Shukurullo mardonov umida zokirova


 Qadimgi Yunon faylasuf olimlari Suqrot, Platon, Arastu



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

12.2. Qadimgi Yunon faylasuf olimlari Suqrot, Platon, Arastu, 
Demokritlarning ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari
Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika 
nazariyasining ham tug‘ilishiga imkoniyat yaratdi. Pedagogika naza-
riyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Arastu va Demokritlar 
asos soldilar. Ular o‘z qarashlari bilan ta’lim-tarbiya rivojlanishiga 
juda katta hissa qo‘shdilar. Quyida biz ushbu faylasuf olimlar haqida 
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Suqrot e.a. (469-399y)da yashab ijod etgan. Suqrotning fikricha 
tarbiyadan kutilgan maqsad, buyumlar tabiatini o‘rganish bo‘lmay, 
balki kishining bilim olishi, axloqni kamol toptirishi bo‘lmog‘i lozim 
edi. Suqrot faylasuf bo‘lishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. U keng 
maydonlarda so‘zga chiqib, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar 
o‘tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo‘li bilan haqiqatni topishlariga 
undar edi. Suhbatning bu usuli “Suqrot usuli” deb atalgan. U pedagogika 
olamiga ana shunday savol-javob metodini, ya’ni “Evristik” suhbat 
metodini yangi (savol berish va savolni to‘ldirish) metodini olib kirdi. 
U tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonlarini ishlab chiqdi. 
Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish 
mumkin. Uning fikricha axloq faqat imtiyozli “mumtoz”largagina xos, 
“mumtoz” kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo‘lganliklari 
uchun hokimiyat ham ularning qo‘llarida bo‘lmog‘i kerak deydi.
Platon e.a. (424-347)-yillarda yashagan. U Suqrotning shogirdi bo‘lib 
“ob’ektiv idealizm” nazariyasining asoschisidir. U tanadan tashqarida 
mavjud bo‘lgan narsalar haqidagi nazariyani ilgari suradi. Platon 
arestokratiyaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani ilgari suradi. 
Uning fikricha ideal aristokratik davlat 3 xil ijtimoiy guruhlardan iborat 
bo‘lishi, ya’ni bular: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar 
guruhidan iborat bo‘lishi lozim. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, 
jangchilar ularni har qanday dushmandan himoya qiladilar, uchinchi 
guruh esa mehnat qilib, mo‘l hosil etishtirib faylasuflar va jangchilarni 
boqadilar degan fikrni ilgari suradi.
Shuningdek, u qullarning ham saqlanib qolishini aytib uning tasav-
vurida qullar ham, hunarmandlar ham, huquqsiz doiralar, pastkashlik, 
qanoat va itoatkorlik fazilatlarigina hunarmand kosiblarga va 
dehqonlarga xos deb takidlaydi.


219
Tarbiya, - deydi Platon, - davlat tomonidan tashkil etilmog‘i, hukm-
ron guruhlarning manfaatlarini ko‘zlamog‘i lozim. Platonning fikricha 
bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab 
qo‘yilgan tarbiyachilar rahbarligida tarbiyalanishini tavsiya etadi. 7 
yoshdan 12 yoshacha esa davlat maktablarida tahsil olib, ularga o‘qish, 
yozish, hisob, musiqa va ashula darslari o‘rgatiladi. 12-16 yoshgacha 
bo‘lgan bolalar jismoniy mashqlarni o‘rgatadigan “Polestra” maktabida, 
18 yoshga qadar dunyoviy fanlarni o‘qitadigan maktablarda, 18-20 
yoshgacha esa “Efeb” maktablarida tahsil olib harbiy ta’lim o‘rgatiladi. 
Uning fikricha, “Efeb” maktabini tugatgandan so‘ng qobiliyatli va 
iqtidori bo‘lgan yigitlar falsafa ilmini o‘rgatadigan uchinchi bosqich 
oliy ta’limni o‘taydilar.
Platon tarbiya tizimida asosan jismoniy mehnatga nafratni singdi-
rish, quldorlar manfaatini himoya qilish maqsadi nazarda tutiladi.
Uning pedagogika tarixida tutgan o‘rni shundaki, u dastlab 
maktabgacha tarbiya to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surib, yoshlarga ta’lim 
berishning izchillik tizimini ishlab chiqqanligidadir.
Yunon faylasuf olimlaridan yana biri Arastudir (Arestotel). U e.a. 
(384-322)-yillarda yashagan. Arastu uch xil tarbiya ya’ni: jismoniy
axloqiy va aqliy tarbiya aqidalarni ishlab chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga 
katta hissa qo‘shgan. Arastu birinchi bo‘lib yoshni davrlarga bo‘lish 
mezonini ishlab chiqishga uringan olimdir. U insonni yoshlik-yillarini 3 
davrga, ya’ni: 0-7 yoshgacha; 7-14 yoshgacha; 14-21 yoshgacha bo‘lgan 
davrlarga bo‘ladi. U oilaviy tarbiyaga doir bir qancha tavsiyalar beradi. 
Uning fikricha, bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanadi, go‘dakning 
yoshiga mos keladigan ovqatlar bilan boqish, turli harakatli mashqlar 
orqali uni chiniqtirib borish kerak deydi. O‘g‘il bolalar 7 yoshdan 
boshlab davlat maktablarida o‘qishlari lozim deb uqtiradi. U jismoniy, 
axloqiy va aqliy tarbiya bir-biri bilan uzviy bog‘langan deb hisoblaydi. 
U bolalarga boshlang‘ich ta’lim berish vaqtida jismoniy mashqlar 
qilish bilan bir qatorda o‘qish, yozish, grammatika, rasm va musiqani 
o‘rgatish kerak deb ta’kidlaydi. O‘smirlar maktabda jiddiy ma’lumot 
olishlari, ular: adabiyot, tarix, falsafa, matematika, astronomiya va 
boshqa fanlarni o‘rganishlari lozim deydi.
Arastu xotin-qizlarning tarbiyasi erkaklarning tarbiyasiga o‘xshashi 
mumkin emas, chunki xotin-qizlarning tabiati erkaklarning tabiatidan 
farq qiladi deb hisoblaydi. Arastu Platondan farq qilib, bola tarbiyasida 


220
oila tarbiyadan chetlashtirilmaydi. Axloqiy tarbiya berish asosan oila 
zimmasida ekanligini uqtiradi.
Demokrit, e.a. (460-370)-yillarda yashagan. U tarbiyani tabiatga 
muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo‘lib ilgari surgan olim bo‘lib, 
u “Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o‘xshaydi” deydi. “Ta’lim mehnat 
asosidagina go‘zal narsalarni hosil qiladi” deb tarbiya ishida mehnatning 
roli beqiyos ekanligini takidlaydi. Uning xizmati shundaki, u inson 
kamolatida mehnat tarbiyasining roliga katta e’tibor berib, yoshlarga 
mehnat tarbiyasi berishning usullarini ko‘rsatib berganligidadir.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin