68
shunday bo‘lgil, nedinkim sen ota-onang haqida nima ish qilsang, far-
zanding ham sening haqingda shunday ish qilur, chunki odam mevaga,
ota-ona daraxtga o‘xshaydur”, deydi.
Kaykovus oilada otaning vazifasi va burchiga alohida ahamiyat
beradi. Farzand tugilganida avvalo unga yaxshi ot qo‘yish, undan so‘ng
aqlli va mehribon murabbiyga topshirish, o‘qitish, ulg‘aya boshlaganda
kasb va hunar o‘rgatish kerak, deydi. Kaykovus otaning burchi yana
o‘z farzandiga adab ham o‘rgatish ekanligini ta’kidlaydi. U ilm, hunar
va odabni farzandga meros qoldirish har bir otaning farzandi haqqini
bajargani, deb hisoblaydi. Kaykovus otalarning o‘z farzandlariga
nisbatan qattiqqo‘l bo‘lishini talab etadi. Lekin bolalarni jazolashni
otaning o‘zi emas, murabbiy tomondan bajarilishini istaydi. Chunki
otaning o‘z qo‘li farzandini jazolashi unda adovat hissini paydo qiladi.
Lekin otadan farzand hayiqib tursin, agar u hayikmasa ota-onani xor
qiladi, deb ta’lim beradi.
U Pifagor aytgan quyidagi o‘n xislatni har bir kishi o‘zida tarkib
toptirishini ta’kidlaydi. Bular: o‘zidan zo‘r kishi bilan urushmaslik;
hasadchi kishi bilan birga jamoat o‘rtasida o‘tirmaslik; riyokor, ikki
yuzlamachi kishi bilan do‘st bo‘lmaslik; yolg‘onchi kishi bilan muomala
qilmaslik; bahil bilan suhbatda bo‘lmaslik; g‘ayr, dushman kishi bilan
sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir erda o‘tirmaslik; kishilarga sir
aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu aybni yo‘qotishga harakat
qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik,
muxtoj bo‘lgan odamni gina, qahr bilan qo‘rqitmaslik; gunohkorninig
gunohini avf etish kichiklarga mehribon bo‘lish; bir ishni ikki kishiga
buyurmaslik kabi hayotiy tavsiyalarni keltiradiki, inson o‘z hayotida
har bir daqiqada bunday xatti-harakatlarga duch keladi.
Dostları ilə paylaş: