Tayanch iboralar.
1. Janr - frantsuzcha so’z "san’at asari turi" degan ma’noni bildiradi.
2. Opera - grekcha so’z "ish, mehnat" degan ma’noni bildiradi. Musiqiy – sahna asari, janr.
3. Simfoniya – grekcha so’z "uyg’unlik, moslik" degan ma’noni bildiradi, musiqiy asar, janr.
Nazorat savollari:
1. Xalq musiqa ijodi va kompozitorlik ijodi o’rtasida qanday farq bor?
2. Kino, xaykaltaroshlik san’atlariga va adabiyotga xos janrlarni bilasizmi?
Topshiriqlar:
1. Mahruza matni bo’yicha konspekt yozing.
2.Musiqa san’ati haqida qanday o’z mustaqil fikrlaringiz bor? Ularni gapirib bering.
Adabiyotlar:
1. O’zbek sovet entsiklopediyasi. T.9. 1976 y.
2. Muzikalno entsiklopedicheskiy slovar. M. 1990 g.
Mavzu: Opera san’atining yaratilishi va rivojlanishi.
Rejasi.
Opera xaqida tushuncha.
Opera asarining tuzilishi.
Operaning yaratilish tarixi.
Opera san’atining rivojlanishi.
Bayoni:
Opera – sahnada ko’rsatiladigan yirik musiqiy asardir. Bunday asar to’rt xil san’at turi qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bular: musiqa san’ati, teatr san’ati, raqs san’ati va rassomchilik san’ati. Musiqa san’ati operada asosiy o’rinni egallaydi. Chunki opera asari voqealari bosh qahramonlarining ichki kechinmalari asosan kuylash va simfonik orkestrning ijrosi orqali tasvirlanadi. Har bir xonanda sahna mahoratiga ega bo’lishi zarur. Ulardan aktyor bo’lish talab qilinadi. Operada raqs nomerlari ham bo’ladi. Rassomchilik san’ati esa sahnani bezashga, dekoratsiya tayyorlash uchun zarur.
Opera asari kompozitor tomonidan tarixiy voqealar, ertak va afsonalar yoki yozuvchi va shoirlarning asarlari asosida yaratiladi. Opera musiqasi yaratilishidan avval uning adabiy matni yoziladi. Bu matn biror shoir tomonidan yoziladi va libretto deb ataladi. Opera tomoshasi bir necha bo’lim (parda)dan iborat bo’ladi. Har bir parda sahnalar va ko’rinishlardan iborat. Opera musiqasi nomerlardan iborat. Nomerlar besh xil bo’ladi:
Yakka nomerlar (ariya, monolog, qo’shiq, romans va h.k).
Ansambl nomerlari (duet, trio, kvartet, kvintet va h.k).
Xor nomerlari.
Raqs nomerlari.
Orkestr nomerlari.
Opera tomoshasi orkestr ijro etadigan kuy– uvertyura bilan boshlanadi. Uvertyura musiqasi operaning mazmunini aks ettiradi. Opera asari mazmuniga qarab kulgili yoki fojiali bo’ladi. Buni uvertyurani eshitib payqash mumkin.
Birinchi opera 1594 yilda Italiyaning Florenciya shahrida yaratildi. Uning mualliflari kompozitor J. Peri va shoir O.Rinuchinni edilar. Qadimgi grek tragediyasi opera asarining yaratilishiga asos bo’ldi. Qadimgi grek tragediyasida musiqa ham ishlatilar edi. Peri musiqaning rolini oshirgan holda teatr asarini yaratish mumkin, degan fikrni ilgari surdi. Italiyada kuylash san’ati nihoyatda rivojlangani uchun yangi asarda barcha voqealar, dialoglar kuylash vositasi orqali tomoshabinga yetkaziladigan bo’ldi. Shu tariqa 1594–yilda qadimgi grek afsonasi asosida ilk «Dafna» operasi yaratildi. Bu operaning musiqasi bizgacha etib kelmagan. 1600–yilda shu mualliflar tomonidan «Evridika» nomli opera yaratildi. Bu asar musiqasi bizgacha yetib kelgan. Florenciyada yaratilgan opera janri asta-sekin Italiyaning boshqa shaharlarida ham rivojlandi. Rim, Venetsiya, Mantuya, Neapol shaharlarida opera san’ati juda tez sur’atlarda rivojlandi. Opera teatrlari qurildi. Opera janri yangi vositalar bilan boyitildi va mukammalashtirildi. Keyinchalik opera boshqa Yevropa mamlakatlariga ham tarqaldi.
Dostları ilə paylaş: |