Shukurullo mardonov umida zokirova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

grammatist, 
polestra, gimnasiy, efeb, demos
kabi maktab turlari mavjud edi.
Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanganlar. 7 yoshdan o‘g‘il bo-
lalar maktabga borishgan. Qizlar esa oilada ona ko‘magida uy-ro‘zg‘or 
ishlariga o‘rgatilgan. Xotin-qizlar faqat uyda bo‘lishgan. Afinada 
bolalar dastlab 7 yoshdan 13-14 yoshgacha “grammatist”, (savod 
o‘qitish ma’nosida), “kifarist” (grekcha musiqa o‘qituvchisi ma’nosida) 
maktablarda tahsil olganlar. Bu maktablar xususiy bo‘lib, haq to‘lanar 
edi. Shuning uchun fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim 
ololmas edilar.
Bu maktablarda “ditaskol” deb atalgan o‘qituvchilar mashg‘ulot 
olib borar edilar (Men o‘qitaman degan ma’nodagi “didasko” so‘zidan, 


217
keyinroq “didaktika” ta’lim nazariyasi kelib chiqqan).
O‘g‘il bolalarni maktabga qullar etaklab borishgan. Bunday qullar 
“pedagog” deb atalgan. Afinadagi grammatist maktabida o‘qish, yozish 
va hisoblash o‘rgatilgan. O‘qishda harflarni alohida o‘qitish usuli, so‘ng 
qo‘shib o‘qish usulidan foydalanganlar. Yozuvni o‘rgatishda mum 
surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalanganlar. Ular ingichka cho‘p 
yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi 
yordami bilan hisoblangan. Kifarist - maktabida o‘g‘il bolalarga adabiy 
bilim berilar, estetik mazmundagi deklomatsiyalar o‘rgatilar (“Iliada va 
Odisseya”dan parchalar o‘qitilar) edi.
O‘g‘il bolalar 13-14 yoshga etganlaridan keyin “Polestra” kurash 
maktabi deb atalgan o‘quv yurtiga o‘tar edilar. Bu o‘quv yurtida ular 
23-yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanar edilar. Masalan: 
sakrash, yugurish, kurash tushish, disk va nayza irg‘atish mashqlari va 
suvda suzish o‘rgatilgan.
Spartadagi kabi Afina maktablarida ham o‘quvchilar bilan siyosiy 
va axloqiy masalalarda suhbatlar o‘tkazilgan, o‘qish tekin bo‘lgan 
“Gimnasiy” maktabida polestra maktabini tugatgan badavlat oila 
farzadlari tahsil olganlar. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari 
o‘rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni boshqarishda 
qatnashishlari mumkin bo‘lgan.
“Efeb” maktabida 18-20 yoshga qadar tahsil olganlar. Bu maktabda 
harbiy xizmatga tayyorlanar va o‘zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni 
davom ettirar edilar. Bu maktabda istehkomlar qurishni, harbiy 
aslahalarni ishlata bilishni, garnizonlarda xizmat qilishni, dengizchilik 
o‘rgatilgan. Bundan tashqari “Demos” (xalq) maktabi ham mavjud edi. 
Afinada quldorlik jamiyati ichida tabaqalanishning tarbiya sohasiga 
o‘tkazgan ta’siri shundan iborat bo‘ladiki, mukammal tarbiya olish 
faqat badavlat quldorlarning bolalarigagina hos bo‘lib qoldi. Aholining 
ko‘pchiligi bolalarini maktablarda o‘qita ololmaganligi sababli ularga 
kasb-hunar o‘rgatar edilar. Ayrim xatsavodli kishilar bolalariga o‘zlari 
xatsavod o‘rgatganlar. Bu usul ham davlat tomonidan qonunlashtirib 
qo‘yilar edi.


218

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin