbat uyg‘otadi. 
Vatanni sevgan, uning dardi bilan yashagan insongina o‘z millatini 
sevadi va uning uchun kuyinadi. Ana shunday fazilatlarni yoshlarda 
kamol toptirishning tarbiyaviy manbai - bu ajdodlar koldirgan buyuk 
tarixdir. Bu tarix bilan xalqimizni va millatimizni qurollantirish 
zarurligining I.Karimov tomonidan qayta- qayta takrorlanishining boisi 
ham ana shundadir. “...Ota-bobolarimiz shuhratining soyasiga mahliyo 
bo‘lib yuradigan davrlar endi o‘tdi. Bugun jahon bizdan o‘z so‘zimizni 
aytishimizni, o‘z tafakkurimizni namoyon etishimiznn talab qilmoqda. 
Boshqa xalqlar, boshqa millatlar bizga yotsirab-bepisand qaramasligi, 
balki bizni e’tirof etishi, bizni ehtirom etishi kerak. Biz ana shu 
yuksak munosabat va hurmatga loyiq bo‘lishimiz darkor. To‘kkizinchi 
- o‘n beshinchi asrlarda ma’rifatli dunyo buxoriylar, farg‘oniylar, 
xorazmiylar, beruniylar, ibn sinolar, ulug‘beklarni qanchalik izzat-
ikrom qilgan bo‘lsa, yigirma birinchi asrda biz xalqimiz, millatimizga 
nisbatan ana shunday extiromni qaytadan qo‘lga kiritishimiz kerak. 
O‘sha davrda ulug‘ ajdodlarimiz asos solgan va olamga dong taratgan 
ilmiy maktablarni zamonaviy shaklda qaytadan tiklashimiz lozim”.
Mustaqil davlatda, tinchlik va osoyishtalikda, g‘oyaviy chalkashliklar 
va “temir parda” dan halos bo‘lib, biz umumbashariy qadriyatlarning 
eng birinchi asosi bo‘lgan xalq insonparvarligi chashmalaridan qadam-
baqadam bahramand bo‘lmoqdamiz. Ayni shu hol taraqqiyot yo‘lidan 
dadil borishimiz va butun Insoniyat bilan birligimizning eng mustahkam 
kafolatidir.
Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish - O‘zbe-
kistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma’naviyat 
shun day qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz 
qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o‘z mustaqilligini tushunib 
etish va ozodlikni sevish tuyg‘usi bilan birgalikda etilgan. Ma’naviyat 
insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi. 
Ona tilining buyuk ahmiyati shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida 
kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi. Tabiatga yaqinlik, jonajon o‘lkaning 


15
benihyat go‘zalligidan bahramand bo‘lish ma’naviyatga oziq beradi, 
kuchaytiradi. Ma’naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati 
va vazifalarini chuqur bilish va tushunib etishga suyangandagina 
qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq 
xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi 
bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi.
Ma’naviyat turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-qarindosh 
qiladi. Ularning taqdirini o‘zaro xurmat asosida yaqinlashtiradi. Bizning 
ma’naviyatimiz asrlar davomida million-million kishilar taqdiri bilan 
shakllangan. Uni o‘lchab ham, poyoniga etib ham bo‘lmaydi. U - 
inson uchun butun bir olam. Ma’naviyat insonga havodek, suvdek 
zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog‘ini bosadi. Huddi 
shuningdek, inson ham necha-necha azoblar va qiyinchiliklar bilan 
ma’naviyat chashmasini izlaydi. Er, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-
urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, 
insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik - ma’naviyatning 
ma’nosi ana shunday juda keng. Inson uni Inson darajasiga ko‘taradigan 
asoslarning asosini o‘z aqli bilan tom ma’noda qamray olmaydi. Inson 
o‘zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o‘ylab, mehnat 
qilib yashagandagina, ma’naviyat bilan tutashadi. Bizning odamlarimiz 
Vatandan uzoqlashganda juda iztirob chekadilar, chunki ularning 
ma’naviyat chashmasi go‘yo uzoqlashib ketgandek bo‘ladi. Shuning 
uchun ham xalq Vatandan yiroqlikni og‘ir qabul qiladi, chunki unda xar 
bir qadrdon kishi uchun qayg‘uradigan umumiy qalb bor. Ma’naviyat 
-taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi 
uchun u qalban va vijdonan, aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak. 
Bu hazina insonga hayotda barqarorlik bag‘ishlaydi, uning qarashlari 
shunchaki boylik orttirish yo‘lida kun ko‘rishga yo‘l qo‘ymaydi, 
fojialar vaqtida omon saqlab qoladi va moddiy qiyinchilik kunlarida 
irodani mustahkamlaydi.
Xalqimizning xotirasi ajoyib nomlarga boy. Butun jahonga mashhur 
bo‘lgan Abu Rayhon Beruniy, al-Xorazmiy, ibn Sino, imom Buxoriy, 
at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Ulug‘bek, Mir Alisher Navoiy va boshqa 
ko‘pgina allomalar ma’naviyati keng va ayni vaqtda qismati og‘ir 
bo‘lgan siymolardir. Ular o‘zlarini haqiqatga tashna va o‘zi haqiqat 
bo‘lgan xalqqa bag‘ishladilar. Buyuk ajdodlarimizning ulug‘ nomlari, 
xalq xotirasi va uning taqdirida munosib davom etishga loyiqdir. Oldin 


16
odamlarga moddiy boylik berish, so‘ngra ma’naviyat to‘g‘risida o‘ylash 
kerak, deydiganlar xaq bo‘lmasalar kerak. Ma’naviyat - insonning
xalqning, jamiyatning, davlatning kuch -qudratidir. U yo‘q joyda hech 
qachon baxt-saodat bo‘lmaydi. Nafaqat ko‘xna tarix, balki yangi tarix 
ham buning ko‘plab misollarini beradi. Ma’naviyatni mustahkamlash 
uchun mehnat va mablag‘ni ayash o‘z kelajagiga bolta urish demakdir. 
Vatan va jahon madaniyatining, adabiyot va san’atning yutuqlari har 
bir oilaga etib borishi uchun oilaning moddiy ta’minlanganligidan qat’i 
nazar qulay sharoitlar yaratish talab etiladi. Ijodiy xodimlarning manaviy 
kuchiga erkinlik berish, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatish ham 
katta ahamiyatga egadir.
Milliy madaniyatning o‘ziga xosligini tiklashga alohida e’tibor 
berilishi kerak. Shu bilan birga milliy o‘zini o‘zi anglashning tiklanishi 
jahon insonparvarlik madaniyati va umumbashariy qadriyatlari 
ideallaridan, bizning ko‘p millatli jamiyatimiz an’analaridan ajralib 
qolishi mumkin emas. Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga 
yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha 
eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati 
uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi 
va yosh avlodga o‘tadi. Yoshlar, ularning iqtidorliligi va bilim olishga 
chanqoqligidan ta’lim va ma’naviyatni tushunib etish boshlanadi.
Bizning davlatimiz mutahassislar tayyorlashning ilg‘or jahon 
tajribasini keng jalb etadi. Va eng avvalo, bevosita O‘zbekistonning 
o‘zida yuqori sifatli ta’lim uchun sharoitlar yaratadi. X-XII va XIV-
XVI asrlarda Movarounnahr madaniyati gullab-yashnagan davrda bu 
erdagi ko‘plab shaharlarda oliy o‘quv yurtlari bo‘lib, ilmiy markazlar 
hisoblanar edi. Hozirgi vaqtda bu qutlug‘ an’ana tiklanmokda. Bizning 
xalqimizning doimiy fazilati bo‘lgan haqiqatni bilish yo‘lidagi sabotni 
fan, texnika, texnologiya, boshqaruv va informatikada erishilgan 
jahon yutuqlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirish kerak bo‘ladi. Faqat ana 
o‘shandagina, O‘zbekiston o‘zining barcha boyliklarining chinakam 
egasi va haqiqiy madaniy davlat bo‘ladi.
Insonning o‘zi va o‘z oilasining baxt-saodati yo‘lida mehnat 
qilishga shaxsan tayyor ekanligi, uning ichki imkoniyatlarini tashkil 
etadi. Bizning ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy niyatlarimiz xalqimizning 
mehnatsevar-ligidan kelib chiqadi. Har bir fukaroning mustaqil davlat 
bilan mag‘rurlanishi uning o‘z davlatining mustahkamlanishi va gullab-


17
yashnashi uchun shaxsiy hissa qo‘shishga tayyorligidandir. Faqat mana 
shundagina fuqaro davlatning ishonchli tayanchiga aylanadi. Shaxs 
imkoniyatlari bizda juda chuqur irsiy asoslarga egadir. Respublikamizda 
jahon fani va texnikasi, falsafa va huquq yutuqlarini egallab olgan 
va shu bilan birga o‘z xalqiga yaqinlikni saqlab qolgan kishilar juda 
ko‘pdir. Bunday kishilar O‘zbekistonning XXI asr sari tashlagan 
qadamida bizlarning kashshoflarimizdir. Aynan o‘shalar jamiyatning 
eng tashabbuskor negizini tashkil etadi, butun xalqqa ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi, uning o‘z kuchiga ishonch baxsh etadi.
Ma’rifatga doir g‘oyalarini va ularning rivojlanish jarayonini mu-
kam mal o‘rganadi. Pedagogika nazariyasi va tarixini o‘rganish o‘qi-
tuvchilarning faqat pedagogik madaniyatini oshiribgina qolmay, 
balki shu bilan birga, ularga pedagogik mahoratni egallashga yordam 
beradi. Shuningdek, o‘tmishning ta’lim-tarbiya sohasidagi eng yangi 
tajribalarini o‘rganadi, bu esa uning kundalik pedagogik faoliyatida 
yordam beradi, uni bevosita amaliy faoliyatga tayyorlaydi.
Pedagogika nazariyasi va tarixi fani umumjahon, shu jumladan 
Markaziy Osiyo xalqlari tarixidagi ma’naviyat va talim-tarbiya faniga 
oid fikrlarni o‘zlashtirish uchun xizmat qilar ekan, bu fan o‘tgan 
avlodlarimiz qoldirgan boy pedagogik manbalarni va ularning milliy 
asoslarini o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib, “Pedagogika nazariyasi va 
tarixi” bo‘lajak o‘qituvchilarga bilim beribgina qolmay, ularda milliy 
iftihor va g‘urur hissini ham tarbiyalaydi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin