Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə39/75
tarix25.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#195903
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Nazorat savollari.
1. Betxoven simfonik orkestr uchun qanaqa asarlar yozgan?
2. Nima uchun Betxovenning Uchinchi simfoniyasi musiqa sanhati tarixida o’ziga xos o’ringa ega?
3. Beshinchi simfoniyada "taqdir mavzusi" qanday vazifani bajaradi.


Topshiriqlar.
1. Mahruza matnini o’qing va uning asosida konspekt yozing.
2. Betxovenning uchinchi va beshinchi simfoniyalaridagi asosiy musiqiy mavzularni yodlang va chalib bering.


Adabiyotlar.

1. Konen V. Istoriya zapadnoevropeyskoy muziki. T. Z. M. 1976.


2. Alg’shvang A. «Betxoven». M. 1962.
3. Rollan R. Jizn Betxovena. Poln. sobr. v 14 tomax. T. 12. M. 1957.

Mavzu: Musiqa san’atida romantizm oqimi.


Rejasi:

1. Romantizm oqimining XIX -asr Yevropa san’atiga kirib kelishi. Romantizmning g’oyaviy mazmuni va badiiy uslubining o’ziga xos xususiyatlari.


2. Romantizmning musiqada o’z aksini topishi.


Bayoni:

XVIII asrda G’arbiy Yevropa san’atida rasm bo’lgan klassitsizm oqimi o’z o’rnini XIX asrda yangi oqim bo’lgan romantizmga bo’shatib berdi. Ikki asr chegarasida sodir bo’lgan ijtimoiy o’zgarishlar san’atdagi oqimlarning ham o’zgarishiga sabab bo’ldi. Insoniyat tarixida yangi davrni boshlab bergan Buyuk frantsuz revolyutsiyasi ma’naviyatining o’sishiga olib keldi. Demokratik qadryatlarning g’alaba qozonishi uchun intilish shu davrga xosdir. Adolat qonunlarining tantana qilishi, inson dunyoqarashini eskilik sarqitlaridan to’la halos qilish uchun kurashuvchi ijodkorlar etishib chiqdi. Shu bilan birga keng ijtimoiy qatlamlarning Buyuk frantsuz revolyutsiyasi natijalaridan xafsalasi pir bo’lishi ham bu yangi davr ijodkorlarining dunyoqarashiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. "Ozodlik, tenglik va birodarlik" shiorlari ushalmagan orzuligicha qolib ketdi. Hokimiyatni qo’lga kiritgan burjuaziya xalqni ezishni davom ettirdi. Aldangan, orzu - umidlari puchga chiqqan ijodkorlar yangi tartiblarga qarshi norozilik bildirdilar. Shu tariqa san’atda yangi yo’nalish -- romantizm paydo bo’ldi va butun XIX asr davomida asosiy oqim bo’lib qoldi. Eng avvalo romantizm san’atni avvalgi davrda badiiy ijodda uchramagan yangi mavzular bilan boyitdi. Insonning ichki dunyosini, ruhiy olamini, his-tuyg’ularini ko’rsatib berish bunga yorqin misoldir. Oddiy kishilarning g’ururi, ulug’vorligi, ularning orzu-umidlari, mehr-muhabbati, dardi, armonu-alamlari haqida hikoya qiladigan san’at asarlari ko’plab yaratildi. Boshqa san’at turlari bilan bir qatorda musiqa san’atida ham muhabbat tuyg’usi bilan bog’liq lirik mavzu asosiy o’rinni egalladi. Bu ishqiy lirik mavzu "qahramonning" ichki dunyosini ochib berishda muhim rol o’ynadi.


Tabiat mavzusi ham romantik kompozitorlar ijodida katta o’rinni egalladi. Ular tabiat manzaralaridan ilhomlanish, ularni katta mahorat bilan tasvirlash san’atini ham puxta egalladilar. Xalq ertaklari, fantastik voqealar va obrazlar bilan bog’liq mavzular ham romantik kompozitorlar tomondan keng qo’llandi.
Romantizm davrida qo’shiq eng keng tarqalgan janrlardan biriga aylandi. Kichik shaklli cholg’u asarlari yaratishga ham katta e’tibor berildi. Bu cholg’u miniatyuralari turli pesalar bo’lishi bilan birga vals, mazurka kabi raqs janrlari ham edi. XIX asrda mahoratli ijrochilik san’ati (ayniqsa fortepiano va skripka ijrochiligi) rivojlanishi bilan fantaziya, ballada, skerco kabi janrlardagi asarlar yaratildi. Bir qismli simfonik asar – simfonik poema va programmali (dasturli) simfoniya janrlari ham romantizm davri mevalaridir.
Romantizm davrida programmali musiqa asarlari yaratishga katta e’tibor berildi. Dasturli musiqa tinglovchiga asarni to’g’ri tushunish imkoniyatini beradi. Dasturli musiqani keng va tor ma’noda tushunish mumkin. Keng ma’noda dasturli musiqa asari deganda, mazmunini aniqroq yoritish uchun nomusiqiy elementlar - so’z, sahnaviy harakat, raqs yoki adabiy nom kabilardan ham foydalanib yaratilgan musiqa asarlari tushuniladi. Agar bu elementlardan foydalanilmasa musiqa asarini har bir tinglovchi har xil tushunishi mumkin. Chunki hammaning tasavvuri har xil.
Tor ma’noda esa dasturli musiqa deganda romantik kompozitorlar yaratgan adabiy obrazlar va aniq syujet bilan bog’liq cholg’u asarlari tushuniladi. Romantik obrazlarning yangiligi va murakkabligi sababli musiqa asarida dasturning bo’lishi nihoyatda zarur edi. Adabiyot bilan bog’liqlik bir tomondan kompozitorlarga badiiy tasvirning to’g’ri va tushunarli bo’lshi uchun zarur ifoda vositalarini topishga yordam bersa, ikkinchi tomondan tinglovchiga asarni to’g’ri tushunish imkoniyatini beradi. Demak dasturli musiqa romantik kompozitorlar asarlaridagi obrazli mazmunni boyituvchi va kengaytiruvchi vositadir.
Romantizmning yangi obrazlari bo’lgan lirik-psixologik kayfiyatlar, ertak bilan bog’liq fantastik obrazlar, milliy urf-odatlarni tasvirlash, qahramonona ko’tarinki ruh va boshqa obrazlarni ko’rsatish zarurati musiqa ifoda vositalarining boyishiga sabab bo’ldi. Kuy, garmoniya va tembr go’zalligi eng yorqin ifoda vositasidir. Insonning ichki dunyosi, uning o’zgaruvchan kayfiyatlarini ifodalash uchun kompozitorlar melodiya (kuy) va garmoniyani nihoyatda go’zal va ifodali bo’lishga erishdilar. Romantizm oqimi musiqa san’atida butun XIX asr davomida etakchi oqim sifatida rivojlandi. F. Shubert, K. M. Veber, F. Mendelson, R. Shuman, F. Shopen, F. List, R. Vagner, I. Brams va boshqa buyuk kompozitorlar romantizm oqimining yetuk namoyondalaridir.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin