Shukurullo mardonov umida zokirova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

asosiy, maxsus 
maktab, real bilim yurtlari
. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o‘tadi. 
9 yoki 10-yillik o‘qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka 
o‘tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo‘lgan bolalar o‘qiydi. 
Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori maktabi o‘rtasida turadi. 
Qoidaga ko‘ra bu erda o‘qish 6-yil davom etadi (5-10-sinfgacha) va 
to‘la ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o‘rta 
maxsus o‘quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga 
kirib o‘qish hukukiga ega bo‘ladi. Germaniyada gimnaziyalar ham 
mavjud. Ular 5-13-sinflarni o‘z ichiga oladi. 11-13-sinflar oliy o‘kuv 
yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi.
Gimnaziyani bitirganlik haqidagi etuklik attestati oliy o‘quv yurtida 
o‘qish imkonini beradi. Germaniya ta’limi tizimida hunar ta’limi 
muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan 
talab kuchlidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning (9-10-sinflar) 
79%, to‘liq o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20% hunar ta’limi 
tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o‘qish 
muddati 3-3,5-yilni tashkil etadi. O‘kish uch bosqichdan iborat bo‘lib, 
birinchi-yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o‘qitilayotgan kasbga 
taaluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda 
amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ikkinchi-yil davomida maxsus hunar 
ta’limi beriladi. o‘quvchining birinchi-yildan ikkinchi-yilga o‘tish sinov 


250
imtihonlari o‘tkazilib o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. 
Uchinchi-yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib 
boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul 
qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning etakchi mutaxassislari
fideral erlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan 
tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga 
kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1-yillik tayyorlov kurslarini 
tugatish talab etiladi. O‘qishga qabul qilish imtihnsiz maktab ta’limi 
to‘g‘risidagi hujjatga asosan amalga oshiriladi.
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv 
yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha-yilga saylangan Prezident 
boshqaradi.O‘z-o‘zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan 
bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki tamoyiliga amal 
qilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ilmiy 
xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erkin tashkil 
etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif 
etiladi. O‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari 
oziq-ovqat harajatlarini ko‘tara olmasa o‘qish uchun moliyaviy yordam 
ko‘rsatish to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra ular moliyaviy yordam 
oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi 
yarmi qarz tariqasida beriladi.
Mamlakatda ta’limni isloh qilish masalasi ko‘pdan buyon muhoka-
ma qilinmoqda, bunda o‘quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. 
Hozir universitetlarda talabalar 7-yil o‘qiydi. Ular o‘qishga kirganlariga 
qadar korxonalarda bir necha-yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat 
hilishni hisobga olsak, talabalar qaqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha 
kech boshlayotganligini tushunamiz.
Shuni ta’kidlash lozimki, Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, 
juda murakkab tizimga ega. Mamlakatda har qaysi maktab tipi uchun 
maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar bor. Ularning hammasi oliy 
maktabni tugatgan bo‘lishlari shart. Boshlang‘ich va asosiy maktabning 
bo‘lajak o‘qituvchilari olti semestr o‘qiydilar. Real maktab, maxsus 
maktab, gimnaziya va hunar-texnika bilim yurtlarining o‘qituvchilari 
ancha uzoq muddat o‘qishlari kerak. O‘qish tamomlangandan keyin 
o‘qituvchilikka nomzodlarning hammasi imtihon topshiradilar. Keyin 
maktabda pedagogik amaliyot o‘tkazadilar va ikkinchi imtihon 
topshiradilar. O‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lgandan keyin, qoidaga 


251
ko‘ra umrbod lavozimga tayinlanadi.
Quyidagi holatga e’tibor qarataylik. Bo‘lajak o‘qituvchilar 3-yil 
o‘qiganlaridan keyin real sharoitdagi maktabda ikki-yillik pedagogik 
amaliyotdan o‘‘tadilar, haftasiga 10-12 soatdan dars beradilar.
Bu davrda ularga maxsus murabbiylar belgilanadi, bu murabbiylar 
ularning faoliyatini nazoratda tutadilar, amaliyot tugagandan keyin 
shogirdlariga tegishli tavsifnomani beradilar. Shundan keyin maktab 
kengashi yuqori tashkilotlar bilan birgalikda bo‘lg‘usi o‘qituvchilardan 
imtihon oladi va ularning kelgusi ishlarini baholab, tegishli tavsiyalar 
beradilar. Bu jarayonning yana o‘ziga xos tomoni shundaki, imtihon va 
tavsiyalardan keyin bo‘lg‘usi o‘qituvchi bir-yilga sinov muddati bilan 
ishga olinadi. Bu sinov muddatini muvaffaqiyatli o‘tgandagina unga 
o‘qituvchi martabasi beriladi. Praktikant-talabalar qo‘yilgan talablarni 
bajara olmasa maktabga qo‘yilmaydi. Uning ustiga attestatsiyadan 
o‘tkazish va litsenziya berish keng rasm bo‘lganligini e’tiborga olsak, 
o‘qituvchi doim o‘z malakasini oshirib borishga majbur bo‘ladi, aks 
holda u o‘qituvchilik lavozimidan mahrum bo‘lishi mumkin.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin