VIII BO‘LIM. 1917-1991-YILLARDA O‘ZBEKISTONDA
IJTIMOIY HAYOT, TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK
FIKRLAR
Reja:
1. O‘zbekistonda 1917-1924-yillardagi ma’naviy-madaniy muhit
hamda milliy maktab-maorifini joriy kilish borasidagi say’i-harakatlar.
2. T urkistonda Milliy davlat chegaralanishi o‘tkazilgandan so‘ng
xalk ta’limi va mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari.
3. Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi-yillarida
O‘zbekistonda xalk ta’limi va mutaxassis kadrlar tayyorlash
muammolari.
4. XX asrning 70 - 80-yillarida O‘zbekistonda xalk ta’limi.
5. Akademik Sidiq Rajabov hamda Habib Abdullayevlarning
Respublika xalq ta’limi, ilm va fan taraqqiyotini rivojlantirishdagi roli.
Tayanch tushunchalar
: Milliy madaniyat, “Hurriyat”, “Anjumani
maorif”, “Rushdiya”, “Tarbiyat”, “Qurultoy”, “Musulmon o‘kituvchilar
kengashi”, “Dorilmuallimin”, “Xalq dorilfununi”, jadid maktablari,
mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari, umumiy boshlang‘ich
ta’lim, umumiy etti-yillik ta’lim, “yozuv masalasi, islohotlari”. Ikkinchi
jahon urushi, “Umumta’lim maktablarining faoliyati”, sirtqi va kechki
ta’lim tizimi, Siddiq Rajabov, Habib Abdullayev, “Umumiy ta’lim va
hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari”.
8.1. O‘zbekistonda 1917-1924-yillardagi ma’naviy-madaniy
muhit hamda milliy maktab maorifini joriy qilish borasidagi
sa’yi-harakatlar
Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida - ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
ma’naviy-mafkuraviy, jumladan xalq maorifi sohalarida keskin o‘zgarish
yuz berdi. Turkiston o‘lkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur
ma’rifatparvar ziyolilar tomonidan yangi usluldagi maktablarning keng
tarmog‘ini yaratish, maktab-maorif borasida zudlik bilan islohotlarni
amalga oshirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi.
Ammo O‘zbekiston xududida ma’naviyat va madaniyat 1917-yildan
113
boshlab murakkab vaziyatni boshdan kechirdi, jiddiy to‘siqlar va
buzg‘unchiliklarga uchradi. Turkistonni qizil imperiya koloniyasiga
aylanitirishga kirishgan bolsheviklar siyosati va amaliyotini xalq
ommasi, milliy ziyolilar qabul qilmadilar. Milliy ziyolilar va arboblarning
faoliyati keng tus oldi, chuqur ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etdi. Jadid
ziyolilar, ijod axli bo‘lmish Munavvar Qori, Maxmuxo‘ja Behbudiy,
Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho‘lpon, A.Qodiriy, A.Avloniy, Hamza, G’ozi
Yunus, Xurshid va boshqalar bilan bir qatorda XX asr bo‘sag‘asida
tug‘ilgan iste’dodli yoshlar Mashriq Yunusov (Elbek), Naim Said,
Rafiq Mo‘min, Maxmud Xodiyev (Botu), Baxrom Haydariy va boshqa
qator ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar, ijtimoiy
yo‘naltirilgan ijod bilan shug‘ullandilar.
Milliy madaniyatimizning eng qadimgi va yirik markazi bo‘lgan
Sa mar qandda mashhur ma’rifatparvarlar Maxmudxo‘ja Behbudiy,
Ab du rauf Fitrat, Akobir Shomansurzoda, Said Ahmad (Vasliy), Sai-
dahmadxo‘ja Siddiqiy, Mardonquli Shomuxammadzoda zudlik bilan
maktab islohotini amalga oshirish fikri bilan maydonga chiqdilar.
Ular 1917-yil aprel oyidan boshlab chiqayotgan “Hurriyat” gazetasi
saxifalarida yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish
zarurligi haqidagi fikrni ilgari surdilar. “Anjumani maorif” jamiyatining
mablag‘lariga “Rushdiya” maktabi ochildi, unda bepul o‘qitilar edi.
Abdurauf Fitrat bilan Kamol Shams bu maktabda o‘quvchilarga islom
diniy ta’limotini, islom tarixini, musulmon huquqini, turk, arab va fors
tillarini, arifmetika, geometriya, geografiya, tabiatshunoslik, tarixni
o‘qitar edilar. Yoz faslida Samarqandning o‘zida taniqli ma’rifatparvar,
shoir va dramaturg Hoji Muin Shukrullo “Tarbiyat” maktabini ochdi.
1918-yilning yozida Samarqandda “musulmon o‘qituvchilari
uchun pedagogak kurslar” ochildi. O‘sha-yilning kuzida Toshkentda
- Toshkent uyezdining tub erli aholisi uchun maktab o‘qituvchilari
kurslari ochildi. 1918-yil 9 aprelda Munavvarqori uyida to‘plangan
jadidlar Turkiston Xalq dorilfununining musulmon bo‘limini tashkil
etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Ular
22 kun ichida musulmon bo‘limi dasturlarini tuzadilar. Dorilfununning
musulmon bo‘limi ham O‘rus bo‘limi kabi uch bosqichdan iborat
bo‘lishi belgilandi.
Yuqori bosqich - dorilmuallimin (o‘qituvchilar kursi, keyinroq
oliy o‘quv yurti o‘rta bosqich - boshlang‘ich maktablarni o‘z ichiga
114
olar edi. Xalq dorilfununi tarkibining bu shaklda bo‘lishi sharoitning
o‘zidan kelib chiqqan holda zamonaviy bilim va savodxonlikka
ehtiyojdan tugalgandi. O‘sha-yilning 3 mayida dorilfunununning
Musulmon bo‘limi rahbariyatiga saylov bo‘lib, unda Munavvar qori
rais (rektor), Iso To‘xtaboyev birinchi muovin, Burhon Habib ikkinchi
muovin, Abdusamid qori Ziyobov xazinador, Muhtor Bakir sarkotib
bo‘lib saylandi. 13 may (yakshanba) kuni Toshkentning eski shahar
qismida Vikula Morozovning sobiq do‘koni binosi (hozirgi o‘zbek
yosh tomoshabinlar teatri)da musulmon axoli uchun “Xalq dorilfununi”
ochiladi. Bu bo‘lim tez orada o‘ziga xos yirik bilim maskaniga aylandi.
Dastlab 9 ta boshlang‘ich maktab ochish mo‘ljallangan bo‘lsa-da, aholi
ehtiyojiga ko‘ra, ularning soni 24 taga etdi. Dorilfununning musulmon
bo‘limi 15 demokratik tashkilot vakillari uyushgan 45 kishilik kengash
tomonidan boshqariladi. Undaga muallimlar soni 18 nafarga etadi.
1918-yil 2 iyun kuni sobiq seminariya binosida dorilfununining
o‘zbek lar uchun maxsus o‘qituvchilar tayyorlovchi bo‘limi – “Doril-
muallimin” ochildi. Unda Fitrat ona tilidan, Kamol Shams arifmetika
va geometriyadan, Xaydar Shavqiy gagiyena, gimnastika va nemis
tilidan, Raximboyev arifmetikadan, Abduraxmon Ismoilzoda san’atdan,
Rizayev madaniyat tarixi va siyosiy iqtisoddan, Munavvar qori ona
tilidan dars berishadi. Bu bo‘limning ochilish marosimida Munavvarqori
nutq so‘zlab, inson ma’rifatli bo‘lib, ko‘zi ochilmaguncha vijdoni
uyg‘onmasligini, vijdon uyg‘onmasa na o‘zini, na xalqni erkin muxofaza
qila olmasligani, bu imonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan
ifoda etadi.
Munavvarqori ovro‘pacha usuldagi bunday xalq dorilfununi tashkil
etish bilan bir qatorda, mavjud madrasalarni isloh qilish va ularda
asosan dunyoviy fanlar o‘qitib, milliy ziyolilar tayyorlash g‘oyasini
ham ilgari suradi. Bu qarashlarini - u 1923-yil iyunda Toshkentda bo‘lib
o‘tgan xalq maorifi mudirlari qurultoyidagi ma’ruzasida bayon etgan,
1923-yilda bu yangi usulda 30 dan ortiq madrasa va eski maktablarda
talabalar o‘qitilganligi ma’lum. Munavvar Qori 1922-yildan Turkiston
maorif noziri, keyin esa Toshkentning eski shahar maorif bo‘limi
muboshiri (inspektori) bo‘lib ishladi, o‘sha-yili 23-25 martda bo‘lib
o‘tgan 2-Umumturkiston maorif xodimlari qurultoyida ishtirok etib,
maktab bo‘limiga a’zolikka saylandi. Keyinchalik Alisher Navoiy
nomli ta’lim-tarbiya bilim yurtida va turli maktablarda o‘zbek tili va
115
adabiyotidan dars berdi. Do‘stlari va shogirdlari Qayum Ramazon va
Shorasul Zunnun bilan hamkorlikda uch bo‘limdan iborat “O‘zbekcha
til saboqlari” kitobini (1925-yil) nashr ettirdi.
Xalq ta’limining iste’dodli tashkilotchilari Abdulqodir
Shakuriy,
Ismatulla Raxmatullayev, Isoqxon Ibrat, O.Dadaxo‘jayev, Abdulla
Mustaqov, Xodi Fayziyev, Ashurali Zoxiriy, Sobirjon Raximov,
Shokirjon Raimiy, Qori Niyoziy, Said Rizo Alizoda, To‘xtanazar
Shermuxammedov, Rafiq Mo‘min va boshqalar katta pedagogik ish olib
bordilar. Maktablar soni o‘sdi. 1918-yil boshida 330 taga, 1920-yilda
esa Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida ham tashkil etilib
ular soni 1405 taga etdi. Tashkil bo‘lgan maktablar, ayniqsa, qishloq
joylarida va tumanlarda asosan 1-2 - boshlang‘ich sinflardan iborat
edi. Keyinchalik yuqori sinflar paydo bo‘la boshladi. Bunday targ‘ibot
natijasida Toshkentda, Andijonda, Qo‘qonda va boshqa joylarda
qizlar maktablari ham birin-ketin ochildi. Ayol muallimlar Solihaxon
Muhammadjonova, Muxarrama Qodirova, Gulsum Ko‘payeva, Fotima
Burnasheva, Zebiniso Razzoqova, Zaynab Sadriddinova, Maryam
Sharipova va boshqalar dars-tarbiya ishlarini olib borganlar. Keng
doiradagi bilimdon ziyolilar qator maktablar faoliyatini namunali
darajaga ko‘tardilar. 20-yillar boshida Samarqandda Abdulqodir
Shakuriy (1875-1943) mudirlik qilgan maktab, 1922-yilda Farg‘ona
shahrida Husanxon Niyoziy boshchiligida ochilgan ikkinchi bosqich
maktab, qator boshqa maktablar shular jumlasidan edi. 1922-yilga kelib
Turkistonda bolalarning 25 foizi maktablarga jalb qilingan edi. Buxoro
Respublikasida 1921-yilda 175 ta yangi maktab, 11 ming o‘quvchi
bor edi. Lekin 1924-yil o‘rtalariga kelib maktablar 69, o‘quvchilar
3563 tani tashkil qildi. Xorazmda 40 ta umumta’lim maktablari va
internatlarda 2600 bola ta’lim-tarbiya oldi. O‘zbekiston Respublikasi
tashkil bo‘lganda turli bosqichdagi 1500 ta maktab bo‘lib, ularda 116
ming o‘quvchi o‘qir edi.
Dostları ilə paylaş: |