221
qoidalarini, diniy ashulalar aytishni, lotin tilida o‘qish va yozishni o‘rga-
nadilar. Monastir maktablari monastir huzuridagi maktablar bo‘lgani
sababli shu nom bilan yuritiladi. “Monastir” maktablarida o‘qitish
vazifasi uchun maxsus monaxlar tayinlanardi. Monastir maktablarining
quyida prixod maktabida o‘qitiladigan fanlardan tashqari, yana yuqorida
aytilgan “7 ta erkin san’at”, ya’ni grammatika, ritorika, dialektika,
arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqadan dars berilar edi.
Bosh cherkov yoki episkop maktablari
markaziy diniy okrugdagi
bosh cherkov (sobor)ga qarashli maktablar edi. Bunday okrugda din
ishlari boshqarmasi joylashgan bo‘lib, uning boshida yuqori lavozimli
ruhoniy episkop turar edi. Shuning uchun bu maktablarning bosh cherkov
yoki episkop maktablari deyilar edi. Bu turdagi diniy maktablarda ham
faqat o‘g‘il bolalar o‘qir edilar. Bosh cherkov maktablarida odatda
yuqorida ko‘rsatilgan 7 fanning hammasi o‘qitilib, bu fanlardan tashqari
eng oliy va asosiy fan deb hisoblangan - teologiya (din aqidalari) ham
o‘qitilar edi. Bu maktablarda qattiq intizom o‘rnatilar edi. O‘quvchilar
qilgan har bir aybi uchun qattiq va shafqatsiz jazolanardilar. Bunday
maktablarda odatda o‘quvchilarga tan jazosi berilar edi (savalash, och
qoldirish kabilar). O‘rta asrlarda G’arbiy Yevropada xotin-qizlar, ayniqsa
mehnatkashlarning xotin-qizlari yoppasiga deyarlik savodsiz edilar.
Mulkdor feodal va aslzoda tabaqasiga mansub oilalarda tug‘ilgan qiz
bolalar odatda xotin-qizlar monastirlari ichida yoki maxsus murabbiylar
va oilaga birkitilgan ruhoniylar qo‘l ostidagi uylarda tarbiya olardilar.
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ritsar tarbiyasi XII asrga kelib to‘la
tarkib topdi va rivojlandi. Ritsar tarbiyasining mazmuni ritsarlarga oid
fazilatdan tashkil topdi. Bu fazilatlar quyidagilardan iborat:
ot minib
yurishni bilish, qilichbozlikni bilish, nayzabozlikni bilish, suza bilish,
ov qila bilish, shashka (keyinchalik shaxmat) o‘ynashni bilish, she’r
to‘kish va qo‘shiq ayta bilish. Bu fazilatlardan birinchi o‘rinda turgan
uchtasi ritsarga berilmog‘i zarur bo‘lgan, harbiy tarbiyaga taalluqlidir;
ritsar otliq askar, qilich va nayza esa o‘sha zamon jangchisining asosiy
quroli edi. Suzish va ov qilishni bilishi jismoniy chiniqish, chaqqonlik
va bardoshlilikni o‘stirish uchun talab qilinardi.
G’arbiy Yevropada XII-XIII asrlarda hunarmandchilik va savdoning
rivojlanishi shaharlarning o‘sishiga va shahar madaniyatining vujudga
kelishiga sabab bo‘ldi. Shaharning asosiy aholisini tashkil qiluvchi
hunarmand va savdogarlar o‘z bolalariga amaliy faoliyat uchun zarur
222
bo‘lgan bilim berishga manfaatdor edilar. O‘sha
vaqtda ishlab turgan
cherkovga qarashli diniy maktablar bunday bilim bermas edilar. Shu
sababli sexda birlashgan hunarmandlar va gildiyalarda birlashgan savdo
ishlab turgan cherkovga qarashli diniy maktablar, sex maktablari va
gildiya maktablari deyilar edi. Keyinrok borib sex va gildiya maktablari
magistrat maktablariga, ya’ni shahar
boshqarmasi harajatidagi
maktablarga aylandi. Bu maktablarning mudir va o‘qituvchilari tegishli
sex, gildiya va magistratura tomonidan tayinlanardilar va ular cherkovga
qaram emas edilar. Bu maktablarda pul to‘lab o‘qilardi. Cherkovga
qarashli diniy maktablarga nisbatan, bu maktablarda diniy rasmlar
bilan bir qatorda amaliy ish uchun zarur bo‘lgan
xatsavod va hisob
malakalarini egallashga ko‘proq e’tibor berilardi. Ba’zi maktablarda
esa grammatika, ritorika va geometriya o‘qitilar edi.
Sex, gildiya va magistrat maktablarining vujudga kelishi - G’arbiy
Yevropa mamlakatlaridagi maktab ishining taraqqiyotida katta yutuq
edi. Yevropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida
Italiyada (Bolonya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Fransiyada
(Parijda) tashkil kilindi. XIV-XV asrlarga kelib, universitetlar Yevropa
mamlakatlarining hammasida ochilgan edi. O‘rta
asr universitetlari
odatda to‘rtta fakul’tetdan tuzilgan bo‘lib, bular tayyorlov fakulteti,
yuridik, medisina va teologiya (din aqidalari) fakultetlaridan iborat edi.
Tayyorlov fakulteti talabalari yuqorida aytilgan triviumga, kvadrivium
tarkibiga kirgan fanlarni o‘qir edilar. Tayyorlov fakul’tetida o‘qish
muddati 6-7-yilgacha, asosiy fakultetlarda esa 5-6-yilgacha cho‘zilar
edi.
Universitetlarda o‘qitish metodlari ma’ruza, cherkov tomonidan
tasdiqlangan darslik va asarlarni yodlash va disput (munozara)lardan
iborat edi. Universitetlarda o‘qish faqat lotin tilida olib borilar edi.
Universitet ta’limining va undagi metodlarning sxolastik mazmunidan
qat’iy nazar, O‘rta asr universitetlari Yevropa madaniyatining rivoj-
lanishida katta rol o‘ynaydi. Ular ma’rifat tarqatish va o‘sha davrdagi
ma’lumotli kishilarni etishtirishda katta xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: