Shukurullo mardonov umida zokirova


 Sohibqiron Amir Temurning ma’rifiy qarashlari va uning



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

5.2. Sohibqiron Amir Temurning ma’rifiy qarashlari va uning 
pedagogika fanida tutgan o‘rni
Mu’lumki, uzoq-yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun ke-
chirgan xalqimiz o‘z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini 
munosib o‘rniga qo‘yish imkonidan mahrum edi. Mustaqilligimiz 
sharofati ila bunday nomaqulchiliklarga chek qo‘yildi. Tarixni xolisona 
o‘rganish, tarixni soxtalashtirmay, uning sarhadlarini buzmay, bor 
haqiqatni oydinlashtirib ma’lumot berish imkoniyatlariga ega bo‘ldik. 
Darhaqiqat o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Amir Temur nomi 
tari ximiz sahifalaridan qora bo‘yoq bilan o‘chirildi, unutilishga mah-
kum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g‘urur 


77
tuyg‘usini yo‘qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko‘ndirish edi. Lekin 
o‘zbek xalqi o‘z ajdodlarini, o‘z bahodirlarini unutmadi, hamisha 
yuragida, qalb to‘rida saqladi.
Muhammad Taragay Bahodir o‘g‘li Amir Temur yoshlik chog‘idan 
mard, dovyurak, g‘ururli, o‘tkir zehn va aqlu idrok egasi bo‘lib o‘sdi. 
Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod 
oldi, hadis ilmini o‘rgandi. Iymon-e’tikodli, halol-pok inson bo‘lib 
etishdi.
Darhakiqat, birinchi prezidetn I.A.Karimov ta’kidlaganidek, insof-
iymon tuyg‘usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini 
tashkil etadi. Olamning kariyib yarmiga jahongir ersa-da, u kuch-
qudrat zo‘rlik, zo‘ravonlik emas, adolatda ekanini teran anglatdi. Shu 
bois bo‘lsa kerakki, o‘tmishda jahon ilm ahli, mashhur muarrihlar 
o‘z asarlarida Amir Temur ismiga Ko‘ragon, Sohibqiron, Qutbiddin
Abulmansur kabi unvonlarni qo‘shib, uni e’zozlab, ulug‘lab, hikoyat, 
rivoyat va xotiralar bitganlar.
“Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Amir Temur xushfe’llik, adolat, 
sahovat, lutfi-karam, islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, 
insonlarni jamiyatda tutgan o‘rinlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar 
barobar hurmat qilish, ular bilan samimiy muomalada bo‘lish, berilgan 
va’da va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi qator 
yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan. U yoshligidan boshlab o‘z 
oldiga ona yurtni mo‘g‘ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini 
qo‘ydi, er yuzida buyuk saltanat sohibi sifatida el va elatlarning boshini 
qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko‘tarib, 
dunyoga mashhur qildi.
Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san’ati ko‘p asrlar davomida 
Sharqu G’arb davlatlariga o‘rnak va andoza bo‘ldi. Uning zamonida 
madaniyat, ilmu fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa, she’riyat 
beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko‘p an’analari takomilga etdi. 
Amir Temurning madaniyat va din ahillariga ko‘rsatgan cheksiz mehr-
muruvati ayniksa ibratlidir. 
Amir Temur nomi umumbashar tarixida Movarounnahr va buyuk 
Turkiston o‘lkalarida ilm-fan homiysi sifatida ham qolganini ta’kidlash 
lozimdir. Ma’lumki, u nafakat o‘z mamlakatini, balki o‘zga o‘lkalarni 
ham obod qilish uchun katga kuch va g‘ayrat sarflagan. Doktor Sham-
suddin Samiyning “Alq A’lom” qomusining “Temur” bandida Amir 


78
Temurning o‘zi olim bo‘lgani, ulamolarning raxnamosi, ularni yaxshi 
ishlarga rag‘batlantiruvchi shaxs ekanligi zikr etilgan va o‘z poytaxti 
Samarqandni katta g‘ayrat bilan obod qilib, u erda qator madrasa, 
kutubxona va madaniyat saroylarini barpo etgani, “Tuzuklar” nomi 
bilan asar yozib, turli qonunlar yaratgani, o‘z tarjimai holini ham 
adabiy, chig‘atoy tilida yozgani hamda Temur va temuriylar davrida 
san’at va adabiyotning rivoj topganini eslatib o‘tadi. Shuningdek
doktor Shamsuddin Boboxonov Amir Temur buyuk lashkarboshi, mohir 
sarkarda sifatida mukammal, yaxshi qurollangan, tezkor hujum qilishga 
qodir, muayyan taktika va strategiyaga ega bo‘lgan qudratli armiyaga 
asos soldi. Bu armiya o‘nlik, yuzlik, minglik va tumanliklarga bo‘lingan 
edi. Amir Temurning harbiy san’ati, uning taktika va strategiyasi ko‘p 
mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning 
harbiy akademiyalarida maxsus o‘rganilgan va hozirgi kunga qadar 
o‘rganib kelinmoqda deb, ta’kidlashi ham Sohibqiron Amir Temurning 
buyukligidan dalolat beradi.
Zamondosh tarixchilarning e’tirof etishicha, sohibqiron Temurning 
eng xarakterli xususiyatlari - davlat, mamlakat va fuqaroning g‘amxo‘ri 
bo‘lganligi edi. Jahongirlik qoidasi esa haqiqat - sihat-salomatlik, 
haqiqat-tartib, haqiqat - adolat deb tushunilgan.
Buyuk bobokalonimiz har vaqt: “Insonparvarlik va mardlikni Alloh 
ham, xalq ham ulug‘laydi”, degan hikmatli so‘zni takrorlashni xush 
ko‘rgan va hayotda o‘zlari bunga amal qilganlar. Dastavval shuni 
aytish kerakki, Amir Temur, odob-axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya 
sohasida o‘zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. 
Bunga ishonch hosil qilish uchun uning o‘zi tomonidan yaratilgan 
odob-axloqqa oid dasturlar, o‘gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek 
Sohibqiron qaqidagi tarixiy asarlarni ko‘zdan kechirish kifoya.
Tarix fanlari doktori prof. Ashraf Ahmad Sohibqiron Amir Temurning 
o‘zi amal qilgan sifatlarni yuksak baholaydi. Bular quyidagilar:
-... Hammaga ham bir xil: jiddiy va odil qaradim... Boyni kam-
bag‘aldan ustun qo‘ymadim;
-... Islomga qat’iy rioya qildim. ...
-Men kambagallarga ko‘p xayr-ehson qildim. Har mojaro va 
muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to‘g‘ri hal 
kilishga butun jahdimni sarf kildim;
-Xaloyikka rahm qildim, barchaga naf’ etkurdim.


79
-... Birovga nohak ozor etkazmadim va mendan yordam so‘rab 
kelganlarni ko‘kragidan itarmadim...; 
-Islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy 
ishlardan ustun qilib keldim...;
-Barcha so‘zlarimdan doim haqiqatgo‘ylikka amal qildim...
-Men har kimga va’da bersam, unga vafo qildim...;
-Ammo o‘zimni Allohning erdagi mulkining posboni deb bildim va 
parvardigor iznisiz uni sarf etmadim...;
-Men har doim insof bayrog‘ii baland ko‘tardim va iymon tarqatishni 
o‘z buyukligimning qudratli zamini deb bildim...;
-Men doim saidlarga ehtirom bilan qaradim, ulamo va shayxlarni 
e’zozladim...
Shunday qilib sohibqiron Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-
nasihatlari va purma’no o‘gitlarining har birining mazmun va ma’no 
kengligi, mantikning kuchliligi, teranligi, ta’siri umuminsoniy 
qadriyatlar asosiga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi
ularni hadsiz hazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz.
Bu o‘gitlar Sohibqironning juda mashaqqatli va sertashvish; goh 
muvaffaqiyatli, goh muvaffaqiyatsiz, goh quvonchli, goho sertashvish 
anduhli umrining ijodiy mevasidir. Bu o‘gitlar xalqlarning bir maqsad 
sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqiyatlarga erishtirishda sehxrli 
tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan durdona - pedagogikadir.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra Sohibqiron Amir Temur o‘gitlarini 
uning mohiyati va vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratib o‘rganish 
maqsadga muvofiqdir:
-Islom dini va shariat qonunlari haqidagi o‘git-nasihatlar;
-Davlat va uni idora etish. Kengash o‘tkazish;
-Podsho va vazirlar haqida o‘git-nasihatlar;
-Axloq va odobga oid o‘git-nasihatlar.
Yuqorida qayd etilgan pand-nasihatlar Sohibqironning o‘z tajribasida 
sinalgan, hayotga tatbiq etilgan juda katta ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga 
ega bo‘lgan xulosalaridir. Shu sababli ham ular Temur va temuriylar 
sulolasi davrida ta’lim-tarbiya tizimida katta ahamiyatga molik bo‘ldi.


80

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin