Nazorat savollari.
Grig yaratgan asosiy asarlarni sanab bering.
Grig ijodining asosiy mavzulari qanaqa?
Simfonik syuita qanaqa asar?
«Per Gyunt» nomli simfonik syuitaning yaratilish tarixida qanaqa?
Topshiriqlar.
Ma’ruza matni asosida konspekt yozing.
«Per Gyunt» nomli simfonik syuitadan musiqiy mavzularni yodlang.
Adabiyotlar.
Levashova A. «Grig». M. 1975.
Druskin M. Istoriya zarubejnoy muziki. Tom 4. M. 1983.
Mavzu: Antonin Dvorjak ijodi.
(1841-1904)
Rejasi:
1. A. Dvorjak ijodiga xarakteristika.
2. A. Dvorjakning "Yangi Olamdan" deb ataluvchi simfoniyasi.
Bayoni:
Antonin Dvorjak -chex klassik kompozitori, XIX-asrning ikkinchi yarmida yashab ijod qilgan chex musiqa san’atining yirik namoyondasi, yorqin milliy ruh va chuqur dramatik mazmunga ega bo’lgan asarlar muallifidir. Shu bilan birga Dvorjak o’z davrining yirik dirijyorlaridan biri va mohir pedagog ham edi. Boshqa yirik chex kompozitori B. Smetana kabi ijodida milliy anhanalarni rivojlantirdi va chex musiqasini butun dunyoga tanitdi. Dvorjakning quyidagi so’zlari nihoyatda mashhur: "Har qanday xalq agar kam sonli bo’lsa ham o’z milliy san’atiga ega bo’lsa, bunday xalq xech qachon yo’qolib ketmaydi. Har bir san’atkor o’z xalqining san’atini rivojlantirishga hizmat qilishi kerak. Men ko’p yurtlarda bo’ldim va ko’p erlarda yashadim, ammo hamma vaqt oddiy chex kompozitori bo’lib qolaverdim".
Dvorjakning barcha asarlari chiroyli kuylarga boyligi, ritm va garmoniyaning xilma-xilligi, instrumentovka (cholg’ulashtirish)ning go’zal va rang-barangligi, hamda shaklning mukammalligi bilan ajralib turadi. Kompozitor o’z ijodida chex va morav xalqlari musiqiy folg’kloriga xos bo’lgan janr, ritm va intonacion xususiyatlarni keng qo’llagan. Milliy o’ziga xoslik " Qirol va ko’mirchi" nomli komik operada, "Oq tog’ vorislari" nomli kantatada va "Morav duetlari" nomli vokal asarlarida aniq namoyon bo’ldi. Milliy xarakter ayniqsa avval fortepianoda ikki ijrochi, keyinchalik simfonik orkestr uchun yozilgan "Slavyan raqslari" va "Slavyan rapsodiyasi" nomli asarlarida yaqqol seziladi. Dvorjakning bir qator asarlari Chexiya tarixi, chex xalqi olib borgan milliy ozodlik uchun kurashi haqida hikoya qiladi. Ular orasida "Muqaddas Lyudmila" nomli oratoriya va "Guschilar uvertyurasi" nihoyatda mashhur. Dvorjak operalari (ular soni o’nta) kompozitor B. Smetana operalari bilan milliy opera teatri repertuarining asosini tashkil qiladi. Dvorjak yaratgan simfoniyalar uning jahon musiqa sanhati rivojiga qo’shgan ulkan hissasidir. Kompozitorning tuqqizta simfoniyasi chex miliy simfonizmining yaratilishiga poydevor bo’ldi. Violonchelg’ va orkestr ijrosi uchun yozilgan kontsert va kamer cholg’u asarlari (triolar, kvartetlar, kvintetlar) ham nihoyatda mashhurdir. Dvorjakning barcha asarlari hayotga muhabbat ruhi bilan sug’orilgan quvnoq xarakteri, nozik yumori, iliq lirikasi bilan tinglovchini maftun etadi. Ko’pchilik asarlarida Chexiya tabiati manzaralari va chex xalqining hayoti aks ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: |